Научная статья на тему 'ARAB MATBUOTI PAYDO BO‘LISH TARIXI'

ARAB MATBUOTI PAYDO BO‘LISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
597
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matbuot / arab matbuoti / gazeta / bosmaxona / mustamlaka / jurnal / press / Arabic press / newspaper / printing house / colony / magazine

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Murtazoyev Valjon Xudoyqul O‘G‘Li

Ushbu maqola Arabiston yarimoroli va Shimoliy Afrika davlatlarini o‘z ichiga oluvchi keng hududda matbuot shakllanishi va uning dastlabki rivojlanish bosqichlari o‘ziga xos jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda turli omillar, xususan, mustamlakachilik, g‘oyaviy o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli nashriyotlar haqida ma’lumotlar berilgan. Umuman, turli alg‘ov-dalg‘ov jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan arab matbuotining ilk davri haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article covers the unique processes of the formation of the press and its initial stages of development in a wide area that includes the Arabian Peninsula and North African countries. In this process, information is provided about various publishing houses that emerged as a result of various factors, in particular, colonialism and ideological changes. In general, we are talking about the first period of the Arab press, which appeared as a result of various fraudulent processes.

Текст научной работы на тему «ARAB MATBUOTI PAYDO BO‘LISH TARIXI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ARAB MATBUOTI PAYDO BO'LISH TARIXI

Murtazoyev Valjon Xudoyqul o'g'li

magistrant Samarqand davlat chet tillari instituti E-pochta: murtazoyevv@gmail.com.

Annotatsiya: Ushbu maqola Arabiston yarimoroli va Shimoliy Afrika davlatlarini o'z ichiga oluvchi keng hududda matbuot shakllanishi va uning dastlabki rivojlanish bosqichlari o'ziga xos jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bu jarayonda turli omillar, xususan, mustamlakachilik, g'oyaviy o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli nashriyotlar haqida ma'lumotlar berilgan. Umuman, turli alg'ov-dalg'ov jarayonlar natijasida paydo bo'lgan arab matbuotining ilk davri haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: matbuot, arab matbuoti, gazeta, bosmaxona, mustamlaka, jurnal

Аннотация: В данной статье рассматриваются уникальные процессы формирования прессы и ее начальные этапы развития на обширной территории, включающей Аравийский полуостров и страны Северной Африки. При этом предоставляется информация о различных издательствах, возникших в результате различных факторов, в частности, колониализма и идеологических изменений. В целом речь идет о первом периоде арабской прессы, появившейся в результате различных мошеннических процессов.

Ключевые слова: пресса, арабская пресса, газета, типография, колония, журнал

Abstract: This article covers the unique processes of the formation of the press and its initial stages of development in a wide area that includes the Arabian Peninsula and North African countries. In this process, information is provided about various publishing houses that emerged as a result of various factors, in particular, colonialism and ideological changes. In general, we are talking about the first period of the Arab press, which appeared as a result of various fraudulent processes.

Key words: press, Arabic press, newspaper, printing house, colony, magazine

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7299668

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

146

NOVEMBER, 2022 ^

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KIRISH. Insonlar o'rtasida o'zaro axborot almashinuvi turli shakllarda eng qadimgi davrlardan buyon mavjud bo'lib, insoniyatning bir-biriga bo'lgan ehtiyojlari turli davrlarda turli ko'rinishda qondirilgan. O'rta asrlarga kelib axborot almashinuvi yangi bosqichqa chiqdi. Keying davrlarda esa axborot almashinuvi borasida misli ko'rilmagan darajada yangiliklar paydo bo'ldi. Bu esa tadqiqotlar uchun ulkan manba hozirlaydi.

1439-yilda Mayns shahrida yashovchi nemis ixtirochisi Yoxannes Gutenberg ilk nashr qilish apparatini ixtiro qilganidan so'ng axborot almashinuvi yangi bosqichga chiqdi. Jurnalistika chinakamiga kasbga aylana boshladi. Ixtirodan biroz muddat o'tib Yevropada bosmaxonalar davri boshlandi. Misli ko'rilmagan miqdorda kitob va gazetalar nashr qilina boshladi. Bu davrgacha dunyoning turli mintaqalarida bir necha xil shaklda axborot tarqatish vositalari, gazetalar mavjud bo'lgan. 15-asrning 2-yarmidan boshlab Yevropada dastabki davriy bosma nashrlar paydo bo'la boshlagan. Bu esa o'sha davr siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Dr. Shamsiddin ar-Rifo'iy jurnalistika haqida shunday deydi: har bir millatning o'z jurnalistika tarixi bor, u orqali o'zining siyosiy va ijtimoiy tarixini ko'radi. U o'zining insoniy sa'y-harakatlari qiymati tushunchasini tushunmoqchi bo'lsa, uning voqealari oqimi haqida o'ylaydi[3, 28]. 17-18-asrlarga kelib, Yevropa va Amerikada bosma nashrlar keng tarqala boshladi. 1702-yilda Londonda dunyodagi ilk kunlik gazeta "Deyliy kurant"(Daily Courant) nashr qilina boshladi. 1788-yilda "Tayms"(The Times) gazetasiga asos solindi. 1814-yildan Londonning "Tayms" gazetasini nashq qilishda bug'li bosmaxona apparatidan foydalanildi.

