ARTICLE INFO
ARAB YOZUVIDAGI HARFLARNING SHE'RIYATDAGI
JILOSI
Dexkanova Lutfinisa Abdullayevna katta o'qituvchi, GulDU, [email protected] Muratkulov Amanulla Tursunkulovich katta o'qituvchi, GulDU, muratkul [email protected] Xudoyqulova Shoxistaxon GulDU katta o'qituvchisi, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10797461
ABSTRACT
Received: 04th March 2024 Accepted: 06th March 2024 Published: 08th March 2024 KEYWORDS
Ushbu maqolada mumtoz he'riyatimizda keng qo'llanilgan kitobat san'atining mohiyati, uning ta'sirchanligi hamda ichki imkoniyatlari haqida ma'lumot berib o'tilgan.
kitobat san'ati, qadriyat, tashbeh, obrazlilik, tasnif, poetika, alif, dol, qamar, zulf, nun, jim, andarmon, nas, hilol, mumtoz, salohiyat, lafziy nazokat
Ming yillik tarixga ega bo'lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she'r ahlining diqqat markazida bo'lib kelgan.U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so'z borganda uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan. Ma'lumki, she'riy san'atlar badiiy asarda ifodalangan jumlalarning hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlashga xizmat qilgan. U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan fikrda o'z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy, ma'rifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko'lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo'llangan she'riy san'atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qilgan. She'riy san'atlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan. Bulardan eng muhimi she'riy san'atlarning asar mazmuni bilan uzviy bog'liqligi sanaladi.
Mumtoz poetikaning tarkibiy qismlaridan, nutqqa bezak beruvchi san'atlardan biri kitobat san'atidir. Arab alifbosining imkoniyatlari, so'zlarning yozilishi bilan bog'liq holda badiiy san'at yaratish mumtoz poetikamizda kitobat san'atini yuzaga keltiradi.
She'riyatimizda keng qo'llanilib kelingan ushbu san'at arab alifbosi harflari shaklidan lirik va epik timsollar chizishda foydalanishni nazarda tutadi. Ma'lumki arab alifbosi to'g'ri va egri, yoysimon va doirasimon shakllardagi harflardan tashkil topgan. Sharq shoirlari ana shu
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
shakllarga qiyos usuli bilan yondashib muhim ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy-tarbiyaviy g'oyalarni ifodalashda mahorat bilan foydalanganlar. Zokirjon Furqat g'azalidagi: Ul alifdek qomatingning xasrati Dol yanglig' ayladi qaddim duto baytidagi "alifdek" va "dol yanglig'" qiyoslariga diqqat qilaylik. Shoir o'z mahbubasining qomatini arab alifbosidagi "alif" harfiga o'xshatsa, o'zining bukilgan qaddini "dol" harfiga tenglashtiradi. Chindan ham, tik to'g'ri chiziq ko'rinishidagi alif harfi shakl jihatidan inson qomatiga, bukik "dol" harfi esa egilgan qomatga o'xshaydi. Shoir bu xil qiyos tufayli mashuqa oshiq ko'rinishini harflar shakli vositasida aniqroq va ta'sirchanroq tasvirlashga erishgan.
Mazkur san'atning she'riyatimizdagi ilk namunalari XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi adabiy obidalarda uchratamiz. Chunonchi, Lutfiy yozgan g'azalarda
Chun o'larmen ul alifdek qaddu tor o'zing uchun, Sen o'tarda turbatimdan qo'pg'usidir oh-oh. Oydek yuzungda og'iz muvajjah tushub turur, Har qaydakim "qamar" o'la tushgan aroma "mim". "Jim" sochi, "alif" qaddi bila ul qoshi "nuni" kabi baytlarda arab yozuvidagi "alif ", "jim", "nun", "mim" harflari shaklidan mahbuba qiyofasini chizishda mohirona foydalanganini kuzatamiz. Ushbu ta'sirchan san'atni Alisher Navoiy ham keng qo'llab, ajoyib, bezavol lavhalar yaratgan. Uning Jonimdagi "jim" ikki "dol" ingg'a fido Andin so'ng "alif " toza niholingg'a fido "Nuni" dag'i anbarin hilolingg'a fido. Qolgan ikki nuqta ikki xolingg'a fido kabi betakror baytlari fikrimizga dalildir.
Zahirddin Muhammad Bobur she'riyatida ham mazkur san'atning bir qator nodir namunalari yaratilgan. Chunonchi, uning
Qadding alifu qoshing erur yo, Desam ne ajab agar seni oy
Yo qoshing yanglig' egilgan jismi zorimmu dey, Yo sochingdek tiyra bo'lg'on ro'zg'orimmu dey. kabi baytlarida ushbu san'atdan unumli foydalangan edi.
O'z ijodida mazkur san'atdan bahramand bo'lmagan shoir adabiyotimizda topilmasa kerak. Ijodkorlarimiz uning xilma-xil imkoniyatlarini kashf etib ko'plab hayratomuz baytlar yaratganlar, masalan: Ogahiyning
Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina, Qatlam uchun "nas" keltirur "nun" eltibon "sod" ustina.
