Научная статья на тему 'AMERIKALIK YOZUVCHI M.TVENNING “GEKLBERRI FINNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI” RОMАNIDАGI QAHRAMONLАRNING О‘ZBEK BОLАLАR АDАBIYОTIGА TА’SIRI MАSАLАSI'

AMERIKALIK YOZUVCHI M.TVENNING “GEKLBERRI FINNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI” RОMАNIDАGI QAHRAMONLАRNING О‘ZBEK BОLАLАR АDАBIYОTIGА TА’SIRI MАSАLАSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolalik / o‘rta asr adabiyoti / bolaning ichki dunyosi / rаtsiоnаlistik mаktаb / bаdiiy mushtаrаklik / kаttаlаr uchun.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sattarov Farrux Nuridinovich

Ushbu maqolada Amerika bolalar adabiyotining yorqin vakili Mark Tvenning “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” romanidagi obrazlar va o’zbek adabiyotining mashhur vakili G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi qahramonlarning o‘xshash taqdirlari va ta’siri qiyosiy tahlil qilinib missollar bilan keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMERIKALIK YOZUVCHI M.TVENNING “GEKLBERRI FINNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI” RОMАNIDАGI QAHRAMONLАRNING О‘ZBEK BОLАLАR АDАBIYОTIGА TА’SIRI MАSАLАSI»

AMERIKALIK YOZUVCHI M.TVENNING "GEKLBERRI FINNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI" ROMANIDAGI QAHRAMONLARNING O'ZBEK BOLALAR

ADABIYOTIGA TA'SIRI MASALASI Sattarov Farrux Nuridinovich

SamDChTI mustaqil (PhD) izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11101350

Annatatsiya. Ushbu maqolada Amerika bolalar adabiyotining yorqin vakili Mark Tvenning "Geklberri Finning boshidan kechirganlari" romanidagi obrazlar va o'zbek adabiyotining mashhur vakili G'afur G'ulomning "Shum bola" qissasidagi qahramonlarning o 'xshash taqdirlari va ta'siri qiyosiy tahlilqilinib missollar bilan keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Bolalik, o'rta asr adabiyoti, bolaning ichki dunyosi, ratsionalistik maktab, badiiy mushtaraklik, kattalar uchun.

Аннотация. В dannou cmambe проводится cpaenumenbnuu aHanm o6pa3oe яркого прeдстaвитeля aMepmaHcmu детской numepamypbi Maprn TeeHa в его рoмaнe «Приключения re^b6eppu Финн» и aнaлoгичнoй судьбы и влияния гeрoeв в поeecmb «Озорник» Гaфурa Гулямa, извeсmнoгo прeдсmaвиmeля узбeкскoй лиmeрamуры.

Ключевые слова: дemсmвo, срeднeвeкoвaя лиmeрamурa, внуmрeнний мир рeбeнкa, рaциoнaлисmичeскaя шкoлa, кулaчный бой, кamaлoг.

Abstract. This article provides a comparative analysis of the images of Mark Twain, a bright representative of American children's literature, in his novel "The Adventures of Huckleberry Finn" and the similar fate and influence of the characters in the story "Naughty Boy" by a well-known representative of Uzbek literature Gafur Gulam.

Keywords: Childhood, medieval literature, the inner world of a child, a rationalist school, a body fistfight, and a catalog.

Bolalik dunyosi juda murakkab bo'lib, o'z ichiga boshqa dunyolarni ham oladi. Bu bolaning odamlar bilan muloqoti dunyosi, ijtimoiy munosabatlar dunyosi. Badiiy adaboyotda bolalikka qiziqish va bolalik tushunchasining o'zi deyarli XVIII asrgacha bo'lmagan. Olimlarning tasviriy san'at sohasidagi tadqiqotlariga ko'ra, XVIII asrgacha san'at bola obraziga murojaat qilinmagan edi. Bola obrazlari o'sha davrning rassomchilik namunalarining diniy-allegorik syujetlaridagina uchraydi. Bular farishtalar, chaqaloq Iso va yalang'och bola marhumning ruhi timsoli edi. Haqiqiy bolalarning tasviri uzoq vaqt rassomchilikda bo'lmagan. Agarda san'at asarlarida bolalar paydo bo'lsa ham, ular kichiklashtirilgan kattalardek tasvirlangan. G'arbiy Yevropa o'rta asr adabiyotida bola qashshoqlikning o'rnini egallagan.

