Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
PILTA VA PILIK YARIMTAYYOR MAHSULOTLARINING MASSASI BO'YICHA NOTEKISLIGINI O'ZGARISHI
N.O.Odilxonova1, P.D.Lastochkin2
PhD. dotsent1, doktorant2 Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Ushbu maqolada pilta va pilik yarim tayyor mahsulotlarining notekisligini aniqlash usuli, notekislik koeffitsientini tahlil qilish va hisoblash, shuningdek, ularning massasining o'zgarishi qonuniyatlari tahlil qilindi. Notekisliklikning o'zgarish koeffitsientlarini o'rganish natijalari keltirilgan.
Kalit so'zlar: pilta, pilik, jarayon, notekislik, qirqim uzunligi, massa, koeffitsient, kvadratik notekislik, mahsulot sifati.
В данной статье изучена и описана методика определения неравноты полуфабрикатов, как лента и ровница, анализ и расчет коэффициента неравноты, а также проанализированы закономерности изменения их массы. Представлены результаты исследования коэффициентов изменения неравноты.
Ключевые слова: лента, ровница, процесс, неровнота, длина резки, масса, коэффициент, квадратичная норовнота, качество продукции.
CHANGING THE UNEVENNESS OF THE SEMI-FINISHED PRODUCTS
SLIVER AND ROVING BY WEIGHT
ANNOTATSIYA
ИЗМЕНЕНИЕ НЕРОВНОТЫ ПОЛУФАБРИКАТОВ ЛЕНТЫ И
РОВНИЦЫ ПО МАССЕ
1 7
Н.О.Одилхонова , П.Д.Ласточкин
1 2 PhD. доцент , докторант
Наманган^ий инженерно -технологический институт
2
АННОТАЦИЯ
1
Nafisa Odilkhonova , Lastochkin Pavel'
PhD. Docent1, PhD student2
2
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Namangan Institute of Engineering and Technology
ABSTRACT
This article has studied and described the methodology for determining the unevenness of semi-finished products, such as sliver and roving, the analysis and calculation of the unevenness coefficient, and also analyzed the patterns of changes in their mass. The results of the study of the coefficients of change in inequality are presented.
Key words: sliver, roving, process, unevenness, cutting length, mass, coefficient, quadratic unevenness, product quality.
Yigirilgan mahsulotlarning notekisligi murakkab hodisadir. Yigiruv mahsulotlari ko'p turdagi notekisligi bilan ajralib turadi; yigiruvning birinchi bosqichlarida paydo bo'lgan notekislik keyingi bosqichlarda o'zgaradi va unga notekislikning yangi turlari qo'shiladi [1].
Notekislik yigiruvning turli bosqichlarining notekisligiga ta'sirini aks ettiruvchi komponentlarni o'z ichiga oladi. Har xil turdagi notekisliklar o'zaro bog'liqdir. Ishlab chiqarilgan mahsulotning notekisligiga qarab alohida mashinalarning ishlashini baholash uchun nafaqat ishlab chiqarilgan mahsulotning notekisligini aniqlash orqali, balki bir vaqtida kiradigan va chiqadigan mahsulotlarini solishtirma notekislik tahlil yordamida aniqlash mumkin [2, 3]. Bu tahlil uchun cho'zishga proportsional namuna mahsulotini notekislik koeffitsienti o'zgarishini "K" aniqlanadi va o'rnatilgan standartlar bilan solishtiriladi [4].
Mashinani to'g'ri sozlash, ipni va yarim tayyor mahsulotining notekislik yomonlashuv manbalarini aniqlash, mashinani optimal ishlash rejimini o'rnatilishi, turli xil konstruktsiyali mashinalarni taqqoslash, yangi jihozlar va remontdan qaytgan mashinalarni sinash uchun notekislik o'zgarishini koeffitsienti orqali aniqlab tekshirilad [5,6].
Notekislik o'zgarishini koeffitsienti barcha paxta yigirish korxonasi mashinalarda aniqlanadi, bir jarayonli titish va qayta tarash mashinalar mustasno. Bu mashinalarda mahsulot sifatini notekislik mutlaq qiymati va mavjud me'yorlar bilan taqqoslash yo'li bilan aniqlab baholanadi.
Mahsulotni notekislik o'zgarishini koeffitsienti uzun va qisqa qirqimlar bo'yicha tahlil qilib aniqlanadi [7, 8]. Uzun qirqimlarni notekislik o'zgarishini koeffitsienti mashinalarning umumiy texnik holati va konstruktsiyasini, pishitib-
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
o'rash mexanizmlar tavsiflaydi. Qisqa qirqimlarni notekislik o'zgarishini koeffitsienti - mashinani cho'zish asboblar sistemasini va ta'minlash to'g'riligini tavsiflaydi.
