Научная статья на тему 'ALIY SAFIY KOSHIFIY HIRAVIY ILMIY-ADABIY MEROSI'

ALIY SAFIY KOSHIFIY HIRAVIY ILMIY-ADABIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

91
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qolyozma / manbashunoslik / «Sharh-i Masnaviy» «Lubb-i lubob» / «Kitob-i Ma'naviy fiy intixob-i al-Masnaviy» / «Tuhfa-i Xoniy» («Xoniyga tuhfa») / «G„azal-i Aliy Safiy» / «Devon» (G„azallar to„plami) / e'tiqod / odob-axloq (etika) / tasavvuf / irfon. / manuscript / source study / "Sharkh-i Masnavi" "Lubb-i lubob" / "Kitab-i Manavi fi intikhob-i al-Masnavi" / "Tukhfa-i Khani" ("Gift of Khani") / "Ghazal "-i Ali Safiy" / "Devon" (collection of poems) / faith / ethics / mysticism / gnosis.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bahriddin Umurzoqov

Ushbu maqola, xususan, Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy (vaf. 939/1532-1533) ning ilmiy-adabiy merosi, ijodkor yozgan asarlarning sanog„i, ulardan Aliy Safiy qalamiga tegishli bo„lmaganini ajratish hamda ota va o„g„il Koshifiylar asarlarining mualliflik masalasiga yanada aniqlik kiritish kabi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo„nalishidagi muhim masalalar tahliliga bag„ishgan. Maqolada, shuningdek, Faxruddin Aliy Safiyning shu vaqtgacha fanga noma'lum bo„lib kelayotgan bir nechta yangi asarlari «Sharh-i Masnaviy», «G„azal-i Aliy Safiy», «Tuhfatu-l-Xoniy» asarlari qo„lyozmalari haqida ma'lumotlar berilgan. Mazkur nodir qo„lyozma topilmalar Faxruddin Aliy Safiy asarlarining soni besholtita bilan chegaralanmaganiga va uning otasi Mavlono Husayn Voiz Koshifiy izidan borib barakali ijod qilganiga dalolat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, in particular, the scientific and literary heritage of Fakhruddin Ali Safi Kashifi Khiravi (d. 939 / 1532-1533), the number of works written by the author, to distinguish between them not belonging to the pen of Ali Safi and to clarify the authorship of the works of father and son Kashifi devoted to the analysis of important issues in the field of textual and literary sources. The article also provides information about the manuscripts of several new works by Fakhruddin Ali Safi, still unknown to science "Sharh-i Masnavi", "Ghazal-i Ali Safi", "Tuhfatu-l-Khani". These rare manuscripts show that Fakhruddin Ali Safi's works were not limited to five or six, and that he followed in the footsteps of his father, Mawlana Hussain Waiz Kashifi.

Текст научной работы на тему «ALIY SAFIY KOSHIFIY HIRAVIY ILMIY-ADABIY MEROSI»

ALIY SAFIY KOSHIFIY HIRAVIY ILMIY-ADABIY MEROSI

Bahriddin Umurzoqov

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti katta o'qituvchisi, PhD

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola, xususan, Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy (vaf. 939/1532-1533) ning ilmiy-adabiy merosi, ijodkor yozgan asarlarning sanog'i, ulardan Aliy Safiy qalamiga tegishli bo'lmaganini ajratish hamda ota va o'g'il Koshifiylar asarlarining mualliflik masalasiga yanada aniqlik kiritish kabi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishidagi muhim masalalar tahliliga bag'ishgan.

Maqolada, shuningdek, Faxruddin Aliy Safiyning shu vaqtgacha fanga noma'lum bo'lib kelayotgan bir nechta yangi asarlari - «Sharh-i Masnaviy», «G'azal-i Aliy Safiy», «Tuhfatu-l-Xoniy» asarlari qo'lyozmalari haqida ma'lumotlar berilgan. Mazkur nodir qo'lyozma topilmalar Faxruddin Aliy Safiy asarlarining soni besh-oltita bilan chegaralanmaganiga va uning otasi - Mavlono Husayn Voiz Koshifiy izidan borib barakali ijod qilganiga dalolat qiladi.