Arab olamiga esa nashriyot va gazetalar nashr qilish apparati ixtiro qilinganidan 4 asr o'tib kirib keldi. Arab dunyosida gazetachilik, umuman, bosma nashrlarning paydo bo'lishi va rivolanishi ikki manba natijasida shakllangan. Birinchisi o'sha davrda arab dunyosi ustidan hukmronlik qilayotgan usmonlilar imperiyasi bo'lsa, ikkinchisi Shimoliy Afrika va Osiyo arablari ustiga yurish qilgan fransuz va ingliz bosqinchilari edi. Har ikki manbaning gazeta va jurnallar chop etishdan o'ziga xos maqsadlari mavjud edi. 19-asrning ikkinchi o'n yilligidan boshlab dastlabki arab tilidagi gazetalar vujudga kela boshladi. 1816-yilda Usmonlilar imperiyasi hukmdori Dovud poshsho tomonidan Bog'dodda "Jaridatul Iroq"(Iroq jurnali) nomli gazeta arab va turk tillarida chop ettirila boshlaydi. Napoleon Bonapartning Misrga hujumidan keyin, 1798-yildan boshlab Qohirada fransuz tilida 2ta gazeta chop etila boshladi. 1828-yildan Muhammad Ali poshsho "Jaridat vaqoiul misriyya"(Misr xabarlari gazetasi) nomli rasmiy gazetani chop ettira boshlaydi. 1865-yilda Suriyaning Halab shahrida "Furot",

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1867-yilda Damashqda "Suriya" gazetasi chop etila boshlaydi. 1885-yilda Rizqulloh Hasun Istanbulda birinchi mahalliy arabcha gazeta "Mir'aatul ahvaalil arabiy"(Arab ahvoli ko'zgusi) gazetasini chop etadi. 20-asr boshlarida arab tilidagi gazetalar ko'payadi. Ayniqsa, Misr va Suriyada gazetalar soni birmuncha salmoqli edi. Bugungi kungacha mavjud bo'lgan Misr gazetasi "Al-Ahram" ilk marta 1875-yilda nashr qilingan.

1847-yilda Jazoirda ilk rasmiy fransuz gazetasi "Mubashshir"(Tarqatuvchi) nashr qilina boshladi. Dastlabki arab tilidagi nashr esa 1907-yildan "Kavkabu ifriqyaa"(Afrika yulduzi) nomi ostida chop etila boshlagan.

Shu tariqa 19-asr arab olamida gazeta va nashr ishlariga tamal toshi qo'yilgan asr sifatida tarixda qoldi. Turli arab davlatlarida dastlabki davriy nashrlar ushbu asrning turli davrlarida paydo bo'la boshlagan. Jumladan, 1858-yilda Livanda "Hadiyqotul axbor"(Xabarlar bog'i) gazetasi, 1860-yilda Tunisda "Ar-Roidut Tunisiy"(Tunis kashshofi) gazetasi, 1866-yilda Liviyadagi ilk "Torablusul G'arb"(G'arb Tripolisi) gazetasi, 1889-yilda Marokashda "Al-Mag'rib" gazetasi, 1908-yilda Falastinda "An-nafiir" (Guruh) nomli gazeta, Iordaniyadagi ilk gazeta 1920-yilda Ammanda "Alhaqqu ya'lu"(Huquq yengadi) nomli gazeta chop etilishi yo'lga qo'yilgan. Saudiya Arabistonidagi ilk gazeta "Al-qibla" nomi bilan chiqqan va 1924-yilda uning ismi "Ummul quro"(Shaharlar onasi) deb o'zgartirilgan. 1926-yilda Yamanda "Al-Ayman"(Qasamlar), 1928-yilda Quvaytdagi ilk gazeta "Al-Quvayt", Bahraynda 1936-yilda ilk gazeta "Al-Bahrayn" nomi ostida chop etila boshlangan. Ba'zi tarixchilarning fikricha, arab dunyosidagi matbuotning shakllanishi, asosan, Shimoliy Afrika davlatlari va Sudanning Yevropa va G'arb davlatlari bilan yaqinligi bilan bog'liq. Shunday bo'lsad-da, har bir arab davlatida matbuot paydo bo'lishining o'ziga xos omilari mavjuddir.

