Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA RANG SIMVOLIKASI'

ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA RANG SIMVOLIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA RANG SIMVOLIKASI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ALISHER NAVOIYNING "LAYLI VA MAJNUN" DOSTONIDA RANG

SIMVOLIKASI

M. U. Abdiraimova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs magistranti musharraf7499abduraimova@gmail.com

O'zbekiston

Navoiy haqidagi dastlabki tadqiqot ishlari uning zamondoshlari tomonidan hali hayotlik chog'laridan boshlangan edi. Jumladan, Xondamir "Makorim ul-axloq" ("Yaxshi xulqlar"), Mirxond "Ravzat us-safo", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" ("Shoirlar yig'ini") asarida Navoiy hayoti va shaxsiyatiga oid ma'lumotlar uchraydi. Bundan tashqari Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining "Boburnoma" sida Navoiy haqida shunday deydi: "Alisherbek— begi emas edi, musohibi edi" deya Navoiy va Husayn Boyqaro o'rtasidagi munosabatga ta'rif bergan bo'lsa, Mirzo Haydar o'zining "Tarixi Rashidiy" asarida: "Uning (Navoiyning) asli uyg'ur baxshilaridan va uning otasini (ya'ni Navoiyning otasi) kichkina baxshi der edilar, oddiy kishilardan edi" — degan ta'riflarni uchratamiz.[I.Sulton 2010, 32-b]. Sa'diy Sheroziyning "Guliston"i ta'sirida yaratilgan "Bahoriston" (A.Jomiy) asari 8 ravza (bob) dan iborat bo'lib, 7-ravzada 39 shoirdan biri sifatida Alisher Navoiyga to'xtalib o'tadi va uning komil axloqi ijodidan ham yuksakroq ekanligi ta'kidlanadi. Husayn Boyqaroning "Risola" sida ham hazrat Navoiyning turkiy tildagi ijodi, xususan, she'riyati hamda "Xamsa" asariga yuksak baho berilib, buyuk shoir "so'z mulkining kishvaristoni, sohibqironi" deb ulug'lanadi.[Sh.Sirojiddinov. D.Yusupova, O.Davlatov 2019, 7-b]. Abduqodir Hayitmetov Navoiy ijodida "Layli va Majnun" dostonining o'rni haqida: "Alisher Navoiy o'z qahramonlarining ayanchli taqdiri orqali o'z davridagi ezilgan xalq ommasining taqdirini ham aks ettirgan va bunday o'rinlarda xalq ommasining keskin noroziligini ham ifoda etgan".[A.Hayitmetov 1970.]

"Layli va Majnun"da rang simvolikasi. Sharq adabiyoti o'zining yuksak jozibadorligi, tartibliligi bilan ajralib turadi. Sharq adabiyotidagi she'rlarda lirik kechinmalar qofiyada, qat'iy qoidalar asosida beriladi. Badiiy adabiyotda rang simvolikasida ranglar, ularning har birida ma'no, ramz yashiringan bo'ladi. Badiiy adabiyotda qo'llaniladigan ranglar "Vahdat ul-vujud" nazariyasi deyiladi va bu nazariyaning mohiyatida olam va undagi jamiki narsalar Olloh sifatlarining tajallisidir degan g'oyaga asoslanadi. Bu tushuncha tasavvufiy va diniy tushuncha bo'lib, shoirlar ijodida va ularning asarlarida talqin qilinadi. [S.O'tanova 2007, 24-b].

134

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Jumladan, Alisher Navoiy ijodi ham bundan holi emas. Navoiy ko'plab asarlarini "Vahdat ul-vujud" nazariyasiga asosan yozgan va shoirning asarlarida, g'azallarida rang bilan bog'liq tasvirlarni uchratamiz. Shu o'rinda adabiyotshunos olim Y.Is'hoqovning ma'lumot berishicha: ""Xazoyin ul-maoniy"da rang bilan bog' liq holda 31 ta g'azal ("G'aroyib us-sig'ar"da 9 ta, "Navodir ush-shabob"da 7 ta, "Badoye ul-vasat"da 8 ta, "Favoyid ul-kibar"da 7 ta) bor".[Y.Is'hoqov 1983,124-b]. Asarlarda uchraydigan rangga aloqador ramziy-poetik ifodalar obrazning takomilida asosiy o'rinni ifodalashi bilan bir qatorda, ayni paytda qahramon ruhiyatini, uning holatini ochishda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi. Alisher Navoiy lirikasida sariq rang bilan bog'liq tasvirlar salmoqlidir: Boshdinki qadam qilib durur mehr, Istab seni bo'ldi zafaronchehr.