Notekislik piltalash va piliklash mashinasiga cho'zish jarayonining samaradorligini belgilovchi xususiyat bo'lgani uchun biz ushbu tadqiqot ishimizda pilta va pilik tayyorlash mashinalaridan olingan yarimmahsulotlarning notekisligini uzun qirqimlari massasi bo'yicha hamda amaldagi usullardan farqli ravishda qisqa qirqimlarni (30 mm) massasini o'zgarish qonuniyatini aniqlash va tahlil qilish asosida baholashni maqsad qilib oldik.
USULLAR
Tajriba ishida piltalash va piliklash mashinalarida cho'zish jarayonining samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni belgilashda tekshirilgan mahsulotning yuqori sifatini va natijalarning aniqligini ta'minlash uchun "ART-SOFT TEKS XOLDING" yigiruv korxonasida o'rnatilgan jihozlardan foydalanildi.
Tadqiqot uchun 4-tip II navdagi AN-35 va Sulton selektsiya navidagi paxta tolasi ishlatildi. Korxonada ishlatiladigan o'rta tolali paxta namunalari xossalari HVI-900 laboratoriya uskunalaridan o'tkazib, tahlil qilindi (1-jadval). Karda tizimida Ne 32 va Ne 16 iplar ishlab chiqarish uchun ishlatilgan yarimtayyor mahsulotlar-tarash piltasi, 1- va 2-piltalash o'timning piltalari hamda pilik namunalaridan foydalanildi.
1-jadval
Paxta tolasining sifat ko'rsatkichlari
Selekktsiya navi Aralashmada gi ulushi, % Moistudry%) UHM * 5 SFI (0.5in) Str (g|tex) ) % tl lE c i
AN-35
60 6 1,14 0,94 82,37 7,79 31,29 5,96 4,74
(4 -II)
Sulton (4-II 40 5,5 1,21 1,01 83,74 6,71 34,31 6,38 4,71
Uzun qirqimlarda notekislik o'zgarish koeffitsientini aniqlashda, cho'zishga mutanosib ravishda na'munani olinadi. SHu bilan birga, asos sifatida chiqadigan mahsulotni qirqim uzunligi olinadi: yigiruv mashinalar uchun 100 m, piliklash mashinalar uchun 10 m va piltalash mashinalar uchun 1 m [7].
Kiradigan mahsulot qirqimini uzunligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
1,
L = -f (1)
B
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
bu yerda: -kiradigan mahsulot uzunligi, m; lchiq -chiqadigan mahsulot
uzunligi, m;
B - cho'zish qiymati
Yarimtayyor mahsulotlarning uzun qirqimlari massasi bo'yicha notekisligining o'zgaruvchanlik koeffitsientini aniqlashda qirqim uzunligi cho'zilishga mutanosib ravishda (1) formula yordamida hisoblab, har bir yigiruv mashinalaridan 100 tadan kiradigan va chiqadigan yarimtayyor mahsulotining na'munalari (qirqimlar) 2-jadvalda ko'rsatilgan uzunligida qirqib olindi.
2- jadval
Har bir mashinalardan olingan namunalar uzunligi
Mashina nomi Namuna uzunligi, m
Piliklash 60
Piltalash 2-o'tim 8
Piltalash 1- o'tim 1,0
Tarash 0,125
Kiradigan mahsulotdan qirqimlar 4 ta butun g'altaklar-piliklash mashinasidan, 1 ta taz-piltalash va tarash mashinalardan tanlab olindi.
Barcha qirqimlar massasi bo'yicha kiruvchi va chiquvchi mahsulot uchun o'zgarish koeffitsienti alohida aniqlanadi. Notekislik o'zgarish koeffitsientini quyidagi formula bilan aniqlanadi:
C,.
K = --(2)
C
kir
Bu yerda : Cc% - chiquvchi mahsulotni variatsiya koeffitsienti;
Ckir - kiruvchi mahsulotni variatsiya koeffitsienti;
d - mashinada qo'shilishlar soni.
Qirqimlar elektron tarozidan tortildi. Barcha qirqimlar massasi bo'yicha kiruvchi va chiquvchi mahsulot uchun o'zgarish koeffitsienti alohida (2) formula bo'yicha aniqlandi. O'tkazilgan tajribani natijalari 3-jadvalda keltirilgan, natijalar asosida 1-rasmdagi gistogramma qurildi.