Arab olamidagi ilk matbuot paydo bo'lgan Misrda bosma nashrlarning vujudga kelishida quyidagi omillarni sabab qilib ko'rsatish mumkin:

1. G'oyaviy uyg'onish. 18-asrga kelib, Usmoniylar imperiyasi zaiflashuvi bilan Misr o'lkasida yangi davr bo'y ko'rsata boshladi va fransuz bosqini arafasida misrliklar fikrlashida katta o'zgarishlar yuzaga kelgan edi.

2. Yangi davlatning barpo etilishi. Yangi davlat paydo bo'lishi bir qancha yangiliklarni amaliyotga joriy etdi. Ular orasida siyosiy tashkilotlarning tuzilishi, ta'limga e'tibor qaratilishi, iqtisodiyotning rivojlanishi, g'oyaviy oqimlarning chiqishi va, albatta, matbuotga alohida e'tibor berilishi mavjud edi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3. Misrning Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilishi. Bunday paytda voqelikdan ko'pchilikni xabardor qilish tabiiy ehtiyoji kunlik gazetalar soni oshishiga olib keldi. Natijada bir vaqtning o'zida arab va ingliz tillaridagi matbuot nashrlari soni ortib bordi. Misrda dastlabki gazetalarning rivojlanish davri bir necha bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich(1822-1862-yillar) Muhammad Ali tuzmoqchi bo'lgan Misr davlati bilan bog'liqdir. Gazetalar bu davatning yuzi bo'lishi kerak edi. Ikkinchi bosqich(1873-1879)da ham o'ziga xos yangiliklar mavjud bo'lib, bu bosqich Misrda Al-Xadiviy Ismoil hukmronlik qilgan davrga to'g'ri keladi. Bu davrda turli sohalarga ixtisoslashgan gazetalar chiqa boshlagan va bugungacha mavjud bo'lgan "Al-Ahram" gazetasi ham shu davrda chiqa boshlagan edi. Uchinchi bosqich(1880-1899) gazetalarning Buyuk Britaniya mustamlakasiga qarshi muvaffaqiyatsizlikka uchragan inqilobga nisbatan turli pozitsiyaliligi bilan ajralib turadi. XULOSA

Shunday qilib, Misrda gazetalarning ilk rivojlanish bosqichlari nihoyasiga yetadi. Keyingi bosqichlar esa, bevosita Misr gazetchiligi tarixida yangi davr, yangicha bosqich, nisbatan rivojlangan gazetchilik davri sifatida qaraladi. Bir so'z bilan aytganda, Misr matbuoti arab matbuotining beshigi bo'lgan deyishimiz mumkin. Boshqa arab davlatlaridagi matbuot nashrlari ham asosan, Misr andozasi yoki o'zlari ta'sir doirasida bo'lgan davlat matbuoti asosida shakllangan gazetchilik tarixiga ega hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. I.G Fateeva, Z.N Shokirova. Arab matbuoti tili ustida ishlash.—Toshkent.: 2004.

2. El-Mustapha Lahlali. Contemporary arab broadcast media.—Edinburgh.: 2008.

3. Zafar, N. (2020). ARAB TILIDA CEFR MEZONLARI ASOSIDA ZAMONAVIY OQUV MATERIALLARINI YARATISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI. Педагогика ва психологияда инновациялар, 10(3).

4. Norboyev, Zafar (2022). CEFR MEZONLARI ASOSIDA YARATILGAN YANGI AVLOD DARSLIKLARINING ARAB TILINI ORGATISHDAGI O'ZIGA XOSLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 497-506.

5. 2014 SjAtâîl-¿jjtj .J^lt jjrn^ ^"i ^

6. Al-bab.com

7. Mawdoo3.com

8. Quora.com

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

9. Wikipedia.com

10. Tojiboev, I. O. U. (2021). CHINESE ARCHITECTURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 40-42.

11. Odil o'g'li, T. I. (2020). Flactors in speech development in English and other languages. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 144-146.

12. Tojiboyev, Islom Odil Ogli (2022). XITOY TILINI CHET TILI SIFATIDA

OQITISHDA "^ii" LARNING ORNI. Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 430-439.

13. Odil ogli, T. I. (2021, September). Qadimgi Xitoy Madaniyatining Shakllanishi. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 82-84).

14. Odil ogli, T. I. (2021). PRINCIPLES OF USE "7". Eurasian Journal of Academic Research, 1(6), 95-97.

15. oglu Tojiboyev, I. O. (2021). On the use of modern pedagogical technologies and general grammar in the teaching of English. Science and Education, 2(8), 718-720.

16. Odil o'g'li, T. I. (2021). METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH. World Bulletin of Social Sciences, 1(1), 23-25.

17. Islom Odil Ogli Tojiboyev (2021). XITOY TILIDA AFSONA VA RIVOYATLAR. Academic research in educational sciences, 2 (9), 631-634.

18. Odil o'g'li, T. I. The history of the origin of the Chinese language and the work done to date.

19.

20.

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

150

NOVEMBER, 2022 ^

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.