Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI IJTIMOIY-FALSAFIY GʻOYALAR TAHLILI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI IJTIMOIY-FALSAFIY GʻOYALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / adolat / insonparvarlik / maʼnafiyat / tafakkur / gʻoya / tasavvuf / borliq / morals / justice / humanity / spirituality / reason / idea / tasavvuf / being

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — D. N. Xoʻjayev

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning serqirra ijodi falsafiy tahlil etilgan. Alisher Navoiy asarlarida adolat, insonparvarlik gʻoyalarining hozirgi kundagi amaliy ahamiyati va jamiyat hayotiga taʼsiri tarixiylik tamoyili asosida oʻrganilgan. Alisher Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy boʻlib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, taʼlim-tarbiya haqidagi fikr-oʻylari oʻz ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF SOCIAL-PHILOSOPHICAL IDEAS IN ALISHER NAVOY‟S WORKS

Present article offers a philosophical examination of the manifold aspects of Alishir Navai‘s creative life. Also, it discusses the contemporary relevancy of the notions of justice, humanity which are found frequently in Navai‘s works. Navai‘s works are filled with philosophical speculations about the interrelation of an individual and the society, the earthly happiness, man and the community, and thoughts on education and enlightenment.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI IJTIMOIY-FALSAFIY GʻOYALAR TAHLILI»

ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI IJTIMOIY-FALSAFIY G'OYALAR

TAHLILI

D. N. Xo'jayev

Tayanch doktorant (PhD), O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning serqirra ijodi falsafiy tahlil etilgan. Alisher Navoiy asarlarida adolat, insonparvarlik g'oyalarining hozirgi kundagi amaliy ahamiyati va jamiyat hayotiga ta'siri tarixiylik tamoyili asosida o'rganilgan. Alisher Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta'lim-tarbiya haqidagi fikr-o'ylari o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar. axloq, adolat, insonparvarlik, ma'nafiyat, tafakkur, g'oya, tasavvuf,

borliq

ANALYSIS OF SOCIAL-PHILOSOPHICAL IDEAS IN ALISHER NAVOY'S

WORKS

D. N. Khojayev

Basic Doctoral Student (PhD), National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

Present article offers a philosophical examination of the manifold aspects of Alishir Navai's creative life. Also, it discusses the contemporary relevancy of the notions of justice, humanity which are found frequently in Navai's works. Navai's works are filled with philosophical speculations about the interrelation of an individual and the society, the earthly happiness, man and the community, and thoughts on education and enlightenment.

Keywords: morals, justice, humanity, spirituality, reason, idea, tasavvuf, being.

Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini anglab yetishda kitobxon bir qator murakkablikka duch keladi. Chunki, ayrim bayt, hikoyat, timsollarning asosiy ma'nosini to'g'ri tushunish chuqur tafakkur, ularning falsafiy mohiyatini bilishni talab etadi. Shoir asarlarini teranroq his qilish uchun tariqat odobi, tasavvuf mohiyati, islom odob-axloqi, so'fiylar hayoti, shaxsiyati bilan bog'liq jihatlardan xabardor bo'lish kerak. Navoiy ijodida eng asosiy insonparvarlik va ezgulik g'oyalarining o'ziga hoslik tomoni shundaki, o'zi yashagan davrgacha faoliyat yuritgan barcha mutafakkir va ijodkorlardan farqli ravishda ilohiylik va dunyoviylik tamoyilini uyg'unlashib ketganligidadir. Ilohiy g'oyalar, timsollar uning uchun inson hamisha intiladigan ideal olam bo'lsa, dunyo shu ideal olamning