3- jadval
Notekislikning o'zgaruvchanlik koeffitsientini aniqlash shartlari va natijalari
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
Mashinalar CHiquvchi mahsulot qirqimlari uzunligi, m CHiquvchi mahsulot notekisligi, CV% Notekislikni o'zgarish koeffitsienti
Piliklash 60 0,65 0,833
Piltalash 1 o'tim 8 0,78 1,461
Piltalash 2 o'tim 1,0 1,51 1,503
Tarash 0,125 2,84 1
Tarash Piltalash Piltalash Pilliklash
1-o'tim 2-o'tim
■ Chiqadigan mahsuloning notekisligi, CV, % -j Notekislikning o'zgaruvchanlik koeffitsienti
1-rasm. Yarim mahsulotlarning notekisligi va notekislikning o'zgaruvchanlik
koeffitsientlari
NATIJALAR
1-rasmda notekislik va notekislikning o'zgaruvchanlik koeffitsientlarini o'rganish natijalarini qo'shma tahlilini taqdim etdi, bu chiqadigan yarimtayyor mahsulotlarning notekisligi qiymatlari bo'yicha alohida yigirish mashinalarining ishlashini baholash yetarli emasligini ko'rsatmoqda. SHu bilan birga, keyingi mashinalarini to'g'ri tashkil etish oldingi mashinalarda piltani cho'zilishining zararli ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Kvadratik notekislik aniqlanadigan mashinalar sonining ko'payishi bilan har bir mashinadan olinadigan o'ramalar soni kamayib boradi. Texnologik tizimda esa, turli pilta va pilik tayyorlovchi mashinalardan olinadigan yarimmahsulotlar navbatdagi bosqichga uzatishda umumiy to'plamga kirib ketadi. Natijada mashinalarni har birida shakllangan sifat ko'rsatgichi yagona qonuniyatni, oqibatda ip sifati uzluksiz doimiyligini ta'minlashda muammolar yuzaga keladi.
838
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Sinovlarda qisqa qirqimlarning umumiy soni 200 tani tashkil etdi. Mashinalardan olingan namunalar texnik nazorat qoidalariga muvofiq 0,5 % aniqliq bilan 30 mm uzunlikda qirqildi. Ularning massasi tortilgach, natijalar qayta ishlanib, statistik ko'rsatkichlari hisoblandi. Jumladan kvadratik notekislik koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlandi
C{Y }= 100, (3)
bue rda: C{Y} - kvadratik notekislik, %
S{Y} - o'rtacha kvadratik chetlashish Y - o'rtacha qiymati O'tkazilgan tajribani hisob ishlarini Microsoft Office Exel dasturi yordamida bajarildi va natijalari berilgan normalar bilan solishtirildi (4-jadval).
4- jadval
Pilta va pilikning kvadratik notekisligi.
Yarim tayyor mahsulot Kvadratik notekislik, %
Tajribada Norma*
Tarash piltasi 6 4
Pilta 1 o'tim 6,47 4,5
Pilta 2 o'tim 6,41 5
Pilik 10,93 8,5
*karda tizimida ishlab chiqarilgan yarimtayyor mahsulotlar uchun
Ushbu jadvaldagi ma'lumotlarni farqlanishini aks ettirish maqsadida 2-rasmdagi gistogramma qurildi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Tapani romra rinjira 1 vthm rinjira 2 yniM
Sip hm m axcyjioTJiap -i HopMaaa » TaaqDii6a.ua
2-rasm. Texnologik o'timlar bo'yicha pilta va pilikning qisqa qirqimlar massasi
bo'yicha notekisligi
MUHOKAMALAR
2-rasm va 4-jadvaldan ko'rinadiki, sinov natijalari belgilangan normalardan katta. Jumladan tarash piltasining notekisligi 2 % ga, 1-o'tim piltalash piltasining notekisligi 1,97 % ga, 2-o'tim piltasi esa 1,41 % ga, pilikning notekisligi 2,43 % oshib ketgan.
Tajribalar natijalarini notekislikni kelib chiqish sabablarini tahlil qilish usullariga asoslanib tahlil qilinganda, tolalar aralashmasida xossalar notekisligi yuqori bo'lgani aniqlandi. SHuningdek 200 ta o'lchash natijalarini o'rtacha qiymatdan farqlarini aniqlash uchun namunalar massalarini o'lchash ketma-ketligi bo'yicha o'zgarishini diagrammasi (3, 4, 5, 6 -rasmlar) qurildi va o'rganildi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3-rasm. Tarash piltasini uzunligida o'lchov natijalarning massasining
o'zgarishi
4-rasm. 1-o'tim piltasini uzunligida o'lchov natijalarning massasining
o'zgarishi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
5-rasm. 2-o'tim piltasini uzunligida o'lchov natijalarning massasining
o'zgarishi
Shu diagrammalarda har bir o'timning yarimtayyor mahsulotining uzunligida o'lchov natijalarning massasining o'zgarishi bo'yicha o'rtacha, maksimal va minimal (diagrammada qizil va yashil rangda ko'rsatilgan), maksimal o'rtacha, minimal o'rtacha qiymatlari aniqlandi. Ushbu maksimal va minimal o'rtacha qiymat chizig'larida yuqoriroq va pastroqda ko'rsatilgan qiymatlar mahsulot uzunligida qalin va ingichka joylar borligini ko'rsatib belgilab berildi.
