Научная статья на тему '“INSEKLON” –TABIIY INSEKTITSID'

“INSEKLON” –TABIIY INSEKTITSID Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
insektitsid / insektoakaritsid / fitonsid / naftaxinon / yuglon / entomofag / “Inseklon”.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Marupova M., Nazarova Yo., Ikromov Ravshanbek Ismoilovich

Mazkur maqolada qishloq xo’jaligi maydonlarining ortib borishi, ulardan yuqori hosil olish borasida olib borilayotgan kimyoviy kurash chora tadbirlari, jumladan, insektitsidlar va ularni qo’llashning salbiy oqibatlari nazariy va amaliy jihatdan taxlil qilingan. Maqolada asosiy e’tibor tabiiy fitontsidlik xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar, jumladan, yong’oq barglari kimyoviy tarkibini chuqur o’rganishga qaratilgan. Turli fizikkimyoviy va kimyoviy usullarda yong’oq bargi tarkibidagi biologik faol moddalar aniqlangan va ular asosida tabiiy insektitsid yaratilgan. “Inseklon” tabiiy vositasi shiralarga qarshi laboratriya sharoitida va fermer xo’jaliklarida tajriba-sinov dala amaliyotlarida sinab ko’rilgan va ijobiy natijalar olinib, kimyoviy preparatlar o‘rnini bosa oladigan tabiiy ekologik vosita sifatida amaliyotga tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“INSEKLON” –TABIIY INSEKTITSID»

"INSEKLON" -TABIIY INSEKTITSID 1Marupova M., 2Nazarova Yo., 3Ikromov Ravshanbek Ismoilovich

1Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri,

q/x.f.n., dotsent

2Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi assistenti 3Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik ordinatori https://doi.org/10.5281/zenodo.11183740.

Annotatsiya. Mazkur maqolada qishloq xo'jaligi maydonlarining ortib borishi, ulardan yuqori hosil olish borasida olib borilayotgan kimyoviy kurash chora tadbirlari, jumladan, insektitsidlar va ularni qo'llashning salbiy oqibatlari nazariy va amaliy jihatdan taxlil qilingan. Maqolada asosiy e 'tibor tabiiy fitontsidlik xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklar, jumladan, yong'oq barglari kimyoviy tarkibini chuqur o'rganishga qaratilgan. Turli fizik- kimyoviy va kimyoviy usullardayong'oq bargi tarkibidagi biologik faol moddalar aniqlangan va ular asosida tabiiy insektitsidyaratilgan. "Inseklon" tabiiy vositasi shiralarga qarshi laboratriya sharoitida va fermer xo'jaliklarida tajriba-sinov dala amaliyotlarida sinab ko'rilgan va ijobiy natijalar olinib, kimyoviy preparatlar o'rnini bosa oladigan tabiiy ekologik vosita sifatida amaliyotga tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: insektitsid, insektoakaritsid, fitonsid, naftaxinon, yuglon, entomofag, "Inseklon".

Kirish. Aholi sonining ortib borishi ekin maydonlari, jumladan, mevali bog'lar maydonini kengaytirishni talab etadi. Farg'ona viloyatining barcha tumanlarida bog'dorchilik, ayniqsa, tok yetishtirish yo'lga qo'yilgan. 2023 yilda 12 ta tumanda 155 gektar yangi intensiv (olma, o'rik, gilos, anjir, shaftoli, nok, behi va xurmo) bog'lar barpo etilgan [1].

Oxirgi yillarda fermer xo'jaliklarida, bog' va tomorqalardan yuqori hosil olish maqsadida zararkunanda-hasharotlarga qarshi kimyoviy usul keng qo'llanilmoqda va ishlatiladigan kimyoviy preparatlar (insektitsidlar) toksiklik darajasi past yoki yuqori bo'lishidan qat'iy nazar, atrof muhitga, ayniqsa, insonlar salomatligiga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Qolaversa, borgan sari kuchli preparatlarni qo'llash natijasida ekinlarga zarar yetkazuvchi ob'ektlar (fitopatogen zamburug', bakteriyalar va xasharotlar)ning organizmida genotipik o'zgarishlar vujudga kelmoqda. Xashorotlarda moslanish (adaptatsiya) kuzatilmasligi uchun har 3-4 yilda O'zbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi kimyo komissiyasi tomonidan ishlatishga ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro'yxati ta'sis etiladi [2].