Bolalik dunyosi, bolaning ichki dunyosi - bizning hayotimizni ko'plab xavotirga solayotgan muammolar kalitidir. Kattalar dunyosida o'zining qonunlari bilan yashovchi bolalarning sirli "qabila"sining ochilishi nazariy va amaliy natijalarga ega. Bolaning ijodiy, intellektual, axloqiy imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir. Bolalikka mos dunyosini o'ziga xos qabul qilishi izsiz yo'qolmaydi. Qayerdadir, "kattalar ongi"ning xilvat burchaklarida u yashashda davom etmoqda. Vaqti-vaqti bilan o'zi haqida eslatib turibdi.

Bola va bolalik - adabiyotning eng oldi va muhim mavzularidan biri. Ma'lum ma'noda bu mavzu, garchi u ba'zi davrlarda o'ziga xos mazmunga ega bo'lsa ham, universal, qanaqadir milliy adabiyotning ramkasi yoki davrning aniq vaqti bilan cheklanmagan. Bu universallikda bolalik -xuddi tug'ilish, hayot, o'lim kabi umuminsoniy kategoriyalardek tushuntiriladi. Har bir odamga tegishli bo'lgan va bir umrlik hodisalar adabiyotda o'z aksini shubhasiz topadi.

Bolalik haqidagi romantik tasavvur ratsionalistik maktabga teskari edi. Agar ta'lim sohasiga murojaat qilsak, unda bu farq yanada yaqqol ko'rinib qoladi. Ratsionalizm bola tabiyatini deyarli hisobga olmasdi va u bilan xuddi kichiklar kattaga murojaat qilgandek murojaat qilardi. Romantiklar uchun ta'lim xuddi bolaning tabiiy ishtiyoqi rivojidek muhim edi ("Emil" J.-J.Russo).

1830-1840-yillarda poeziya tomonidan tilga olingan bolalik obrazi prozaga ko'chib o'tib, unda markaziy o'rinni egallaydi. Qator tadqiqotchilar fikriga ko'ra, aynan XIX asr o'rtasiga kelib bolalik mavzusiga bo'lgan qiziqish avjiga chiqdi. Bola hayotning barcha ijtimoiy va madaniy sohalarining markaziy shakliga aylanadi.

"Ingliz adabiyotida bolalik R.Pattinsonning "Ingliz adabiyotida bola shakli", P.Kavenining "Shaxsiyat va jamiyat: bolalaik obrazi" mavzularida ko'rib chiqilgan bo'lib, ingliz adabiyotida mavzuning o'rganilish ishlariga bag'ishlangan" [20]. Mualliflar asosiy e'tiborni romantizmdagi yangi bolalik kontsepsiyasi va Charlz Dikkens asarlaridagi bolalar obraziga qaratgan. L.S.Markus o'z tadqiqotining chegaralarini vaqtinchalik toraytirgan. Uning ishlari predmeti ijtimoiy-madaniy kontekstdagi XVII asr bo'ladi. XVII asrning adabiyotida bola obrazlarining tahlili o'z vatanining adabiyotshunosligidagi M.I.Sverlovning "XVII - XIX asrlar boshi ingliz qasidasida bolalik mavzusi" [18] bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasida ham davom ettirilgan.

"Amerika-o'zbek adabiy aloqalariga ham o'tgan asrning 30-yillarida asos solindi. AQSH adiblarining o'nlab kichik janrlardagi nasriy va nazmiy asarlari, yirik janrlardagi asarlardan olingan parchalar zikr etilgan jurnallar sahifalarida hamda alohida kitoblar shaklida chop etildi. Qator taniqli o'zbek adib va shoirlari qatori G'afur G'ulom ham bu aloqalarni kuchaytirishga o'z hissasini qo'shdi" [5, 42].

