Научная статья на тему 'AQLLI QISHLOQ XO‘JALIGI KONSEPSIYALARI ORQALI AGRAR TARMOQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

AQLLI QISHLOQ XO‘JALIGI KONSEPSIYALARI ORQALI AGRAR TARMOQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
48
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
agrar soha / aqlli qishloq xo’jaligi / agrar tarmoq samaradorligi / qishloq xo’jalik mahsulotlari. / аграрный сектор / умное сельское хозяйство / эффективность аграрной сети / сельскохозяйственная продукция.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xudoyberdiyev Bobirjon Maribjon O‘g‘li, Yahyoxonov N.B.

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizning agrar sektorini rivojlantirish, aqlli qishloq xo‘jaligi konsepsiyalari orqali agrar tarmoq samaradorligini oshirish yo’llari muallif tomonidan batafsil yoritilib, o’rganilish va tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье автором подробно освещены пути развития аграрного сектора нашей страны, повышения эффективности аграрного сектора посредством концепции умного сельского хозяйства, в результате изучения и исследований разработаны предложения и рекомендации.

Текст научной работы на тему «AQLLI QISHLOQ XO‘JALIGI KONSEPSIYALARI ORQALI AGRAR TARMOQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

AQLLI QISHLOQ XO'JALIGI KONSEPSIYALARI ORQALIAGRAR TARMOQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Xudoyberdiyev Bobirjon Maribjon o'g'li

Oriental universiteti IQT-101-guruh magistri Ilmiy rahbar: Yahyoxonov N.B. iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizning agrar sektorini rivojlantirish, aqlli qishloq xo'jaligi konsepsiyalari orqali agrar tarmoq samaradorligini oshirish yo'llari muallif tomonidan batafsil yoritilib, o'rganilish va tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: agrar soha, aqlli qishloq xo'jaligi, agrar tarmoq samaradorligi, qishloq xo'jalik mahsulotlari.

Аннотация. В данной статье автором подробно освещены пути развития аграрного сектора нашей страны, повышения эффективности аграрного сектора посредством концепции умного сельского хозяйства, в результате изучения и исследований разработаны предложения и рекомендации.

Ключевые слова: аграрный сектор, умное сельское хозяйство, эффективность аграрной сети, сельскохозяйственная продукция.

Hozirgi kunda global miqyosda inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Qishloq xo'jaligi ham bundan mustasno emas. Shu bois mamlakatiizda ham so'nggi yillarda tarmoqda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilyapti.

Tahlillarga qaraganda, qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi mavsum davomida (qisqa muddatlarda) 40 tadan ortiq turli echimlarni qabul qilishiga to'g'ri keladi. Uning aksariyati raqamlashtirish ob'ekti hisoblanib, bevosita ishlab chiqarish samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Hisob-kitobga ko'ra, ekish, yetishtirish, saqlash va tashishda hosilning 33 foizi yo'qotilmoqda. Shunday bir sharoitda mavjud er, suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlovchi "smart" yoki "aqlli qishloq xo'jaligi" texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Agrar sohaning texnik va texnologik bazasi esa, asosan agrosanoat majmuasining umumiy rivojlanishini belgilaydi. Bu chorvachilik va o'simliklarni yetishtirishni texnologik takomillashtirish, yer unumdorligini oshirish va qo'l mehnatini mexanizatsiyalashgan faoliyat bilan almashtirishda namoyon bo'ladi. Texnikalarining yetishmasligi fermerlarning imkoniyatlarini cheklaydi va mahsulot tannarxida mehnat sarfini oshiradi. Mavjud texnik vositalardan samarali foydalanish uning qoplanish muddatini qisqartiradi va innovatsion texnologiyalarni qo'llash bilan birga, takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi.

