ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNI IJTIMOIY MAISHIY HAYOTGA TAYYORLASHDA ULARNI JAMOAGA
MOSLASHTIRISH YO'LLARI
D.A.Anvarova
Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogkia va inklyuziv talim fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215795
Annotasiya. Alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash va tarbiyalash g'oyasi defektolog, tarbiyachilar tomonidan iliq kutib olindi. Juda ko'p ilmiy-amaliy kuzatishlar amalga oshirildi. Bu tekshirish ma'lumotlarining ko'rsatishicha, jamoa faqatgina bolalarda o'rtoqlik, jamoatchilik, ijtimoiy faollik shakllantirib qolmasdan, balki bolalarda atrof-muhitga nisbatan munosabatini belgilab, unga ijtimoiy yo'nalish beradi.
Аннотация. Идея подготовки и воспитания детей к общественной ^жизни была горячо встречена дефектологами и педагогами. Было сделано много научных и практических наблюдений. По данным данной проверки, коллектив не только формирует у детей дружбу, общность, социальную активность, но и определяет отношение детей к окружающей среде и придаёт ей социальный характер.
Kalit so'zlar: Ijtimoiy hayotga tayyorlash, asosiy shaxsiy sifatlar, defektolog, tarbiyachi.
Ключевые слова: подготовка к общественной жизни, основные личностные качества, дефектолог, педагог.
Alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda orqali bolalarning asosiy shaxsiy sifatlaridan xarakter, irodani tarbiyalab borish mumkin.
Bolalar ijtimoiy tarbiya muassasalari tarmog'ining kengayishi va davlat tomonidan oilaga ko'rsatiladigan xilma-xil yordam, oilani tarbiyaviy ishdan ozod qilishini anglatmaydi. Bolalar tarbiyasida ota-onalar ishtiroki borgan sari ortib boradi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida ota-onalar tarbiya masalalariga amaliy qiziqish bildirib, o'zlarining mamlakat va xalq oldida ijtimoiy va fuqorolik burchlarini chuqurroq anglamoqdalar.
Birgalikda olib borilgan faoliyat davomida sheriklarining o'zaro muloqotga qiziqishni aqli zaif o'quvchilarning keyingi bosqichga o'qishga imkoniyat yaratadi: muloqotning ish yuzasidan bo'lgan ko'rinishi shaxsiy ish muloqotiga aylanishiga shart - sharoit tug'iladi. O'zi haqidagi tasavvurlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish o'z tashqi ko'rinishining xarakterli belgilarini ajratish o'z familiyasini bilish va aytish; o'z oilasi haqida(oilasining familiyasini bilish, ota - onasi kasbini bilish); kundalik muloqotdagi yaqin kishilar haqida; sinfdagi tengdoshlari haqida (ularning ism - sharifini bilish, tashqi ko'rinishidagi xarakterli belgilarni ajratish); maktab xodimlari haqida o'qituvchini ismi va sharifi bilan aytish; defektolog, tarbiyachi, xamshirani, musiqa rahbarini ismi va sharifini aytish; ularning faoliyatini kasbiga bog'lab aytib berish. Kundalik muloqotda yaqin bo'lgan kishilarning o'zaro munosabatlari haqida tasavvurlarini shakllantirish (oila a'zolariga g'amxo'rlik qilish, tengdoshlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritish, jamoa bilan ishlashda, o'z xarakatlarini tengdoshlari xarakati bilan muvofiqlashtirish; o'z hulqini pedagog talabiga bo'ysindirishga o'rgatish).
Katta e'tibor o'quvchilarning kattalar bilan ishchan munosabatlarini rivojlantiruvchi ahamiyatiga, o'quvchilarning o'zi haqida faoliyat subektda taassurot shakllanishiga, keyinchalik shaxsning subektiv qimmatini oshirishga sharoit yaratishga qaratiladi.