Taniqli shoir va tarjimon G'afur G'ulomning adabiy faoliyatida jahon adabiyoti namunalarini rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish katta o'rin tutadi. U M.Gorkiy, M.Lermontov, V.Mayakovskiy, A.Pushkin kabi rus yozuvchilarini, belarus adibi Yakub Kolos, shuningdek, U.Shekspir, Yohannes Bexer, Pyer Bomarshe, Antol Gidash, Lengston Hyuz, Nozim Hikmat singari chet el adiblarning asarlarini o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Mark Tven bilan bizning yozuvchimiz G'afur G'ulom, garchi turli vaqtda va turli mintaqalarda yashashgan bo'lsalar ham, ularning asarlaridagi ba'zi tafsilotlar o'rtasida badiiy mushtaraklik borligini quyida keltirilgan misollardan ko'rishimiz mumkin:

"And here was Aunty pegging away at the questions, and me a shaking all over and ready to sink down in my tracks I was that scared; and the place getting hotter and hotter, the butter beginning to melt and run down my neck and behind my ears; and pretty soon, when one of them says, "I'm for going and getting in the cabin FIRST and right NOW, and catching them when they come", I most dropped; and a streak of butter come a trickling down my forehead, and aunt Sally she sees it, and turns white as a sheet, and says: "For the land's sake, what is the matter with the child? He's got the brain-fever as shore as you're born, they're oozing out!" And everybody runs to see, and she snatches off my hat, and out comes the bread and what was left of the butter, and she grabbed me, and hugged me and says" [16, 275].

Odil Rahimiy tarjimasi:

"Salli xolaning mendan nuqul gap so'rayverganini aytmaysizmi! O'zim qo'rqib ketganimdan dir-dir titrab o'tiribman, uyning ichi tobora isib, shlyapam tagidagi moy erib, bo'yinlarimdan va yelkalarimdan oqib tusha boshladi; fermerlardan biri: "Hozirning o'zida bostirmaga kirib, o'sha yerda poylab o'tirish kerak, ular kelishi bilan tutib olish kerak" - degan edi, o'tirgan yerimdan yiqilib tushishimga sal qoldi, buning ustiga moy peshonamdan ham oqib tusha boshladi. Salli xola uni ko'rib qolib dokaday oqarib ketdi-da" [1, 313].

"For the land's sake, what is the matter with the child? He's got the brain-fever as shore as you're born, and they're oozing out!" [16, 275].

"Yo xudoyim! Bolaga nima bo'ldi-ya? Miyasi yallig'langanga o'xshaydi, qaranglar, miyasi oqib tushyapti!" [1, 313].

G'afur G'ulomning "Shum bola" qissasidan quyidagi misolni ko'rib chiqamiz:

- "Noiloj qoldim, tuxumni qalpoqchamga solib, kiyib oldimda, oshxonaga kirdim. Onam meni tergay boshladi. Men jimgina quloq solib, o'choqning yoniga cho'qqayib, o't qalashni boshladim.

Men bilmagan ekanman o'tning taftiga lippamdagi yog' erib, pochamdan oqmoqda ekan. Oyim qo'lidagi xamir yoyib o'tirgan o'qlov bilan boshimga astagina urdi. Oyim boshimga o'qlov bilan urganda qalpoq tagida bo'lgan tuxum pachaqlangan edi. Uning sarig'i oqqa aralashib, chakkamdan sirqib, yuzimga oqmoqda edi. Oyim: "Bola bechoraning boshini yorib, qatig'ini chiqarib yubordimmi", - deb esi chiqib ketgan edi" [3, 12].

Misollardan ko'rinadiki Mark Tven asaridagi bosh qahramon yerto'ladan moy bilan nonni o'g'irlab chiqqanda xolasiga duch kelgani, shlyapasi ostida yashirishi va issiq xonada erib peshonasidan oqib tushgani, va G'afur G'ulom asaridagi bosh qahramon Shum bolaning o'g'irlagan yog'i ham issiqda erib ketishi va tuxum pachaqlanib chakkasidan oqib tushganida har ikkala ayol bolaning miyasi oqib tushayapdi, deb o'ylashi, ushbu asarlardagi ikki yozuvchining uslublarida badiiy o'xshashlik borligini ko'rsatadi.

Har ikkala adibning mahorati obrazlar yaratishda yaqqol namoyon bo'ladi. Shum bola bilan Omon Tom bilan Gekni yodga soladi.

Bu asarlarda realistik obrazlar yaratilgan. Jumladan, Tom Soyer ham, Geklberri Finn ham, Shum bola ham yetim hisoblanishadi. Tom kichik ukasi va singlisi bilan Polli xolasinikida yashaydi. Gekning onasi yo'q, otasi ham unga otalik qilmaydi. Shum bolaning ham otasi yo'q, u oilada katta farzand, bir ukasi va singlisi bor. Tom ham, Gek ham, Shum bola ham ertalabdan kechgacha ko'chada, tengdoshlari bilan daydib yurishadi.