Olimlarning taxminlariga ko'ra, 2050-yilga borib Yer sayyorasi aholisi 9,6 milliardga yetib, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun bugungiga nisbatan 70 foiz ko'p mahsulotlar kerak bo'lar ekan. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi,

energiya vositalarining qimmatlashuvi va yer unumdorligining pasayib ketishi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishga jiddiy to'siq bo'lishi ham ta'kidlanmoqda. Xo'sh, unda kelajakda bashariyat ochlikka mahkum bo'ladimi? Albatta, yo'q. Bu muammolarni dehqonchilik faoliyatini o'zgacha usullar asosida boshqarish, xususan, sohaga narsalar interneti konsepsiyasi kabi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar kiritish, bir so'z bilan aytganda, «aqlli» qishloq xo'jaligi orqali hal etish mumkin.

«Future Market Insights» tahlilchilariga ko'ra, dunyoda «aqlli» qishloq xo'jaligiga o'tish sekinlik bilan, ammo ishonchli tarzda amalga oshirilyapti. Bozorning katta qismi (53 foizi) Shimoliy Amerikada joylashgan. Bu AQSh fermerlari tomonidan aqlli innovatsiyalarga bo'lgan kuchli qiziqish bilan bog'liqdir. IT-texnologiyalar yer maydonlarida asosan don ekinlari yetishtirishda faol qo'llanilyapti va bu «aniq dehqonchilik» nomi bilan atalyapti.

Umuman olganda, «Goldman Sachs Group» tahlilchilari ko'plab mamlakatlar «analog»dan «aqlli»ga o'tish orqali o'z qishloq xo'jaligini faol rivojlantirib borayotganini tasdiqlashyapti. Ularning prognoziga ko'ra, yangi texnologik yechimlarni joriy etish bilan 2050-yilga borib dehqonchilikni dunyo bo'yicha 70 foizga oshirishga erishish mumkin. Bu deyarli 800 mlrd. dollarlik qo'shimcha mahsulot demakdir.

Quyida keltirilgan vositalar orqali agrar tarmoqning samaradorligni oshirish imkoniyatlari yaratiladi:

Uchuvchisiz transport vositalari. Tractica konsalting kompaniyasi ma'lumotiga ko'ra, 2024-yilga borib, qishloq xo'jaligi robotlari yetkazib berish 32 mingtaga oshib, 594 ming birlikni tashkil etadi. 2016-yili dunyo bo'yicha agrar ishlab chiqarish kompleksi (AIChK)ni robotlar bilan ta'minlovchi 150dan ortiq sanoat ishtirokchilari ro'yxatga olingan. Tahlilchilar AIChKda robotlar qo'llashning quyidagi muhim sohalariga e'tibor qaratishadi:

- haydovchisiz traktorlar va uchish apparatlari;

- moddiy resurslarni boshqarish;

- qishloq xo'jaligi vegetatsiyasi avtomatlashtirilgan tizimlari;

- o'rmon va yerosti boshqaruvi;

- qoramol fermalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari.

Traktor va yuk tashuvchi mashinalarga o'rnatilgan o'ziyurar tizimlarning inson omili ta'sirini kamaytirish bilan bir qatorda, yana bir muhim afzalligi bor: ular don va yonilg'i o'g'irligini kamaytirishga imkon beradi.

Intellektual fermalarda nafaqat haydovchisiz transport vositalari, balki kamera va yuqori sezuvchi sensorlar bilan ta'minlangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan ham foydalanish mumkin. Ular bir necha soat davomida qishloq xo'jaligi uchastkalarida tadqiqot olib borish, kamera va sensorlar yordamida yiqqan ma'lumotlarni fermerga yetkazish, maydonlar elektron xaritasini 3D formatda yaratish, ekinlarni samarali o'g'itlash maqsadida me'yorlashtirilgan vegetatsiya indeksini hisoblash, olib borilayotgan ishlarni xatlash, yerni himoyalash va boshqa

imkoniyatlarga ega. Hozirda uchuvchisiz qurilmalardan AQSh, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va YeI mamlakatlari qishloq xo'jaliklarida keng foydalanilmoqda.

