Научная статья на тему 'Ҳалқали усулда йигирилган ипнинг сифатига пилтадан олинган пилик сифатининг таъсир даражасини таҳлили'

Ҳалқали усулда йигирилган ипнинг сифатига пилтадан олинган пилик сифатининг таъсир даражасини таҳлили Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pilta / ip / kimyoviy tola / aralashma / cho‘zish asbobi / riflali silindr / chiziqli zichlik / inersiya momenti. / тесьма / нить / химическое волокно / смесь / натяжной инструмент / ребристый цилиндр / линейная плотность / момент инерции.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Салимов Ш., Нурбоев Р., Тўйиева Г.Ж.

Ushbu maqolada to‘qimachilik iplarini ishlab chiqarishga, paxta va kimyoviy tolalarni piltalash mashinalarida tekislash va parallellashtirishga qaratilgan nazariy tadqiqotni amalga oshirishda to‘qimachilik sanoatiga piltalash mashinalarining cho‘zish asboblariga tegishli bo‘lib, piltalash mashinasi tolalarni to‘g‘rilash va parallellashtirish, cho‘zish asboblariga yarim mahsulotni ingichkalashtirish, uni chiziqli zichligi va tarkibi bo‘yicha tekislash, shuningdek, chiqayotgan pilta o‘ramini shakllantirish inersiya momentining ta’siri o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье при проведении теоретического исследования, направленного на производство текстильной пряжи, выпрямление и параллелизацию хлопчатобумажных и химических волокон в плетельных машинах, натяжные устройства плетельных машин относятся к текстильной промышленности, выпрямление и распараллеливание волокна плетельной машины, утонение полуфабриката к натяжным устройствам и выравнивание его по линейной плотности и составу, а также влияние момента инерции на формирование выходящей обмотки катушки.

Текст научной работы на тему «Ҳалқали усулда йигирилган ипнинг сифатига пилтадан олинган пилик сифатининг таъсир даражасини таҳлили»

HALQALI USULDA YIGIRILGAN IPNING SIFATIGA PILTADAN OLINGAN PILIK SIFATINING TA'SIR

DARAJASINI TAHLILI

Shuhrat Salimov[0009-0007-1815-5130], Rashit Nurboev 40009-0005-5446-6361]; Gulbodom To'yieva

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada to'qimachilik iplarini ishlab chiqarishga, paxta va kimyoviy tolalarni piltalash mashinalarida tekislash va parallellashtirishga qaratilgan nazariy tadqiqotni amalga oshirishda to'qimachilik sanoatiga piltalash mashinalarining cho'zish asboblariga tegishli bo'lib, piltalash mashinasi tolalarni to'g'rilash va parallellashtirish, cho'zish asboblariga yarim mahsulotni ingichkalashtirish, uni chiziqli zichligi va tarkibi bo'yicha tekislash, shuningdek, chiqayotgan pilta o'ramini shakllantirish inersiya momentining ta'siri o'rganilgan.

Kalit so'zlar: pilta, ip, kimyoviy tola, aralashma, cho'zish asbobi, riflali silindr, chiziqli zichlik,inersiya momenti .

Аннотация. В данной статье при проведении теоретического исследования, направленного на производство текстильной пряжи, выпрямление и параллелизацию хлопчатобумажных и химических волокон в плетельных машинах, натяжные устройства плетельных машин относятся к текстильной промышленности, выпрямление и распараллеливание волокна плетельной машины, утонение полуфабриката к натяжным устройствам и выравнивание его по линейной плотности и составу, а также влияние момента инерции на формирование выходящей обмотки катушки.

Ключевые слова: тесьма, нить, химическое волокно, смесь, натяжной инструмент, ребристый цилиндр, линейная плотность, момент инерции.

Annotation. In this article, in carrying out a theoretical study aimed at the production of textile yarns,straightening and parallelization of cotton and chemical fibers in braiding machines, it is related to the stretching devices of the braiding machines in the textile industry, the braiding machine straightens and parallelizes the fibers, thins the semi-product to the stretching devices, and straightens it according to its linear density and composition, as well as the effect of the moment of inertia on the formation of the outgoing coil winding was studied.

Key words: braid, thread, chemical fiber, mixture, stretching tool, ribbed cylinder, linear density, moment of inertia.

Kirish

Bugungi kunda to'qimachilik, yengil sanoat, ip yigiruv sohalari iqtisodiyotimizning asosiy ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar nafaqat o'zimizning ichki bozorni ta'minlabgina qolmasdan balki butun dunyo bo'ylab o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlari orqali o'z xaridorlariga ega.Ishlab chiqargan mahsulotlarini asosiy qismini xorijiy davlatlarga eksport qilmoqdalar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatli bo'lish,xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va dunyoda raqobatbardosh bo'lishi uchun avvalo xomashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot holatiga kelgunga qadar bo'lgan texnologik jarayon va uskunalar to'g'ri tanlanishi kerak.

Materiallar va usullar

O'tkazilgan eksperiment natijalari bo'yicha "Merganteks" MChJ piltalash mashinasida turli tolalar qo'shilmasidan olingan (paxta+poliester) aralashmasidan, ya'ni 4 ta pilta paxta tolasi, 2 ta pilta poliester tolali piltalarni qo'shib pilik olinib undan piliklash (G'-18) mashinasida pilik ishlanib (K-46 rusumli) yigirish mashinasida 11,81 teksli ip ishlab chiqarildi.Tajribalar natijalari 1-jadvalda ya'ni,pilikning sifat ko'rsatkichlari keltirilgan.