Bunda qoshning "nun" harfiga qiyoslanishi, ko'zning esa "sod" harfiga taqqoslanishi ham adabiy an'ana. Ogahiy qosh va ko'zning ittifoqini ifodalash uchun ularni ostin-ustin joylashtiradi. Aslida ham qosh bilan ko'z shunday joylashgan, hamjihat birikuvidan "nas" so'zi vujudga kelgan. Arabcha bu so'z "hukm" degan ma'noni anglatadi.
Demak, qoshlar hay'ati jallod ko'zga oshiqni qatl etish to'g'risida shafqatsiz hukm chiqarib beradi.
Furqatning:
"Nuqta lab ustida bejodur", - dedim aydi kulib,
f.
Y
"Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda",
Huvaydoning:
Nigora, bori g'am birla faqiri notavon aylab, "Alif'dek qomatimni "lom-alif" yanglig' duto qilding.
Komil Xorazmiyning:
"Ayn" u "shin" u "qof "inga to bo'ldi ko'nglum mubtalo, "Dol" u "ro" u "dol" u hajringdin dame ermon judo
1-misrada ishq so'ziga, 2- misrada dard so'ziga ishora qilingan. Furqatning:
Sarv qadlar suratin chekkanda naqqoshi azal Bir alif shaklida yozmish qaddi zebo surating.
kabi ajoyib misralar shular jumlasidandir.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, kitobat san'ati kitobxoonga ma'naviy ozuqa bag'ishlovchi, she'rning ta'sirchanligini oshirish, ma'no ko'lamini kengaytirish, she'rning hayotiyligi va musiqiyligini ta'minlashga xizmat qiladigan mumtoz she'r san'atidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'razov, A. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI XUSUSIDA.
2. Эрматов, И. Р., & Турдикулова, К. (2022). "ГАП БУЛАКЛАРИ" МАКОМИНИНГ БЕЛГИЛАНИШМЕЗОНЛАРИ ХАКИДА. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 190-193.
3. Эрматов, И. Р. (2022). АЛИШЕР НАВОИЙНИНГ "МУХОКАМАТ УЛ-ЛУГАТАЙН" АСАРИДА СУЗ ЯСАЛИШИ ХАКИДА. Academic research in educational sciences, 3(1), 983-990.
4. Эрматов, И. (2022). ЛЕКСИК-ФРАЗЕОЛОГИК ТИЗИМДА ЭКВОНИМИК МУНОСАБАТЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 11-17.
5. Эрматов, И. (2022). ТЕРМИНОЛОГИЯ ТИЗИМИДА ГИПОНИМИЯ ВА ЭКВОНИМИЯ ХОДИСАЛАРИНИНГ КЕСИШУВИ. Academic research in educational sciences, 3(4), 173-178.
6. Ermatov, I. (2022). Hozirgi ozbek adabiy tili (Morfemika, so 'z yasalishi, morfonologiya). Scienceweb academic papers collection.
7. Berdialiyev, A., & Ermatov, I. (2021). Hozirgi o 'zbek adabiy tili (Leksikologiya, frazeologiya, leksikografiya). T.:"TURONIQBOL" nashriyoti, 204.
8. Boxodirovich, E. N., & Murtazaevich, M. S. (2022). Phonological approaches to the study of the phoneme.
9. Boxodirovich, E. N., & Murtazayevich, M. S. (2022). ЕХPRЕSSIОN ОР PURPОSЕ IN ^ВЕК LАNGUАGЕ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 247-250.
10. Sirojiddin, M. (2023). O 'ZBEK TILIDA MAQSAD MA'NOSI SO 'ZLAR ORQALI IFODALANISHI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 20-25.
11. Dexkanova, L. (2023). ARABCHA KO 'PLIK SHAKLLARINING O 'ZBEK TILIDA QO 'LLANILISHI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18), 235-238.
12. Abdullayevna, D. L. (2024). Arab yozuvidagi harflarning she'riyatdagi jilosi. Journal of Universal Science Research, 2(2), 25-28.
13. Туйчиева, З. Х. (2022). ПРОЯВЛЕНИЕ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ МОТИВОВ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАУК. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(4), 244-248.
14. Tuychieva, Z. (2019). PRINCIPLES OF DIFFERENTIATING OF GENDERS IN UZBEK ANTHROPONOMY. Bulletin of Gulistan State University, 2020(1), 75-82.
15. Khamrokulovna, T. Z. (2018). Literature revealing the truth of life. Проблемы педагогики, (7 (39)), 77-78.
16. Qurbonov, X. A., & Abdullayev, J. X. (2022). XALQARO YUK TASHISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA TRANSPORT KORXONALARINING TUTGAN O 'RNI. INTERNATIONAL INFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(10), 123-126.
17. Latipov, M. M. (2023). The Occurrence of Lexical-Semantic Relationships in Iskhak Khan Ibrat's Works. International Journal of Social Science Research and Review, 6(2), 576-581.
18. Рузикулов, Ш. (2022). ЖИНСНИНГ МОРФОЛОГИК УСУЛДА ИФОДАЛАНИШИ. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 148-151.
19. Egamov , U., & Tolibov , A. . (2024). ATOPIK DERMATITNING GENETIK ASPEKTLARI (ADABIYOT SHARHI). Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(2), 16-23. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdtf/article/view/28015
20. Egamov, U. S. (2023). Linguopoetic Characteristics of Usman Azim's Poetry. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(12), 182-185. Retrieved from https://cajlpc.centralasianstudies.org/index.php/CAJLPC/article/view/1116