Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING ASARLARIDA ASTRONOMIK QARASHLAR'

ALISHER NAVOIYNING ASARLARIDA ASTRONOMIK QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
astronomik tushunchalar / falak (koinot) / Quyosh / Oy / Ulug’bek ilmiy maktabi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sattorov A.R, Murodullayeva L.Sh, Suyundikova A.O

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida astronomiya fani bilan bog’liq ma’lumotlarni o’rganish astronomiya tarixi, temuriylar davrida ilm-fan rivoji va Alisher Navoiy ijodining yangi qirralarini ochish, undagi astronomik bilimlardan keng foydalanish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING ASARLARIDA ASTRONOMIK QARASHLAR»

ALISHER NAVOIYNING ASARLARIDA ASTRONOMIK QARASHLAR 1Sattorov A.R, 2Murodullayeva L.Sh, 4Suyundikova A.O

1Dotsent, NavDPI 2,34-kurs talabasi, NavDPI https://doi.org/10.5281/zenodo.10991888

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida astronomiya fani bilan bog'liq ma'lumotlarni o'rganish astronomiya tarixi, temuriylar davrida ilm-fan rivoji va Alisher Navoiy ijodining yangi qirralarini ochish, undagi astronomik bilimlardan keng foydalanish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: astronomik tushunchalar, falak (koinot), Quyosh, Oy, Ulug'bek ilmiy maktabi.

Ulug'bek ilmiy maktabi, aniqrog'i Samarqand va Hirot astronomik muhiti Alisher Navoiyning kosmik dunyoqarashi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi va bu uning ijodida o'z aksini topdi. Ulug'bek davrida aniq fanlar jadal rivojlandi va bu o' navbatida, astronomik tushunchalarning gumanitar manbalarda ham aks etishiga olib keldi. Buni Alisher Navoiy asarlari misolida ko'rish mumkin. Ularda astronomik jihozlardan usturlob, armilyar sfera, osmon globusi va qo'sh yoyli devoriy kvadrant kabi jihozlar tavsifi bor. O'rta asrlarda astronomlarning asosiy jihozi bo'lgan osmon globusi uning e'tiboridan chetda qolmagan va bu davrda musulmon davlatlarida kashf etilgan, qora xona (obskur kamera) tamoyilida ishlaydigan, yoyli qurilmaga ega jihoz-bino ham nazmiy satrlarda qayd etilgan.

Samarqandda Mirzo Ulug'bek tomonidan rasadxonaning ochilishi hamda Samarqand astronomiya maktabi tuzilishi va unda olingan ilmiy natijalar hozirgi kunda ham astronomiya fani uchun noyob durdonalardir.

Ushbu astronomiya maktabi o'z kashfiyotlari bilan nafaqat Sharqda, balki, butun dunyoda mashhur hisoblanadi. Biz ana shunday ajdodlar farzandlarimiz, astronomiya fani bizga ulardan meros fan hisoblanadi desak, hech adashmaymiz. Bizlar uchun asosiy vazifalardan biri-yangi ilmiy, dunyoviy bilimlar bilan astronomiya fanini boyitishimiz va rivojlantirishimiz zarurdir [1].

Temuriylar davrining mashhur shoiri Alisher Navoiy asarlarida ham astronomik so'zlar va tushunchalar anchagina. U astronomiya va astrologiyani ilmi nujum fani, ilmi osmoniy,falakiyot, ilmi hay'at nomlari bilan aytadi.

Shoir ijodida olam tuzilishi bilan bog'liq astronomik so'z va iboralar ko'p qayd etilgan: falak (koinot), falak javfi (fazoviy bo'shliq), olam zarroti (zarralar), laylu nahor (kun va tun), charx (osmonning aylanma harakati), to'rt unsur (borliq asosi), o'n ikki burj (ekliptika uzra joylashgan yulduz turkumlari), arz (Yer shari), yetti ko'k (borliq), Quyosh, Oy va besh sayyora (Olamning yetti qatlik modeli), o'n jahon (o'n olam), o'n sakkiz ming olam (ko'p olamlar), hatti muhit (olamning mavhum qiyofasi- armilyar sfera) lar shular jumlasidandir.

Biz Alisher Navoiyning Ulug'bek rasadxonasiga qilgan tashrifi haqidagi ma'lumotga bevosita ega bo'lmasakda, u Samarqand rasadxonasi va Ulug'bek "Zij" i haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lganligini "Farxod va Shirin" dostonida yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Alisher Navoiy "Majolus-un-nafois" asarida Ulug'bek haqida: "Hay'at (astronomiya) va riyoziyni (matematika) xo'p bilur erdi. Andoqkim zij bitdi ("Ziji Ko'ragoniy" ni yozdi) va rasad bog'ladi (observatoriya qurdi) va xalo anining ziji oroda shoi'dur",- deb yozadi. Samarqandda bo'lgan kezlarida, tabiiyki, shoir o'sha yerdagi olimlar bilan muloqotda bo'lgan. Xususan falakshunos Mavlono Muhammad Olim Samarqandiy bilan bo'lgan muloqotlari haqida: "Samarqand ulamosidin Mirzo Ulug'bek bila Ham saboq va musohib erdi",-deb xotirlaydi. U

mashhur falakshunos Hoja Uhd Mastuniy bilan uchrashganligi haqida: "Hoja Uhd Mastuniy o'z asrining yagonasi erdi. Ilm va funun bilur erdi ammo falakiyotda shuhrati bor erdi. Bu faqir ul buzrukbor suhbatiga erdim",- deb eslaydi [2].