Kalit so'zlar: qo'lyozma, manbashunoslik, «Sharh-i Masnaviy» - «Lubb-i lubob», «Kitob-i Ma'naviy fiy intixob-i al-Masnaviy», «Tuhfa-i Xoniy» («Xoniyga tuhfa»), «G'azal-i Aliy Safiy», «Devon» (G'azallar to'plami), e'tiqod, odob-axloq (etika), tasavvuf, irfon.

In this article, in particular, the scientific and literary heritage of Fakhruddin Ali Safi Kashifi Khiravi (d. 939 / 1532-1533), the number of works written by the author, to distinguish between them not belonging to the pen of Ali Safi and to clarify the authorship of the works of father and son Kashifi devoted to the analysis of important issues in the field of textual and literary sources.

The article also provides information about the manuscripts of several new works by Fakhruddin Ali Safi, still unknown to science - "Sharh-i Masnavi", "Ghazal-i Ali Safi", "Tuhfatu-l-Khani". These rare manuscripts show that Fakhruddin Ali Safi's works were not limited to five or six, and that he followed in the footsteps of his father, Mawlana Hussain Waiz Kashifi.

Keywords: manuscript, source study, "Sharkh-i Masnavi" - "Lubb-i lubob", "Kitab-i Manavi fi intikhob-i al-Masnavi", "Tukhfa-i Khani"

ABSTRACT

("Gift of Khani"), "Ghazal "-i Ali Safiy", "Devon" (collection of poems), faith, ethics, mysticism, gnosis.

July, 2022

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

KIRISH

Yetuk manoqibnavis, «Xojagon tariqati naqshbandiyya-ahroriyya suluki tazkirachisi», deya ta'riflangan Mavlono Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy (vaf. 939/1532-1533), haqiqatan, o„z davrining nodir ijodkor adiblaridan biri hisoblanadi.

Aliy Safiy sermahsul ijodkordir. Quyidagi asarlar shu vaqtgacha Aliy Safiy qalamiga mansub asarlar deya e'tirof etilgan:

«Rashahot aynu-l-hayot» («Hayot bulog'idan tomchilar»), «Latoyifu-t-tavoyif» («Ajoyib lutf so'zlar»), «Anisu-l-orifin» («Orif zotlarning hamrohi»),

«Hirzu-l-amon min fitani-l-zamon» («Zamona fitnalaridan xalos bo'lish uchun omonlik choralari»),

«Farasnoma-i Safiy» («Safiyning ot haqidagi dostoni»), «Odobu-l-ashob» («Birodarlik odobi yoki Birodarlar uchun odobnoma kitobi»),

«Lavoihu-l-qamar» («Oyning ko'rinishlari»),

«Manzuma-i Mahmudu Ayoz» («Mahmud va Ayoz haqida she'riy doston»), «Asror-i Qosimiy» [12 :14].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tojikistonlik tadqiqotchi A. Saidmukarramga ko'ra, Aliy Safiyning quyidagi asarlari bor: 1)«Mahmud va Ayoz», 2)«Rashahot ayn al-hayot», 3)«Latoyif at-tavoyif», 4)«Anis al-orifin», 5)«Hirz al-amon min fitan az-zamon», 6)«Asror-i Qosimiy».

A. Saidmukarram o'z tadqiqotida Aliy Safiyning ana shu oltita asarini sanab o'tgan, xolos [14:13].

O'zR FA Shl asosiy fondida «Asror-i Qosimiy» («Qosimiyning sirlari») qo'lyozmasi mavjud. Biz bu asar bilan tanishib chiqdik va natijada ushbu asar Aliy Safiyga emas, balki ijodkorning otasi Mavlono Husayn Voiz Koshifiyga tegishli ekanligi ma'lum bo'ldi.