Gek ham bir muddat o'zini boqib olgan beva Duglas xonimning uyida yashab tursa-da, uning Gekni tergashlari, har xil tartib-qoidalarga amal qilishga undashi Gekka yoqmaydi. Gek ham xuddi Tomga o'xshab bir muddat uydan chiqib ketadi, u ham Tomga o'xshab qaytib keladi. Biroq Gek ("Geklberri Finning boshidan kechirganlari") otasi bilan uchrashganidan so'ng butunlay ko'chaga chiqib ketishga majbur bo'ladi.

Gek piyanista otasidan faqatgina qochib qutuladi. Dastlab u bundan xursand bo'ladi. Biroq uyidan ketgan kunining ertasigayoq u yolg'izlikni his qiladi: "Qorong'i tushganda, trubkamni tutatib, gulxan yonida xursand bo'lib o'tirardim. Biroq sekin-asta meni yolg'izlik qayg'usi bosdi. Qirg'oqqa borib, daryo to'lqinlarini tomosha qilib o'tirdim, charaqlagan yulduzlarni, daryodan oqayotgan xodalarni sanay boshladim, keyin yotib uxladim. Yolg'izlik balosidan qutulishning eng yaxshi chorasi - uyqu" [1, 46].

G'afur G'ulomning "Shum bola"sidagi bosh qahramonning boshidan kechirganlari Gek bilan Jimning sarguzashtlaridan qolishmaydi. O'zbek adibi Shum bolaning sarguzashtlari bayonida o'zbek xalq afsona va latifalari, qo'shiqlaridan keng foydalandi.

Shu o'rinda aytish kerakki, "Tom Soyerning boshidan kechirganlari" ham, "Geklberri Finning boshidan kechirganlari" ham, "Shum bola" ham avtobiografik asarlar emas. Biroq ularda hikoyaga yorqin joziba beruvchi adiblarning bolalik davri taassurotlari, xotiralari va hayotlaridan olingan real faktlar talaygina.

"Tom Soyerning boshidan kechirganlari"ga yozilgan so'z boshida Mark Tven Tom Soyer "birgina bolaning emas, o'zim bilgan uch bolaning xarakteriga ega" [15, 16] deb yozadi. Keyinchalik bu uch bolaning shaxsi aniqlangan: ularning biri muallifning o'zi, uning maktabdosh o'rtog'i Uill Bouyen va Illinoys shtatidagi Shounitaun shaharchasidan bo'lgan bir bola ekan. O'n ikki yoshdagi bu o'yinqaroq bolakay Mark Tvenga maktabda o'zining boshidan o'tgan voqealarni so'zlab bergan; uning ismi Tomas Soyer Spivi bo'lgan. U oradan bir necha yildan so'ng Mark Tven bilan Nyu-Yorkda "Waldorf-Astoria" mehmonxonasida uchrashgan. Spivi fermer bo'lgan, yozuvchilik bilan ham shug'ullangan. U 1938-yili vafot etgan.

Asardagi bosh qahramon, Gek Finning ham o'z portreti bo'lib, u Gannibal shahrida istiqomat qiluvchi Tom Blenkinship bo'lgan bo'lsa, uning otasi va hindu Jo uchun Gannibal shahri fuqarolari prototiplar bo'lib xizmat qilgan. "Tom Soyerning boshidan kechirganlari"dagi Bekki Techerni aslida Lora Gaukins deb chaqirishgan; uning otasi esa romandagi sudya Techer; Sid -adibning tug'ishgan ukasi, "Pensilvaniya" paroxodi portlab ketishi natijasida halok bo'lgan Henri Klemens; Tom Soyerning xolavachchasi Meri - Tvenning singlisi Pamela, Polli xola - adibning onasi Jeyn Klemens; qora tanli Jim adibning tog'asi Jon Kuorlzning plantatsiyalarida xizmat qilgan "Den amaki"ning o'zginasi" [14, 109].

