Научная статья на тему 'ALOE O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

ALOE O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
3531
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aloe o‘simligi / organik kislotalar / foliy kislotasi / antiseptik / dekorativ / polisaxaridlar / vitaminlar / efir moylari / mineral tuzlar / aminokislotalar / fitonsitlar. / Aloe plant / organic acids / folic acid / antiseptic / decorativ / polysaccharides / vitamins / essential oil / minerals / amino acids / phytoncides.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — T. Isaqov, R. Mamatyusupova

So'nggi yillarda inson salomatligini yaxshilash va zararsiz dori vositalariga bo'lgan talab ortib bormoqda. Dorivor o'simliklar xom ashyolaridan to'g'ri foydalanish ulardan olinadigan mahsulotlarni tibbiyotda qo'llay bilish oldimizda turgan maqsadlardan biri. Aloe o'simligi istiqbolli dorivor o'simlik bo'lib, undan tayyorlangan mahsulotlar qadimdan qo'llanilib kelingan va hozirda ham tibbiyotning ko'p sohalarida keng qo'llanilib kelinmoqda. Ushbu maqolada dorivorlik xususiyati kuchli bo‘lgan xalq tabobatida keng qo‘llaniladigon va tarkibi jixatdan juda boy bo‘lgan aloe o‘simligining dorivorligi va ahamiyati tog‘risida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES OF ALOE PLANT

In recent years, the demand for better human health and harmless medicines has been increasing. Proper use of raw materials of medicinal plants is one of the goals before us. Aloe plant is a promising medicinal plant, products made from it have been used since ancient times and are still widely used in many fields of medicine. This article talks about the medicinal properties and importance of the aloe plant, which is widely used in folk medicine and rich in its composition.

Текст научной работы на тему «ALOE O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ALOE O'SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Isaqov Tohirjon Tursunboy o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Assistent Mamatyusupova Ro'zixon G'ofirjon qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.7308830

Annotatsiya. So'nggi yillarda inson salomatligini yaxshilash va zararsiz dori vositalariga bo'lgan talab ortib bormoqda. Dorivor o'simliklar xom ashyolaridan to'g'ri foydalanish ulardan olinadigan mahsulotlarni tibbiyotda qo'llay bilish oldimizda turgan maqsadlardan biri. Aloe o'simligi istiqbolli dorivor o'simlik bo'lib, undan tayyorlangan mahsulotlar qadimdan qo'llanilib kelingan va hozirda ham tibbiyotning ko'p sohalarida keng qo'llanilib kelinmoqda.

Ushbu maqolada dorivorlik xususiyati kuchli bo 'lgan xalq tabobatida keng qo'llaniladigon va tarkibi jixatdan juda boy bo'lgan aloe o'simligining dorivorligi va ahamiyati tog'risida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Aloe o'simligi, organik kislotalar, foliy kislotasi, antiseptik, dekorativ, polisaxaridlar, vitaminlar, efir moylari, mineral tuzlar, aminokislotalar, fitonsitlar.

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ АЛОЭ

Аннотация. В последние годы растет спрос на улучшение здоровья человека и безвредные лекарства. Надлежащее использование сырья лекарственных растений является одной из задач, стоящих перед нами. Растение алоэ - перспективное лекарственное растение, изделия из него использовались с древних времен и до сих пор широко применяются во многих областях медицины.

В данной статье рассказывается о лечебных свойствах и значении растения алоэ, широко используемого в народной медицине и богатого по своему составу.

Ключевые слова: Растение алоэ, органические кислоты, фолиевая кислота, антисептик, декоративный, полисахариды, витамины, ефирные масла, минералы, аминокислоты,фитонциды.

MEDICINAL PROPERTIES OF ALOE PLANT

Abstract. In recent years, the demand for better human health and harmless medicines has been increasing. Proper use of raw materials of medicinal plants is one of the goals before us. Aloe plant is a promising medicinal plant, products made from it have been used since ancient times and are still widely used in many fields of medicine.

This article talks about the medicinal properties and importance of the aloe plant, which is widely used in folk medicine and rich in its composition.

Key words: Aloe plant, organic acids, folic acid, antiseptic,decorativ, polysaccharides, vitamins, essential oil, minerals, amino acids, phytoncides.

KIRISH

Aloe o'simligi lolaguldoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub, bo'yi 4 m gacha yetadigan doim yashil daraxtsimon yoki o't-o'simlik. Barglari qini yordamida poyada ketma-ket joylashadi, ko'pincha poyasining yuqori qismida to'pbarg hosil qiladi. Barglari qalin, sershira, yumshoq, qilichsimon,yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do'ng bo'lib chiqqan, qirrasi tikanlar bilan qoplangan, uzunligi 60-65 sm, qalinligi12-15 mm ga yetadi.