Inson tashqi ko'rinishi haqidagi ongli tasavvur shakllantirish bosqichida uni maqsadga yo'naltirilgan holda idrok qilishga ahamiyat beriladi. Bunda ko'zgu va suratlar (bolalarning o'zlari, tengdoshlari, qarindoshlari, kundalik muloqotda yaqin kishilari)dan keng qo'llaniladi. Bu bosqichda insonlar orasidagi o'zaro munosabatlar ahloqiy normalar va inson xis - tuyg'ulari bilan bog'liq ijtimoiy va emotsional tajribani yig'ish, umulashtirish va mustaxkamlashga yo'naltiriladi.
Hissiy qulaylik yaratilishi u o'quvchilarning o'zaro munosabatlariga ijobiy ta'sir o'tkazib, ularning ahloqiy rivojlanishiga yordam beradi. Tarbiyalanuvchilarda hamdo'stlik, ijtimoiy xulk va mehrli o'zaro munosabatlar shakllanadi. Aqli zaif o'quvchilarda ijtimoiy hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlar o'z - o'zidan paydo bo'lmaydi. Ular o'quvchini atrof olam bilan o'zaro faol aloqasi asosida shakllanadi. Birgalikdagi faoliyat jarayonida kattalar bilan muloqot qilish o'quvchilar nutqida qayd qilingan hissiy hayotiy tajribalar boyitish natijasida shakllanadi.
Ijtimoiy hodisalar to'g'risidagi tasavvurlarning shakllanganlik darjasi o'quvchilar o'yinida jamoaning o'zaro munosabatlariga ta'sir ko'rsatadi.
O'yindagi personajlar o'rtasidagi munosabatlarini aks ettirish jarayonidagi pedagogning rahbarlik va tashkilotchilik vazifasi bolalarning kelgusidagi faoliyatining boshqa turlari va kundalik muloqotdagi o'zaro munosabatlarini belgilaydi. Aqli zaif bolalarning o'zihaqidagi o'z ehtiyojlari va organizmining funksiyalari xaqidagi tasavvurlarning yig'ish va differensiya qilishda maxsus vositalarning kiritilishi, unga faoliyatning barcha turlarida o'z tengdoshlari bilan muloqot jarayonini yaxshilash imkonini beradi.
O'quvchilarning so'z bilan mustahkamlangan va jamoa faoliyati turlarida orttirilgan ijtimoiy tajriba, ularning insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar haqidagi bilimini boyitadi. O'quvchilar insoniy munosabatlar to'g'risidagi bilim va taassurotlar maqsadga muvofiq yo'naltirilgan, shuningdek vositalar orqali tashkil qilingan ijtimoiy tajribalar (kitoblar o'qish, ertaklar, kinofilmlar namoyishi, multfilmlar, radio eshittirishlarni eshitish) orqali to'planadi. Kattalar mehnatini kuzatish davomida bolalar tajribasini maxsus tashkil qilish quyidagicha tajribada amalga oshirilishi mumkin: suhbat, kuzatish, tajribani bolalar so'zlab berishi, kichik matnlarni eshitish, syujetli rolli o'yin tashkil qilish.
E'tibor ko'rsata bilish, qayg'urish, g'amxo'rlik qilish munosabatlarni tarbiyalashda muvaffiqiyatli shakllanadi. Ana shu asosda boshqa kishilarga nisbatan ijobiy munosabatlarni tarbiyalash mumkin.
O'quvchilarga kasblarning nomini (enaga, qorovul) tushuntirish maqsadida maxsus mashg'ulot uyushtiriladi: Mashg'ulog davomida bolalar pedagogning «bularning hammasini kim qildi?» Enaga nima uchun kerak? U nima ish qildi? kabi savollarga javob beradilar.
O'quvchining mehnat qurollari haqidagi tasavvurlari «Bil va nomini ayt», «Kimga nima kerak" didaktik o'yinlarda mustaxkamlanadi.
O'quvchilar transport vositalari va ularning vazifasi haqida tasavvur xosil qilishlari, ularni bilishi va aytib bera olishlari kerak. Shu maqsadda transport xarakatini kuzatish tegishli o'yinchoqlar va rasmlarni qarab chiqish uyushtiriladi. «Bil va nomini ayt» tipidagi didaktik o'yin mashg'ulotlar o'tkaziladi. Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga tayyor shakllardan avtomobil yasashni tavsiya qilish mumkin.