Muallifning o'zi guvohlik berishicha, "Tom Soyerning boshidan kechirganlari"dagi barcha voqealar (topilgan xazina va hindu Joning o'limidan tashqari) real hayotdan olingan. Bundan tashqari, asar yaratilishiga Mark Tvendan oldin o'tgan va unga zamondosh adiblar asarlarining ham ta'siri bo'lgan. Shu ma'noda U.Bleyerning "Qadrdon Amerika yumori" (1942-yil) kitobida keltirilgan misollar ma'lum qiziqish uyg'otadi. Bleyerning ta'kidlashicha, Semuel Klemensning "Carpet-bag" jurnalida 1852-yilning may oyida nashr etilgan "Skvatterni qo'rqitgan Dendi" nomli hikoyasi V.R.Shillaberning mahmadona Ayk Partington va uning xolasi missis Partington haqidagi hikoyasi bilan bir paytda e'lon qilingan. Keyinroq, Shillaber "Missis Partingtonning hayoti va fikrlari" nomli kitobini e'lon qilgan. Tipografiyada o'sha paytda harf teruvchining yordamchisi bo'lib ishlayotgan va kitoblarni jonidan ortiq ko'rgan Semuel Klemens Shillaberning jurnalda e'lon qilingan hamda alohida kitob holida chop etilgan hikoyasini o'qigan bo'lishi mumkin" [12, 4]. U.Bleyerning fikricha, "Tom Soyerning boshidan kechirganlari"dagi Polli xolaning portreti missis Partingtonning portretiga ko'p jihatdan o'xshab ketadi. Hatto, Shillaberning kitobiga illyustratsiya sifatida kiritilgan rasmlardan biri "Tom Soyer boshidan kechirganlari"ning birinchi nashri 274-betidan joy olgan.

G'afur G'ulomning "Shum bola" qissasi ham Mark Tvenning ikki mashhur asaridan sira qolishmaydi. "Jahon adabiyotining yuksak saviyali komik va yumoristik asarlaridagi kulgili holat va xarakterlarda ba'zan achchiq alamli achinish tuyg'ularini bera olishdek ulkan mahorat G'afur G'ulomning "Shum bola"sida ham balqib turadi" [6, 68].

Yuqorida aytib o'tganimizdek, "Shum bola" ham avtobiografik asar emas. Biroq ayrim adabiyotshunos olimlar "Shum bola"ni avtobiografik asar deb hisoblashadi. Jumladan, H.Yoqubov "Shum bola" povesti ma'lum darajada avtobiografik asardir" deb yozsa, A.Abrorov "Shum bola" o'z janr e'tibori bilan ma'lum ma'noda avtobiografik asar" deb hisoblaydi. Olim o'z fikrini quyidagicha izohlaydi:

"Asar syujeti aniq voqea-hodisalar, real shaxslarga asoslanganligi badiiy avtobiografik janrning o'ziga xos xususiyatlaridan bo'lib, boshqa badiiy asarlarga nisbatan mazkur janr xarakteri buni ko'proq taqozo etadi... Voqea bo'layotgan joyning aniq nomini berish ham avtobiografik asar uchun xos bo'lgan xususiyatdir" [4, 6].

Biroq qator olimlar bu fikrga qo'shilishmaydi. Jumladan, S.Mamajonov "Shum bola"da badiiy avtobiografik asarlarga xos fazilatlar ko'p" deb hisoblasa, U.Normatov qat'iy ravishda "Shum bola" avtobiografik asar emas, "Shum bola" qismatida muallifning o'zidan o'tgan nimalardir bor" deb yozadi.

Biz "Shum bola" qissasini avtobiografik janr unsurlariga ega bo'lgan sof badiiy asar deb hisoblaymiz. Chindan ham, qissada juda ko'p avtobiografik janr unsurlari uchraydi. Undagi ayrim joylar nomlari (adib tug'ilib o'sgan mahalla - Qo'rg'ontagi, adibning bolaligi o'tgan maskanlar) va qahramonlar ismlari shular jumlasidandir.

Bunga "Shum bola"dan olingan va G'afur G'ulomning tarjimai holi hamda adabiy-tanqidiy maqolalarida keltirilgan qator misollar orqali ham ishonch hosil qilish mumkin.

Eng avvalo, G'afur G'ulom bilan Shum bola o'rtasidagi yaqinlik haqida gapirsak. G'afur G'ulomning bir akasi va uch singlisi bo'lgan:

"Otam 1912-yilda, 44 yoshida mazkur Qo'rg'ontagi mahalladagi o'z hovlimizda vafot qildi... Biz besh yetim bola qolaberdik. Men 9 yoshda, eng kichik singlim Bahri 6 oylik edi..." [7, 12].

