Central Asian Journal of
Education and Innovation
ANTONI JENKINSON SAYOHAT KUNDALIKLARIDA O'RTA OSIYO TARIXI XUSUSIDA
Boqiyev Ismoil
Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13831752
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 15- Sentabr 2024 yil Ma'qullandi: 20- Sentabr 2024 yil Nashr qilindi: 24- Sentabr 2024 yil
KEY WORDS
Qirolicha Yelizaveta I, Ivan IV Grozniy, Moskva kompaniyasi, Buxoro xonligi, Iskanda1rxon, Abdullaxon II, London, Moskva va Buxoro shaharlari, A. Jenkinson xaritalari, sayohat, kemalar, karvon yo'llari, o'rta yer dengizi, Fors davlati.
ABSTRACT
Ushbu maqolada ingliz diplomati va savdogari A.Jenkinson hayoti, Rossiyaga ingliz elchisi sifatida kelishi, Moskva kompaniyasiga asos solinishi hamda Turkiston (Buxoro va Xiva xonligi), Fors va Rossiyaning boshqa hududlariga sayohatlari haqida bilib olamiz.
Antoni Jenkinson - 1529-yilda Angliyani Lestersher grafligining Harboro savdogarlar shahrida tug'ilgan. Otasi Uilyam Jenkinson boy savdogar bo'lgan. A. Jenkinson yoshligidan tijorat va kemachilikka katta qiziqish bildirgan. Eng katta orzusi Hindiston hududiga sayohat qilish edi. Antoni Jenkinsonning oilasi katta edi. Olti qizi va to'rt nafar o'gli bor edi. 1568-yilda Moskva kompaniyasi bosh tadqiqotchisi bo'ldi. Moskva-London o'rtasida savdo ishlarini rivojlantirishga harakat qildi. Hayoti davomida Hindiston va Xitoy hududini o'rganishga harakat qildi. Bu hududlardan o'tadigan savdo hamda karvon yo'llari haqida ma'lumotlar to'pladi. Sayohatdan keyin 1606-yildan Eshtonda yashay boshladi. 1610-yil dekabr oyida vafot etdi va 1611-yil 16-fevral kuni dafn etilgan. Angliya davlatining sayohatchilik tizimiga katta hissa qo'shdi.
Rossiyaga sayohati. Antoni Jenkinson - 1557-yilda uchta kemada London portidan Rossiya yerlariga yo'l oladi. 1557-yil 6-8-dekabda Moskva shahriga yetib keldi. 10-dekabrda rus saroyida tashrif buyirdi. 25-dekabrda rus hukmdori Ivan IV qabulida bo'ldi. O'zaro maktublar almashdi hamda savdo-sotiq bo'yicha shartnomalar imzolandi. A. Jenkinson kundaligida quyidagi muhim ma'lumotlar majvud: "Moskva - katta shahar hisoblanib, asosiy inshootlar yog'oshdan qurilgan. Tosh cherkov va monastrlar ham mavjud. Shaharni 16 ta darvozasi bor. Ruslar - shoyi va ipakdan kiyim kiyishadi. Ruslar ham nasroniylardir, lekin tatar va kumanlar Muhammad dinidandir."
A.Jenkinson Rossiya hududini savdo-karvon yo'llarini, harbiy salohiyatini hamda iqtisodiy madaniy va ijtimoiy hayotini keng o'rgandi. Kundaligida Moskva, Qozon hamda Astraxan shaharlari haqida qiziqarli va muhim ma'lumotlarni yozib qoldirdi. Bu ma'lumotlar
keyinchalik Rossiya-Angliya diplomatik aloqalarini kuchaytirdi. Yevropa davlatlari hamda Rossiya davlati o'rtasida elchilik aloqalarini shaklanishga turtki bo'ldi.