Gullari chiroyli va turli rangda bo'lib poyasining yuqori qismdagi to'pbarg o'rtasidan chiqqan uzun silindirsimon gul o'qiga joylashgan shingilni hosil qiladi. Mevasi-uch qirrali silindirsimon ko'sakcha (1-rasm).

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Aloe o'simligining vatani Afrikaning janubi sharqi xisoblanadi. Sobiq Sho'ro davlatlarida ikki turi: daraxtsimon aloe - алое древовидное va yo'l-yo'l aloe Gruziyada, Ukrainada va

oladi, ular orasida eng asosiylari B1, B2, B3, B12, A, C, E vitaminlari, aminokislotalar, saponinlar, foliy kislotasi, organik kislotalar, karotinlar, fermentlar, efir moylari, mineral tuzlar, mikroelementlar, sink, Ca, Mg, Cr, Zn, Na, lignin, polisaxarid kabi moddalar mavjud.

Aloe tibbiyotning deyarli barcha sohalarida qo'llaniladi. Uning shifobaxsh xususiyatlari dermatologiya, ginekologiya, oftalmologiya, gastreontalogiya va stomatologiyada foydalaniladi.

Aloe vera barcha turlar orasida eng shifobaxsh hisoblanadi. Aloe veraning Vatani Shimoliy Afrika, Kanar orollari va O'rta Yer dengizi sohilidagi mamlakatlar hisoblanadi. Bugungi kunda o'simlik Xitoyda Xaynan orolida, Amerikada va boshqa mamlakatlarda plantatsiyalarda o'stiriladi. Dunyoda aloe veraning 200 dan ortiq turlari mavjud. Aloe vera bakteritsid, antiviral va antifungal xususiyatlarga ega tabiiy antibiotik hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJASI

Aloe vera o'simligi tarkibi boyligi uchun ham ko'plab soxalarda foydali xomashyo xisoblanadi. Masalan:

Gastreontologiyada qo'llanilishi: ich qotishini yo'qotadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, ichak motorikasini yaxshilaydi va asemannan tufayli oshqozon shilliq qavatini tiklaydi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasini davolaydi. Aloe sharbatidan gastrit, enterokolit, kolit, gastroenteritda qo'llaniladi. Kam dozalardaqo'llangan aloe sharbati ovqatni hazm qilish jarayonini yengillashtiradi, safro ajralishini yaxshilaydi, ichaklar peristaltkasini normallashtiradi.

Dermatologiyada qo'llanilishi: Aloe bakteritsid yallig'lanishga qarshi, antioksidant va yaralarni davolovchi xususiyatga ega va turli dermatitlar, toshmalar, toshbaqa kasalligi, ekzema, akne, kuyish va to'shak yaralarini davolash uchun ishlatiladi. Aloe o'simligidan tayyorlangan jelidan ko'zlar ostidagi shishni, sovuqdan terining shikastlanishi, sivilsalar va furunkullarda foydalaniladi.

O'rta Osiyoda bir yillik o'simlik sifatida yetishtirilgan.

Aloening 250 dan ortiq turlari mavjud bo'lib, ulardan faqat 15 tasi dorivor hisoblanadi. Dorivor xom ashyo olish uchun aloening 4 ta turidan foydalaniladi. Bular aloe vera (aloe barbaodensis), aloe daraxti (arborescens aloe), aloe sokotrinskoe (aloe succotrina) va ajoyib aloe (aloe freaks) hisoblanadi.

Aloe

o'simligining

1-rasm. Aloe

foydalaniladigan asosiy qismi bargi hisoblanadi. Aloe o'simligi barglarida 220 ga yaqin faol moddalarni o'z ichiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Oftalmologiyada qo'llanilishi: Aloe sharbatidan kon'yuktivit, ko'z shishasimon tanasining yallig'lanilishi, miopiya va hatto kataraktada ham foydalaniladi. Aloe sharbati tarkibidagi komponentlar ko'zning to'r pardasi va ko'z atrofidagi to'qimalarni qon bilan ta'minlashni yaxshilaydi. Aloe emulsiyasi quruq va ho'l epidermitlarga, nur bilan davolash natijasida 2-, 3-darajali kuygan joylarni tuzatishda qo'llaniladi.

MUHOKAMA

Ginekologiyada qo'llanilishi: bachadon bo'yi eroziyasi, bachadon miomasi, minstural siklning buzilishi, kandidoz,vaginoz,entometrioz,genital gerpes,hayz bo'lmasligi va shamollashga qarshi vosita sifatida keng foydalaniladi.

Kosmetologiyada qo'llanilishi: terini yumshatish va yoshartirish, terini namlatishda, qarish belgilariga qarshi kurashishda, ajinlarni yo'qotishda, shuningdek, aloe soch o'sishini rag'batlantiradi va tuzilishini tiklaydi.

Nafas olish kasalliklarida qo'llanilishi: sil, angina,yo'tal,tumov, bronxial astma, pnevmoniya, o'pka silini davolashda foydalaniladi.