Tojikistonlik olim M. Ne'matov o'z tadqiqotida Ali Safiyning yana bir asari, ya'ni «Lug'at-i Aliy Safiy» («Aliy Safiyning so'zligi») haqida axborot bergan [13:14].

Afsuski, O'zR FA Shl fondida, va umuman, Toshkent qo'lyozma xazinalarida bu asarning, ya'ni «Lug'at-i Aliy Safiy» ning qo'lyozma va toshbosma, shuningdek, zamonaviy nashri mavjud emas. Tojikiston FA Sharq qo'lyozmalari katalogidagi ma'lumotga ko'ra, mazkur asar -«Lug'at-i Aliy Safiy» qo'lyozmasi Tojikiston FA Sharq

July, 2022

267

qo'lyozmalari fondida saqlanadi va u muallifning dastxat nusxasi bo'lishi ham mumkin. Shaxsiy arxivimizda Aliy Safiyning dastxati mavjud bo'lgani bois kelgusida biz bu asarni sinchiklab o'rganib, bu masalaga oydinlik kiritish umididamiz.

Yaqinda biz Aliy Safiy Koshifiy Hiraviyning shu kunga qadar noma'lum bo'lib kelgan yana ikkita yangi asari qo'lyozmasini va bir g'azalini aniqlashga muvaffaq bo'ldik. To'g'ri, bu topilmalar kichik hajmli asarlar hisoblanadi.

Ammo mazkur yangi topilmalarning shu vaqtgacha fanga noma'lum bo'lib kelgani va manbashunoslik va matnshunoslik yo'nalishida umuman tadqiq etilmagani biz uchun muhim hisoblanadi.

Bu qo'lyozmalardan biri ijodkorning «Sharh-i Masnaviy» («Masnaviy»ning sharhi») asaridir.

Bu asarning to'liq nomi «Lubb-i lubob-i Masnaviy» vM dir.

Tojikistonlik tadqiqotchi A. Saidmukarram bu asarni eronlik olim S.Nasifiy bergan ma'lumotga, aniqrog'i, «Lubb-i lubob» nomi bilan ushbu olim chop ettirgan Tehron nashriga asoslanib, «Lubb-i lubob» ni Husayn Voiz Koshifiyning asaridir", degan

Ammo O'zR FA ShI asosiy fondi kartotekasi qaydlarida Husayn Voiz Koshifiyga yana bir asar - «Kitob-i Ma'naviy fiy intixob-i al-Masnaviy» ( ^jüJl ^lÂjjl J) asari ham nisbat berilgan. Kartotekadagi ushbu qayd-ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak, har ikki asar Mavlono Husayn Voiz Koshifiy qalamiga mansub, bo'lib chiqmoqda.

Biz «Lubb-i lubob-i Masnaviy» (^j^ vM ning O'zR FA ShI fondida mavjud o'nga yaqin qo'lyozma nusxalari bilan tanishib chiqdik. Natijada bu asarning kattagina qismi, haqiqatan, Mavlono Husayn Voiz Koshifiy qalamiga mansub ekani, ammo asarning oxirgi qismi allomaning o'g'li Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy tomonidan yozilgani ma'lum bo'ldi. Taxminimizcha, muallif mazkur asarini tamomlay olmasdan vafot etgan, ushbu asarni keyinchalik uning o'g'li Aliy Safiy tugatib qo'ygan.

Biz bu xususda yanada chuqurroq tadqiq olib borish niyatidamiz. Chunki O'zR FA ShI kartotekasida «Masnaviy»ning sharhi hisoblangan «Javohiru-l-asror Kashfu-l-maorib» (jIj^VI jaIj^ - v^M ^S) nomli yana bir asar Mavlono Husayn Voiz Koshifiyga nisbat berilgan. Holbuki, «Javohiru-l-asror»ning muqaddimasida shorih, ya'ni ushbu sharhni yozgan zot o'zini «Shayx Husayn ibn Hasan», deya tanishtirgan.

