Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON MASALASI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
komil inson / tarbiya / axloq / bilim / adolat / ma’rifat / muhabbat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulhayo Temirqul Qizi To‘Rayeva

Ushbu maqolada O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkir bo‘lmish Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari yoritib berilgan. Uning asarlaridagi komil inson tarbiyasi va kamoloti haqidagi qarashlari aks etgan. .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON MASALASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON MASALASI

Gulhayo Temirqul qizi To'rayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti «Boshlang'ich ta'lim fakulteti» 2- bosqich talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada O'rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkir bo'lmish Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari yoritib berilgan. Uning asarlaridagi komil inson tarbiyasi va kamoloti haqidagi qarashlari aks etgan. .

Kalit so'zlar: komil inson, tarbiya, axloq, bilim, adolat, ma'rifat, muhabbat.

ABSTRACT

This article highlights the philosophical views of Alisher Navoi, a great scholar and thinker who lived and worked in the Middle Ages in the Eastern world. His works reflect his views on the education and perfection of a perfect human being.

Keywords: perfect person, education, decency, knowledge, justice, morals,

love.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье освещены философские взгляды Алишера Навои, великого учёного и мыслителя, жившего и творившего в средние века в восточном мире. Его работы отражают его взгляды на образование и совершенствование совершенного человека.

Ключевые слова: совершенный человек, образование, мораль, знание, справедливость, просвещение, любовь.

O'rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk shaxslar ichida o'zining boy badiiy-estetik merosi bilan kelajak avlodlarga noyob asarlar qoldirgan davlat arbobi, mutafakkir Alisher Navoiyni tanimagan inson bo'lmasa kerak. Alisher Navoiy bizlarga boy adabiy - ilmiy meros qoldirgan. U o'z xulqi, axloqi va bilimi bilan oddiy xalq uchun jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy nohaqlik hamda adolatsizliklarga qarshi kurashdi hamda o'z asarlarida ifodaladi. Hazrat Navoiy asarlarida falsafiy axloq, xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsni tiyish, adolat va ma'rifat, tabiatni sevish va e'zozlash, ta'lim-tarbiya to'g'risidagi g'oyalarni ilgari surgan. Bu g'oyalar uning g'azallarida, ruboiylarida, dostonlarida o'z aksini topadi.

Alisher Navoiyning hayot va ijod yo'lini o'rganish bugungi kunda muhim omil hisoblanib, u har safar yangicha bir yondashuv bilan amalga oshmoqda. Alisher

April 23-24, 2024

495

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

Navoiy asarlaridagi komil inson g'oyasini bugungi kundagi ahamiyatini tahlil qilish va uni yoritish masalasi muhim o'rin egallaydi. Uning tabiat haqidagi qarashlarida tabiat va ekologiyaning toza va ozodaligi insonlarga quvonch, shodlik, ayniqsa, sog'lik ato etishi haqidagi fikrlarni ilgari surgan. Bu esa Navoiyning yaratgan asarlari jumladan, ''Xamsa''ning dostonlarida kengroq yoritilgan [1]. Navoiyning badiiy-estetik qarashlari yoshlarni milliy g'oya ruhida tarbiyalashga qaratilgan falsafiy dun-yoqarash bilan uyg'unlashgan. Uning asarlarida aks etgan qahramonlarning obrazlari yoshlarni Vatanga muhabbat, yorga sadoqat, yurtga sodiq, o'z kasbiga mas'uliyatli qilib tarbiyalashni ko'zda tutadi. Alisher Navoiy inson mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida - jamiyatga foydali kasb bilan shug'ullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning og'irini yengil qilishida, deb biladi. Quyidagi ikki misrada buning isboti keltirilgan bo'lib, xalq g'amini o'z g'amidek bilmaydigan odamni odam qatoriga qo'shmasligi bejiz emas.

Odamiy ersang, demagil odami

Onikim, yo 'q xalq g 'amidin g 'ami.

Alisher Navoiy o'z nafsiga qul bo'lgan insonlarni qattiq tanqid ostiga olgan va qoralagan. Bunday insonlar birov tushgan kulfatga beparvo bo'ladi, o'zidan boshqalarga yaxshilikni ravo ko'rmaydi va har doim o'zi haqida qayg'uradi. Bunday insonlardan yaxshilik kutub bo'lmasligini ta'kidlaydi. Navoiy o'z qarashlarida odamlarni yomon hislatlardan yiroq bo'lishga undab, aks holda uning oqibatlari ayanchli bo'lishini o'z asarlari orqali ochib bergan. Navoiyning g'azallari inson qal-biga sodda, ravon va mayin musiqa singari kirib boradi [2].