April 20, 2024

729

ko'zgusi, ibrat va saboq maydoni. Zero, insonda koinotning, ilohiy olamning hikmatlari, mohiyati aks etgan. Ayniqsa, bu boradagi qarashlar "Xayrat ul-abror" dostonini asosini tashkil etadi. "Neki olami kubroda bor-olami sug'roda bor" [1, b. 712], deydi Navoiy ushbu dostonida. Olami kubro - katta olam, ya'ni koinot, borliq. Olami sug'ro - kichik olam, ya'ni inson. Bunday qarash aslida Odam Atoning yaratilishi haqidagi rivoyatga borib taqaladi. Odam Ato, Qur'oni Karimda aytilishicha, tuproqdan yaratilib, keyin unga Alloh o'z ruhini yuborib, jon ato etadi. Demak, inson modda va ruh yoki yoki tabiat va ilohdan vujudga kelgan. Shu bois inson tiynatining o'zida majoz va haqiqat, ilohiylik va dunyoviylik mujassam. Bu olam yagonaligi haqidagi vahdat ul-vujud ta'limotiga muvofiqdir. Mutafakkirning "Mahbubul-qulub" asarida turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o'rni, vazifalari, o'z burchiga to'g'ri, halol munosabatda bo'lishi kerakligi haqida so'z yuritiladi. Asarning ushbu xususiyatlarini nazarda tutsak, uning bugungi kunda inson tarbiyasi uchun qay darajada qimmatli ekanligini ko'ramiz. Asarda, ayniqsa, taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga e'tibor qaratilgan, xususan, xizmatga yarasha taqdirlash masalasi shoirning diqqat markazida turgan.

Navoiy g'azallarini o'qiganda esa real insoniy kechinmalarning izhori, shikoyat va hasrat ohangining shiddat bilan oqib kelayotganligiga guvoh bo'lamiz va bu dastlab bizni ruhiy tushkunlikka sola boshlaydi [2, b. 5]. Biroq Navoiy so'zlarining qudrati shundaki, ularning zamirida vafo va sadoqat, ya'ni odamiylik xislatlarini tiklashga da'vat bor. Alisher Navoiy - Sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiyzabon xalqlar madaniy va ma'naviy hayotining rivojida alohida o'rin tutadigan yorqin shaxsdir. Bunga quyidagilar dalil bo'la oladi: Birinchidan, u o'zining gumanistik g'oyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, o'lmas she'riy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shoir va mutafakkir. Ikkinchidan, Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy - o'zbek tilining boy imkoniyatlarini ko'rsatib, uning arab yo fors tillaridan hech qaysi jihatdan kam bo'lmagan go'zal til ekanini isbotlab bergan buyuk tilshunos olimdir. Uchinchidan, Alisher Navoiy - buyuk adabiyotshunos olim. To'rtinchidan, Alisher Navoiy butun ongli hayotini turkiy xalqlar nufuzini, milliy g'urur va milliy o'ziga xosligini qayta tiklashga sarflagan buyuk vatanparvardir. Xalqaro maydonda ham Navoiyning ijodi doimo yuqori baholangan.

Navoiy "Hamsa"si ajdodlarimiz ma'naviy holatining ko'zgusi bo'lib, unda o'tmish davri ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o'z aksini topgan. Navoiy "Hamsa"si bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog'langan beshta dostonni o'z ichiga oluvchi yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Mundarijaviy doston bo'lmish "Hayratul-abror"da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo'ysa, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi. Alisher Navoiyning "Hamsa"ga kirgan dostonlarida ham insonparvarlik g'oyalari

April 20, 2024

730

yaqqol namoyon bo'ladi. Uning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" va boshqa dostonlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Iskandar, Suqrot, Aflotun timsollarida vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlar, olijanob qadriyatlar jamlangan. Bu obrazlar allomaning ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va gumanistik qarashlariga mos holda bayon qilinadi. Hazrat Navoiy odamiylik, vafodorlik, mehr-oqibat, xalq g'amida yashash, uning farovonligi, baxt-saodati yo'lida hatto jonini fido qilish, xayr-yehson, o'zgalarga saxiylik qilish kabi fazilatlarni hamma narsadan yuqori qo'yadi. Mutafakkir bu bilan insonni, uning xislatlarini ulug'laydi, uni boshqa jonzotlardan a'lo ekanligini ishonarli tarzda isbotlab beradi.

Navoiyning hayoti davomida qilgan ishlari, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, xalqning turmushini yaxshilashga, og'ir qismatini yengillashtirishga qaratilgan savobli va xayrli ishlari, nasriy va nazmiy asarlarining mazmun-mohiyati umuminsoniy va gumanistik ruh bilan sug'orilgan. Mutafakkir insonparvarlik tushunchasiga ijtimoiy mazmun beradi. Uningcha, kamtarlik, vafodorlik, nafsni tiyish, rostgo'ylik, saxiylik, donolik, muhtoj va yetim-yesirlarga yordam berish, bag'rikenglik, muloyimlik, shirinsuxanlik, shijoatkorlik, ezgulik, mehr-muruvvat, rahmdillik, odamiylik bularning hammasi insonparvarlikning tarkibiy qismi bo'lib, insonni kamolot sari yetaklaydi. Yani:

"O'z vujudungg'a tafakkur aylagil,

Har ne istarsan, o'zungdin istagil" [3, b. 17].

