Научная статья на тему '“ANXIETY” LEKSIK BIRLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

“ANXIETY” LEKSIK BIRLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arxitektonika / deskriptor / eksplikant / anxiety / birikmalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdurazoqov Boburjon Sobirjon Oʻgʻli

Ushbu maqola emotsional leksik tushunchalardan iborat boʻlgan anxiety (tashvish) konsepti haqida olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan. Bundan tashqari maqolada ushbu konsept boʻyicha oʻzbek va ingliz tillarida misollar bilan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ANXIETY” LEKSIK BIRLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

"ANXIETY" LEKSIK BIRLIGINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Abdurazoqov Boburjon Sobirjon o'g'li

Samarqand davlat chet tillar institute Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11082199

Annotatsiya. Ushbu maqola emotsional leksik tushunchalardan iborat bo'lgan anxiety (tashvish) konsepti haqida olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan. Bundan tashqari maqolada ushbu konsept bo'yicha o 'zbek va ingliz tillarida misollar bilan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: arxitektonika, deskriptor, eksplikant, anxiety, birikmalar.

Emotsional leksik tushunchalarni tashkil etuvchi belgilar, arxitektonikasi tushuncha, baholash va obraz o'rtasidagi munosabatlarning umumiy natijasi bo'lgan belgilar turkumiga tegishli bo'ladi. V. I. Shaxovskiyning fikricha [1], ular pragmatik-semasiologik pozitsiyadan tasniflanadi. Ular uchta sinfga bo'lingan - belgilar (qayg'u, daxshat, va hokazo), deskriptorlar (ko'zdagi yosh va hokazo) va eksplikantlar (yovuz va hokazo). Verbal belgilarning oxirgi ko'rinishi odatda emotsiyalar deb ataladi [1]. Ularning semantik tuzilishida mantiqiy komponent maksimal darajada qisqaradi, baholovchi-majoziy komponent esa mos ravishda namoyon bo'ladi.

Qiyoslash qoidasidan foydalanib, frazeologik konseptlarni nominant frazeologik birliklar (beat around the bush: oldi-qochdi gaplar), dekskriptiv frazeologik birliklar (To live from hard to month, to live on a shoestring; zo'rg'a kun kechirmoq va hokazo) va izohlovchi frazeologik birliklarga (Go to helljahannamga ravona bo'l! kabilar) ajratish mumkin.

Lingvokulturologiya uchun so'z nominatsiyalari orqali hosil bo'lgan emotsional tushunchalarni tahlil qilish, bir leksemik belgilar bilan solishtirganda, birinchisining strukturaviy va semantik rivojlanishi tufayli eng samarali bo'lib chiqadi.

Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, emotsiya konseptlarini (til turidan qat'iy nazar) chinakam har tomonlama tavsiflash, chuqur lingvokulturologik o'rganish tadqiqotchining muayyan til madaniyatida qo'llanilishining ko'plab kontekstlariga murojaat qilish orqali mumkin.

Ma'lumki, emotivlik shaxsning turli psixologik holati ifodasi bilan bog'liq. Jumladan, tashvish-xavotir, asabiy vaziyat, qaxr-g'azab, xursandchilik, mamnunlik va shu kabilar ingliz tilidagi tashvish/xavotir holati "in a state of agitation", "in a state of nervous", "worried sick", "with ones stomach in knots'", "a bundle of nervous", "with ones heart in ones month" kabi frazeologizmlar bilan ifodalanadi. Xavotir/tashvish konsepti o'zbek tilida ham qator variantlarga ega, jumladan pushaymon, vahimada bo'lmoq, notinch va hokazo. Ikkita tildagi anxiety (xavotir/tashvish) konseptining keltirilgan sinonimik birliklari ma'lum ma'noda vaziyatga, his-tuyg'uni boshdan o'tkazishga qarab farq qiladi. Anxiety (xavotir/tashvish) bevosita qo'rquv, shubxa, xadik, sarosima kabi emotsional holatlarni birlashtiradi. Shu bilan birga, genetik jihatdan bog'liq bo'lmagan ingliz va o'zbek tillarida anxiety (tashvish) his tuyg'uni anglatuvchi misoliy vositalarni verballashuvida farq mavjud buladi, ushbu his tuyg'uni boshdan o'tkazish bir-biriga juda yaqin edi.

Anxiety ning konseptual tahlilida, inson tanasida ma'lum fiziologik o'zgarish jarayonlarini keltirib chiqaradigan ma'lum kutilgan xodisa yoki shaxsga nisbatan his-tuyg'u idrok etish bilan bog'liqlik yaqqol ko'zga tashlanadi. Inson tomonidan idrok etilgan moddiy olamning alohida bo'laklari o'z xususiyatlari va funktsiyalari tufayli inson mavjudligiga tahdid solishi mumkinligi borasidagi sezgi xususiyatlarining faollashuvi kuzatiladi. Berilgan obyekt tomonidan qo'zg'atilgan fiziologik reaktsiyaning nomini odamning ruhiy hissiyotiga o'tkazish ehtimolini taxmin qilish mumkin. Binobarin, anxiety-tashvish olamning bir bo'lagi bulgan xavf, xatar yoki

ma'lum bir fizik yoki fiziologik ta'sirini bildiradi. Ingliz tilida ham uning semantikasini kengaytiradigan xavf-xatarning darajalanish ma'no sifatini belgilovchi, insonning ruhiyati tajribasining o'ziga xosligini aniqlashtiradigan qator leksik vositalar mavjud. Ingliz tilidagi worry, thrent, a bundle of nervous kabi fe'l yoki frazologik birliklar yuqori darajadagi anxiety balki, bog'liq his-tuyg'ularni namoyish etish uchun qo'llaniladi. Masalan, o'zbek tilida esa vahima-xavotir, tashvish kabi leksik vositalar anxiety tushunchasining yukori darajasini ifodalashning oziga xos lingvomadaniy belgilari mavjud. Masalan, M.Bolf was aware of his wasfers discomfort, and said with anxious reproof: "Its almost time for your trentment sir" (Mathers A, 31). Don 't worry about your father learning of my exiltince (Mathers.A. 94). Just go on the therats, will you? (Mathers A. 98).