Navoiy inson ma'naviy dunyosini boyitish uchun avvalo, o'zini anglashi zarur deb hisoblaydi va inson o'zini anglashi uchun quyidagilarga bo'ysinishi lozim deb ta'kidlaydi:

- nafsiy quvvatlarni ma'naviy quvvatlarga bo'ysindirishi;

- ilm olishi va hunar egallashi;

- ilm, hunar, mol-dunyosini ezgulikka yo'naltirishi;

- ko'nglini insondagi go'zallik bilan boy ettirishi.

Navoiy jamiyatda har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash har bir davrning dolzarb masalasi ekanligini isbotlar bilan ko'rsatib o'tgan. U o'z asarlarida komil insonni kamol toptirishda falsafiy dunyoqarashga alohida e'tibor qaratadi. Komil inson to'g'risidagi g'oyalarning takomillashuvi, uning qanday bo'lishi, xarak-teri, ilm-fan, madaniyat, ma'naviy-axloqiy muhit, ijtimoiy taraqqiyot rivojiga bog'liq bo'lib Navoiyning "Xamsa"sida o'zgacha yondashuv orqali yoritilgan[3]. "Xamsa"ning dostonlarida Navoiyni qarashlarida aks etgan yoshlarning bir-birlariga yetishish yo'lidagi boshidan o'tkazgan og'ir zahmatlari ifodalaniladi. Masalan, "Layli

April 23-24, 2024

496

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagOgjkaHliViiliiiii^^^^^^^Zlällliä

va Majnun", "Farhod va Shirin" kabi dostonlaridagi qiyofalar keyingi davrlarda yaratilgan sharq rivoyatlari bilan uyg'unlashgan bo'lib, bu dostonlar orqali kishiga hayotda duchor bo'ladigan qiyinchiliklar va ularni yengib o'tish choralari haqidagi ko'nikmalar berilgan. Navoiy yaratgan qahramonlarning ichki his-tuyg'ulari va kechinmalari badiiy-estetik qiyofalar jamiyatdagi ijtimoiy tuzum va xalqning og'ir hayoti bilan bog'lab yoritilgan. Dostonlarda muhabbat va ezgulik, do'stlik va hamji-hatlikning birlashib yovuzlikka qarshi chiqishi, jamiyatda adolat va donolikning tantana qilishi masalalari aks etgan. Majoziy qiyofalarda dunyolar go'zallikka, kamol-otga olib boruvchi milliy g'oyalari, ma'naviy olamning serqirra jihatlari falsafiy tadqiq etilgan.

Navoiy o'z davrining mashhur davlat arbobi bo'lishi bilan bir vaqtda u buyuk mutafakkir ham edi. Shoir siyosat, davlat qonunlariga oid maxsus asarlar ham yozgan bo'lib, Turonda siyosiy-huquqiy ta'limotlarning rivojlanishini yangi pog'onaga ko'targan shaxsdir. Uning qoldirgan merosi biz yoshlar uchun zarurligi yaratgan as-arlaridagi falsafiy qarashlar orqali anglab yetishimiz mumkin. Navoiyning fikricha, insonning go'zalligi uning tili orqali namoyon bo'ladi. Insonda til bo'lmaganda u o'likdan farqlanmasligi, shu tilgina insonga tiriklik baxsh etishi va shu orqali ezg ulik, adolat yo'liga kirishi haqida aytib o'tgan [4].

Alisher Navoiy o'z asarlarida inson ko'ngli ulug' ne'mat deya e'tirof etgan. Biror ko'nglida kemtigi bor insonni ko'nglini ko'tarish go'yo bir bora haj safariga borishdek amalga tengligini aytib o'tgan:

Kimki bir ko 'ngli buzug 'ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka 'ba vayron bo 'lsa, obod aylagay. Ka 'baki, olamning o 'lub qiblasi, Qadri yo 'q onchakim , ko'ngul ka 'basi.

Bu satrlar orqali Navoiy ko'ngilni ulug'lashni tasavvufiy an'analarga muvofiq tarzda fikr yuritadi. Ko'ngilning dunyoning bor narsalaridan ustun qo'yilishi sababi shundaki, tasavvuf olamida Allohdan keyingi o'rinda ko'ngil turadi. Biz Ka'bani Allohning uyi deymiz aslida esa u har bir inson ko'nglida joylashgan. Negaki insonni yaratgan zot, uning ko'nglini ham yaratuvchisidir. Bu orqali Navoiy oddiy xalqni tushunish, ularga yordam berishni yuqori amaldorlarga majoziy ma'noda yetkazishga harakat qilgan. U nafaqat asarlarida balki, o'z amallari bilan o'zgalarga o'rnak bo'lgan. Uning asosiy fikri oddiy xalq turmush tarzining yaxshilanishi va ilmli bo'lishiga qaratilgan. Navoiy o'zining faoliyati davomida butun kuch-g'ayratini xalqqa, el-yurtga xizmat qiladigan inshootlar bunyod etishga qaratgan. Xalq uchun ko'prik va sug'orish inshootlari, shifoxonalar, hammomlar, bog' va ko'shklar, ku-tubxonalar, madrasa va masjidlar barpo qilish yo'lida jonbozlik ko'rsatgan. O'z

April 23-24, 2024

497

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ichirchiaäavlaLBSdägogika-anivsrsitei^—^^^^ai^i^^ioioi^is^akiikääiäg^^iämsss^^

hisobidan oddiy xalq uchun bu amallarni bajargan [5] .