èi) 0,028
"=£ 0,026
OS
« 0,024
a
ÖC 0.022
P 0,02
M
[H, 0,018
§ 0,016
Sis'
u
b
Pillik .....* O'rtacha qiymati — — - Maksimal o'rtacha qiymati — — — Minimal o'rtacha qiymati
6-rasm. Pilikni uzunligida o'lchov natijalarning massasining o'zgarishi XULOSALAR
Tahlillar o'rtacha qiymatdan farqlanish nuqtalari grafikda deyarli bir xil joylashganini ko'rsatdi. Bunda o'rtacha qiymatdan yuqori bo'lgan farqlar o'rtachadan kam bo'lgan qiymatlardan kamroq bo'lishi kuzatildi. Bu pilta va pilikda ingichka joylarni ko'p bo'lishi notekislikni katta bo'lishiga olib kelmoqda. Ushbu xulosa
oooooooooooooooooooooooooooooooooooooooo rtco'oco^cö'^wrowrnwrnwfnwrnwfnwnwiriw^
'-iCl'-a-VOr-O'iOCNc^'n^OOOC*.'—V, t-- OQO»—icO^VOt^OSOr-Jc^lV^^OOOOi»'—I n -f </'■ r- oc
Uzunlik. mm
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
piltani cho'zish jarayonida tolalarni bir-biriga nisbatan siljishida "guruhlarni" siljishi sodir bo'layotgani natijasi ekani aniqlandi.
Yuqoridagi tajriba natijalariga asosan ip yigirish texnologik jarayonlari samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar jumlasidan tolalar aralashmasini xossalari bo'yicha notekisligini kamaytirish, tarash jarayonida tolalarni maksimal darajada taralishini, ularni tekislanishni orttirish zarur degan xulosaga kelindi.
Shunday qilib, alohida mashinalarning ishlashini baholash uchun yigirish mahsulotlarining notekisligini o'rganish va tahlil qilishda notekislikning o'zgarish koeffitsienti aniqlash bilan birga bo'lishi kerak.
REFERENCES
1. Peter R. Lord - in Handbook of Yarn Production/ Technology, Science and Economics/ A volume in Woodhead Publishing Series in Textiles: Book 2003 .
2. Odilkhonova, Nafisa, and Lastochkin Pavel. "CHANGE IN TECHNOLOGICAL AND QUALITATIVE INDICATORS OF CARD SLIVER FROM LOW-GRADE FIBER AND FIBROUS WASTE DURING THE CARDING PROCESS ON MODERN CARDING MACHINES." Innovative Technologica: Methodical Research Journal 2.12 (2021): 164-176. ISSN:2776-0987/https://it.academiascience.org/index.php/it/article/view/201
3. Одилхонова Н.О., Азизов И.Р. Влияние степени подготовки волокнистых отходов на качество смесовой пряжи // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2020. №7(76). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/9979
4. Матисмаилов С.Л., Камалдинова К.Г., Плеханов А.Ф., Королёва Н.А. "Оценка степени распрямленности волокон в чесальной ленте и ленте с ленточных машин первого и второго переходов"/ Международный форум 'Современные задачи инженерных наук": сборник научных работ/ 2019 г. Стр.
5. Широков В.П., Владимиров Б.М., Полякова Д.А. и др. "Справочник по хлопкопрядению". М: Легкая и пищевая промышленность, 1985г. - 472 с.
6. Murodov T.B., Iisaqulov V.T. - "Piltalash va piliklash texnologiyasi" / O'quv qo'llanma/ Toshkent: Niso-Polifraf, 2017. 128 b.
7. Иванов С.С., Филатова О.А. "Технический контроль в хлопкопрядении: / М. «Легкая индустрия», 1978 у. 240 с.
8. Севостьянов А.Г. Методы исследования неровноты продуктов прядения: учебник / А. Г. Севостьянов. - М. : Ростехиздат, 1962. - 385 с.
173-177.