Adibning otasining ismi-sharifi G'ulom Orif o'g'li bo'lib, laqabi "Mirza" bo'lgan.

Shum bolaning ham uch singlisi bor. Hoji bobodan ruhsat olib, Chorsuga tushgan Shum bola u yerda bozordagi qorovullarning boshlig'i Rahmatullo sarkorni uchratib qoladi. Ular o'rtasida quyidagicha suhbat bo'lib o'tadi:

" - Iye, uka, - dedi u, katta yigit bo'lib qolibsan-ku! Mirza akam omon-eson yuribdilarmi?

U kishi o'lib ketganlar.

Ey attang, ha, mayli, xudo rahmat qilsin. Onang omonmilar? Nechta bola qoldilaring?

Onam sog'-salomatlar, men, yana uchta singlim bor.

Bay-bay, yosh qolibsanlaru" [3, 113].

"Shum bola"ning dastlabki bo'limidayoq, qahramonning mahalladagi hayoti tasvirida quyidagi jumlalar mavjud:

"Mahallamizning bir tomoni tikonli mozor, bir tomoni Qo'rg'ontagi. Uzun ko'chaning o'ng, chap tomonidagi pastqam, tor ko'chalarda o'g'il va qiz bolalar to'planib, har xil o'yinlar o'ynaymiz. Kurash, "Botmon-botmon", "Oq terakmi-ko'k terak", "Qushim boshi", "Mindi-mindi", "O'g'ri keldi", "Bekinmachoq" degan o'yinlarimiz bor" [3, 6].

Personajlar talqini bilan ham "Shum bola" 30-40-yillarda yozilgan asarlardan keskin farq qiladi. "Avvalo, qissadagi har bir personajni adib hayotdagi ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, o'ta samimiyat bilan xolis ko'rsatadi; boy, kambag'al yoki ruhoniyni ular mansub bo'lgan ijtimoiy tabaqaning umumlashma tipik vakili emas, balki birinchi galda inson - individ sifatida beradi; Sariboy, Domla, Sarrof hindi, Hoji bobo, Sulton kissavur - barchasi ziddiyatlari, insoniy ojizliklari, fe'l-atvoridagi ijobiy va salbiy tomonlari bilan bor holicha taqdim etiladi" [10, 84]. U.Normatov to'g'ri ta'kidlaganidek, ashaddiy o'g'ri Sulton kissavur ayni paytda mard, tanti, insofli odam; xudbin, qimorboz, maishatparast Sariboy tabiatan insoniylikdan bexabar emas, katta xonadonini tashlab, boshqa bir yosh qirg'iz xotinga uylanib olib, aysh-ishratga berilib ketgan bu odam xonadoni, sevikli o'g'li haqidagi shum xabarni eshitganda xushidan ketib yiqiladi, aftodahol bo'lib xonadoniga qaytadi.

"Shum bola" badiiy tafakkur tarzi, ifoda, uslub yo'nalishi jihatidan ham milliy adabiyotimizda noyob hodisa. Uning YUNESCO tomonidan bolalar va o'smirlar haqidagi eng sara asarlar qatoriga kiritilgani ham bejiz emas.

Mark Tvenning "Tom Soyerning boshidan kechirganlari" va "Geklberri Finning boshidan kechirganlari" romanlari va G'afur G'ulomning "Shum bola" qissasida hodisalar ifodasi, an'anaga ko'ra qat'iy mantiq, muayyan maqsadga yo'naltirilgan chiziqli ziddiyatlar silsilasi tarzida emas, yagona chiziqqa tushmaydigan, tartibsiz, beqaror, ayqash-uyqash shaklda beriladi. Xaos ko'rinishidagi tartibsiz, tasodifiy hodisalar orasidagi g'aroyib sirli-sehrli o'zaro bog'liqlikni, teran ma'nodorlikni topish, kashf etish san'ati jihatidan bu asarlar hozirgi zamon fanida kashf etilgan va katta qiziqish uyg'otayotgan sinergetik tafakkur xususiyatlarini yodga tushiradi.

