ARAB TILINI ORGATISHDA TINGLAB TUSHUNISH KONIKMASI AHAMIYATI
VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR Norboyev Zafar Abdumuminovich
Samarqand davlat chet tillar instituti Yaqin sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6963857 Annotatsiya. Ushbu maqola xorijiy tillarni, xususan arab tilini o'qitishda tinglab tushunish konikmasining ahamiyati, vazifalari va maqsadlari, uni shakllantirishda nimalarga e tibor qaratish kerakligi va yuzaga keladigan qiyinchiliklar va qiyinchiliklarni bartaraf etish bo syicha korsatmalar berilgan. Shuningdek, tinglab tushunish ko'nikmasi bo syicha arab tilidagi kitoblarda keltirilayotgan mashqlarning tahliliy mulohazalari va ularni rivojlantirish bo yicha baszi korsatmalar berilgan.
Kalit so^zlar: CEFR, A1, A2, B1, B2, C1, C2, tinglab tushunish, nutqni idrok etish, eshitish xotirasi, ichida gapirish, solishtirish va bilib olish, antisipatsiya, mantiqan tushunish, j LaluiYI, 4jjL±b. —ljL?J.
ВАЖНОСТЬ НАВЫКОВ ВОСПРИЯТИЯ НА СЛУХ ПРИ ОБУЧЕНИИ АРАБСКОМУ ЯЗЫКУ И ФАКТОРЫ, КОТОРЫЕ ЕГО РАЗВИВАЮТ Аннотация. В данной статье даны указания о важности, задачах и целях навыка аудирования при обучении иностранным языкам, особенно арабскому, на что обращать внимание при его формировании, и как преодолевать трудности и трудности, которые могут возникнуть. Также даны аналитические комментарии к приведенным в учебниках по арабскому языку упражнениям на навыки аудирования и некоторые указания по их развитию.
Ключевые слова: CEFR, A1, A2, Bl, B2, C1, C2, аудирование, восприятие речи, слуховая память, говорение, сравнение и обучение, предвосхищение, логическое понимание, —j^J , j ¿ИшУ1.
THE IMPORTANCE OF LISTENING COMPREHENSION SKILLS IN TEACHING ARABIC AND THE FACTORS THAT DEVELOP IT Abstract. This article provides instructions on the importance, tasks and goals of listening comprehension skills in teaching foreign languages, especially Arabic language, what to pay attention to in its formation, and how to overcome difficulties and that may arise. Analytical comments on the exercises given in Arabic language books on listening comprehension skills and some instructions on their development are also given.
Key words: CEFR, A1, A2, B1, B2, C1, C2, listening comprehension, speech perception, auditory memory, speaking in, comparing and learning, anticipation, logical understanding, i—jj, j ^ih АУ1.
KIRISH
Bugungi kunda xorijiy tillarni o'qitish va o'rgatish zamonaviy yondashuvlar asosida amalga oshirilishi, oz samarasi va natijasini berayotganini korishimiz mumkin. XX asrning so'nggi on yilligida xorijiy tillarni o'qitish sohasida yangi loyiha CEFR (The Common European Framework of Reference for Languages) Yevropa malumotnomasining joriylanishi tub ozgarishlarga olib keldi. Dastlab ingliz va fransuz tilida CEFR talablari joriy qilinishi va kozlangan maqsadga erishilgandan so'ng, hozirgi kunda 40 ga yaqin g'arb va sharq tillariga tarjima qilindi va joriy etildi. CEFR xorijiy tillarni o'rganish va o'rgatishda daraja va mezonlarni
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
ilgari suradi. CEFRda xorijiy tillarni o'rganishda 6 ta yani boshlang'ich daraja A1 va A2, erkin daraja B1 va B2, professional daraja C1 va C2 darajalar mavjud. CEFR mezonlari asosida yaratilgan o'quv materiallari til o'rganuvchilariga tortta eshitish, o'qish, yozish va gapirish ko nikmalarini ketma-ket o rganishni taklif etadi. CEFR ko nikmalari orasida eshitish konikmasi til o'rganuvchi biron-bir xorijiy tilni o'rganish davomida olinadigan axborotning taxminan 60%ni eshitish orqali qabul qiladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Inson tinglab tushunish orqali atrofidagi boshqa shaxslardan juda kop axborotlar oladi. Xorijiy tillarni o'rganishda zamonaviy metodik yondashuvlarga asosan tinglab tushunish konikmasi eng muhim konikma hisoblanmoqda. XX asrning 60 yillariga kelib, tinglash nutq faoliyatining turi sifatida atroflicha tadqiq etila boshlandi. Osha vaqtga qadar tinglashga gapirishning