Nurafshon oftob boshini oyoq qilgancha, seni axtarib rangi zafaron bo'ldi. Shu o'rinda aytish joizki, shoir yashagan muhitda ya'ni temuriylar davrida sariq rang hokimiyat, davlat ramzi sanalgan. Ya'ni ko'rubon oni Qays mahzun, Ruxsorini qildi kahrabogun. Ham chehrasi rangi kahrabodek, Ham ko'nglida qo'zg'olon sabodek.

Bir-biriga o'ralib ketgan shu'lalarni yel xazon bargi deb tasavvur qildi, hazin Qays uni (Laylini) ko'rib, yuzi kahrabodek bo'ldi, chehrasi ham kahraborang, ko'nglida ham sabodek tug'yon. Ushbu baytda ham tashbex badiiy san'atini, hamda tashxis san'atini uchratamiz. Qaysning Layli yuzini ko'rganidagi holatini Navoiy ushbu go'zal tashbexlar yordamida jonlantirgan, ya'ni Qaysning yuzi kahrabodek -sap-sariq tusga kirib, aql-u hushini yo'qotishi va chehrasi ham kahrabo rangiga kirdi deydi. Navoiy sariq rang vositasida asosan oshiqning ma'shuqasiga erisholmagandagi holatini ifodalashda foydalangan.

Sorig' gul uza sabuhi yomg'ur, Oltun tabaq ichra ko'rguzur dur. Yoxud yaraqon o'tin qilib tez, Sorig' yuziga bo'lur araq rez.

Sariq gul ustiga tushgan tong yomg' iri oltin tabaq ichra to'ldirilgan injularga o'xshar yoxud yaraqon (sariq kasalligi) kasali uning haroratini oshirib, sariq yuziga ter donalarini tepchitar edi.

Tadqiqotchi Sirdaryo O'tanova o'zining ilmiy dissertatsiyasida rang bilan bog'liq jihatlarni quyidagicha ifodalaydi: "Rang poetik unsur sifatida badiiy an' analar tadriji davomida rivojlanib, poetik tafakkurning barqaror elementiga aylanib borgan.

135

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Buni mumtoz adabiyotda ma'shuqaning yuzi, lablari qizil, zulfi, qoshi, ko'zi qora, xatti yashil, tanasi sariq yoki ushbu rangga yaqin qorishiq ranglar orqali tasvirlanganligidan namoyon bo'ladi. An'ananing muayyan rangdan faqat ma'lum obyekt bilangina bog'liqlikda ( qora rangdan faqat soch, qosh, ko'z; qizil rangdan yuz, lab tasvirida va h.z.) foydalanish talabi ushbu ranglar va ular ifodalagan simvolik mazmun talqinini chuqurlashishiga xizmat qilgan"[S.O'tanova 2007, 123-b].

"Layli va Majnun" dostonida sariq rang xazon, za'faron, qahrabodek, sorig', somon kabi so'zlar bilan ham ifodalangan.

Alisher Navoiy asarlarida, xususan, "Layli va Majnun" dostonida uchraydigan qora rang bilan bog'liq ruhiy holatlar, asosan, ta'sirchanlikni oshirishga, hayot murakkabliklari, qahramonlar bilan sodir bo'luvchi turli ziddiyatlarni izohlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, qora rang qahramonning ichki dardini, uning g'am-anduhlarini, hasratini ta'sirchan ifodalash uchun ham ishlatiladi. Dostonda qora rang omonim tarzda qo'llanilib, juda ko'plab ma'nolarni ifodalashga xizamat qiladi. Masalan:

Kun ganjin iturub ajdaholar, Tun xayli kelib qaro balolar.