Datchik va sensorlar. Dehqonchilikda datchik va sensorlardan foydalanish — intellektual ferma tashkil etishda muhim qadam hisoblanadi. O'nlab kvadrat kilometr joydan ular radiokanallar orqali nazoratdagi ob'yektlar holati — asosan, tuproqning namlik darajasi, harorat, o'simlikning sog'lomlik darajasi, yonilg'i zaxirasi va boshqa muhim parametrlar haqida uzluksiz ma'lumot yetkazib tura oladi.

Masalan, nazorat nuqtalariga o'rnatiladigan sensorlar tuproq xususiyatlarining asosiy tizimlarini aniqlashga moslashtirilgan. Datchiklar esa tabiiy xilma-xillik (relef, tuproq turi, yorug'lik, ob-havo, begona o'tlar va zararkunandalar miqdori), kasallikka chalingan o'simlik, hosildorlik haqida oldindan ma'lumot beradi. Sensor va datchiklar nafaqat ekin yetishtirishga, balki hosilni to'liq saqlashga ham yordam beradi. Bularning bari o'simliklarni parvarishlashga aql bilan yondashuvni ta'minlaydi.

Elektron qurilmalar chorvachilik va baliqchilik xo'jaligini samarali boshqarishga ham yordam beradi — qoramollar joylashgan joy va ob-havo o'zgarishlarini nazorat qiladi. Bunday qurilmalar orqali fermerlar allaqachon jonivorlar homiladorligi, sog'ish vaqti va kasallik belgilarini aniqlashni o'rganib olishgan.

Qoramollarni sun'iy yo'ldosh orqali nazorat qiluvchi «FindMySheep» mashinalararo yechimi bunga ajoyib misol bo'la oladi. Bu tizim datchiklari xaritada har qanday hayvonning harakatini ko'rsatib, ularni biriktirib turadi. «General Alert»ning boshqa bir tizimi esa fermalardagi hayvonlarni kuzatish bilan birga, ularning salomatliklarini ham tekshiradi.

Qishloq xo'jaligiga intellektual texnologiyalarni joriy etish iste'molchilari, albatta, fermerlar va fermalar rahbarlaridir. Texnologik provayderlar esa yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Ular iste'molchilar uchun innovatsion dasturlar yoki mobil ilovalar, M2M uskunalari, datchiklar va kuzatuv qurilmalari, aloqa kanallari, ma'lumotlarni tahlil qilish vositalari va boshqa aqlli yechimlar ishlab chiqish uchun javobgardir. Ammo, har bir ferma (har bir fermer) ham internetga ulangan emas. Hatto tarmoqqa ulanish uchun uncha katta bo'lmagan fermaga yetarlicha sarmoya lozim. Budjeti kam xo'jaliklarga qanday yordam berish kerak?

Masalan, 10 million kamrentabelli fermalarga ega Afrikada «Esoko» mahalliy ishlanma yordamga keldi. Ishlanma fermerlarga xo'jaliklari holati, ob-havo, mahsulot yetishtirish bo'yicha tavsiyalar haqidagi muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Shu tizimda «eBay» usulidagi internet-do'kon ham faoliyat ko'rsatadi. Uning eng ommalashgan funksiyasi fermerlarga turli mahsulotlarning joriy narxini ko'rsatib turishidir. Bu orqali ular mahsulotini foydali narxlarda sota oladilar. Mazkur tizim natijasida shaxsiy xo'jaliklar daromadi ikki yilda 12 foizga o'sgan.

Yaponiyaning «SoftBank» mediakorporatsiyasi esa iyul oyida Kolumbiyada aqlli datchiklar parvozi sinovini yakunladi. Sholi maydonlari uchun mo'ljallangan bu qurilma tuproq va suvning ozuqaviy miqdori, namlik va harorat darajasini o'lchaydi hamda yig'ilgan ma'lumotlarni smartfonlar orqali har bir fermerga individual jo'natadi.