uzviy qismi sifatida qaralib kelinar edi. CEFR mezonlari joriy qilinishiga qadar tinglash konikmasini shakllantirish va rivojlantirish uchun alohida mashqlar tizimi berilmas edi. Koplab ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdi-ki, xorijiy tillarda gapirishdan kora tinglab tushunish konikmasini o'rganish biroz murakkab kechishi isbotlandi. Xorijiy tilda ifoda vositasi va ifodalanmish matn uyg'unlashishi qiyin kechadigan jarayondir. Ifodalanayotgan matn mazmunini til o'rganuvchi yaxshi ilg'ashi uchun unda tinglab tushunishning leksik va grammatik konikmalari puxta shakllangan bolishidan tashqari, o'sha xorijiy tilning tovush, tovush birikmalari va ohanglarni farqlay olish ko nikmasi ham yaxshi shakllangan bo lishi kerak. Agar yuqoridagi konikmalar til o'rganuvchida yaxshi shakllanmagan bo'lsa, tilga oid shakliy, matn mazmuniga, nutqiy idrok qilishning shart-sharoitidagi, nutq shakliga, tilshunoslik nuqtai nazaridan sodir boladigan va audiomatn tuzulishiga oid qiyinchiliklarga duch keladi.
Hozirgi kunda dunyoning turli davlatlarida arab tili xorijiy til sifatida maktablarda, orta maxsus va oliy talim muassasalarida oqitilmoqda. Uzoq yillar davomida arab tili an'anaviy uslubda o'rgatildi. Bu til o'rganuvchilarning arab tilining leksik va grammatik jihatini o'rganishi bilan chegaralandi. Tilning boshqa ko nikmalarini o rganishida biroz qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab boldi. CEFR tilni kommunikativ yondashuv asosida o'rganishni ilgari suradi. Kommunikativ yondashuvda til o'rgatuvchi va o'rganuvchi ortasida doimiy muloqot bolishi zarur. Muloqot orqali tilni o'rganishda tinglab tushunish konikmasi asosiy orinni egallaydi. Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat hisoblanib, ular akkustik appersepsiya (eshituv idroki), fonematik (so'zlarning tovush tomonini farqlash) va mohiyatni anglash orqali nutqdagi mazmun idrok etiladi va tushuniladi. Tinglash uchun matn tanlashda til o'rganuvchilarining yoshi, ularning umumiy qiziqishi, matnning mantiqan aniqligi va hozrigi ijtimoiy hayotdagi muhim voqea-hodisalarga mos kelishi hisobga olinishi, til o'rganuvchilarining oldida paydo boladigan turli xil qiyinchiliklarning bartaraf etilishida muhim omil bolib xizmat qiladi. Eshitib tushunish konikmasini shakllantirish va rivojlantirishda o'qituvchining nutqi, auditiv texnikaviy qurollar yozuvi, radio eshittirish namunalari, audiovizual vositalardan ovozli kinofilm va ulardan parchalar, televizion ko'rsatuvlar va boshqa turdagi yozib olingan dialog yoki monologlar asosiy obyekt sifatida xizmat qiladi. Til o'rganuvchilarning tinglab tushunish malakasini hosil qilishda quyidagi mexanizmni juda kop tadqiqotchilar ilgari surishadi:
Til oTganuvchining tinglab tushunish konikmasini shakllantirishda arab tili oqituvchisining dars davomida arab tilida sozlashi eng muhim namuna hisoblanadi. Darsni til oTganuvchining darajasidan kelib chiqib arab tilida olib borish zarurdir. Chunki bu til oTganuvchining tinglash konikmasini shakllantiruvchi datslabki bosqich hisoblanadi. Bu tinglab tushunishning keyingi obyektlarini mukammalroq o'zlashtirishga asos bolib xizmat qiladi. Shuningdek, tinglab tushunish konikmasini rivojlantiruvchi obyekt bu eshitish ko'nikmasiga moTjallangan mashqlar tizimidir. Xorijiy til sunTy muhitini yaratishga moTjallangan mashqlar tizimining aksariyat qismi tinglab tushunish konikmasi bo'yicha bajariladi. Til oTganuvchiga tinglab tushunish jarayonida quyidagilar oTgatiladi: so'z, soz birikmalari shakli va grammatik strukturasini farqlay olish, nutq namunasini tinglab oldindan uning asosiy mazmunini fahmlay olish, eshitish xotirasi hajmini o'stirish, oTganilgan til materiallarini turli birikmalarda tushuna olish, texnikaviy vositalarga yozilgan nutqni tushunish, bir marta aytilgan fikrni fahmlash, tez aytilgan nutqni tushunish, audiomatnda leksik birliklar boTishiga qaramay, matning umumiy mazmun va mohiyatini ilg'ab olish va turli sohalarga oid audiomatnlarni tushunish.
