SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMALARINI O'RGATISHNING ZAMONAVIY
METODLARI
Hulkaroy Zoirjon qizi Norqo'ziyeva
Jizzax davlat pedagogika insitituti Xorijiy til va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich
magistratura talabasi hulkaroyzoirovna@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada tinglash qobilyatlarini zamonaviy usullar bilan o'qitish haqida so'z boradi. Shuningdek quyida tillarni tinglab tushunish ko'nikmalarini yaxshilashning oson yo'llaridan biri ham berilgan.
Kalit so'zlar: Audio segmentlar, Guruh faoliyati, Video segmentlar, Shaxslararo faoliyat
Har qanday tilni o'rganishda muhim bo'lgan to'rtta qobiliyatlar orasida tinglab tushunish ham asosiy o'rin tutadi. Odatda til o'rgatish va o'rganish sohasida tilda gapirish va yozishga asosiy tildan foydalanish omili sifatida qaraladi. Tinglash va o'qish qobiliyatlari esa ikkinchi o'rinda turadi. Buning bir sababi tinglash qobiliyatini o'zlashtirishning biroz qiyinligi bo'lishi mumkin. Ammo tinglab tushunishni ham IT texnologiyasi yoyilgandan so'ng lingafon sinflarda turli materiallar orqali o'tish vaziyatni ancha yengillashtirdi.
Bundan tashqari, shuni ta'kidlash kerakki, ko'pchilik talabalarning dars vaqti tinglashga ajratila boshladi. Biz tez-tez tinglash bilan shug'ullanishning muhimligiga amin bo'la boshladik. Har qanday tilni o'rganishning tabiiy tartibida tinglash yetakchi o'rinlarni egallay boshladi. Faqatgina bir qobilyatning o'zinigina egallash hech narsa ishlab chiqara olmasligiga barcha amin bo'la boshladi. O'qituvchilar o'quvchilariga ravon so'zlashni o'zinigina emas, tinglab tushunishni ham o'rgatishga katta e'tibor bera boshlashdi.
Yangi tilni mukammal o'zlashtirish va undan foydalanish uchun mavjud bilimlarni shakllantirish va zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni til retseptiv qobiliyatlardan kelib chiqib o'rganish talab etiladi, ayniqsa tinglash va o'qish qobilyatlarini. Bu borada o'rganuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida til o'rganish dasturi tuzilgan. Ushbu dasturning tuzilishiga ko'ra unda hech qanday kirish testlari, natija yoki chiqish hech narsa bo'lmasligi kerak.
Tinglash bo'yicha trening bugungi kunda juda dolzarb, chunki tinglamasdan nutq aloqasi mumkin emas. Tinglash tushunchasi tovushli nutqni idrok etish va tushunish jarayonini o'z ichiga oladi.Tinglash, albatta, ingliz tilini o'rganishda muhim jihatdir.[1]
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Tinglash ko'nikmalarini o'rgatishning zamonaviy samarali usullari hamma narsani o'z ichiga oladi masalan interaktiv mashqlardan multimedia resurslarigacha. Tinglash qobiliyati eng yaxshi o'rganishi mumkin bo'lgan qobilyat sanaladi. Chunki o'rganishga birozgina ko'proq e'tibor qaratilsa u oddiy va qiziqarli tadbirlar orqali yaxshilandi va yakunida yaxshi natijalarga olib keladi. Bu holatda siz kichik yoki katta talabalar guruhlari bilan ishlashingiz muhim emas, siz o'zingizni rivojlantirish uchun quyidagi usullardan birini qo'llasangiz bas.
Talabalarga yaxshi tinglashni o'rgatishning o'ziga xos usullari:
Shaxslararo faoliyat
Shaxslararo faoliyat talabalarda kuchli tinglashni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridur. Ushbu metodga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Rol ijro etish
2. Soxta intervyular
3. Shaxslararo dialoglar
4. Hikoya qilish va boshqalar
Bunda talabalar ikki yoki uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi, va ularga uslubga mos savollar beriladi.
Masalan, siz talaba bilan kompaniyadagi ish yoki gazetadagi maqola uchun intervyu olishini aytishingiz mumkin. Hikoya qilish faoliyati esa talabalarga savollar berish imkoniyatini berish orqali ularni ancha rivojlantirishi mumkin.
Guruh faoliyati
Katta guruh faoliyati ham talabaga o'zaro muloqotda tinglab tushunishni rivojlantirishlariga yordam beradi.
Talabalarga tinglash qobiliyatini o'rgatishning foydali usuliga bundan tashqari oddiy guruh faoliyati ham yaxshi misol bo'la oladi. Birinchi mashg'ulot uchun talabalar besh yoki undan ko'p guruhlarga bo'linadi va ularga bir qiziqish yoki kamida ikkita boshqa sevimli mashg'ulotni o'rganishni buyurishingiz kerak. Bunda talabalarga aniqlovchi savollar berish kerak. Faoliyat davomida va siz ularga eslatma olishlariga ruxsat berishingiz mumkin, chunki bu foydalidir.
