Научная статья на тему 'AL BERUNIYNING ILMIY MADANIY MEROSNING AHAMIYATI VA UNI FAN TARAQQIYOTIDAGI O`RNI'

AL BERUNIYNING ILMIY MADANIY MEROSNING AHAMIYATI VA UNI FAN TARAQQIYOTIDAGI O`RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

48
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AL BERUNIYNING ILMIY MADANIY MEROSNING AHAMIYATI VA UNI FAN TARAQQIYOTIDAGI O`RNI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

AL BERUNIYNING ILMIY MADANIY MEROSNING AHAMIYATI VA UNI

FAN TARAQQIYOTIDAGI ORNI

Afzalbek Yo'ldashev

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash fakulteti 309-gurug talabasi

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. U 973-yilda Xorazmning Kat shahrida tug'ilgan.

Prezidentimiz tomonidan "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida"gi qarori tom ma'noda buyuk tariximizni, ilmiy merosimizni jahonga namoyish etish uchun tashlangan yana bir qadamdir. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini ommalashtirish, yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish nafaqat tarixiy bilimlarni mustahkamlashga, balki yosh avlodga haqqoniy o'tmishimizni anglatish, jahon maydonida O'zbekistonning ijobiy imijini yanada yaxshilash jihatidan ham ahamiyatlidir. Abu Rayhon Beruniy o'z zamonasining yetuk olimi sifat ida birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (matematika), ilohiyot, ma'danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan uning nomi jahon ilmiy olamida buyuk siymolar qatoridan joy oldi. Uning nasl-nasabida «berun» so'zi "tashqi shahar", "Beruniy" esa "tashqi shaharda yashovchi kishi" ma'nosini bildiradi.

Beruniyning o'sha vaqtda uncha ma'lum bo'lmagan shimoliy o'lkalar, Boltiq va Oq dengiz haqidagi ma'lumotlari, Sibirning "bizda yoz bo'lganda, u yerda qish bo'ladigan" joylari haqida xabarlari ayniqsa qiziqarli. B. Xitoy va Tibetga tutash o'lkalarni ham o'zidan oldingi olimlarga nisbatan to'la va aniq tasvirlagan. Ptolemeyga qarama-qarshi Atlantika va Hind okeanlarining janubiy tomoni bir-biriga tutashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qit'alari orasida bir vaqtlar bo'g'oz bo'lgan va Yer sharining janubiy tomoni quruqlik bo'lgan deb taxmin qiladi. U qoldirgan noyob ma'lumotlar sharq geografik adabiyotida muhim rol o'ynagan. Olim dengizlar nazariyasini ishlab chiqib, geografiya fanida katta inqilobiy o'zgarish yasagan.

Tarixda Amerika qit'asini 1492-yilda dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma'lum. U Xristofor Kolumb Amerikani ochishidan besh asr avval Garbiy yarimsharlarda quruqlik

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

104

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

mavjudligini bashorat qilgan.. Olim o'zining "Hindiston" asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to'g'risida gapirib, "...Yerning choragi ma'muradir. Ma'murani g'arb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) o'rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo'lishi mumkin bo'lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g'arbdan va sharqdan) ajratib turadi..." deb yozgan. Shunday fikrni «Al Qonun al Ma'sudiy» asarida ham uqtiradi. Demak, g'arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit'aning mavjudligini Beruniy yevropalik olimlardan 450-yilcha oldin taxmin qilib, o'z asarlarida bir necha bor yozgan. Uning g'arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to'g'risidagi fikri XV-XVI asrlarda o'z tasdig'ini topdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda rivojlanayotgan geologiya sohasida ham Beruniy ajoyib kashfiyotlar qilgan. Yerni o'rganish masalasiga ilmiy yondashdi. Yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini yozadi. Turkistonning ba'zi joylari, shu jumladan Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o'rganishga harakat qilgan ham Beruniy bo'lgan. Uning Amudaryo vodiysining geologik o'tmishi va Orol dengizining paydo bo'lishi haqidagi xulosalari o'sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri hisoblanadi.

Olim "Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi" degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamlarining paydo bo'lishi, tog' jinslarining yemirilishi, nurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ahamiyatga ega. Yer qobig'ida og'irlikning muvozanatlashib turishi uchun yer osti jismlarining joylashishi haqidagi farazlari ham juda ahamiyatlidir. Uning fikricha, Yer qobig'ining harakati og'irlikning umumiy markaz tomon harakatiga mos ravishda vujudga keldi. Beruniy tog'larning paydo bo'lishi va yo'q bo'lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olg'a suradi.

Olim mineralogiya fanida ham muhim kashfiyot va xulosalar yaratdi. Bu sohada Beruniy ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o'zi yaratgan yangi ma'lumotlarni qo'shdi. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tasvirlash, qattiqligini aniqlash, ularning magnit va elektr xususiyatlarini kuzatish, eritib sinash kabi usullardan foydalangan. U minerallarni ta'riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma og'irligini tartibli ravishda aniqlab, mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qildi. Uning "Mineralogiya" asari konlarni o'rganish, shu jumladan O'rta Osiyo yer osti boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

105

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

manba hisoblanadi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma og'irligi hozirgi zamon o'lchov natijalariga juda yaqin.

Olim biologiya sohasida tabiiy tanlanish haqida qimmatli fikrlar aytgan. U tabiiy tanlanish bo'yicha avval insonning ongli faoliyatini tasvirlab beradi, keyin "Tabiat ham shunday qiladi, lekin u farqiga bormaydi, chunki uning harakati ongsizdir", degan xulosaga keladi.

Biz- ozbek xalqi Abu Rayhon Beruniyning avlodlarimiz. Buyuk bobokalonimizning xotirasini ulug'lash, uning nomini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, millatsevarlik tuyg'ularini va ilmga bo'lgan rag'batni yanada oshirish muhimdir. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yuqoridagi qaror Abu Rayhon Beruniyning ilm yo'lida erishgan natijalarini chuqurroq o'rganish, keng jamoatchilikka targ'ib qilish, shuningdek jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilishiga zamin yaratadi.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.