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlardan ko'zlangan maqsad Navoiy va boshqa mutafakkirlarning har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash borasidagi axloqiy sifatlarga alohida e'tibor berilmoqda. Jamiyatimizda yoshlarning ma'naviy ongini o'stirish va axloqiy kamolot darajasini yuksaltirish uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz rahbari o'zining ma'ruzalarida doimiy ravishda yoshlarning ertangi kunini Navoiy ijodi bilan uyg'unligi borasida so'z yuritadilar. Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Bugungi kunda shiddat bilan o'zgarib borayotgan hayot oldimizga qo'yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o'ylar ekanmiz, ularning yechimi aynan ta'lim-tarbiya bilan yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma'naviyat va ma'rifat asosida shakllantirish bilan bog'liq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz" Yoshlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini oshirishga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishda Navoiy asarlarining o'rni beqiyosdir.

Alisher Navoiyning bizga qoldirgan merosi ko'plab olimlar tadqiqotlarining kat-ta va muhim obyekti hisoblanadi. Navoiyning oliyjanob g'oyalari va ilhombaxsh as-arlari tinchlik va xalqlararo hamkorlikni mustahkamlashga yordam bermoqda. Uning falsafiy qarashlarida aks etgan g'oyalar umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash uchun muhim muhim omil hisoblanadi [6].

Xulosa qilib aytganda biz Alisher Navoiyni o'z davrining yetuk komil insoni deya atay olamiz. U yaratgan har bir asari insonni yaxshi xulqlar tomon yetaklaydi. Falsafiy teran fikrlar bilan sug'orilgan asarlaridan insoniyatning bahramand bo'lishi, xalq dardini ochib berishi barchamizni ogohlikka, ezgulik yo'lida adolat bilan yashashga, mehnat qilishga chorlaydi. Alisher Navoiyning hayoti davomida qilgan ishlari, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, xalqning turmushini yaxshilashga va savodli bo'lishiga undashi, turli xil savobli va xayrli ishlari tahsinga sazovordir. Hozirgi dav-rimizga esa xuddi Navoiy singari komillikka erishgan insonni tarbiyalash eng muhim vazifa sanaladi. Bunda hazrati Navoiyning asarlarini o'z zamonimizga talqin qilgan holda yosh avlodni tarbiyalash , ularga ilm olish va uni o'zgalar bilan baham ko'rishni o'rgatishimiz kerak. Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir. Ularni bilim olish va hunar egallashga o'rgatib borsak, kelgusi hayotida bu amallar qo'l kelishini anglatishimiz darkor. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov Alisher Navoiy haqida quyidagi fikrlarni aytib o'tgan: " Navoiy hazratlarining tom ma'noda xalqparvar shaxs bo'lgani, uning o'lmas g'oyalari bugungi kunlarimiz uchun ham bag'oyat hamohang va ibratli ekani, ayniqsa, ahamiyatlidir". Navoiyning go'zal sa-trlari mana, oradan besh yarim asr o'tibdi hamki, millionlab odamlar qalbini hayajon-

April 23-24, 2024

498

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

q^avlat^edagogj

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ga solib kelmoqda. Chinakam asar hech qachon o'lmaydi, zamon va makon tanla-maydi, qaysi davrda bo'lmasinki o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Har gal bu asarlarni o'qiganda Navoiyni buyuk va oliyjanob qalb sohibi ekanligini anglaymiz. U o'zi yaratgan har bir asari voqealari orqali xalqni rostgo'ylik, sahovatlilik, kamtarlik, nafsga bo'ysunmaslik, muloyimlik kabi ko'plab yaxshi fazilatlarga chorlaydi.

1. Alisher Navoiy. "Xamsa", -Toshkent "Yangi asr avlodi", 2021.

2. Alisher Navoiy. "Hayrat ul-abror" (Matn, sharh, nasriy bayon), Birinchi kitob, -Toshkent: "Tamaddun", 2021.

3. Alisher Navoiy. Hikmatlar, Alisher Navoiy g'azallari terma devoni, -Toshkent: "Fan", 2019.

4. Alisher Navoiy. "Nazm ul-javohir", -Toshkent: "Akademnashr", 2019.

5. Komilov N. " Tasavvuf ", -Toshkent: " Mavounnahr ", 2009.

6. Alisher Navoiy, "Mahbub ul-qulub" (Hozirgi o'zbek tiliga tabdil), -Toshkent: "Sano-standart", 2018.

REFERENCES

499

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.