Har uch asar (Tom Soyerning boshidan kechirganlari, Geklberri Finning boshidan kechirganlari va "Shum bola")da avtobiografik ma'lumotlardan keng foydalanganliklari qissalarning avtobiografik asarlar degan xulosa chiqarishimiz uchun yetarli emas. Bu yerda ulardan boshqa maqsadda - oddiy hayotiy voqealar orqali umuminsoniy mazmunni berishda foydalanilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, taniqli yozuvchi Mark Tven ham, G'afur G'ulom ham o'z asarlarida bolalar obrazi va xarakterini ochib berishda bolalik davri taassurotlari, hayotlaridan olingan real voqealar va faktlardan foydalanishgan. Shuningdek, ushbu yozuvchilar asarlarida tilga olingan va tasvirlangan personajlarning hayotdagi real prototiplari mavjud. Bu personajlar adiblarning yaqin qarindoshlari, qo'shnilari, do'st-birodarlari hisoblanadi. Asar qahramonlarning portretlarini adiblar real hayotdagi insonlar boshidan kechirganlariga asoslanib yaratganlar. Ushbu romanlarda bolalar obrazi va ularning xarakteri o'zining yorqin ifodasini topgan.

"Geklberri Finning boshidan kechirganlari" ham, "Shum bola" ham avtobiografik asarlar emas. Biroq, bu asarlarda hikoya qilish uchun yorqin joziba beruvchi badiiy tasvir vositalariga boy to'qima va avtobiografik elementlar mavjud. Asarlar mualliflari ulardan boshqa maqsadda - oddiy hayotiy voqealar orqali umuminsoniy mazmunni ochib berishda foydalanishgan.

Ingliz bolalar adabiyotida muhim o'ring egallagan "Geklberi Finning boshidan kechirganlari" sarguzasht romanidagi bolalar obrazlari o'zlarining oddiyligi, jozibasi, tinib-tinchimasligi va boshqa ijobiy xususiyatlari bilan o'zbek bolalar adabiyotiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Buning natijasini ko'plab o'zbek adiblari tomonidan bolalar uchun yaratilgan asarlarda ko'rishimiz mumkin. Xususan, taniqli adib G'afur G'ulomning sarguzasht asarlarida ingliz bolalar adabiyotining ijobiy ta'siri yaqqol namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Tven M. "Geklberri Finning boshidan kechirganlari", (Odil Rahimiy tarjimasi). - Toshkent: "Qobus media" nashriyoti, 2020. - 336 b.

2. Tven M. "Tom Soyerning boshidan kechirganlari", (I.Muslim tarj) "SHARQ" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. - T., 2019. - 272 b.

3. G'ulom G'. "Shum bola" qissa. - Toshkent: "Ilm-ziyo-zakovat", 2019. - 160 b.

4. AGpopoB A., Сoйимoв Б. Faфyp Fyлoмнинг бaдиий oлaми. - Т., 1984. - 54 б.

5. Бaбaeвa С.Р. Y36eK Ba Л^Ш aдaбиётидa бoлaликнинг бaдиий тдлкини (F.Fyлoм Ba M.TBeH ижoди миcoлидa): Филoл. фaн. hom3. ...дисс. aвтopeф. - Toшкeнт, 20. - 44 б.

6. Faфyp Fyлoм зaмoндoшлapи хoтиpacидa. - Т.: Faфyp Fyлoм нoмидaги нaшpиёт-мaтбaa ижoдий уйи, 2003. - 104 б.

7. Ë^6ob X,. Faфyp Fyлoм (хдёти Ba ижoди). - Т.: Уздaвнaшp, 1959. -96 б.

8. 3yHHyHoB A. Faфyp Fyлoмнинг хдёти Ba ижoди: мaктaб кургдзмдси Ba бoлaлap кyтyбхoнacи учун мaтepиaллap ташри. - Т.: 1983. - 36 б.

9. Норматов У. "Шум бола" мафкуравий-сиёсий тазйик; ва pyx эркинлиги // Жах,он адабиёти. - Т., 2003, №5.

10. Mark Twain's Own Autobiography: The Chapters from the North American Review. Ed. Michael J. Kiskis. - Madison: of Wisconsin Press, 1989. - 356 p.

11. Pattee F.L. A History of the American Literature since 1870. - Y.: The Century Co., 1987. -222 р.

12. Twain M. "The Adventure of Huckleberry Finn". - New York: "A Glassbook classic" presm., 2019. - 295 p.

13. Twain M. "The Adventures of Tom Sawyer". - New York: "Planet eBook.com" press, 2019. - 285 p.

14. http://elibrary.ru/item.asp?id=29369010

15. https://fayllar.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-bu-v41.html.

16. https://harrypotter.fandom.com/ru/wiki

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.