Tinglanadigan matn tanish til materialida va qisman notanish leksik materialda bo lishidan qat iy nazar bir marta eshitib va tushunishga moTjallangan. Hozirgi kunda O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o tkazilayotgan arab tili bo yicha CEFR imtihonlari topshiriqlarida ham eshitish qismidagi topshiriqlar B1 va B2 darajalarida ikki marta qoyib eshittiriladi. C1 darajasida bir marta qoyib eshittirilayapti. Bundan koTinadi-ki, til oTganuvchining eshitib tushunish malakasi darajasi koTarilgan sari rivojlanib boradi.
TADQIQOT NATIJALARI
Eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirish va rivojlantirish bo yicha oxirgi nashr qilingan kitoblarning j ^l^VI boTimiga qaraydigan boTsak, turli xil sohalarga oid tinglab tushunilishi kerak boTadigan matnning audio shakli berilgan. Audio shaklga oid mashqlar tizimi uch xil korinishda beriladi. Mashqlarning barchasi maxsus mashqlar turiga oiddir. Audio matn uch marta qo'yib eshittirilishga moTjallangan. Birinchi marta qo'yib eshittirilgandan so'ng, unga tegishli boTgan birinchi mashqni bajaradi. Birinchi mashq asosan audiomatnda berilgan asosiy fikrlar jumla korinishida topshiriq qilib beriladi. Jumlaga tegishli boTgan bir dona sozni topish vazifasi qo'yiladi. Va o'sha so'zga yaqin manoli sozlar bilan topshiriq qilib beriladi. Masalan: ^^ vjt^ nomli audiomatn berilgan. Birinchi topshiriqni vazifalaridan biri quyidagi beriladgan:
..........I 44I11 ^
Audiomatnning bir joyida so'zlovchi qayerda arab tilini oTganganini aytib ketadi. Topshiriq qilib berilayotgan jumlalar audiomatnda aynan kelmaydi, balki o sha mazmun beriladi. Ikkinchi marta eshitganidan keyin yana mashq beriladi. Ikkinchi marta audiomatnni eshitganidan song, ikkinchi mashq beriladi. Ikkinchi mashqda audiomatnda berilgan biron-bir fikr to'g'ri yoki noto'gTi beriladi. Agar aynan matnda keltirilgan mazmun jumla shaklda
UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333
berilgan bo'lsa to'g'ri manosini beruvchi alomat qo'yiladi. Agar noto'g'ri bo'lsa, o'sha jumla audiomatnda qanday kelgan bo'lsa uni mazmunini to'g'rilab yozish vazifasi yuklangan.
Audiomatnda so'zlovchi universitetga o'qishga kirganidan so'ng ikkinchi til sifatida bitta tilni tanlash majburiyatini qo'yadi. Demak, bu maxzmun to'g'ri unga to'g'ri alomatini qo'yamiz. Bu ko'rinishdagi mashqlar til o'rganuvchining eshitib tushunish ko'nikmasidagi ziyrakligini va leksik bazasining shakllanganligini talab qiladi.