O'quvchilarni atrof muhit bilan tanishtirish ishida darslardan bo'sh vaqtlarga katta o'rin beriladi.
О' quvchilarning e'tiborini doimo ularning tevarak atrofdagi kattalar mehnatiga qaratib turish zarur. Tajribali pedagog o'quvchichilarga mazali ovqatlar oshpaz tomonidan tayyorlanganligini, enaga deraza oynasini yuvib artganligi uchun guruh xonasi ozoda va yorug' bo'lib qolganligini aytadi, yangi ko'ylakni kiyib kelgan qizchani payqaydi, ko'ylakni uning onasi tikkanligini bolalarga tushuntiradi.
O'quvchida u yoki bu mehnat turining mazmuni haqida dastlabki tushunchalarining shakllana borishi bilan bir vaqtda o'z atrofidagilarga nisbatan ijobiy munosabatning, ularga ko'maklashish istagining xosil bo'lishi juda muhim ahamiyatga ega.
Pedagog shu maqsadni ko'zlab o'quvchilarga uchastkani supurishda farroshga, tarbiyachiga yordam berishni taklif etadi. Pedagog bolalar bilan individual suhbat o'tkaza borib, ular bilan birga rasmlarni ko'rib chiqadi, tasvirlangan odam nima ish qilayotganini aytib berishni so'raydi, mehnat qiluvchi har bir kishiga nisbatan o'zining xurmatini ta'kidlaydi.
Har doim maqsad turg'unligi muvaffaqiyatlar garovi bo'la olmaydi. Masalan, o'smirlarning qonunbu-zar guruhlarini jamoa deya olmaymiz. Demak sistemali aloqa, ayrim umumiy maqsadning bo'lishi jamoa bo'lish uchun yetarli emas ekan. Jamoa haqida darslikda quyidagicha ta'rif berilgan. «Ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan maqsad asosida, shu guruh a'zolarining yagona faoliyatga birlashishlari, o'zaro munosabatda, bir-birlariga bog'liq bo'lishlari, o'zaro javobgarliklari, ular burch va huquqlarining tengligiga asoslangan shaxslar guruhiga jamoa deyiladi. Jamoa o'z rahbar organlarini saylaydi, boshqa jamoalar bilan yaqin aloqada bo'ladi».
Jamoa manbalari turli-tuman faoliyat turlari bulishi mumkin. Bularga mehnat, o'yin, o'qish, ommaviy madaniy ishlar, sport, estetik faoliyat, maishiy topshiriqlarni bajarish kiradi. Ularga qo'yiladigan talablar esa jamoa faoliyatining ijtimoiy foydali yo'nalishi, jamoa a'zolari imkoniyatlariga to'g'ri kelishidir.
Muntazam o'sib boruvchi, olg'a harakat quluvchi, borgan sari murakkab hayot faoliyati tajribalarini egallab boruvchi jamoagina haqiqiy shaxsning barkamol o'sishini ta'minlaydigan jamoa bo'la oladi, jamoaning muvaffaqiyati asosan birlamchi, son jihatdan eng kichik jamoaga bog'liq. Bu yerda o'quvchilar kundalik faoliyat bilan bir-birlariga bog'lik bo'lib, izchil muloqotda bo'ladilar.
Haqiqiy jamoa bo'lish uchun ma'lum vaqt talab etiladi hamda ma'lum bosqichlar bosib o'tilishi kerak. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi jamoa man faatlarini to'g'ri tushunadigan, idrok etadigan o'quvchilarni aniqlashdan iborat. Kelgusida shu o'quvchilar jamoaning o'zagini tashkil etadi. Demak, bu bosqichda o'quvchilarni yaxshilab o'rganish ham kerak. Jamoada umumiy intizomning qaror topishi bilan birinchi bosqich yakunlanishi mumkin.
