Научная статья на тему 'ALOE PLANT ITS PLACE IN FOLK MEDICINE, ITS SPECIAL PROPERTIES'

ALOE PLANT ITS PLACE IN FOLK MEDICINE, ITS SPECIAL PROPERTIES Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aloe vera / vitamin / carotene / enzyme / dermatology / gynecology / ophthalmology / gastroentology / Aloe vera / vitamin / karotin / ferment / dermatologiya / ginekologiya / oftalmologiya / gastreontalogiya

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Pulatova N.Sh.

Nowadays, the interest in plants with medicinal properties is increasing, the whole world is paying special attention to human health, increasing awareness of health secrets, aging and chronically ill patients are preferring natural means to activate the immune system. the absolute harmlessness and benefit of natural remedies are causing a sharp increase in the amount of investments in scientific research in this field and the demand for medicinal plants in international markets.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALOE O’SIMLIGINING XALQ TABOBATIDAGI O’RNI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Hozirgi kunda dorivor hususiyatga ega o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berilishi, salomatlik sirlaridan xabardorligini ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalar afzal ko‘rilmoqda, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Текст научной работы на тему «ALOE PLANT ITS PLACE IN FOLK MEDICINE, ITS SPECIAL PROPERTIES»

УДК 00- 13058

Pulatova N.Sh.

Master's student Andijan State Medical Institute Scientific leader: Jalilov F.S. Alfraganus University

ALOE PLANT - ITS PLACE IN FOLK MEDICINE, ITS SPECIAL

PROPERTIES

Abstract:

Nowadays, the interest in plants with medicinal properties is increasing, the whole world is paying special attention to human health, increasing awareness of health secrets, aging and chronically ill patients are preferring natural means to activate the immune system. the absolute harmlessness and benefit of natural remedies are causing a sharp increase in the amount of investments in scientific research in this field and the demand for medicinal plants in international markets.

Key words: Aloe vera, vitamin, carotene, enzyme, dermatology, gynecology, ophthalmology, gastroentology

Ilmiy rahbar: Jalilov F.S. Alfraganus Universiteti

Magistratura talabasi: Pulatova N.Sh Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

ALOE O'SIMLIGINING - XALQ TABOBATIDAGI O'RNI, O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya:

Hozirgi kunda dorivor hususiyatga ega o 'simliklarga bo 'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo insonlar sog'lig'iga alohida e'tibor berilishi, salomatlik sirlaridan xabardorligini ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalar afzal ko 'rilmoqda, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o'simliklarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo 'lmoqda.

Kalit so'zlar: Aloe vera, vitamin,karotin,ferment, dermatologiya, ginekologiya, oftalmologiya, gastreontalogiya

Yurtimizda so'nggi yillarda dorivor o'simliklami yetishtirishni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

"Экономика и социум" №9(124) 2024

www.iupr.ru

255

2020-yil 10-apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib bermoqda.. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o'simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko'paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda.

So'nggi yillarda insonlar salomatligini yaxshilash va zararsiz dori vositalariga bo'lgan talab ortib borayotganligini inobatga olgan holda, dorivor o'simliklar xom ashyolaridan to'g'ri foydalanish ulardan olinadigan mahsulotlarni tibbiyotda qo'llay bilish oldimizda turgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Aloe o'simligi ham juda ham katta ahamiyatga ega dorivor o'simlik bo'lib, undan tayyorlangan mahsulotlar qadimdan qo'llanilib kelingan va hozirda ham tibbiyotning ko'p sohalarida keng qo'llanilib kelinmoqda. Ushbu maqolada dorivorlik xususiyati kuchli bo'lgan xalq tabobatida keng qo'llaniladigon va tarkibi jixatdan juda boy bo'lgan aloe o'simligining dorivorligi va ahamiyati tog'risida so'z yuritiladi.

