To'garak mashg'ulotlarni tashkil etish
Gulchehra Darxonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshketn davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya: To'garak mashg'ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta'lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg'ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To'garakda bola maktab darslaridan keyingi bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To'garak mashg'ulotlari bola o'z ustida ishlashi, o'zi qiziqqan yo'nalishi bo'yicha shug'ullana olishi, qo'shimcha bilimga ega bo'lishi uchun imkon beradi. Mashg'ulot davomida dars o'qtish bilan birga bolalarda o'zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo'nalishda izlanayotgan, bo'lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To'garak bolalarning to'garaklarni o'zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o'zida bir necha to'garakka qatnashi va qiziqishiga ko'ra to'garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang'ich pog'ona vazifasini o'taydi.
Kalit so'zlar: to'garak, jarayon, tarbiya, metod, pedagogika, tartib, intizom
Organization of extra curricular training
Gulchehra Darkhonova
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after
Alisher Navoi
Abstract: Conducting group classes using interactive methods increases the quality of education. The child should be able to think freely during training, and be able to openly demonstrate his creativity. In the circle, it is necessary to create conditions for the child to meaningfully spend his free time after school. Circle classes allow the child to work on himself, to engage in the direction he is interested in, to gain additional knowledge. During the training, along with teaching, the children exchange creative experiences with each other. Future young specialists are formed, who are looking for one direction. The club allows children to freely choose their own clubs, participate in several clubs at the same time, and change clubs according to their interests. This will serve as a starting point for children to choose a profession in the future.
Keywords: circle, process, education, method, pedagogy, order, discipline
Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib,amalda joriy etishdir.Tarbiyaning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazoratqila bilishni shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg'otish; - o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o'stirib-boyitib borish vaestetik tushunchalarini shakllantirish; - har bir o'smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish.
Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko'rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash; -insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish (birbirini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliykamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg'onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo'llanishi lozim; - vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o'zaro munosabat-muloqotni o'rganish, o'z xalqi, davlati, uning himoyasi uchun hamisha shay bo'libturish, O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O'zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog'iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; - qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilanqarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o'zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqarorsaqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta'lim-tarbiya; - mustaqil davlatimiz -O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rgatish.Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichkiishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o'z xalqining turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to'g'ri tushuntirmoq kerak; - turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish; - sog'lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo'lish istagini shakllantirish; - yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo'lishi lozim: - tarbiyada tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigit-qizning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy, huquqiyva erkinligini e'tiborga olish; - yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg'usini qarortoptirish; -
milliylikning o'ziga xos an'analari va vositalariga tayanish; - shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar vao'quvchilar o'rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e'tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo'lish. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan hol-da ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, to'garak, klub dasturlarining rangbarangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 5.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari maktabning o'quvchilar bilan olib boradigan o'quv mashg'ulotlaridan tashqari, xilma-xil ta'lim-tarbiya ishlari sinfdantashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktabta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini yo'lga qo'yish shakllaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish vauni hayotga, aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko'ngillilik asosida tashkil qilinadi.
To'garaklar birnecha xilda bo'lishi mumkin:
a) fan to'garaklari;
b) mohir qo'llar to'garaklari;
d) duradgorlik to'garaklari;
e) sport to'garagi;
f) badiiy to'garak.
Bu to'garaklarni o'rta umumta'lim maktablarida sinf rahbariva tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to'garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo'lgan o'z o'quvchilarini biror to'garakka a'zobo'lishga chorlaydi.Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uningmazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma'lum bir tizimgasolmasdan turib ko'zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta'siri ko'p darajada o'quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o'quvchilar jamoasining xilma-xil ishlarni qanday yo'lga qo'yishiga bog'liqdir. Sinfdantashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o'quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning
madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy onghamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o'tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi vaunozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma'ruza va suhbatlar, ijtimoiy foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaliklari, to'garak mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingananiq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokamaqilish asosida o'tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bubolalarni o'zining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to'g'ri baho berishga o'rgatadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning darsdan bo'shvaqtlaridagi o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va kengaytiradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo'nalishlari, mazmuni har bir bosqichda o'quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. Tarbiyaviyish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo'lishi kerak. Maktabda bashlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olibborish, uni yo'lga qo'yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlartashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.
Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda murakkab. O'quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu boismuntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatgaaylantiradi. Talablarning qo'yilishi jarayonida ularga o'quvchilarningamal qilishi ustidan nazorat o'rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shartlar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulqatvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stenddabaholarni qayd etib borish va boshqalar. Nazorat haqqoniy vamuntazam bo'lish kerak. Uning natijalaridan o'quvchilarni ogohetib borish lozim. Jamoani uyushtirish va jinslashtirish. U faollarni tarbiyalashbilan chambarchas bog'liq. Jamoa faollarini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelibchiqadi. Jamoa faollarini aniqlash uchun o'qituvchi o'quvchilar faoliyatini, ularning jamoa ishlarida ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi, har bir o'quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkiletish layoqatini aniqlashi zarur. Jamoa faollarining tarkibini bolalarning o'zlari, albatta, pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlashsa, maqsadga muvofiqbo'ladi. Bunda pedagog jamoa faollarining har bir a'zosi zimmasiga muayyan vazifa yuklash, ma'lum davrda ana shu vazifalaryuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim. Maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
o'quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoaga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo'lgan holda ish tutishi va muntazam o'z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o'z fikrlarini puxta bayon qilib, o'zgalarni o'ziga jalb qila oladigan xislatlarni o'ziga mujassamlaydi.
To'garak rahbari to'garak mashg'ulotida samaradorlikka erishish uchun to'garak mashg'uloti ishlanmasiga alohida e'tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.Bunda to'garak rahbari oldiga qo'ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e'tibor berishi kerak. To'garak rahbarlari to'garak mashg'ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin. To'garak bu- ma'lum bir bilim sohasiga qiziqishni kuchaytiradigan va amaliy faoliyat bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan talabalarning ixtiyoriy birlashmasi. Doiralardagi mashg'ulotlar dasturning mavjudligi, muntazamligi, vaqt davomiyligi va ishning o'ziga xos profili bilan tavsiflanadi. To'garaklar maktabda to'garak ishlari tizimining bir qismidir. Pedagogik lug'atga ko'ra, to'garak ishlari bolalar uchun qo'shimcha ta'lim shakllaridan biri bo'lib, u turli xil to'garaklar, sektsiyalar va to'garaklarni tashkil etishdan iborat. To'garak ishi talabalar uchun qiziqishlariga asoslanib ixtiyoriy ravishda tanlangan faoliyatning shaxsiyat uchun muhim, qadriyatlarga asoslangan, individual tajribasini o'zlashtirish sohasiga aylandi. Bu talabalarga kasbiy o'zini o'zi belgilashda yordam beradi, asosiy tarkibiy qismda olingan bilimlarini, kuchli tomonlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Fanlararo to'garaklar ichida eng keng tarqalgani fizik-texnik, texnik ijodkorlik to'garaklar hisoblanadi. Bu to'garaklarda o'quvchilar faoliyatining mazmuni to'garakning o'z nomidan kelib chiqadi. Texnik-ijodkorlik to'garaklarda o'quvchilarning mehnat obyektlari, odatda, turli modellar bo'ladi. Bunda o'quvchilar texnologiya fanida o'rganiladigan muayyan qonuniyatlarni misollar bilan oydinlashtirishga muvaffaq bo'ladilar, bu esa fan asoslarini o'zlashtirishda yordam beradi. Ikkinchi tomondan esa o'quvchilar model konstruksiyasini loyihalaydi va yaratadi. Fizik-texnik to'garaklarga bir vaqtning o'zida fizika va texnologiya fani o'qituvchilari rahbarlik qiladilar. Fanlardan tashqari to'garaklar hozirgi vaqtda sinfdan tashqari ishda kengroq tarqalgan. O'quvchilar faoliyatining mazmuniga ko'ra bu to'garaklar turli-tuman bo'lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari to'garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy bazasifatida foydalaniladi, yoki o'quvchilar faoliyati texnologiya fani darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi. Fandan tashqari to'garaklarga rahbarlik qilishga ko'pincha baza korxona xodimlari, ota-onalar taklif etiladi. O'qituvchi esa ularga metodik yordamko'rsatadi. To'garaklar ishining mazmuni dasturlarda belgilab beriladi. Bu dasturlarni xalq ta'limi qoshidagi metodik kabinetlar, shuningdek, yosh texniklar ishlab chiqadi. Dasturlar bir va ikki o'quv yiliga
mo'ljallangan bo'ladi. To'garak mashg'ulotlari, odatda, har haftada bir marta ikki soatdan o'tkaziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Goziyev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y.
2. Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO
3. Davletshin M.G. Obshaya psixologiya T. 2002
4. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
5. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.
6. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.
7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.
8. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)
9. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).
10. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995
11. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414
12. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.
13. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from
14. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan., 2023. 97-105.