Jamoaning yaxshi a'zolari defektologning talablariga bo'ysunadilar. Ammo, tashqaridan intizomli bo'lib ko'ringan o'quvchilar pedagogik ishlarimizning asosiy maqsadi emas. Bu bevosita keyingi izchil ishlarimizga poydevor bo'la olishi mumkin. Shu tariqa jamoaning shakllanishida ikkinchi bosqich boshlanadi. A.S.Makarenkoning ta'kidlashicha, bu bosqichda bolalar faollari jamoaga talablar qo'ya boshlaydi. Demak, jamoada pedagogik rahbarlik to'g'ridan-to'g'ri bo'lmay, balki faollar orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi jamoa shunchaki yuzaki, maqsadsiz birlashgan o'quvchilar emas, balki o'zlarining hayotiy masalalarini mustaqil yechadigan bolalar guruhidir. Bu bosqichda faollar bilan, o'z-o'zini boshqarish a'zolari bilan, birlamchi jamoa bilan zarur pedagogik ishlarni amalga oshirish kerak. Faollar bilan ishlashning mohiyati shundaniboratki, ulardan defektolog, tarbiyachilarning talablarini quvvatlashgina emas, balki butun sinfni o'z
orqalaridan yetaklay bilish talab etiladi. Bunday murakkab vazifani bajarish oddiy ish emas. Buning uchun qat'iy birlashgan, fikrlar birligiga ega bo'lish ker ak.
Shu taxlitda faollarning jamoa hayotidagi roli ortib boradi. Yordamchi maktab hayotida aslida birinchi va ikkinchi bosqichlar bir-birlariga aralashib, kirishib ketadi. Ammo, bu bosqichda asosiy e'tibor faollarda prinsipiallik, ijtimoiy faollik, jamoa ishiga sodiqlik tarbiyalashga qaratilishi lozim. Birlamchi jamoani to'g'ri tashkil eta olish keyingi bosqichlardagi muvaffaqiyat garovidir. Shunday qilib, jamoa tarbiyalashdagi ikkinchi bosqich murakkab bosqich bo'lib, o'z-o'zlarini boshqarishga o'tish bilan belgilanadi.
Jamoaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich o'zi ning sermahsulligi, asosiy bosqich ekanligi bilan ajralib turadi. O'zaro faoliyatda qatnasha turib, o'quvchilar jamoa ko'nikma, malakalarni o'zlashtirib boradilar. Jamoa faoliyati umumiy maqsad asosida bajarilayotgani uchun o'quvchilarning o'zlari tashkilotchilar sifatida harakat qiladilar. Faoliyat natijasida umumiy javobgarlik, umumiy munosabat yuzaga keladi.
Bu bosqichda jamoa o'z talablarini har bir alohida shaxsga qaratadi. Bundan alohida shaxsni qiynash, unga tazyiqo'tkazish fikri kelib chiqmasligi darkor. Lekin bu hol ba'zan uchrab turadi. Har bir o'quvchining jamoadagi o'rni, uning xulqi, qiliqlari jamoa talablari bilan belgilanadi. Voqealarga baho berishda umumiy tajriba, yagona fikrning yuzaga kelishya uchinchi bosqnchning xarakterli belgisqsir. Umumiy ishlarga qiziqish, birgalikdagi harakatlarga tayyor turish shu bosqichga xosdir. Bu bosqichdagi pedatogik ishlar asosan ikkita bir-biriga bog'liq vazifani hal etadi. Bularga ijtimoiy, umumiy fikr va an'analar tarbiyalash kiradi. Jamoada an'analarning borligi shu bosqichning shakllanganligidan darak beradi. Uning umumiy tarbiya jarayonida ahamiyati nihoyatda katta. haqiqiy an'analar qiyinchiliksiz, oson amalga oshiriladi. Agar an'analar buzilsa, unga nisbatan qoniqmaslik holatlari kuzatiladi.