Moskva kompaniyasi - 1551-1698-yillarda Rossiyada savdo-sotiq bo'yicha ingliz manopol huquqiga ega bo'lgan. 1808-yilda Rossiyada islohotlar natijasida tugatilgan. Bu kompaniya Angliya-Rossiya o'rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarini olib borgan. A. Jenkinson 1557-1572 yillarda ingliz "Moskva kompaniyasi" ning yirik arbobi. U olti marta Moskvada bo'lgan, u yerda uzoq vaqt yashadi hamda Oq dengizdan Astraxangacha butun Rossiyani to'rt marta kesib o'tdi.
Buxoroga sayohati. A.Jenkinson 1558-yilda Moskvadan Astraxan shahriga tashrif buyirdi. A.Jenkinson shaharni ijtimoy, iqtisodiy hamda madaniy hayotini o'rgandi. A.Jenkinson kundaligida shahar aholisini asosiy qismi tatar xalqiga mansubligi hamda musulmon diniga e'tiqod qilishini ta'kidlab o'tgan. Astraxandan so'ng Kaspiy dengizi orqali Movarounnahrga keladi. Xiva xonligining poytaxti Urganch shahriga keladi. Bu davlatning siyosiy hamda harbiy salohiyatini o'rgandi. Shuningdek muhim savdo yo'llari va qal'alar haqida muhim ma'lumotlar to'pladi. A.Jenkinson o'z kundaligida Xiva davlati hunarmandchilik turlari ko'pligi va yuksak darajada rivojlaganligini yozgan. Lekin Vazir shahri xaroba shaklida ekanligini hamda mamlakatda iqtisodiy ahvol yomonligini ta'kidlab o'tgan. Kundalikda quyidagi jumla keltirilgan: "savdogarlar soni juda kam va ular shunchalik kambag'al ediki, butun shaharda men faqat to'rt dona mato sotishga muvaffaq bo'ldim." Bu ma'lumotlar Xiva xonligida bir qancha iqtisodiy jihatdan tanazzulga yetgani ko'rishimiz mumkun. A.Jenkinson 1558-yil 23-dekabrda Urganchdan Buxoroga keldi. Ingliz-rus elchisi A.Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon II saroyi qabulida bo'ldi. Buxoro va Rossiya o'rtasida diplomatik aloqalarni yaxshilanishga ilk qadamlar tashlandi. A.Jenkinson Buxoro xonligini Rossiya, Eron, Xiva, Hindiston hamda Usmoniylar davlatlarini siyosiy va iqtisodiy aloqalarni keng o'rgandi. Antoni Jenkinson kundaligida har yili Buxoroga katta-katta karvonlar kelishini, bozorda eron, hind hamda rus savdogarlar tovarlar sotishi yoki sotib olishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. A.Jenkinson O'rta Osiyo orqali Hindiston va Xitoyga boradigan savdo yo'llarini aniqlashga harakat qiladi. Hindiston mahsulotlari shu darajada mashxur ediki, uni dong'i butun Sharq va G'arb dunyosiga tanilgan edi. G'arb sayyoh va savdogarlari Hindistonga borishni orzu qilgan. Antoni Jenkinson o'z kundaligida Hindiston haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotlar qoldirgan. Kundalikda Buxoro davlatida o'zaro urushlar va nizolar mavjudligi, bu esa savdo-sotiq hamda savdogarlarga(xalqqa ham) juda katta zarar va talofat keltirib chiqargani yozib qoldirgan. 1559-yil 8-martda A. Jenkinson hamrohlari bilan Buxoroni tark etadi.