Zararkunanda-xasharotlarga qarshi ishlatilgan insektitsidlar atrof-muxit (xavo, suv, tuproq) ni ifloslantirishi borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan, jumladan, G.A.Belonojka, Yu.A. Kuchak (1971y) lar tomonidan atmosfera havosida pestitsidlar miqdorining gigienik harakteristikasi o'rganilgan [7,9].

Pestitsidlarning tuproq, suv, havo va meva sabzavot hamda donli ekinlardagi qoldig'i tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o'rganilib, ularning mavjudligi va ko'p xollarda normadan ortiqligi aniqlandi [3,4].

Yuqoridagilarni inobatga olib, atrof muhitga va inson salomatligi salbiy ta'sir qilmaydigan tabiiy kurash vositalarini yaratish va ulardan amaliyotda foydalanishni yo'lga qo'yish zarur.

Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan kimyoviy preparatlarning inson salomatligiga salbiy ta'siri, kimyoviy ishlov berish muddati, me'yori va qoidalariga amal qilmaslik

aholi o'rtasida turli kasalliklar, jumladan, nafas yo'li, oshqozon-ichak, yurak qon-tomir, onkologik va boshqa kasalliklar, ayollarda bepushtlik, bola tashlash xolatlari ko'p uchramoqda. Buning oldini olish uchun zaharli sintetik kimyoviy preparatlar o'rnini bosa oladigan tabiiy ekologik sof vositalarni yaratish hozirgi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Tabiatda fitonsidlik (xasharot va zamburug'larni yo'qotish) xususiyatiga ega bo'lgan sarimsoqpiyoz, bosh piyoz, xantal, nina bargli daraxtlar, shivit, chinnigul, yong'oq va shaftoli kabi o'simliklar bor. Ulardan tabiiy insektitsidlar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tabiiy biologik insektitsid - o'simliklarni uch guruhga: tomorqa, gulli va yovvoyi insektitsid-o'simliklarga ajratish mumkin. Birinchi guruh o'simliklarining deyarli hammasi o'zida fitonsidlar hosil qiladi: sarimsoq piyoz, bosh piyoz, selderey, xren, achchiq qalampir, xantal, shivit, petrushka, zira, pomidor, kartoshka va boshqalar. Bulardan tashqari sassiq kapa, kalendula, geran, pelargoniya, shalfey, shuvoq, chistotel, sachratqi, tamaki, qoqio't kabilar ham kuchli insektitsidlik xususiyatiga ega. Ular ekin orasida bo'lsa xasharotlarni quvadi, ularning qaynatmalari esa samarali preparat o'rnini egallaydi.

Insektitsid xususiyatiga ega bo'lgan moddalar o'simlik 2-3 chin barg chiqargandan gullagungacha va urug'lar shakllanganda ko'payadi. Vegetatsiya oxiriga kelib, ildiz, ildiz bo'yni, piyozboshlarda yetarli miqdorda to'planadi va ulardan qaynatma va damlamalar tayyorlash mumkin bo'ladi. Fermer xo'jaliklari va tomorqa uchun esa kuzda to'kilgan yong'oq barglari kattaroq xajmdagi idishga (2/3) solib, ustiga qaynoq suv quyib, qopqog'ini zich yopib qo'yilsa, bahorgacha juda samarali tabiiy vosita hosil bo'ladi. Uning bir litrini 10 litr suvga aralashtirib, insektitsid sifatida ishlatish mumkin [5].

Tabiiy insektitsidlar uzoq vaqt saqlanib turmaganligi uchun o'zining toksiklik xususiyatini tezda yo'qotadi, to'planmaydi va yuvilib ketadi. Shuning uchun ham ularni ishlov berish soni ko'p martani tashkil etadi. Ishchi eritmalar ham qo'llaniladigan kuni tayyorlanadi. Ayrim ishchi eritmalar uzoqroq muddatga tayyorlanishi mumkin [6].

Ayrim fitonsidlik xususiyatiga ega bo'lgan o'simlkilar qo'shni o'simliklarni ham himoya qiladi, masalan selderey karamni kapalaklardan; xren kartoshkani kolorado qo'ng'izi, shira va kartoshka kuyasidan, gladiolus o'simliklarni nematodalardan himoya qiladi. Ularni yonma-yon o'sishi nematodalarni o'ldirmasada, qochiradi. Shiralar pelargoniya (geran) hidini ko'tara olmaydi, piyoz va sarimsoqdan qochadi. Ukrop, petrushka va boshqalar patogen xashorotlarni yo'qotadigan foydali xashorotlar (entomofaglar)ni chaqiradi. Chistotel va krapiva o'simliklaridan tayyorlangan insektitsid eritma shiralarga yaxshi samara beradi [7].