Uchunchi marta audiomatn eshittiriladi. Undan so'ng uchunchi mashq beriladi. Uchunchi mashqda til o'rganuvchi so'zlovchi aytgan jumlalardagi mazmunga oid savollarga javob berishi kozda tutiladi. Har bir darsni o'tish chog'ida tinglab tushunishni o'rgatish bosqichlari quyidagi korinishda boladi:
MUHOKAMA
Tinglab tushunish konikmasini shakllantirish va rivojlantirishda metodist yoki o'qituvchi tomonidan tuziladigan mashqlarning saviyasi va ularning maqsadiga bog' liqligi juda yuqoridir. Tinglab tushunishni o'rgatishning mashqlariga e'tibor bersak, dastlab tayyorlov mashqlari keladi. Tayyorlov mashqlari o'qituvchi eshitib tushunish matnini eshitish davomida til o'rganuvchi duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchilik va tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuzadi. Nutq mashqlari esa, audiomatnni eshitishga tayyorgarlik, uni eshitish va eshitganini tahlil qilishni oz ichiga oladi. Nutqiy mashqlar muxovarani tinglash, eshitilgan muxovaraga mazmun jihatidan o'xshash bo'lganini mashq qilish, muxovaraning boshi, o'rtasi yoki oxirini eshitish, audiomatndagi biron-bir replikani kengaytirish, to'ldirish, fonoyozuvni eshitish, undagi voqea-hodisalarni aytib berish, diktor nutqini eshitish, kinofilm parchasini eshitib asosiy voqea-hodisalarni aytib berish va hokazo ko'rinishidagi mashqlarga bolinadi.
Xulosa orinida shuni alohida takidlash kerak-ki, hozirgi kunda Ozbekistonda xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan talab juda ham yuqori. Buni katta yoshli qatlamning ham tilni organishga bolgan qiziqishining ortib borishi bilan izohlashimiz mumkin. Shuningdek, arab tilini o'rgatish va o'rganish tizimi so'nggi yillarda juda katta islohotlar natijasida o'zgarib,
XULOSA
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
takomillashib va zamon talablari asosida rivojlanib bormoqda. Birgina arab tilini orgatishda an'anaviy uslubdan voz kechilib, kommunikativ uslub yordamida o'rgatish ilgari surilgani fikrimizning yorqin bir namunasi boladi. CEFR ko nikmalarini o rgatish, til o rganuvchiga o'rganayotgan tilning nafaqat leksik, grammatik va tarjima sohalarini o'rganishi, balki, oqib tushunish, eshitib tushunish, yozish va gapirish kabi konikmalarini ham o'rganish vazifasini oldiga qo'yadi. Bu til o'rganuvchining xorijiy tillarni har tamonlama puxta o'rganishi va o zlashtirishiga xizmat qiladi. Bizga CEFR mezonlari ma lum boldi, endi o sha mezonlar asosida til konikmalarini til o'rganuvchiga darajama-daraja o'rgatib borish, ularning tortta konikmalarini asta-asta rivojlantirib borishni o rgatuvchi zamonaviy o quv materiallarini o zimizning urf-odat va an analarimizga asoslagan holda yaratish vazifasi turibdi. Kelajakda nafaqat arab tilida, balki Ozbekiston hududida orgatilayotgan boshqa tillarda ham yaratilsa, til o'rganuvchilarga xorijiy tillarni o'rganishda malum qiyinchiliklarni bartaraf qilishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Jalolov J. Chet til o'qitish metodikasi. Toshkent-2012, 219-234-betlar.
2. Suvayfiy Fatxiy, Kamol Aliy, Sa'd Abdulloh. "Al-manxaju al-Alamiyyu" Silsilatu fiy talimi al-lug'ati al-arabiyatti li notiqiyna big'oyriha. Al-mutovasittu as-saniy B2. "Dar al-Sanabiyl" Turkiya-2021, 9-13-betlar.
3. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching, assessment. Modern languages devision. Strasbourg. 2001- p. 209-224.
4. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching, assessment: Structured overview of all CEFR scales. - p. 17-34.