Научная статья на тему 'ALOE O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, HAMDA ULARDAN OLINGAN OZIQ-OVQAT QO’SHILMALARINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI'

ALOE O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, HAMDA ULARDAN OLINGAN OZIQ-OVQAT QO’SHILMALARINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
68
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aloe sharbati / vitaminlar / aloe bargi / uglevodlar / fermentlar / aloin / riboflavin / kobalamin.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Mo‘Ydinov M.M., G‘Ofurov A.S.

Mazkur maqolada aloe o‘simligining vatani, tarqalgan hududlari va o‘sish sharoitlari keltirilgan. Aloe o‘simligi tuzilishi va kimyoviy tarkibi yoritib o‘tilgan. Aloe o‘simligidan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasini olish va bu oziq-ovqat qo‘shilmalari yordamida oshqozon-ichak va teri kasalliklarini davolash haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALOE O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, HAMDA ULARDAN OLINGAN OZIQ-OVQAT QO’SHILMALARINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI»

Mo'ydinov M.M.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Fizika va kimyo kafedrasi assistenti

G'ofurov A.S.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Fizika va kimyo kafedrasi assistenti

ALOE O'SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, HAMDA ULARDAN OLINGAN OZIQ-OVQAT QO'SHILMALARINING SHIFOBAXSH

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada aloe o'simligining vatani, tarqalgan hududlari va o'sish sharoitlari keltirilgan. Aloe o'simligi tuzilishi va kimyoviy tarkibi yoritib o'tilgan. Aloe o'simligidan tabiiy oziq-ovqat qo'shilmasini olish va bu oziq-ovqat qo'shilmalari yordamida oshqozon-ichak va teri kasalliklarini davolash haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Aloe sharbati, vitaminlar, aloe bargi, uglevodlar, fermentlar, aloin, riboflavin, kobalamin.

Mo'ydinov M.M. assistant

Department of Physics and Chemistry Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

Gafurov A.S. assistant

Department of Physics and Chemistry Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

CHEMICAL COMPOSITION OF ALOE PLANT AND MEDICINAL PROPERTIES OF FOOD SUPPLEMENTS DERIVED FROM THEM

Abstract. This article presents the homeland, distribution areas and growing conditions of the aloe plant. The structure and chemical composition of the aloe plant are explained. Information on obtaining a natural food additive from the aloe plant and treating gastrointestinal and skin diseases with the help of these food additives is presented.

Key words: Aloe juice, vitamins, aloe leaf, carbohydrates, enzymes, aloin, riboflavin, cobalamin.

Aloe dorivor o'simligi qadim zamonlardan inson hayoti va salomatligini saqlash uchun muhim dorivor o'simlik hisoblanadi. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda aloe o'simligidan foydalangan. Ibn Sino turli hil yaralarni davolashda, soch to'kilishini oldini

olishda, mushakli a'zolardagi shishlarni qaytarishda aloe o'simligidan foydalanilgani aytib o'tilgan [1].

Aloe o'simligining 300 ga yaqin navlari va gibrid shakllari mavjud. Aloe o'simligining vatani - Janubiy Afrika. Aloe o'simligi Somali, Efiopiya, Janubi-G'arbiy Afrika, Arabiston yarim oroli, Sokotra oroli, Madagaskar janubi, Shimoliy Amerika, Markaziy va Janubiy Amerika, Osiyo, Yangi Gvineya, O'rta yer dengizi, Yevropada (Shvetsiya va Irlandiyaning janubiy hududlarigacha) keng tarqalgan.

Aloe o'simligi ko'proq issiq o'lkalarda yaxshi o'sadi. Bu o'simlik qirg'oq yarim cho'l hududlarida tikanli butalar orasida, savannalarda, dengiz sathidan 1800 m balandlikdagi tog'li cho'llarda yashaydi. XVI asr oxirida Markaziy Amerikada aloe o'simligining jahon ahamiyatiga ega bo'lgan plantatsiyalari tashkil qilingan. Janubiy Afrikada aloedan sabur olish odat tusiga kiritilgan [2].

Aloe o'simligi barglari suvli, qirralari bo'ylab o'tkir tikanlar joylashgan. Barglari cho'zinchoq-nayzasimon, lansetsimon yoki deltasimon, navbatma-navbat joylashtirilgan, poyaning yuqori qismida rozet shaklida birlashtirilgan. Barglarning rangi yashil-kulrang yoki quyuq yashil bo'ladi. Aloe gullari to'q sariq, oq, 20-40 sm uzunlikda bo'ladi. Gullari chiroyli va turli rangda bo'lib poyasining yuqori qismida joylashgan bo'ladi.