O'zining barcha afzalliklariga qaramay, aqlli qishloq xo'jaligi hali rivojlanishning boshlang'ich bosqichida. «AQShning Trimble» kompaniyasi hisobotiga ko'ra, dunyodagi har to'rtta fermadan faqat bittasi ma'lumotlar yig'ish bazasidan foydalanadi. Bunga moliyaviy omillar (bunday infratuzilmani tashkil etish fermerlar tomonidan salmoqli dastlabki sarmoya talab qiladi) asosli to'siq bo'lib turibdi. Bundan tashqari, ma'lumotlar xavfsizligi, dehqonchilikdagi o'ziga xos siyosat va ob-havo ham aksariyat fermerlarni ikkilantiradi.

Yaponiyada bugungi kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga (dalalarni rejalashtirish, yerga ishlov berish, ekin ekish, sug'orish, parvarishlash, hosilni terib olish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish, sotuvga chiqarish va hokazo) turli darajada zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan.

Ayniqsa, qishloq xo'jaligi texnikalarini boshqarish, yuklarni tashish va boshqa jismoniy mehnatni yengillashtiruvchi texnikalar va raqamli texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda. Robot traktorlar, yuk ko'tarishni yengillashtiruvchi ekzoskeletlar, dalalarni monitoring qilishda dronlar va shu kabilar cheklangan va qimmatli resurslardan suv, urug'lik, o'g'itlar, yoqilg'i-moylash materiallaridan optimal foydalanishga erishilmoqda.

Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog'dorchilik yoki chorvachilikda, balki baliqchilik sohasida ham o'z samarasini bermoqda. Baliqlar migratsiyasini kuzatib borish va baliq ovlash uchun eng yaxshi joyni tanlash, ozuqa namunalarini tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik qurilmalar, monitorlar yoki GPS datchiklari yordamida amalga oshirsa bo'ladi. Shuningdek, suvning sifati haqida ham ma'lumot olish mumkin.

Uzoq yo'lni bosib o'tgan texnologiyalar hamon rivojlanishda. Bugunga kelib, veb-interfeysli qurilmalar va xizmatlar ancha ko'p ommalashdi, shuning uchun ham narsalar internetiga bo'lgan qiziqish rekord darajada yuqori o'rinni band etib turibdi. Fermerlikning an'anaviy usullari o'sib borayotgan oziq-ovqat talabiga tenglasha olmaydi, shu bois fermerlar aqlli qishloq xo'jaligiga tobora ko'proq murojaat qilishmoqda. Va bu kelajagi porloq yagona soha bo'lishiga shubha yo'q.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, yaratilayotgan kichik sanoat zonalari, kichik biznes subyektlarining eksport salohiyatini oshirishda, agrar tarmoq mahsulotlari va xizmatlarini ko'rsatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali talab etuvchilar nuqtai nazaridan iste'molchilarga yo'naltirilganlik tamoyilidan samarali foydalanish, ular uchun optimal xarajat qilgan holda, iste'molchilar uchun qulayliklar yaratib, samarali kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimiz zamini serhosil, bahorda tayoq suqsak kuzda meva beradi. Lekin, aholimizning yildan yilga ko'payib borayotganini, suv, elektr energiyasi va boshqa tabiiy zaxiralarimizning cheklanganini inobatga olsak, «aqlli» qishloq xo'jaligining

naqadar ahamiyati kattaligini anglab yetamiz. Shunday ekan, agrar sohaga zamonaviy tizimni tatbiq etishlarida mirishkorlarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2C19 yil 23 oktyabr «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2C2C — 2C3C yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5853-son Farmoni

2. Игорь Манн. Арифметика маркетинга для первых лиц. - М.: Манн, Иванов и Фербер, 2C11. стр. 10.

3. G'ulomov S.S. Marketing asoslari, - T.: TDAU, 2000.

4. Olimjonov O. va boshqalar. Fermerlik faoliyatining asoslari va ishlab chiqarishni tashkil etish. - T.: Sharq, 2003, -270 b.

5. Фатхутдинов Р.Л. Стратегисечкий маркетинг. - M.: ИНФРА-M, 2001 г.

6. Salimov B. va boshqalar. Fermer va dehqon xo'jaliklari iqtisodi. -T.: TDIU, 2004, 124 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.