1-jadval

_Pilik tuzilishining ko'rsatkichlari_

T/r Ko'rsatkichlar 1- variant 2- variant

1 Chiziqli zichligi, teks 757,0 757,0

2 1 m bo'laklar bo'yicha o'zgarish (variatsiya) koeffitsienti,% 1,08 0,68

3 Pilikning ko'ndalang kesimi bo'yicha tola massasining o'zgarish (variatsiya) koeffitsienti, Cm % 3,12 2,42

4 Pilik uzilishining nisbiy ishi mdj/kteks 16,2 14,2

*8 variantdagi piltadan olingan pilik tolasining tekislanishining 13,8%ga ortishi aniqlandi.

CO

Tajriba natijalari ya'ni, ipning fizik-mexanik, geometrik xususiyatlari va uning uzilishi ko'rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan. Shu bilan birga jadvaldagi ko'rsatkichlarga asoslanib ustunli diagramma shaklida 3.7-3.8-rasmlarda ko'rsatilgan.

2-Jadval

Ipning sifat ko'rsatkichlari.

T/r Ko'rsatkichlar nomi Variantlar

1 8

1 Ip-kalavaning chiziqli zichligi, teks 11,81 11,81

2 Chiziqli zichligi bo'yicha variatsiya koeffitsienti, % 1,08 1,02

3 Uzilish kuchi, Sn 432 468

4 Nisbiy uzilish kuchi, Sn/teks 13,544 14,12

5 Uzilish kuchi bo'yicha variatsiya koeffitsienti , % Sv 10,02 7,96

6 Cho'zilish,% 5,46 5,88

7 Kesimi bo'yicha ip-kalavaning notekisligi, % -chiziqli Um - variatsiya koeffitsienti, Sm 10,62 12,9 10,12 12,22

8 Tashqi ko'rinish nuqsonlari, -ingichkalashish (-50%) -yo'g'onlashishi (+50%) -nepslar (+280) Jami nuqsonlar 4 76 42 126 2 38 15 30

9 Uzilish ishi N* Sm 7,92 8,46

1-Rasm. Ipning ichki notekisligi va uning tashqi ko'rinishidagi nuqsonlar.

2-Rasm. Ipning fizik-mexanik xususiyatlarining asosiy ko'rsatkichlari.

1-jadval va 1-2-rasmlardan ko'rinishicha, ta'minlovchi piltalarni qo'shish va pilik tayyorlashning sifati, uning tarkibini yaxshilash, tolalarning tekislanishi va yo'nalishini oshirish halqali usulda yigiriladigan ipning sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Kesim bo'yicha ipning massasining o'zgarish koeffitsienti Cm (ipning ichki notekisligi) optimal variant (8 variant)da 12,22%, taqqoslanayotganda esa 12,9%. Cm/Um nisbati 1,259 va 1,268 (mos

ravishda). Kesim bo'yicha ip massasining me'yoriy tarqatilishida Cm/Um=1,25. Ushbu ko'rsatkichning oshishi turli omillarning davriy yoki tasodifiy ta'sirlari natijasida tolaning assimmetrik tarqalishidan, shuningdek yo'g'on, ingichka joylar, yirik tugunchalar mavjudligidan darak beradi.

Tolalarining to'g'rilanishi past bo'lgan va notekisligi yuqori bo'lgan piltadan olingan pilikdan (1 variant) ishlab chiqarilgan ipda tashqi ko'rinish nuqsonlari deyarli 1,8-2,6 baravar ko'p.Tugunchalarning 2,6 baravar ortib ketishi - 130 ip 64 ga nisbatan, shuningdek bu holat piltadan olingan pilik tolalarining juda past parallellashganidan bo'lishi mumkin.

Ip ishlab chiqarish uchun tuzilmasi yaxshilangan piltadan olingan pilik foydalanilganda, ipning nisbiy uzilish kuchi 0,52 Sn/teks oshadi, uzilish kuchi bo'yicha variatsiya koeffitsienti 10,02 dan 4,96% ga pasayadi, ipning cho'zilishi 5,46 dan 5,88% ga oshadi.Uzilish kuchining oshishi va ipning cho'zilishi hisobiga ipning uzilish kuchi ortadi, bu esa ipni keyingi bosqichda qayta ishlanishidagi texnologik jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

[1]. Жуманиязов rç. ва бош. "Тукимачилик ма^сулотлари технологияси ва жи^озлари". Дарслик. - Т.: Г.Гулом, 2012 й.

[2]. Гофуров ^.F., Матисмаилов С.Л., Холияров М.Ш. "Йигирув корхоналари жи^озлари". Дарслик.2007 й.

[3]. Севостьянов А.Г. Методы и средства исследования механико-технологических процессов. М., 1980 г.

[4]. Истоков Ш. "Тукимачилик кимёси" Дарслик. Т.:Узбекистон, 1995 й.

[б]. Нурбаев Р.Х., Салимов Ш.Х., Худайбердиев М.Р. Research the relationship between the characteristics of mixed fiber yarn and its fiber composition. Internftional bulletin of engineering and technology 2023, pp.130-132.

[6]. Салимов Ш.Х. Пахта толасига кимёвий толаларни аралаштириб сифатли ма^сулот олиш -замон талаби / International Scientific Journal Science and Innovation. Series A, Volume 1, Issue 8, December 2022 . 1186-1189 бет.

[7]. Нурбоев Р.Х., Салимов Ш., Худайбердиев М.Р., Исмоилова Г.Б. Турли таркибли толалардан тайёрланган ипларнинг сифат курсаткичларини бахолаш / Golden Brain 1, VOL.1, №9, Aprel 2023, 2529.

[8]. Нурбоев Р.Х., Салимов Ш., Худайбердиев М.Р., Исмоилова Г.Б. Пахта ва полиэстер толалари аралашмасидан кайта ишланган толанииг физик-механик параметрларини урганиш / Golden Brain 1, VOL.1, №9, Aprel 2023, 30-36.

Xulosa

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.