2.Aliy Safiy qalamiga mansub ikkinchi topilma esa «Tuhfatu-l-Xoniy» ( JUJI - «Xoniyga tuhfa») nomli asar qo'lyozmasi bo'lib, bu

[14:13].

asarning yagona qo'lyozma nusxasi O'zR FA ShI

July, 2022

prof.H.Sulaymonov qo'lyozmalar fondida № Q.2621/II. Inv. raqam bilan saqlanadi.

Mazkur asar «KATALOG fonda instituta rukopisey» («Qo'lyozmalar instituti fondi fihristi») da «Podarok xanu» (^-^l deb qayd etilgan [15:118]. Agar diqqat qilsak, asar nomining tarjimasida xatolikka yo'l qo'yilgan. «Tuhfatu-l-Xoniy»ning o'girimi «Xonga tuhfa» emas, balki «Xoniyga tuhfa» bo'lishi lozim edi. Chunki, asar nomidagi «al-Xoniy» (^-^l) kalimasida «yo-i nisba» mavjud. Bu esa asarning ma'lum bir shaxs, ya'ni o'z davrining sultonlaridan biriga yozib hadya qilinganiga dalolat qiladi. Zero, ushbu asar muqaddimasida Aliy Safiy, haqiqatan, uni Sulton Muhammad Xoniyga bag'ishlab yozganini va unga tuhfa aylaganini yozgan.

«Tuhfatu-l-Xoniy»ning muqaddimasida uning muallifi «Aliy ibn Muhsin (Husayn - B.U.) al-Voiz al-Koshifiy al-mushtahar bi-s-Safiy» ( -^ijH ù^^ ùj ^ ^i^Jh j^^Ji ^i^ull) ekani haqida ma'lumot-qayd mavjud.

«Tuhfatu-l-Xoniy» asari «Asror-i Qosimiy» bilan bir jildda qo'qon qog'oziga oddiy nasta'liq xatida 1253/1837y.da kitobat qilingan. Qo'lyozma kolofonidagi qaydga ko'ra, mazkur qo'lyozmaning kotibi ar-Rojiy Muhammad Buxoriy Hijriy (^j^* ^j^j ^ ^^ijJl) hisoblanadi.

«Tuhfatu-l-Xoniy» asari jami 18 varaq (109a-127b vv.) dan tashkil topgan. Qo'lyozmaning o'lchovi 25x16sm.

Asar «Basmala»dan so'ng quyidagicha boshlangan [Tuhfatu-l-Xoniy:109a-v]:

(Tarjimasi: Hamd (maqtov va shukrlar) hamdning haqiqiy Egasiga, ya'ni Alloh ta'ologa bo'lsin! Rahmat va salom Uning Payg'ambari - Hazrat Muhammadga va ul zotning ashobiga bo'lsin! Shundan so'ng: Kuchsiz va zaif, solih amallari oz bo'lgan, «Safiy» nomi bilan tanilgan Aliy ibn Muhsin al-Voiz al-Koshifiy - Alloh ta'olo uni O'zining yashirin lutfi bilan qo'llasin! - ayturki, ...)

Muallifning asar muqaddimasidagi bayoniga ko'ra, Mavlono Muhsin (Husayn - B.U.) Voiz Koshifiy hijr. 910 sanada /1504 y.da «Asror-i Qosimiy» (^^lá jlj^l) nomli asarini yozib tugatgan. Ushbu asarning avtograf nusxasi oqqa ko'chirilmasdan uning o'g'li Aliy Safiy qo'lida bo'lgan. U otasi vafotidan keyin asarning davomi sifatida yangi bir asar yozgan va unga «Tuhfatu-l-Xoniy» deb nom qo'ygan.

«Tuhfatu-l-Xoniy» asari 20 bobdan iboratdir. Har bobda muallif turli ashyo, ularning xosiyatlari, foyda va zararlari, shifobaxsh narsalar, ulardan qanday malham tayyorlash hamda ulardan qanday foylalanish haqida so'z yuritgan.