Shuningdek, yong'oq avlodining barcha turlari, jumladan, grek yong'og'i (Juglans regia) biologik faol moddalar - naftaxinonlarning potensial manbaai bo'lib, bakteriya, zamburug' va hasharotlarga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Barglari o'ziga xos xidga ega bo'lganligi uchun yong'oq daraxtiga deyarli hashorot yaqinlashmaydi. Uning tarkibida fitonsidlar mavjudligi sababli qadimdan kiyimlarni kuya va hashorotlardan himoya qilishda foydalanilgan.[8]

Tajriba metodlari va natijalar. 2021-2023 yillar davomida Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat universiteti va O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi akademik O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo ilmiy tekshirish instituti laboratoriyalarida yodometrik titrlash, IK spektrometr, suyuqlik xromatografiyasi usullarida Farg'ona vodiysida o'sadigan "Juglans regia" grek yong'og'i barglarida mavjud naftaxinonlar, flavonoidlar, minerallar va boshqa moddalarga sifat va miqdor analizlari o'tkazildi.

Yong'oq turlari o'simliklarning asosiy kimyoviy tarkibini hosil qiluvchi naftaxinonlar vakili yuglon, alfa va beta yuglon moddalari ko'pligi sababli bu oilaga yuglon atamasidan kelib chiqib, Juglans nomi berilgan.

Yuglon — tabiiy naftoxinon. Formulasi: C10H6O3

Molekulyar massasi: 174,15 g/mol.

Yuglonning ayrim fizik-kimyoviy ko'rsatgichlari: organik erituvchilarda, etil spirtida, 5% li xloroformda eriydi, suyuqlanish harorati 161-163oC, UF-spektr 250nm+-2nm 425+-2nm maksimumlarda.

Yong'oq bargi tarkibidagi flovonoidlar miqdori bo'yicha olingan analiz

natijalari

_1-jadva

DAD1 A Sin=254 4 Ref=3R0 100 AA/ itamin Waters I C 9023-09-1? 09-57-40\002-P2-

mA~ U -

140 -

120 "i

RADI R Sin=?RFl 4 Ref=3fi0 10D AA/itamin Waters I C. ?n?3-DS-1 ? Dfl-Fl7-4n\nn?-P?-

mA U

12 0

10

mA U

17 5

15 0

t^_A_

_2_4_6_8_1_1_1_1_1_mi|

DADI P. Rin=9R1 4 Ref=3fi0 mil AA/itamin Waters I C. 9D93-DS-1 ? DS-Fl7-4n\nn?-P?-

_8_t_

Yong'oq bargi tarkibidagi flavonoidlar miqdori mg/100g

_J_mi

2-jadval

T/R Aniqlangan moddalar nomi Konsentratsiya mg/gr

1. Robinin 7,115

2. Rutin -

3. Atsigenin -

4. Lyuteonin -

5. Kempferol 4,684

6. Kversetin 1,898

Juglans regia L (grek yong'og'i) barglari tarkibidagi umumiy kul miqdori, mikro-va makroelementlari aniqlandi. Tajriba natijalariga ko'ra yangi quritilgan grek yong'og'i barglari tarkibidagi umumiy kul miqdori-6,193% tashkil etdi. Spetrometrik taxlil 22 xil elementga nisbatan

s

p.

2

4

6

o'tkazilganda, 10 gramm yong'oq barglari tarkibida 20 dan elementlar borligi aniqlandi. Makroelementlardan eng ko'p miqdorda kaltsiy (98,533mg), kaliy (37,594mg) magniy (34,796mg), oltingugurt (20,728mg), fosfor (11,965), natriy (4,481mg), temir (3,368) va boshqa elementlar 0,002-0,325mg miqdor oralig'ida bo'lishi aniqlandi.