Qator an'analar faqatgina mohiyati bilangyna o'quvchilar diqqatini jalb etib qolmasdan, balki jonliligi, rangdorligi bilan ham bolalarni o'ziga tortadi. Jamoadagi an'analar jamoa hayotiy tajribalarining chuqurligi, darajasini bildiradi. Shu sababli an'analarni sun'iy ravishda kiritish mumkin emas.
Jamoa taraqqiyotidagi to'rtinchi bosqich bevosita uchinchi bosqich davomi hisoblanadi. Har bir o'quvchi jamoaga tajribasi asosida o'ziga talablar qo'yadi. Jamoaning axloqiy normalarini bajarish har bir o'quvchining shaxsiy ehtiyojiga aylanadi. Tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalash jarayoniga o'tadi. Jamoa hayotini shunday tashkil etish kerakki, uning har bir a'zosi o'z qobiliyatlarining maksimal ro'yobga chiqishiga harakat qilsin.
Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, bolalar, bolalar jamoasini ijtimoiy hayotga tayyorlash va tarbiyalash uzoq vaqt talab etadigan pedagogik jarayon ekan. Maxsus maktabgacha muassasalardagi ta'lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshnrishda ham jamoa juda katta ahamiyatga ega. Aqli zaif o'quvchilar shaxsini tarbiyalashda jamoa katta imkoniyatlarga ega. Normal o'quvchilar bilan olnb boriladigan jamoaga oid barcha ishlar, yordamchi maktablarda qator obektiv sabablarga ko'ra amalga oshirilmaydi. Defektolog, tarbiyachilar har bir bolaning psixofizik imkoniyatlarini bilgan holda uni jamoaga kiritib boradi. O'quvchilar o'rtasida o'rtoqlik vujudga keltirish uchun defektolog, tarbiyachilar ular bilan maxsus ish olib boradilar. Ularni o'zaro yordamga chaqiradilar, o'rtog'i to'g'risida g'amxo'rlik qilishga o'rgatadilar. Ular bilan umumiy o'yin, suhbatlar tashkil qiladilar, do'stlik temasiga oid ishlar olib boradilar. Shular natijasida bolalardagi odamovilik, uyatchanlik yo'qolib boradi. Bolalarda bir-birlariga do'stona munosabat yuzaga kela boshlaydi. Bolalar jamoat ishlariga jalb etiladilar. Dastlab o'quvchilarga alohida
topshiriqlar berilsa, keyinchalik ijtimoiy topshiriqlar berib boriladi. Shu tahlitda har bir o'quvchi jamoada o'z o'rniga ega bo'la boradi. Faol bolalar asta-sekin boshqa o'quvchilarga ta'sir etishib, ulardan ijtimoi joylarda intizom, xulq-atvor qoidalariga amal qilishni talab qilib defektolog, tarbiyachilarga yordam bera boshlaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'XATI
1. Абдуллаева Р. Ёшларни oилавиёй хдётга тайёрлашда мутахассислар маъсуллиги. "Узбекистонда замoнавий oила ривoжланишининг дoлзарб масалалари" мавзусидаги республика илмий амалий анжумани материаллари.Самарканд:2019 -183 бет
2. Акатов Л.И. ^циалная реаблитация детей с oграничениными вoзмoжнoстями здoрoвья. Психoлoгoческая oснoвы: Учеб. Пoсoбие для студ.высш. учеб. Заведений. - М.: Гуманит.изд. центр. ВЛАДОС,2003-368 с
3. Акрамoва Ф.А. Ёшларни oилавий хдётга тайёрлашнинг асoсий oмиллари ва уларнинг психoлoгик хусусиятлари . Замoнавий таълим // 2015,№10 45-52 бет
4. Аксенoва Л.И.Специалъная педагoгика. Учеб.пoсoбие для для студ. Высш. Пед. Учеб.Заведений. -М.: академия. 2004
5. Амирсаидoва Ш.М. махсус педагoгика фани ривoжланишида Шарк мутафаккирлари FOяларинининг урни ва рoли ( Абу Али Ибн Синo таълимoти асoсида)Пед.фан.нoм. ... дисс.автореферат. Т.: 2006.-20бет