Taxminlarga ko'ra, zamonaviy muloqot tizimida kommunikativ xatti-harakatlar qoidasida tashvish konsepti maqsadli, strategik nuqtai nazardan faollashadi. Bunda maqsadli fiziologik emotsiyani yoki raqkibda salbiy emotsiyani uyg'otish uchun qo'llaniladi. Leksik birikmalar tanlovi esa vaziyatga tegishli salbiy his-tuyg'ularni belgilash uchun ishlatiladigan deb aytish mumkin. Emotsionallikni anglatuvchi konseptlar tahlil qilinayotgan so'zning asosiy ma'nosini aniq belgilay olish natijasida erishish mumkin. Ammo, keyinchalik ingliz so'zlar turli emotiv vositalarga bog'liq xolda ishlashi mumkin. Har qanday tarzda zamonaviy sodda ma'nosida so'zlashuvchilar tomonidan - to be afraid va to worry (tashvish) keng qo'llaniladi.

Bu frazeologik birikmalarni ma'nolarining mos kelishini hozirgi ingliz tilida sintagmatika darajasida anxiety ning emotiv tushunchasi ifodalash mumkiinligini isbotlaydi. M. Masalan, she smiled and then looked as if he were anxious to leave (Kelbher A., 9). Ushbu misoldagi "tashvish" bevosita ma'lum xarakatni amalga oshirish bilan boglik emotiv vaziyat nazarda tutilgan. Ma'lumki "qo'rquv" odamni jismoniy harakatlar qilish istagi bilan bog'laydi; yurak qo'rquvdan to'xtashi mumkin, qo'rquv boshidan kechirgan kishi tomog'iga nimadir tiqilishi, vahima bosishi, hadiksirash kabi holatlar kuzatiladi. Bundan tashqari, qo'rquvni boshidan o'tkazgan insonning fiziologik reaktsiyasining ekstremal shakllarini keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun:

Has been snowing again? - Iam afraid so. Its not as bright as yerterday by any means. (Mothers A. 37).

Shu bilan birga, qo'rquv, aksincha, bizning ob'ektiv harakatlarimizni bajarish tezligini faollashtirishi mumkin Misol uchun:

shant be send she va after you, if thats what youre afraid of.

Mazkur misolda qo'rquv hissi fiziologik jihatdan inson tanasiga, uning refleksiv reaktsiyalariga ma'lum darajada ta'sir qilishi xavfi nazarda tutilgan. Ta'kidlash joizki, lingvistik idiomalarning muloqot jarayonida qullanilishi inson o'zi boshdan kechirayotgan emotsiyalari va xususan, qo'rquv bilan boglik emotsiya haqidagi fikr muloxazalarini yoritish uchun ham xizmat qiladi. Misol uchun:

I 'm afraid so. Its not as yesterday by any means (Mothers A., 35).

Ushbu assotsiativ ko'rinishlar ingliz leksikasida mustahkamlangan birliklar sifatida lingvomadaniy xususiyat kasb etadi. Ular barqaror iboralar darajasida saqlanib qolgan va zamonaviy tilda hali ham faol qo'llanilmoqda, chunki to be afraid birikmasi madaniy munosobatlarni, ya'ni xushmuomilalikning ifodalanishida kullaniladigan birikma sifatida xam ma'lum.

Im afraid, I cant accomany you. (Kehler A. 26).

Qo'rquv inson tanasida sodir bo'ladigan fiziologik va ruhiy jarayonlar bulib inson tabiatining ajralmas kismi sanaladi.

Qo'rquvni boshdan kechirishning bunday xususiyati, insonning jismoniy harakatlarini bog'lash kabi, afraid, so'zining asosiy ma'nosi bilan bevosita bog'liq. Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, zamonaviy ingliz afraid emotiv birligi tashvish konseptining lisoniy ifodalash ekanligi kuzga tashlanadi.

O'zbek tilidagi qo'rquv so'zi inson (hayvon) ruhiy holatini ifodalaydi. Vebstr lug'atida ingliz tilidagi "scar" qo'rquv so'zi an emotion causedbuy being awars of danger izohi keltiriladi (Webster, 602). Ushbu so z for fear of, live in fear, struck fear into the hearts kabi birikmalari mavjud. Shu bilan birga, uning nominant ishtiyoq emotsiyasi va azoblanmoq fe'li bilan etimologik aloqasi haqida fikr bildiriladi [2].

Qo'rquv so'zi o'zbek tilida semantikasiga ko'ra g'ulg'ula, taxlika, vaxima kabi sinonimik guruxlarni tashkil kiladi. Konseptual jixatidan ushbu birlik kator uziga xos lingvomadaniy xususiyatga ega bulgan frazologik birikmalarda faollashadi. Masalan: qo 'rqqanga qo'sh ko 'rinar, kapalagi uchdi, tili kalimaga kelmay qoldi va xokazo.

REFERENCES

1. Шаховский В.И. Категоризация эмоций в лексико-семантической системе (на материале англ. яз.): дис. ... д-ра филолог, наук / В.И. Шаховский. - М., 1988. - 402 с.

2. Степанов Ю.С. Константы. Словарь русской культуры. Опыт исследования. М., 1997.С.40-43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.