Научная статья на тему 'ANJIRDAGI O‘RGIMCHAKKANAGA QARSHI KURASH.'

ANJIRDAGI O‘RGIMCHAKKANAGA QARSHI KURASH. Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
anjir / zarar / meyor / meva / xosil / zarakunandalar / suv / tuproq / xavo.

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich, Sayramov F., Bozorboyeva A.

Anjir plantatsiyalarida o‘tkazilgan dala tajribalari natijasida insekto-akaritsidlar va akaritsidlarni qo‘llash orqali o‘rgimchak oqadilar bilan kurashish bo‘yicha kimyoviy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, optimal ko‘rsatkichlar va muddatlar belgilandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANJIRDAGI O‘RGIMCHAKKANAGA QARSHI KURASH.»

ANJIRDAGI O'RGIMCHAKKANAGA QARSHI KURASH.

1Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich, 2Sayramov F., 3Bozorboyeva A.

1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 2Farg'ona davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11210164

Annotatsiya. Anjir plantatsiyalarida o'tkazilgan dala tajribalari natijasida insekto-akaritsidlar va akaritsidlarni qo'llash orqali o'rgimchak oqadilar bilan kurashish bo'yicha kimyoviy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, optimal ko'rsatkichlar va muddatlar belgilandi.

Kalit so'zlar: anjir, zarar, meyor, meva, xosil, zarakunandalar,suv, tuproq, xavo.

Аннотация. В результате проведения полевых опытов на плантациях инжира разработан химические меры борьбы с паутинном клещом путём применения инсекто-акарицидов и акарицидов, определена оптимальные нормы и сроки.

Ключевые слова: инжир, повреждение, норма, плоды, урожай, вредители, вода, почва, воздух

Abstract. As a result of the field experiments conducted in fig plantations, chemical measures to combat spider mites using insecto-acaricides and acaricides were developed, and optimal indicators and periods were determined.

Keywords: figs, damage, rate, fruit, harvest, pests, water, soil, air.

Ma'lumki o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) hammaxo'r zararkunanda bo'lib, 200 dan ortiq o'simlik va daraxtlarni zararlashi mumkin (Lindt,1964; Uspenskiy,1970; Alimuhamedov, Ho'jayev,1991). Bu zararkunanda daraxt, daraxtsimon-buta o'simliklaridan ko'pini (olma, gilos, olcha, olxo'ri) zararlaydi. Shular qatoriga anjir ham kiradi. Odatda, anjir o'rgimchakkana bilan sekin-asta zararlana oshlaydi. Ammo iyul-avgustga kelib daraxtlar shunchalik qattiq zararlanadiki, unga qarshi kurash o'tkazilmasa daraxt va hosildorlik katta talofat ko'radi.

Umuman olganda, anjir o'rgimchakkanaga nisbatan bardoshli o'simlik hisoblanadi, chunki bu zararkunanda bilan daraxtni zararlanganligi kech ma'lum bo'ladi. Bu anjir barglarini ahyon-ahyonda to'p-to'p bo'lib sarg'aya-boshlashidan sezilib, meva hosili maydalashadi, sifati buziladi, hatto barglari to'kila boshlaydi. Oqibatda, zaiflashgan daraxtlarni ikkilamchi po'stloqxo'r qo'ng'izlar bosa boshlaydi.

Ayniqsa, sariq anjirni xush ko'radigan o'rgimchakkanani Xorazm vohasida, Qashqadaryo, Toshkent va Farg'ona vodiysi viloyatlarida ko'plab uchratish mumkin.

Asosan anjirchilik bilan dehqonchilik qiladigan Farg'ona viloyati, Buvayda tumanining Oqqo'rg'on qishlog'ida o'rgimchakkanaga qarshi mavsumda 3-4 marta kimyoviy kurash o'tkazmagan xo'jalik katta zarar ko'rishini aniqlangan.

Bu zararkunandaning biologik xususiyati shundaki, u mavsumda 11-13 marta avlod berib rivojlanadi. O'simlik qoldiqlari, hamda daraxt po'stloqlari ostida voyaga yetgan va urug'langan, qizil tusga ega bo'lgan urg'ochi zotlari qishlaydi. Buni nazarda tutib, unga qarshi kurashda oldini olish va agrotexnikaviy usullarini ishlatishga to'g'ri keladi. Mavsumda tabiiy rivojlanib, o'rgimchakkananing zararini kamaytirib turadigan kushanda hasharotlarning (kanaxo'r trips, stetorus qo'ng'izi, oltinko'z lichinkalari va boshqalar) foydasi bo'lsada, lekin yetarli natija bermaydi. Hozirgi davrning samarali usuli anjirni o'rgimchakkanadan himoya qilishga mo'ljallangan samarali insektitsid-akaritsidlarni yoki akaritsidlarni qo'llashdir.