Stamatologiyada qo'llanilishi: milk yallig'langanda, shishib og'riganda ham aloedan foydalaniladi.

Shuningdek aloe bakteritsid xususiyatga ega bo'lib, u streptokokklar, stafilokokklar, tif va dizenteriya tayoqchalariga qarshi faol vosita hisoblanadi. Aloe bosh og'rig'I, turli nevrozlarda, noaniq etologiyagaega bo'lgan bosh og'rig'ini yo'qotish uchun foydali vositadir.

Aloe suyuq moddalar bilan zaharlanishda yordam beradi, toksinlarni yo'qotadi. Aloe sharbatiga temir qo'shib tayyorlangan sirob kamqonlikni davolashda ishlatiladi.

Aloe tarkibida bakteriyalarning ko'payishini oldini oluvchi modda bor. Shuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o'rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo'yib bog'lanadi. Aloening suvli ekstrakti immunostimullovchi xususiyatga ega bo'lib, organizmni turli lasalliklardan himoya qiladi.

Aloe ekstrakti noyob komponent hisoblanib oziq-ovqat sanoatida yogurtlar, shirinliklar va ichimliklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Yuqori aloe ekstrakti antioksidant, antibakterial, qayta tiklash va antiallergik xususiyatlarga ega. Aloe ekstrakti limfani tozalaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, shuningdek kislorodni organlarga tashilishini tezlashtiradi, bu yurak va miya salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'simlik tarkibidagi moddalar organizmdagi yomon va yaxshi xolesterin darajasini tartibga solib, qon tomirlarga tiqilib qolishiga to'sqinlik qiladi.

Aloe veradan olingan jel 200 dan ortiq foydali moddalarni ichiga oladi. Bular minerallar, kislotalar, shu jumladan, inson tanasi tomonidan ishlab chiqilmaydigan, ammo ular miyaning muhim funksiyalarini, his-tuyg'ularni va uyquni boshqarish uchun zarurdir. Jel tarkibidagi foliy kislotasi shifokorlar tomonidan homiladorlikni rejalashtirilayotgan ayollar uchun tavsiya etadi. Jel saraton lasalligini oldini oladi. Aloe kollagen ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, shuning uchun ko'pincha miokard imfarkti uchun tavsiya etiladi. O'imlik yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan keksa odamlarda tananing umumiy ohangini oshirish uchun ham foydalidir.

Aloeni qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Jumladan: homiladorlik davrida, gormonal moddalar, antraglikozidlar qon ketishini qo'zg'atishi mumkin; buyrak kasalligi, shuningdek, sistit, gemaroy, xoletsistit, gepatit A, yurak-qon tomir tabiati bilan bog'liq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

muammolar bo'lsa, yengil terapevtik ta'sirda, qon ketishida, nefrit, rivojlangan gipertenziya va jiddiy yurak kasalliklarida foydalanish mumkin emas.

Hozirgi kunda biz ko'p murojaat qiladigan, sanoatda ishlab chiqariladigan kimyoviy dori vositalari organizm uchun bir muncha foydali va anchagina zararli ta'sirlarga egadir. Tabiiy dorivor o'simliklardan me'yorida foydalanilganda esa inson organizmi uchun zararli ta'sirlari bo'lmaydi va ta'sir doirasi keng hisoblanadi. Shuningdek, tabiiy dorivor o'simliklar iqtisodiy jihatdan ham ancha arzondir. Shuning uchun dorivor turlarni saqlab qolish va ko'paytirish bugungi kunda dolzarb masalalardandir. XULOSA

Ushbu maqolaga xulosa qilib shuni aytishim mumkinki aloe birinchi navbatda manzarali, shifobaxsh, foydali o'simlik xisoblanadi. Aloening juda ham ko'plab turlari bo'lib ularning barchasi ham dorivor xisblanadi.Bu o'simlikning dorivorligidan to'g'ri foydalanish, ular tarkibidagi moddalarni toza holda ajratib olish va ulardan dorivor pereparatlar tayyorlab xalq tabobotida va tibbiyotda foydalanishni o'rganish lozim. Bunday foydali tarkibi jixatdan boy o'simlikni ko'paytirish va oqilona foydalanishimiz kerak. Bu o'simlikni o'stirish uchun maxsus plantatsiyalarni ko'paytirishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Jo'rayeva M.A. Dorivor o'simliklar atlasi (o'quv qo'llanma) Toshkent. Noshir nashriyoti-2019. 5-6 bet.

2. Xolmatov X.X., Axmedov U.A. Farmakognoziya— 1 qism.-Toshkent: Fan, 2007,- 408 bet.

3. Xolmatov X.X., Axmedov U.A. Farmakognoziya — 2 qism.-Toshkent: Fan, 2007,- 400 bet.

4. Pulatova T.P, Xolmatov X.X. Farmakognoziya amaliyoti — Toshkent: Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002.-360 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.