Alisher Navoiyning astronomik dunyoqarashi aynan Samarqandda takomillashgan va u ana shu bilimlar bilan ma'lum darajada o'z astronomik muhitiga ega bo'lgan Hirotga qaytgan.

Ma'lumki, o'z vaqtida Alisher Navoiy Samarqandda Ulug'bek rasadxonasi yaqinida joylashgan Fazlulloh Abullays madrasasida ta'lim olgan edi. Shu yillarda u Ulug'bek rasadxonasida ham bo'lgan, albatta. Buni shoirning "Farhod va Shirin" dostonida Ulug'bekka, uning rasadxonasiga, "Zij" asriga bag'ishlangan she'riy satrlaridagi aniq bayonlardan ham bilsa bo'ladi.

Usturlob. Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan turli mavzulardagi nazmiy satrlarda, tarqoq holda, ba'zi astronomik jihozlar haqida ma'lumot qayd qilingan. Astrolyabiya yunoncha so'z bo'lib, "yulduz tutuvchi" degan ma'noni anglatadi (astron-yulduz, laben-tutmoq). Astronomik jihoz- astrolyabiya mil.av. IV asrdan to milodiy XIX asrgacha amaliyotda qo'llanilgan.

Hozirgi asrtolyabiya shtativga gorizontal holatda mahkamlangan, gardishi graduslar bilan belgilangan va gardish markaziga, ikki uchida dioptr joylashtirilgan chizg'ich o'rnatilgan burchak o'lchagich asbobdan iborat. Bunday gorizontal astrolyabiyada ufq yo'nalishidagi burchaklar o'lchanadi.

Astrolyabiya tavsifi, yuqorida qayd etilganidek, Alisher Navoiy nazmidan ham o'rin olgan, biroq uning o'ziga xos jihatlari bor. Avvalo shuni qayd etish kerakki, Alisher Navoiy o'zi nazmda tavsiflagn astronomic asbobni sturlob deb ataydi va uning "Saddi Iskandariy" dostonida sturlob va ko'zgu (oynai jahon) jihozlari haqidagi fikrlar bilan birga uyg'un holda bayon qiladi [2].

Fillizot aro zohir aylab tilsim,

Mudavvar namudor etibiki jism.

Biri ro'yu mis birla obod edi,

Yana bir duraxshanda po'lod edi

Alardinkim ul ro'y topdi gudoz

Bo'lub erdi bori sturlob soz.

Alargaki po'lod o'rtu edi,

Namudorigo'yoki ko'zgu edi.

Nasriy bayoni:Ular metallardan tilsim qilib, dumaloq shaklga ega bo'lgan ikki narsa yasadilar. Uning biri- ust qismi misdan, ikkinchisi (ost qismi) esa, yarqiroq po'latdan bunyod etildi. Mis bilan ish ko'rayotgan olimlar Quyosh va yulduzlarni n yuksagligini o'lchaydigan suturlob asbobini yaratdilar. Po'lat ustida ishlayotgan olimlar esa xuddi ko'zguga o'xshagan bir narsani ixtiro qildilar.

Yuqorida keltirilgan parchadan ayon bo'ladiki, Alisher Navoiy usturlob nomi bilan astronomic jihoz- astrolyabiyani qayd qilgan bo'lsada, aslida boshqacharoq bir astronomik asbobni ta'riflaydi. Ya'ni bu jihoz vositasida falakning qa'riga yanada chuqurroq kirib, koinotdagi jarayonlarni, to'qqiz qavat osmonni kuzatish mumkinligi ta'kidlangan. Bu astronomik jihoz mavjud usturloblardan farqli ravishda keyinchalik kashf etilgan teleskopga yaqindir. Alisher Navoiy asarlarida aynak-ko'zoynak, durbin-uzoqni ko'ruvchi, jahonnamo, dunyoni ko'rsatuvchi, uzoqni ko'ra biluvchi, chashmi jahonbin-jahonni ko'ruvchi ko'z kabi so'zlar uchrashi ham

tasodifiy xol emas. Alisher Navoiy yuqorida ta'riflaganidek usturlob bilan Galiley kashf qilgan teleskop orasidagi bog'lovchi o'rta asrdagi rasadxona konstruksiyalari bajargan, degan fikrdamiz.

REFERENCES

1. M.Mamadazimov Astronomiya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. -T.: O'qituvchi, 2007.

2. S.Azizov "Markaziy Osiyoda astronomiya va Ulug'bek maktabi" Toshkent. "O'zbekiston" 2009 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.