Asar ushbu jumlalar bilan tamomlangan [16:126b-v]:

July, 2022

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

(Tarjimasi: «Tuhfatu-l-Xoniy» risolasi al-Malik (Podshoh), al-Vahhob (Bandalariga ko'p-ko'p ne'matlar hadya qilguvchi Alloh ta'olo) ning izni ila nihoyasiga yetdi. Kotibi: ar-Rojiy Muhammad Buxoriy Hijriydir. To'g'risini biluvchi Alloh ta'olodir!)

Biz hozirda «Tuhfatu-l-Xoniy» asarining matn va tarjimasining ilmiy-izohli nashrini amalga oshirishga kirishganmiz.

Hirot shoirlari she'rlari asosida tuzilgan bayozlar to'plamini tadqiqi asnosida Aliy Safiy qalamiga mansub bir g'azalga duch kelindi.

3.№1023 inv. raqam ostida saqlanayotgan «Majmu'a-i bayoz» («Bayozlar to'plami»)ning 140a-140b varaq hoshiyasida «G'azal-i Mavlono Faxruddin Aliy mutaxallas ba-Safiy» (^-i^1 jpll j^i UVj* Jjc.) sarlavhasi ostida shoirning

bir g'azali keltirilgan bo 'lib, u quyidagi misralar bilan boshlangan:

aJ ^aUj * jLp jJ ^-g-ll

aJ ^aI^jL ^äj ^Ij ^Ij JjJ j

G'azal ushbu misralar bilan yakun topgan: (j^ix UA Jlx < jlj jjj Ij ^

aJ ^Al^ j^Alj.^1 '. ^a j^ jjS^x j

Mazkur g'azal jami sakkiz bayt, ya'ni o'n olti misradan iborat. G'azal matnining transkriptsiyasini to'liq holda e'tiboringizga haqola qilamiz: Iloho, dar diyor-i mehnatam hashmat panohiy deh, Zi dardu dog'-i ishqam toju taxt-i podishohiy deh! Saholor kun dar mulk-i jonam zi sitam-i g'am- ro, Dar fash-i kovyon az dud-i oh sabuhgohiy deh! Dil-i afsurda-am, shu'la-i shom tajalliy kun, Charog'-i murda-am, rahbar Tu, nur-i Ilohiy deh! Ham ovoz-i xurus-i Arsh-i Ilohiy, be-navo yod kun, Man hastam ham-zaboniy bo-kabutar, noy-i johiy deh! Agar moyil-i surx-zard biyni tab'-i sho'xam lol, Sar-i shakk ba-man lutf kun, siymoy-i kohiy deh! Man muhr-i xamush ba-ro'yon az sharm-i isyonam, Shikoyatho zi xud doram, zabon-i uzr xohiy deh! Namedonam, chi xohad dilam, to az Tu dil xoham, Ba-har chize-ki, doni «lo yaqum», xohiy, xohiy deh! Makun sharmanda dar ruz-i Jazo az rahmat-i xushem, Agar jurmam namebaxsham ba-umidam guvohiy deh! Safiy-ro zer-i bor-i minnat-i mol hama mafkan, Zi-mushkin tarra-i ba-hubb-i siyohshor xatm-i shohiy deh!

July, 2022

270

G'azalda she'riy san'atlardan, shuningdek, balog'at va fasohat uslubidan unumli foydalanilganini ko'ramiz. Yuqoridagi baytlarning ma'no tarjimasi qisqacha quyidagichadir:

