Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDA ONA TIMSOLI TALQINI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA ONA TIMSOLI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

981
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDA ONA TIMSOLI TALQINI»

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA ONA TIMSOLI TALQINI

O. Ergasheva

Termiz Davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi o'qituvchisi

Qadim-qadim zamonlardan buyon ayollar insonlarni dunyoga kelishiga sabab bo'luvchi zot sifatida e'zozlanib kelingan. Necha asrlar davomida shoirlarning she'r va g'azallarida munis, oqila, mehribon onalar ta'rifu-tavsif etilgan. Ayollar sha'ni yuksaklarga, ular subhidamning ilk quyosh nurlariga qiyoslangan. Ona inson taffakurining gulshani, fazlu -kamolining mehrobi. Ona uchun o'z farzandlarining tarbiyalashdan, voyaga etkazishdan buyuk baxt bo'lmasa kerak. Ona quchog'ida Ona Vatan tuyg'usini, Ona Vatan mehrini, porloq ko'zlarida quyoshning issiq taftini chuqur his qilamiz. Onaning farzandlari uchun qilgan xizmatini hech narsa bilan o'lchab ham, baholab ham bo'lmaydi. Buyuklik nima? Jahonda nimaiki oq bo'lsa, unga ona suti timsol, nimaiki jushqin va qaynoq bo'lsa unga ham ona mehri timsoli, nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi timsol, kimda-kim pok muhabbat va mehridaryolik da'va etsa, onaning pok qalbi timsol. Mana buyuklik nimada. Shu sababdan jahonga barcha ulug' siymolar ota-onani chuqur sevganlar, ularga hamma vaqt mehribonlik ko'rsatganlar. Onalarni tarannum etuvchi asarlar soni sanoqsiz, ularning har biri o'ziga xos yo'sinda tasvirlaydi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy Ijodida ONA-AYOL siymosi qay tariqa aks ettirilgan? Uning dunyoqarashidagi tushunchalar ayollik latofatini qanday tushuntiradi?

Xotin-qizlar tarixi umumbashariyat tarixinining eng katta va yorqin ko'zgusidir. Chunki xotin-qizlarning erki erksizligi, moddiy va ma'naviy ahvoli doimo jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan bog'liqdir. Insoniyat tarixida paydo bo'lgan ziddiyatli jamiyatda xotin -qizlar ezilganlarning eng ezilgani, haq-huquqi paymol etilgan mazlumlar bo'lib keldi. Ekspluatasiyaga asoslangan tuzum xotin-qizlarni -ona, xotin, singil va qizlarni xo'rlab keldi. Ularning ijtimoiy hayot sohalaridagi o'rnini qattiq chegaraladi.Erkini paymol etdi. Ana shunday jamiyat vakili bo'lgan Alisher Navoiy doimo ayollarga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lgan. Ularning onalik va rafiqalik haq-huquqini hurmat qilgan, ularning baxt-saodati uchun kurashgan. Jumladan, bir qit'asida aqli raso va odobli xotin-qizlarni yaramas erkaklardan afzal bilib aytgan edilar. Xotin-qizlarni inson, ona va rafiqa sifatida ardoqlab ulg'aygan shoir ularni quyosh-shamsga o'xshatadi.

Navoiyning xotin-qizlar haqidagi o'y va fkrlari ,orzu va tilaklari bir tomondan, muayyan muhitning zamirida, tug'ilgan ko'p hollarda hayotiy voqiylik bilan chatishib ketgan.

Alisher Navoiy Ona-ayol timsolini bugun mehri bilan tasvirlaydi va buning uddasidan chiqish sharafiga muyassar bo'ladi. Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonidagi Iskandarning onasi timsoli o'zgacha alohida o'rin tutadi. U Iskandar faoliyatining tasvirida ko'zga tashlanmaydi. Bu timsolda Navoiyning hayot to'g'risidagi qarashlari ayol timsolida Navoiyning hayot to'risidagi qarashlari ayol timsolida o'z aksini topgan. Bu timsollar Navoiyning hayot va o'lim, turmush va odamlar to'g'risidagi umumlashma fikrlarning ifodasi uchun bir vosita bo'lib xizmat qilgan.

Navoiy Iskandarning onasiga murojaati orqali yana bir bor onalarni va onalikni ulug'laydi, eng yuksak, eng mo'tabar zot ekanligini, unung qarshisida barcha daraja, mavqe va amallar tuban va nomutonosib ekanligini hayojonli misralarda aniq ko'rsatadi. Butun dunyoni egallagan hukumdor o'z maktubida aniq ko'rsatadi.

Alisher Navoiy onalarni ulug'laydi, ijodi davomida mehr bilan tasvirlaydi. U ayollar timsolini shunchaki tasvirlab qolgani yo'q,balki o'zidan oldin o'tgan salaflarning ijodidagi timsollarni asos qilib oladi. Bu timsollarga yangicha mazmun bag'ishlaydi. Bu timsollar orqali umuminsoniy tuyg'larni kishilar qalbiga olib kiradi. Ona timsollari orqali onani va onalikni ulug'laydi. Onani eng yuksak, eng mo'tabar zot ekanliklarini hayojonli misralarda ko'rsatganki, biz buni yuqorida shohidi bo'ldik. Alisher Navoiy har bir ona-ayol timsoliga murojaat qilar ekan zamonasining dolzarb, muhim muammolarini ko'tarib chiqadi. Ayni zamonda ayollarga xos sevgi va vafo bobiga yangi-yangi sahifalar olib kiradi. Navoiy asarlaridagi sevgi va vafo timsolining namunasi sifatida Laylini keltirish mumkin. Layli -tashqi qiyofasi bilan ham, ma'naviy dunyosi va hulq-atvori bilan ham nihoyatda go'zal qiz. Tashqi go'zalligi bilan maftun etuvchi bu go'zal qizning Navoiy shunday so'zlar ila tasavvurimizga muhrlaydilarkim biz sharqona tarbiya topgan qizni bundan boshqacha tasavvur eta olmaymiz.

Xullas, Alisher Navoiy yaratgan barcha timsollar o'zining go'zalligi va yorqinligi bilan kishilar qalbini zabt etib kelmoqda desak yangilish bo'lmaydi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmoni, 2018 yil 02.03.

2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining navbatdagi sesiyasidagi ma'ruzasi. 2019 yil.07.03

3. Egamberdiyeva N. "Ijtimoiy pedagogika" -T. "O'qituvchi", 2009 yil.

4. Xudoyqulov X.J. Odob-axloq durdonalari. -T.: TTYMI, 2010.

5. Xudoyqulov X.J. O'zbek qizining g'ururi - uning or-nomusi va odobidadir. - T.: "Dizayn-Press", 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.