Ajdaholar quyoshning xazinasini yo'qotib, uning o'rniga tun ahli qora balolari bosdi. Bu yerdagi qora sifati balolarning dahshatini ko'rsatib, baloning kuchini, ta'sirini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan va bu mazmun kun va tun so'zlarini bir-biriga qarama-qarshi tarzda qo'llab tazod san'atini yuzaga keltiradi va bularning barchasi baytdan anglashilgan mazmunning o'quvchiga yanada ta'sirli tarzda ifodalanishiga xizmat qilgan.

Yuqoridagi misollardan ko'rish mumkinki, Navoiy ijodida, xususan, "Layli va Majnun" dostonida qora va sariq rang yetakchi o'rinni egallagan. Qora va sariq ranglar orqali shoir ko'proq oshiq va ma'shuqning ruhiy holatini, kayfiyatini, qahramonlarning o'y-kechinmalarini yanada yorqinroq ko'rsatishda foydalangan. "Layli va Majnun" dostonida ko'p uchraydigan qora rang omonim tarzda qo'llangan bo'lib, gohida yorning qosh-u ko'zining sifatlovchisi bo'lsa, boshqa o'rinda esa qahramonning baxtsizligini, kechaning qop-qora ekanligini, boshiga tushgan ishq o'tining qora balodek ekanligini ifodalaydi. Navoiy ijodida qo'llaniladigan qora rang haqida ham ko'plab bahs-munozaralar mavjud. Shulardan biri adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulovning "Yana qora rang talqini haqida"gi maqolasida shunday deyilgan: "Turkiy qavmlarda islomgacha va islomdan keyin ham qora rangdan salbiy ma'no holat va hodisalarni xarakterlashda nechog'lik keng foydalanishgan bo'lmasin, haq ahli, ma'no va ishq sohiblaridan hech bir kishi mohiyati ilohiyada qora rangning muqaddasligiga shubha qilmagan. Sharq she'riyatida takror-takror ishlatiladigan

136

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajn^

"qora ko'z" ( chashmi siyoh), "qora zulf' ( Zulfi siyoh), "qora xol", "qora balo" singari o'nlab istioraviy ibora va tashbexlar irfoniy haqiqatlar ifodasi uchun ham xizmat ettirilgan.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonida turkiy tilning jozibasini xalqona ohanglarda ifodalaydi. Navoiy yaratgan "Layli va Majnun" dostoni ishq haqidagi eng mungli qissa deb talqin qilinadi. Garchi Navoiyning dostoni ham Nizomiy, Dehlaviy, Ganjaviy va Jomiy yaratgan doston syujeti bilan bir xil bo'lsa-da, Navoiyning dostonida g'oya va mazmun o'ziga xos tarzda ifoda etiladi. Alisher Navoiy asarlarida, xususan, "Layli va Majnun" dostonida uchraydigan qora rang bilan bog'liq ruhiy holatlar, asosan, ta'sirchanlikni oshirishga, hayot murakkabliklari, qahramonlar bilan sodir bo'luvchi turli ziddiyatlarni izohlashga xizmat qiladi. Qora rang qahramonning ichki dardini, uning g'am-anduhlarini, hasratini ta'sirchan ifodalash uchun ham ishlatiladi. Dostonda qora rang omonim tarzda qo'llanilib, juda ko'plab ma'nolarni ifodalashga xizmat qilganligining guvohi bo'lamiz.

References / Adabiyotlar

1. Haqqulov I. Yana qora rang talqini haqida. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/ibrohim-haqqul-yana-qora-rang-talqini-haqida.html

2. Hayitmetov A. Navoiy dahosi— Toshkent: G'.G'ulom nashriyoti, 1970.

3. Is'hoqov Yo. Navoiy poetikasi. Toshkent: Fan, 1983. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Toshkent: Tamaddun, 2019-y.

4. Sultonov I. Navoiyning qalb daftari. Toshkent: G'.G'ulom nashriyoti, 2010.

5. O'tanova S. Alisher Navoiy g'azaliyotida rang simvolikasi. Filol.fan.nomz. Diss. —T.: 2007.

137

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.