Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ILMIY MEROSI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATI'

ALISHER NAVOIY ILMIY MEROSI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy asarlari / lug‘at kitoblar / "Muhokamat-ul lug‘atayn" asari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Diyora Jahongir Qizi Oltinova, Rayxon Rasulova

Alisher Navoiy ilmiy merosi va uning tarbiyaviy ahamiyati xaqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ILMIY MEROSI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

ALISHER NAVOIYILMIY MEROSI VA UNING TARBIYAVIY

AHAMIYATI

Diyora Jahongir qizi Oltinova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti ta'limi yo'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi, p.ff.d (PhD)

ANNOTATSIYA

Alisher Navoiy ilmiy merosi va uning tarbiyaviy ahamiyati xaqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy asarlari, lug'at kitoblar, "Muhokamat-ul

lug'atayn" asari.

Alisher Navoiy faqat o'zbek emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti, jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub bo'lgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ularning mazmun va yuksak badiiyatiga ko'ra ham tengsiz adibdir.

Avliyolar avliyosi, mutafakkirlar mutafakkiri, shoirlar sultoni bo'lgan, millatimiz sharafini ko'klarga ko'targan, yurtimiz dovrug'ini butun olamga tarannum etgan ulug' allomamizning mashhur 51 ming misradan ortiq "Xamsa", 42 ming misradan ortiq "Xazoyin ul-maoniy", "Mahbub ul-qulub", "Muhokamat-ul lug'atayn", "Lison-ut tayr", "Tarixi mulki Ajam", "Majolis un-nafois", "Mezon ul-avzon" va boshqa shoh asarlari har jihatdan yuksak ahamiyatga, qudratli kuch va jozibaga egadir.

Navoiy adabiyotshunos sifatida o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko'plab ilmiy asarlar muallifidir. Xususan, uning o'zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvchi, ijodkor haqidagi ma'lumotlar jamlangan. «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi»- deb bildiradi Xondamir.

Bashariyat tamadduni, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ma'naviy kamol topishida yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan Navoiy asarlari o'rni va roli har tomonlama beqiyosligini yaxshi bilamiz. Zero, ezgulik va hayot mazmunini o'zining

218

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ohangdor satrlari, falsafiy fikrlari, teran tashbehlari, go'zal so'z san'ati bilan yorqin ifoda eta olgan Navoiydek shoir dunyoda kamdan kam topiladi, desak hech qachon xato qilmaymiz.

Alisher Navoiydan bizga buyuk bir adabiy - ilmiy meros qolgan. Hozirgi kunlarda Navoiyni tushunish, ijodiy merosini targ'ib va tashviq etishni ilmiy asoslarda tashkil qilish masalasi davlat siyosati darajasiga qo'yilmoqda ekan, navoiyxonlarga muayyan qulaylik yaratilayotgan bir paytda barchaning zimmasidagi mas'uliyat hissi yanada oshadi.

Yozuvchi so'z dengiziga suzib, ma'no gavharlarini tera olgandagina

U1 kishi so'z bahrida g'avvosdir

Kim guhari anga xosdir

O'zbek tili uzoq va boy tarixga ega bo'lgan tildir. Chunonchi, Alisher Navoiy tilini o'rganish masalasini olaylik. Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nazmiy va nasriy asarlari so'z boyligi bilan ham, uslubi bilan ham ulkan bir xazina hisoblanib, ularning lisoniy-uslubiy xususiyatlarini o'rganish hamon dolzarb vazifalardan bo'lib qolmoqda.Ma'lumki, shoir asarlarining tilini o'rganish uning hayotligidayoq boshlangan edi. XV-XIX asrlar davomida Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va Turkiyada Navoiy asarlarida qo'llangan so'zlar va grammatik shakllarni izohlab beruvchi o'zbekcha (chig'atoycha) - forscha, o'zbekcha (chig'atoycha)- turkcha lug'atlar maydonga kelgan edi. Bunday lug'atlarga Toli Hiraviyning "Badoe' ul -lug'at" ini, "Abushqa", "Lug'ati turkiy", "Kelurnoma", "Sangloh","Moboni ul -lug'at'' kabi asarlarini keltirish mumkin. Bu biz yosh erkin tadqiqotchilar uchun bir talay qulayliklar tug'dirdi. Turkiy (eski o'zbek) tilining boyligi va jozibasi unga xos keng imkoniyatlarning Navoiy ijodi misolida yaqqol ro'yobga chiqishi lingvistlar adib merosi til xususiyatlarini chuqur ilmiy asosda tadqiq etishga undab kelmoqda. Mazkur yo'nalishda turkologiya hamda o'zbek tilshunosligida ko'pdan ko'p izlanishlar olib borildi, ilmiy asarlar, lug'atlar, risolalar, maqolalar chop etildi, anjumanlar chaqirildi. Navoiy ijodi til xususiyatlariga bag'ishlangan ishlarning ko'pligi ularni alohida - alohida zikr etish imkonini bermaydi

Bugungi kunda buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning bitmas-tuganmas xazina atalmish so'z durdonalaridan bahramand bo'lmagan, ummonga qiyos qilgudek ijod olamidan bir qatra yod bilmagan kishi bo'lmasa kerak. Har bir xalqning milliy o'zligi, eng avvalo uning tilida aks etadi. Vatan istiqlolini mustahkamlamoqday sharafli ishda ona tiliga, hazrat Navoiy kabi buyuk ajdodlar merosiga buyuk kuchdir. Mutafakkir shoirimizning "Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo'q xalq g'amidin g'ami", degan satrlarida qanchalik chuqur ma'no bor. Ya'ni, bu dunyoda

yaxshi badiiy asar yozish mumkin:

219

insonlaming dard-u tashvishlarini o'ylab yashash - odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalqning g'amidan uzoq bo'lgan insonni odam qatoriga qo'shib bo'lmaydi, deb uqtirmoqda ulug' bobomiz.

Yoshlarni ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o'z ijodiy intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoit yaratilayotgan bugungi kunda Navoiy shaxsiga bu qadar e'tibor- - ezgu maqsadlarimiz sari yana bir olg'a qadamdir.Buyuk tariximiz, ulug' allomalarimiz ijodini keng targ'ib etish, shu asosda Xulosa qilib aytsak, Navoiyning umrboqiy merosi el va elatlarni ezgulik, poklik, haqiqat atrofida jipslashtirishga qodir bo'lgan bebaho boyligimizdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. — Toshkent: O'zbekiston, 2017. — B. 112]

2. Navoiy, Alisher. To'la asarlar to'plami: 10 jildlik / A.Navoiy; - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.-768 b.J.6: Xamsa:Hayrat ul-abror. Farhod va Shirin.-812 b

3. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. - Toshkent: G'afur Gulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1983. -B.

220

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.