Forsga sayohat. Angliya qirolichasi Elizaveta I tyudor Fors, Turkiston va Hindiston hududlariga qiziqish bildirgan. A. Jenkinson 1561-1564-yillarda Eronga sayohat qilgan. A.Jenkinson Buxoroda Eronga borish uchun tayyorgarlik ko'ra boshladi, Lekin Rossiyaga qaytib ketdi. 1562 yil 27-aprelda A. Jenkinson Moskvani tark etib, 10-iyunda Volga daryosi bo'ylab Astraxanga keldi. 3-avgust kuni Darbend shahriga tashrif buyurgan. Keyinchalik, Shirvon va Qazvin shaharlarga keladi. A. Jenkinson Forsga sayohati davomida Kavkaz, Ozarbayjon hamda Eron kabi hududlari haqida ma'lumotlar to'playdi. Bu hududlarning aholisi, madaniyati hamda savdo-sotiq haqida muhim va qiziqarli ma'lumotlarni kundalikda yozib qoldirgan. A. Jenkinson Eron shohi hamda shayxlari bilan siyosiy aloqalar o'rnatishga harakat qilgan. Yelizaveta I tomonidan yozilgan maktublarni Eron shohi hamda Darbend shayxiga topshiradi. Bu voqea Angliya-Rossiya o'rtasida diplomatik aloqalar yuzaga keladi.
Turkiya-Eron o'rtasida hududiy hamda chegaraviy kelimovchiliklar mavjudligi, Eron-Angliya o'rtasida bitimlar imzolandi. A. Jenkinson 1563-yilda Moskvaga qaytadi. Shaharda bir yil turar-turmas 1564-yili Londonga keladi.
Antoni Jenkinson Rossiya hududiga 4 marta sayohat qilgan
1-sayohat - 1558-yil (asosan, Astraxan va Qozon shaharlari)
2-sayohat - 1561-yil (Eronga sayohatga tayyorgarlik ishlari)
3-sayohat - 1566-yil (Angliya-Rossiya o'rtasida aloqalari)
4-sayohat - 1571-yil (savdo-sotiq aloqalar, Qrim tatarlari)
A.Jenkinson sayohatchilik hamda savdo-sotiq olib bordi. U Angliyaning faqat Rossiya emas, shuningdek, Buxoro, Xiva xonliklari, Eron hamda Hindiston bilan kelgusida siyosiy aloqalar olib borishga zamin yaratdi. Tarixda Angliya-Sharq davlatlar o'rtasida keng savdo-sotiq olib borganligini bilamiz. Bunda Antoni Jenkinson xizmatlari katta.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolstoy Yu.V. "Rossiya va Angliya o'rtasidagi munosabatlarning birinchi qirq yili. 1553-1593-yillar" asari
2. A. Jenkinson "Rossiyaning Moskva shahridan 1558-yilda Baqtriyaning Buxoro shahriga sayohat" kitobi
3. Уляницкий В. "Сношения России с Среднею Азиею и Индиею в XVI-XVII вв." asari
4. B. J. Eshov, A. A. Odilov "O'zbekiston tarixi" II kitobi
5. A. Zamonov, A.Egamberdiyev "O'zbekiston tarixi" 3-qism.
6. Хужаёров, А. (2023). УРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОХАСИ ИЛМИЙ-АДАБИЙ ХАЁТИ. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 2 (7), 41-43.
7. Ходжаёров, А. О. (2023). Сомонийлар даврида Насаф шахрининг ижтимоий, ицтисодий ва маънавий хаёти. Взгляд в прошлое, 6 (1).
8. Хужаёров, А. О. (2022). К^ашкддарё вохаси алломалари илмий меросининг ахамияти. In International conferences (Vol. 1, No. 21, pp. 99-103).
9. Khojayorov, A. (2023). The scientific-literary environment of the Nasaf oasis in the middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.
10. Хужаёров, А. (2022). Абу Райхон Берунийнинг "Хиндистон" асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.
11. Asilbek, K. (2023). History of Sufism in Nasaf Oasis. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1 (6), 15-19.
12. Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX - XII CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-191.
13. Uralov, G. (2021). POLITICS OF REPRESSION IN THE KASHKADARYA OASIS.
14. Ghaybulla, U. (2023). The development of tourism through" Abu-l Mu'in an-Nasafi" scientific research center. Journal of Universal Science Research, 1(2), 392-395.
15. Gaybulla, O. (2023). THE HISTORY OF THE LANGAR ATA SANCTUARY AND ITS PLACE IN THE HISTORY OF OUR MATERIAL CULTURE. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(1), 367-371.