Tabiiy insektitsid ("Inseklon") tayyorlash uchun kuzda yong'oq barglari yoppasiga to'kilganda ularni terib olindi, yog'och idishga (2/3) solib, qaynoq suv quyildi va usti yaxshilab yopildi. Qish davomida barglarda fermentativ jarayonlar kechib, konsentrat hosil bo'ldi. Uning bir litrini o'n litr suvda suyuqlantirib, shira, qo'ng'iz va boshqa xasharotlarga qarshi ishlatiladigan ishchi eritma tayyorlandi. Farg'ona viloyatining 108 gektar ekin maydonlarida, jumladan, Yozyovon tumani "O'rikzor" hamda "Isaqov Lutfillo Xolmatovich" fermer xo'jaliklarida, O'zbekiston tumanini "Baxtibek fermer kelajagi" fermer xo'jaligi , Dang'ara tumani "Oltiqush yangi bog'i" fermer xo'jaligi va Farg'ona shaxridagi "Lochinbek bahori" fermer xo'jaligida, olma,shaftoli, nok, giloslardagi shiralarga qarashi yaratilgan tabiiy "Inseklon" preparatini dala amaliyoti sinov- tajribalari o'tkazildi. O'rtacha samaradorlik 66,9 % tashkil etdi. Dala amaliyoti natijalari bo'yicha Farg'ona viloyati o'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi va O'zbekiston qishloq xo'jaligi vazirligidan amaliyotda qo'llash bo'yicha tegishli ma'lumotnoma olindi.

Xulosalar:

- yildan yilga aholi sonining ortib borishi oziq ovqat maxsulotlariga bo'lgan talabni ortishiga sabab bo'lib, qishloq xo'jaligi ekin maydonlari, jumladan, mevali bog'lar, sabzavot va donli ekinlar maydonini kengaytirishni talab etmoqda;

- qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun zararkunanda-xasharotlarga qarshi kurashning kimyoviy usuli keng tarqalgan bo'lib, bu borada turli toksiklikka ega bo'lgan sintetik moddalar (insektitsid yoki insektoakaritsid)lar ishlatilmoqda;

- toksiklik darajasi past yoki yuqori bo'lishidan qat'iy nazar bu preparatlar atrof muhitga, ayniqsa, insonlar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, odamlarda turli kasalliklar kelib chiqishiga zamin bo'lmoqda;

- kimyoviy tabiatga ega bo'lgan, tarkibi firma siri sifatida aytilmaydigan insektitsidlarning yangidan yangi avlodlari yaratilib, "zahar" nomi ostida mahalliy aholi tomonidan keng qo' llanilmoqda;

- ulardan foydalanishda sanitariya va gigiena qoidalariga va qo'llash tartiblariga amal qilinmagan xolatlar ko'paymoqda;

- yong'oq barglari asosida tayyorlangan tabiiy insektitsid - "Inseklon" laboratoriya va tajriba-sinov dala amaliyotlarida o'zini oqladi va undan ekologik vosita sifatida foydalanishni tavsiya etamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.11.2019 y. 950-son "Farg'ona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog' va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori

2. O'zbekiston respublikasi q/xda ishlatish uchun ruxsat etilgan pestitsid va agroximikatlar ro'yxati. Toshkent - 2013.,2016.,2022yy

3. 3.Farg'ona viloyatining Sanitariya epidimeologiya osoishtalik va jamoat salomatligi sanitariya-gigiena laboratoriyasi 2021-2022 yildagi xisobotlari.

4. M.A.Marupova, Yo.X.Nazarova. Juglans regia L (Grek yong'og'i) ning kimyoviy tarkibi va uning insektitsidlik xususiyati "WOMEN IN STEM" Xalqaro forum ilmiy ishlar to'plami. Toshkent, 2023 yil, 10-14 fevral.

5. https://www.botanichka.ru/article/rasteniya-insektitsidyi-i-ih-ispolzovanie

6. https://www.pesticidy.ru/dictionary/insecticides

7. https://planta-medica.uz/uz/juglans-regia-l-yongoq/

8. Asqarov I.R., Marupova M.A., Nazarova Yo.X Peritroidlar sinfiga mansub insektisidlarning toksikologik hususiyatlari va tabiiy sof ekologik preparatlar xaqida. Tovarlar kimyosi va xalq tabobati jurnali 2022 y, 1 tom 2 son, 46-62 b,

9. Белоножко Г. А., Кучак Ю. А. Гигиеническая характеристика содержания пеститсидов в атмосферном воздухе. // Гигиена применения, токсикология пеститсидов и клиника отравлений. Вып. 9. Киев.- 1971.— С. 24-36

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.