Aloe o'simligi lolaguldoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub, bo'yi 4 m gacha yetadigan doim yashil daraxtsimon yoki o't-o'simlik. Barglari qini yordamida poyada ketma-ket joylashadi, ko'pincha poyasining yuqori qismida to'pbarg hosil qiladi. Barglari qalin, sershira, yumshoq, qilichsimon,yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do'ng bo'lib chiqqan, qirrasi tikanlar bilan qoplangan, uzunligi 60-65 sm, qalinligi12-15 mm ga yetadi. Gullari chiroyli va turli rangda bo'lib poyasining yuqori qismdagi to'pbarg o'rtasidan chiqqan uzun silindirsimon gul o'qiga joylashgan shingilni hosil qiladi. Mevasi-uch qirrali silindirsimon ko'sakcha.

Aloe o'simligining foydalaniladigan asosiy qismi bargi hisoblanadi. Aloe o'simligi barglarida 220 ga yaqin faol moddalarni o'z ichiga oladi, ular orasida eng asosiylari B1, B2, B3, B12, A, C, E vitaminlari, aminokislotalar, saponinlar, foliy kislotasi, organik kislotalar, karotinlar, fermentlar, efir moylari, mineral tuzlar, mikroelementlar, sink, Ca, Mg, Cr, Zn, Na, lignin, polisaxarid kabi moddalar mavjud. Aloe tibbiyotning deyarli barcha sohalarida qo'llaniladi. Uning shifobaxsh xususiyatlari dermatologiya, ginekologiya, oftalmologiya, gastreontalogiya va stomatologiyada foydalaniladi. Aloe vera barcha turlar orasida eng shifobaxsh hisoblanadi.

Aloe vera o'simligi tarkibi boyligi uchun ham ko'plab soxalarda foydali xomashyo xisoblanadi. Masalan: Gastreontologiyada ich qotishini yo'qotadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, ichak motorikasini yaxshilaydi, asemannan tufayli oshqozon shilliq qavatini tiklaydi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasini davolaydi. Aloe sharbatidan gastrit, enterokolit, kolit, gastroenteritda qo'llaniladi. Kam dozalardaqo'llangan aloe sharbati ovqatni hazm qilish jarayonini yengillashtiradi, safro ajralishini yaxshilaydi, ichaklar peristaltkasini

'^KOHOMHKa h ^HyMM №9(124) 2024

www.iupr.ru

256

normallashtiradi. Dermatologiyada aloe bakteritsid yallig'lanishga qarshi, antioksidant va yaralarni davolovchi xususiyatga ega va turli dermatitlar, toshmalar, toshbaqa kasalligi, ekzema, akne, kuyish va to'shak yaralarini davolash uchun ishlatiladi. Aloe o'simligidan tayyorlangan jelidan ko'zlar ostidagi shishni, sovuqdan terining shikastlanishi, sivilsalar va furunkullarda foydalaniladi.

Xulosa: O'zbekiston hududida mahalliylashtirilgan dorivor aloe vera o'simligining farmakognostik taxlilini chuqur o'rganish va maxsuloti asosida hamyonbop homashyo olib, yangi dorivor vosita yaratish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aloe Vera (True Aloe). Centre for Agriculture and Bioscience International.

2. Perkins. Is Aloe a Tropical Plant? SFGate. Retrieved: February 13, 2016.

3. Aloe. Online Etymology Dictionary, Douglas Harper (2021).

4. Yates A. (2002). Yates Garden Guide.

5. Random House Australia. Botanica's Pocket Gardening Encyclopedia for Australian Gardeners. Random House Publishers, Australia.

6. Study on Application of Arbuscular-Mycorrhizas in Growing Seedlings of Aloe Vera. Zhong Yao Cai, 25(1), 1-3. (2002). PMID: 12583231.

7. The Effect of Acemannan Immunostimulant in Combination with Surgery and Radiation Therapy on Spontaneous Canine and Feline Fibrosarcomas. Journal of the American Animal Hospital Association, 31(5), 439-447. (1995). DOI:10.5326/15473317-31-5-439. PMID: 8542364.

мЭкономнка h соцнумм №9(124) 2024

www.iupr.ru

257

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.