Iloho, mashaqqat diyorimda menga ulug'vor omonlik ato qil, Dardmand dilimdan dog'lik ishqimga sultonlik toju taxtin-shon ato qil! Jon mulkimdagi barcha g'am-sitamlarimni yengil ayla, Tong ohim nafhasi (ohi) dan menga bir yalov-najot ato qil. Afsurda dilman (mahzun qalbman), shom shu'lasida tajalliy ayla, So'ngan chirog'dirman, rahbar - Sen O'zing, Ilohiy nur ehson qil! Arsh jarchisi (Isrofil) ovozi (ila), Iloho, men be-navoni yod et, Men kabutarga tildosh (zikrdosh)dirman, umrboqiy nay ato qil! Agar sho'x ta'bim qizil-sariqqa moyil ko'rsang, hayrat, Taradduddadir boshim, menga o'z lutfing-la ruxsor-i somon ato qil! Isyonim sabab sharmandaman, boshim egik, bosh qoldirib boqolmasman, O'z (nafs)imdan shikoyatlarim bor, uzr so'raguvchi zabon ato qil! Bilmasman, qalbim Sendan nima xohlar, men Sendan Dil istarman, Har narsani bilguvchi Zot faqat O'zing, istasang xohish ato qil! Mahshar Kuni sharmanda qilma, rahmating umidi ila xush (xotirjam) dirman, Jurm(gunoh)im kechilmasa, holim nechuk bo'lg'ay, umidimga guvohlik ber! Iloho! Safiyni g'am yuki ostida ezik qoldirma, rahm ayla unga, Mushkin (mushkli) ishqing hurmatidan Shohona Yorliq ato qil! Bizning taxminimizga ko'ra, ushbu manzuma Aliy Safiyning «Devon»idan olingan.

Mazkur g'azal munojot usul-uslubida bitilgan bo'lib, g'oyat mazmundordir. G'azalda tasavvufona ramziy ma'nolarga ham ishoralar mavjud.

Ushbu g'azal Aliy Safiyning, haqiqatan, iste'dodli shoir bo'lganiga dalolat qiladi. Zero, Alisher Navoiy «Majolis an-nafois» asarida Aliy Safiyning shoirlik iste'dodini e'tirof etgan va ijodkorning bir g'azali matla'sini, ya'ni ilk baytini misol qilib keltirgan [18:132].

«Rashahot»da bayon qilinicha, Aliy Safiy quyidagi qit'ani Mavlono Abdurahmon Jomiy bilan boja bo'lgani sharafiga bitgan: Qit'a. Du kavkab-i sharaf az burj-i Sa'd millatu din, Tulu' kardu bar omad basoni durri sadaf. Az-on yake ba-ziyo gasht bayt-i orif-i Jom, Az-in haziz va bol-i Safiy shud avj-i sharaf.

burjidan,

(Mazmuni: Ikki sharaf yulduzi millat va dinning baxtiyorlik

July, 2022

Dur sadafdan chiqqan kabi nur sochib chiqdi.

Ulardan biri Jom orifi uyining nuri bo'ldi,

Bu nasibadan Safiyning qanoti sharaf cho'qqisiga yetdi) [8:212].

Mazkur misralardan shoirning o'z taqdiridan mamnun bo'lgani va o'z iqbolidan iftixor qilgani yaqqol seziladi.

Shu o'rinda bir mulohaza: nahotki, Aliy Safiy o'z manzumalaridan «Devon» tuzmagan bo'lsa?! Axir, ijodkorning barcha asarlarida kelgan g'azallari, qasidalari, ruboiylari, qit'alari, fardlari jamlansa, mukammal bir «Devon» bo'ladiku!

Haqiqatan, bizning ojizona fikrimiz va taxminimizga ko'ra, shunchalik ko'p manzuma bitgan shoirning «Devon» tuzmasligi, ya'ni uning «Devon»i bo'lmasligi mumkin emas.

Afsuski, hozirgacha Aliy Safiyning «Devon»i topilgani yo'q. Galdagi muhim vazifa ijodkorning ana o'sha nodir «Devon»ini topishdan iborat bo'lmoqda.

Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviyning barcha ilmiy-adabiy merosi qatorida uning yangi topilgan «Sharh-i Masnaviy», «G'azal-i Aliy Safiy», «Tuhfatu-l-Xoniy» asarlari ham badiiy-estetik talablarga to'la javob beradigan badiiyatning yuksak namunalaridir. Bu asarlarning har birida ijodkor ma'lum bir adabiy, tasavvufiy-irfoniy tushunchalarni novatorona yondoshuv, ya'ni yangicha ma'no va mazmun-mohiyat bilan yorqin ochib berishni o'z oldiga maqsad qilgan.

REFERENCES

1. Sulaymon H. Alisher Navoi. O'n besh tomlik asarlar. Khazoinul-ma'oni. G'aroybus-sig'ar. I-tom. - Toshkent, 1963.

2. Latoyf at-tavoif: O'zR FA SHI, Qo'lyozma: № 3655.

3. Hirz al-amon min fitan al-zamon O'zR FA SHI, Qo'lyozma: № 9423.

4. Adab al-as'hob O'zR FA SHI, Qo'lyozma: № 11726.

5. Rashahot Tehron - "Kutubxonayi majlis-i sho'royi milliy" qo'lyozmalar bo'limi (Tehron KMSHM). Qo'lyozma: №1384.

6. Rashahot O'zR FA DAM, Qo'lyozma: № 33.

7. Rashahot tarjimasi: O'zR FA SHI, Qo'lyozma: № 632.

8. Hasani M., Umrzoq B. Rashahotu aynil-hayot - Toshkent, Abu Ali ibn Sino, 2004.

9. Shamsiev P., Ibrohimov S. Navoiy asarlari lug'ati. Alisher Navoi asarlari o'n besh tomligiga ilova. Toshkent, 1972.

10. Rustamiy A. Hazrat-i Navoyiyning ma'naviy olami. -

XULOSA

534 b.

Toshkent, 2014.

July, 2022

11. Umurzoqov B. Faxruddin Aliy Safiyning ilmiy-adabiy merosi va uning "Rashahot" asarining qiyosiy-tekstologik tadqiqi. - Toshkent, Nurafshon, 2019. 203 b.

12. Latoyf at-tavoif - Tehron, 1373 /1953.

13. Nematov M. S. "Rashahotu aynil-hayot" Faxruddina Ali Safi i yego literaturno-misticheskoye znacheniye: 10.01.03. Awtoref. diss. kand.filolog.nauk. - Xudjand,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Saidmukarram Abduqodirzoda. Husayn Voizi Koshifi va sunnati tafsirnigorii Qur'on ba zaboni forsii tochiki (asrhoi X -XI). Awtorefarati dissertasiya baroi daryofti darachai ilmii doktori ilmhoi filology az ro'yi ixtisosi 10.01.01. -Adabiyoti tochik. Dushanbe -2020. b.13.

15. KATALOG fonda instituta rukopisey. II Tom. - Toshkent, izd. Ins-ta rukopis. Im.X.S. Suleymanova AN UzSSR, 1988. s.118.

16. Tuhfatu-l-Xoni O'zR FA SHI, Qo'lyozma: №2621/ XI.

17. KATALOG fonda instituta rukopisey. II Tom. - Toshkent, izd. Instituta rukopis. Im.X.S.Suleymanova AN UzSSR, 1988.

18. Majolisun nafois. 12-jild. -Toshkent, 1966.

19. Mavlono Faxruddin Aliy Safiy. Latoyif at-tavoyif: -Tehron, 1373 /1953.

20. Aldilalat alwadihat ealaa dalayil alkhayrat w shawariq alanwarfaa dhikr alsalaat ealaa alnabii almukhtar lilamam aba eabdallah muhamad bin sulayman aljazulii, talifi: yusif bn asmaeil alnabhanaa, h. 1433 - m. 2012, nuskhat makat almukarama.

21. Kara, Mehmed. Yeseviyenin temel kitabi «Cevahiru-l-ebrar min emvaci-l-bihar». / AHMED-I YESEVI - Hayati, eserlari, tesirlari. - Istanbul, 1996. «Seha», -s.256.

22. Turkie yazma eserler toplu katalogu. - Ankara, 1994.

2009.

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.