Faoliyatning ikkinchi qismi - bu talabalarga katta guruhdada o'tirishga ruxsat berishdur. Masalan ular o'zlari bilan yuzma-yuz kelgan guruh a'zosining ismi va ularning qiziqish hobbilari haqida muloqot qilishsin. Bu ikki faoliyat ham tinglashning samarali o'sishiga olib keladi.
Audio segmentlar
Shuningdek, siz o'quvchilarga audio segmentlar orqali tinglash ko'nikmalarini o'rgatishingiz mumkin masalan:
1. radio dasturlari
2. o'quv ma'ruzalari
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
3. onlayn podkastlar va boshqa audio xabarlar bilan.
O'quvchilar bilan sinfda va keyin interaktiv tinglash dasturlarini qo'llash kerak.
Bunda ularga mashqni mustaqil ravishda bajarishlariga sharoit yaratish kerak. Avvalo, talabalarga ko'rsatma berib, o'rgatmoqchi bo'lgan har qanday narsani tasavvur qilish orqali tinglashga tayyorlash kerak. Ushbu turdagi mashqlar uchun qisqaroq yoki uzunroq audio segmentlarni va qiyinroq yoki qulayroq materialni tanlash har bir o'qituvchiningning o'z ixtiyorida.
O'qituvchilar o'quvchilarni qiziqtirish uchun qiziqarli xabarlardan foydalanish mumkin. Ularni radio yoki televizordan olishi mumkin. Xabarlarni ularga yetkazish uchun kompyuterdan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.O'quvchi hamma so'zlarni tushunishlari shart emas, ammo xabarlarni diqqat bilan tinglashlari va xabar nima haqida ekanligini bilishlari kerak.[2]
Video segmentlar
Tinglash ko'nikmalarini o'rgatish uchun boshqa eng foydali manba bu video segmentlardir ular:
1. qisqacha eskizlar
2. hujjatli filmlar
3. dramatik yoki komedik materiallar
4. yangiliklar dasturlari
5. intervyu segmentlari bo'lishi mumkin. Audio segmentida bo'lgani kabi, o'qituvchi talabalarining darajasiga qarab audioning qismi va uzunligini tanlashi mumkin, ular buni video segmentda ham qilishlari mumkin. Ushbu metodning asosiy shartlaridan biri uni hech qanday tovushsiz tomosha qilish va uni talaba bilan birgalikda muhokama qilish. Bu o'rganuvchilarning tinglash va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
Filmlar va teliko'rsatuvlar. Filmlar sa'nat turlaridan biridir.Til o'rganuvchilarga so'z boyliklarini oshirish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun telvizor ko'rish tavsiya qilinadi.Filmlar eng ko'p qo'llaniladigan dars metodlaridan biridir,chunki filmlarda keng qamrovli so'z boyliklari kashf qilinadi.[2]
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki ushbu maqolada tinglab tushunish qobilyatini rivojlantirish uchun bir nechta metodlar va ko'rsatmalar berildi. Tinglashni o'rgatish uchun qaysi usuldan foydalangan taqdirda ham, bir nechta asosiy ko'rsatmalarni yodda saqlash zarur. Birinchisidan, talabalardan dastlab katta natijalar kutib yubormaslik chunki hatto eng qobilyatli tinglovchi ham hech qachon dastlabki mashqlardan xabarni to'liq va aniq eslay olmaydi. Ikkinchidan talabalar uchun nafaqat aniq balki ularning imkoniyatlari darajasida savollar yaratish, bu xato qilmaslik uchun juda ham muhim. Uchinchidan, o'quvchilarga o'z yo'nalishlarini, uslublarini topishga yordam berish.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Ushbu qoidalarga amal qilgan taqdirda talabalarda albatta tinglab tushunish yaxshi o'zlashtiriladi chunki qaysi metod bo'lmasin, ular albatta tinglab tushunish qobilyatini yaxshilaydi.
REFERENCES
1. K.A. Krilova "Chet tili darslarida tinglashni o'rgatish texnikasi. Ingliz tili darslarida tinglashni o'rgatish metodikasi Ingliz tili darslarida tinglashni o'rgatish bosqichlari"
2.Madina Shirova (Uzbekistan, Karshi)
Tinglab tushunishni rivojlatiruvchi method va mashqlar
3.Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6694-6701.
4. Makhmudov, K. (2020). Ways of Forming Intercultural Communication in Foreign Language Teaching. Science and Education, 1(4), 84-89.
5. Makhmudov, K. (2020). Current Problems of Teaching English and New Approaches to Resolve in Secondary Education Schools. Modern Trends in Linguistics: Problems and Solutions, 271-273.
6. Makhmudov, K. (2020). Integrating a Mother Tongue while Teaching a Foreign Language: Problems and Solutions. Literature and History, (1), 89-91.
7. Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K.
(2020). Pedagogical Education Cluster: Content and Form. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 250-257.
8.Amanova Nodirabegim Furkatovna. (2022). effective method of teaching. conference zone, 53-55. Retrieved from
http : //www.conferencezone.org/index .php/cz/article/view/124