Bir necha yil mobaynida anjirni o'rgimchakkanadan himoya qiluvchi samarali vositalar yaratish ustida ish olib bordik. Xususan, 2008-2010- yillarda bir qator dala tajribalari o'tkazilib, ularda kompleks ta'sir

qiluvchi, hamda ixtisoslashgan akaritsidlik xususiyatlarga ega bo'lgan dorilar sinab ko'rildi.

Tajribalar Andijon hamda Farg'ona viloyatlari sharoitlarida o'tkazilib, ishlov osma motorli purkagichlar yordamida amalga oshirildi. Bunda har gektarga sarf bo'ladigan ishchi suyuqligining sarf-meyori xronometraj qilinib aniqlandi, u 250-300 litrdan oshmadi.

Quyida Buvayda tumani xo'jaliklarida o'tkazilgan tajribaning asosiy natijalari keltirilgan. (Jadval)

INSEKTITSID-AKARITSID VA AKARITSIDLARNI ANJIRDAGI O'RGIMCHAKKANAGA QARSHI SAMARADORLIGI

Jadval

№ 1 ta zararlagan bargdagi o'rgimchakkana soni, dona Samaradorlik, % hisob kunlariga

Dori sepis Dori sepilganidan keyingi kunlarga:

h- gach a 3 7 10 15 S ± m S ± m S ± m S ± m

1. Siperf os, 55% e.k. 1, 5 91,4 1,2 3,2 14,1 20,6 98, 6 0, 7 96, 6 1, 1 86, 6 3, 7 84, 1 4, 2

2. Karate, 5% e.k. 0, 5 101,4 7,3 11,4 45,7 75,4 92, 5 0, 9 89, 3 3, 7 78, 5 5, 2 47, 7 5, 3

3. Talstar , 10% e.k. 0, 5 63,5 1,2 0 24,2 34,3 98, 0 0, 5 10 0 66, 8 4, 4 62, 0 5, 6

4. Omayt , 570 EW 1, 5 76,1 2,6 0 8,7 23,3 96, 4 0, 6 10 0 90, 0 3, 3 78, 5 4, 3

5. Nazora t (dorisi z) 144,0 138, 3 151, 4 165, 4 204, 7

Bu ma'lumotlardan ko'rinib turganidek, may oyida o'rgimchakkananing zichligi yuqori bo'lgan. Nazorat variantdagi daraxtlarning har bir zararlangan bargida 144 ta harakatda bo'lgan shakllar mavjud. Uning soni ko'paya borib, 15- kunga 204 tani tashkil qilgan yoki 42% ga oshgan. Shunday zichlikda ham, kimyoviy dorilar 100% samara bergani aniqlandi. (Talstar va Omayt -7- kunga). Umuman olganda, kimyoviy qarshi kurash chorasi o'tkazilganda, sinovdagi preparatlar (Siperfos - 1,5 l/ga, Karate - 0,5 l/ga, talstar - 0,5 l/ga, omayt - 1,5 l/ga) yuqori samaradorlik ko'rsatdi. O'rgimchakkanaga qarshi dala sharoitida 90% dan oshiq samaraga ega bo'lgan kimyoviy dori ta'siri qoniqarli hisoblanadi. (Xo'jayev, 2001).

Xulosa qilib aytganda, paxtachilik mintaqasi sharoitida o'rgimchakkananing anjirzorlardagi zararini kamaytirish uchun insektitsid-akaritsid va akaritsidlarni qo'llash tavsiya etiladi..

REFERENCES

1. Тешабоев Н. и др. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY //RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. -2021.

2. Teshaboyev N. et al. KARTOSHKANING XOSILDORLIGIGA VIRUS KASALLIKLARINING TA'SIRI, FARG 'ONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKA KASALLIKLARINI O 'RGANISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D8. - С. 729-733.

3. Teshaboyev N. et al. KARTOSHKANING XOSILDORLIGIGA VIRUS KASALLIKLARINING TA'SIRI, FARG 'ONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKA KASALLIKLARINI O 'RGANISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D8. - С. 729-733.

4. Давронов Тешабоев Н. МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УЕИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОР^АЛИ ^УЛЛАШНИНГ ГУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ^АМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 8. - С. 1811-1815.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.