Shunga ko'ra, inson avvalo o'zini, keyin Alloh yaratgan jamiki ilmu hikmat, ma'rifat-ma'naviyatini bilib, o'z Xoliqini tanib, musaffo ruh holida qayta vahdoniyatga qo'shilmog'i darkor. Shu yo'lda inson ahloqi poklanadi va u komillik darajasiga ko'tariladi. Alisher Navoiy soxta dindorlik, dindan o'z shaxsiy manfaatlari yo'lida foydalanish, botiniy olamga qaramay, zohiriy rasm -rusumlarni bajarish bilan kerilish, riyokorlik, shavqatsizlikni qoralaydi. Inson avvalo yaxshi axloqi, niyatining (himmatining) ulug'vorligi, ilohiyligi bilan inson. Agar bunday bo'lmasa, ya'ni kishi qalbida ezgulikka, xayrga muhabbat bo'lmasa, uning imoniga ishonish qiyin. Imon botiniy olamning tozaligi va butunligi, haqqa yaqinligini namoyon etib turishi kerak. Shu zaminda Navoiyning butun ijodi aqidaparastlik, diniy sxolastika va jaholatni rad etadi. Aynan ushbu mulohazalar boshqa hech bir mutafakkir ijodida uchramagan. Dinning faqat ezgulik yo'lida hizmat qilishi lozimligini alohida ta'kidlagan va shunga chaqirgan. Shuning barobarida, bu masala g'oyaviy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim jihatlardan biridir. Shuni aytish o'rinliki, hazrat Navoiy "Xayrat ul - abror" dostonida tasavvuf falsafasidagi axloq, xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsni tiyish, adolat va ma'rifat, tabiat va insonni sevish, ularni e'zozlash, ta'lim-tarbiya to'g'risidagi g'oyalardan unumli foydalandi.

Bu g'oyalar mutafakkirning boshqa g'azal va ruboiylari, dostonlari, nasriy asarlariga ham singib ketgan. I. Haqqul ta'kidlaganidek, 'Navoiyning tasavvufga yondashuvi va bu ta'limotdan ko'zda tutgan maqsadi - shaxs va millat taqdiriga mas'ul,

April 20, 2024

731

yurt taraqqiyotiga suv va havoday zarur tushunchalarning istiqboli uchun yonib kurashgan, haqiqatni faqat tanish emas, haqiqatni sevish salohiyatini ham ko'zlagan mutafakkir san'atkorning yondashuv va maqsadi edi" [4, b. 27].

Navoiyning tasavvufga nisbatan munosabatida ham insonning o'rnini yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Mutafakkirning umuminsoniy mazmunga ega bo'lgan gumanistik qarashlari islom falsafasidan oziqlangan bo'lib, alloma o'zining asarlarida uning diniy va dunyoviy jihatlari, zohiriy va botiniy tomonlarini har tomonlama rivojlantirgan. Natijada sharqda gumanizm g'oyalarining nazariy asosi paydo bo'ldi va insonning oliy qadriyat sifatida e'tirof etishda yangi g'oyalar vujudga keldi. Alisher Navoiy asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy g'oyalar bugungi davr uchun ham ahamiyatlidir.

REFERENCES:

1. Annmep Haßonö XaMca (X,afipaT yn-a6pop). Hacpnn 6aëH. - T.: "Navro'z" 2019. -712 6.

2. KoMHnoB H. A.HaBOHH "HcTagnM" ra3ann yMyMnfi MatHO-Ma3MyHn. // ^axpH aga6nëTn. 2012 hhh 6-coh. - E. 5.

3. Xalq so'zi. Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir, 10.02.2019k>

4. Annmep Haßonö. XAMCA/Annmep Haßonö; KHCKapTnpn6 Hampra TafiëpnoBHn A. X,o^naxMegoB; Mactyn Myxappnp B.PaxMOHOB. -T. : "#Hra acp aßnogn", 2010. - E.17.

5. H6poxnM X,aKKyn. HaBonfira Kafiram. -T.: "OaH", 2007. -E. 27.

6. Jadidchilik evropa marifatchiligi bilan bog'liq sosiomadaniy hodisa sifatida // Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi. - 2024. - T. 1. - № 1.

732

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.