Aloe o'simligini xalq tabobatida ko'proq bargidan foydalaniladi. Aloe o'simligi bargi tarkibida ko'plab foydali va faol moddalarni o'z ichiga oladi. Masalan, antrakinonlar, vitaminlar, fermentlar, aminokislotalar mavjud. Noorganik moddalardan: kalsiy, xrom, magniy, marganes, kaliy, natriy, fosfor, temir, rux, uchraydi. Organik birikmalardan esa araxidon kislotasi, steroidlar (kampestrol, xolesterin, b-sitosterol), tri-glitseridlar, triterpenoidlar, gibberillin, lignin, kaliy sorbat, salitsil kislotasi, siydik kislotasi mavjud. Aminokislotalardan: gistidin, arginin, gidroksiprolin, aspartik kislota, glutamin kislotasi, gidroksiprolin, glitsin, alanin, lizin, treonin, tirozin, valin, leysin, izoleysin, fenilalanin, metioninlar bo'ladi. Vitaminlardan: vitamin B1-tiamin, vitamin B2-riboflavin, vitamin B3-pantoten kislota, vitamin B6-piridoksin, vitamin B9-folat kislota, vitamin B12-kobalamin, vitamin C-askorbin kislota, vitamin E-tokoferol, vitamin A-retinol. Uglevodlardan: glyukoza, mannoza, arabinogalaktan, aldopentoza, hamda antraglikozidlardan: nataloin, emodin, rabarberon mavjud [3]. Bundan tashqari tarkibida terini ultrabinafsha nurlarning zararli ta'siridan himoya qiluvchi aloin mavjud. Uning kimyoviy formulasi quyidagicha bo'ladi.

OH O OH

H C6HiiO5

Aloin

B12-kobalamin vitamini ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi va oshqozon fermentlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. Ichaklarning yallig'lanish kasalliklarini oldini oladi va ichakdagi zararli bakteriyalarini yo'qotishga yordam beradi. B12 vitamini yetishmasa terida ekzema, terining shikastlanishi sodir bo'ladi. Bu vitamin soch to'kilishini oldini oladi va sochning normal o'sishini ta'minlaydi. U qizil qon hujayralari shakllanishi va DNK sintezida ishtirok etadi.

Bilamizki oshqozon-ichak va teri kasalliklarini davolash va ularni oldini olish uchun albatta sintetik dori vositalaridan foydalaniladi. Sintetik dori vositalaridan doimiy ravishda foydalanish inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Aholi salomatligini ta'minlash, tibbiy yordam ko'rsatish, turli xil kasalliklar, ayniqsa, surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda

xalq tabobati muhim o'rin tutadi. Xalq tabobatida ishlab chiqariladigan tabiiy oziq-ovqat qo'shilmalari arzon va yuqori samaradorlikka ega hisoblanadi [4].

Aloe o'simligidan olingan oziq-ovqat qo'shilmalari oshqozon-ichak, teri kasalliklari, uyqusizlik, yuqumli kasalliklar, bosh og'rig'i, gaymorit, gripp, madorsizlik va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Aloe sharbatini ikki choy qoshiqdan ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta, bir oy davomida qabul qilinsa gastrit kasalligi bartaraf bo'lishiga yordam beradi.

Aloe bargi qorong'u joyda 4-5 kun saqlanib, undan sharbat olinadi va unga teng miqdorda asal qo'shib qaynatilib, kuniga uch mahal ovqatdan yarim soat oldin, ikki osh qoshiqdan iste'mol qilish, oshqozon-ichak yara kasalliklarini davolashda va oshqozonning hazm qilish jarayonini yaxshilaydi [5].

Teridagi uzoq tuzalmaydigan yaralar, hamda teridagi oq dog'larni ketkazish uchun aloe o'simligidan olingan oziq-ovqat qo'shilmasini ishlatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun yangi jo'ja yorib chiqqan tuxum po'stlog'ini olib, uni tozalab, yuvib termostatda 40 oC haroratda quritib, hovonchada kukun holigacha maydalanadi. Unga bir stakan suv quyib 3-5 daqiqa qaynatiladi. Hosil bo'lgan aralashmaga aloe o'simligidan olingan sharbat teng miqdorda qo'shiladi. Bu oziq-ovqat qo'shilmasi teri kasalliklarida qo'llanilsa yuqori samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Murodillayeva S. Aloe o'simligining xususiyatlari. Academic research in modern science. 2023. P 21-23.

2. Зилфикаров И. Н., Оленников Д. Н., Ибрагимов Т. А., Челомбитько В. А., Вандышев В. В. Современные аспекты фармакогностического и биохимического изучения суккулентного сырья алоэ древовидного и каллизии душистой. Онто Принт. 2013. ст. 8-10.

3. Dr. Sharma. S. Chemical Constitution, Health Benefits And Side Effects of Aloe Vera. Paripex-Indian Journal of Research. 2015. P 9-10.

4. G'ofurov A. S., Asqarov I. R., Qirg'izov Sh. M. Zaytun moyining shifobaxsh xususiyatlari. Xalq tabobati plus. №4 (13). 2022. B 15-16.

5. Аскаров И. R. Табобат комуси. -Тошкент. -mumtoz so'z. -2019. -24 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.