Научная статья на тему 'AKTIVLAR QADRSIZLANISHINI ANIQLASH TARTIBI'

AKTIVLAR QADRSIZLANISHINI ANIQLASH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
30
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aktiv / aktivlar qadrsizlanishi / ichki omil / tashqi omil / xalqaro standartlar. / asset / impairment of assets / internal factor / external factor / international standards.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Turayeva F.

Maqolada buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida aktivlar qadrsizlanishini aniqlash tartibi hamda ularni ichiki va tashqi omillari haqida mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR DETERMINING IMPAIRMENT OF ASSETS

The article discusses the procedure for determining impairment of assets and their internal and external factors based on international accounting standards.

Текст научной работы на тему «AKTIVLAR QADRSIZLANISHINI ANIQLASH TARTIBI»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Turayeva F. magistrant SamISI

AKTIVLAR QADRSIZLANISHINI ANIQLASH TARTIBI

Annotatsiya. Maqolada buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida aktivlar qadrsizlanishini aniqlash tartibi hamda ularni ichiki va tashqi omillari haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so 'zlar: aktiv, aktivlar qadrsizlanishi, ichki omil, tashqi omil, xalqaro standartlar.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Turayeva F. graduate student SamIES

PROCEDURE FOR DETERMINING IMPAIRMENT OF ASSETS

Abstract. The article discusses the procedure for determining impairment of assets and their internal and external factors based on international accounting standards.

Key words: asset, impairment of assets, internal factor, external factor, international standards.

Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarda ba'zi ko'rsatkichlarning hisobini yuritish to'g'ri tashkil etilmaganligi va uning natijasida moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan ma'lumotlarning biroz ishonchsizligiga olib kelmoqda. Xususan, aktivlarning qadrsizlanishi hisobini yuritish buxgalteriya hisobi milliy standartlarida to'liq yoritilmagan. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarida ba'zida aktivlarning qadrsizlanishi tushunchasi aktivlarning ma'naviy eskirishi sifatida qo'llaniladi.

Iqtisodchi olim M.S.Sayfullayev aktivlarning eskirish, amortizatsiyasi va qadrsizlanish xususiyatlaridan kelib chiqib, ular o'rtasidagi farqlarni ko'rsatib bergan (1-jadval).

1-jadval

Aktivlarning eskirishi, amortizatsiyasi va qadrsizlanishi o'rtasidagi __farqlar65 _

Xususiyatlar Qadrsizlanish Eskirish va amortizatsiya

Ta'rif Qadrsizlanish aktivning balans qiymati kutilmaganda qoplanuvchi yoki foydalanish qiymatidan katta bo'lishi jarayonida vujudga keladi. Eskirish va amortizatsiya -ma'lum vaqtda aktiv qiymatining asta-sekin pasayishi, va o'z qiymatini mahsulot(ish xizmat)larga o'tkazib borish jarayonidir.

Qo'llanishi mumkin bo'lgan aktivlar turlari Qadrsizlanish aktivlarning keng doirasi uchun sodir bo'lishi mumkin. Masalan, gudvill, debitorlik qarzlari, asosiy vositalar va investitsiyalar Eskirish asosiy vositalar uchun hisoblanadi. Amortizsiya nomoddiy aktivlar uchun qo'llaniladi.

Dastlabki shartlar Qadrsizlanish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: -aktivning jismoniy holati o'zgarishi; - aktivning bozor qiymati sezilarli pasayishi; -texnologiya, atrof-muhit, iqtisodiy va huquqiy jihatlar o'zgarishi. Eskirish va amortizatsiya aktivning foydali xizmat muddati o'tayotganligi sababli hisoblanadi. Buning sababi shundaki, ma'lum vaqtda aktivlar o'z foydali muddatini o'tab bo'ladi. Bunday eskirish va amortizatsiya tufayli aktiv qiymati ma'lum vaqt davomida ishlab chiqilgan yangi aktivga nisbatan kamayadi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi konsyepsiyasi bo'yicha xarajatlarni daromad bilan taqqoslash uchun eskirish va amortizatsiya hisoblanadi.

IAS 36ga muvofiq, agar aktivning balans qiymati uning qayta tiklash qiymatidan ortiq bo'lsa, aktiv qadrsizlangan hisoblanadi.

Qayta tiklanadigan summa aktivning sof sotish qiymati va foydalanish qiymatidan qaysi biri katta bulsa shu qiymat orqali topiladi.

Sof sotish bahosi - aktivning bozor qiymatidan sotish xarajatlarini chegirish orqali aniqlanadi.

65 M.Sayfullayev. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda aktivlarning qadrsizlanishi hisobi va auditini takomillashtirish (PhD) dissertatsiya avtoreferati. Toshkent 2023 y.

Foydalanish qiymati - bu aktivdan doimiy foydalanish va uning foydalanish muddati oxirida uni tasarruf etishdan kutilayotgan taxminiy kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati. -

Iqtisodchi olim M.S.Sayfullayev aktivlari qadrsizlanishini aniqlashning 4 bosqichda amalga oshirilishi taklif etilgan.

Qadrsizlanish testining birinchi bosqichi: tovar-moddiy zaxiralarni qadrsizlanish bo'yicha tekshirish

yuz bergan hodisalarga ko'ra tez-tez yoki yillik qadrsizlanish testlarini o'tkazish

bir bosqichli testlash: tovar-moddiy zaxirlar balans qiymatini sotish xarajatlari ayirilgan holdagi sotish bahosi bilan taqqoslash

Qadrsizlanish testining ikkinchi bosqichi: nomoddiy aktivlarni qadrsizlanish bo'yicha tekshirish

yuz bergan hodisalarga ko'ra tez-tez yoki yillik qadrsizlanish testlarini o'tkazish

bir bosqichli testlash: foydalanish muddati aniq bo'lgan va noma'lum nomoddiy aktivlarning balans qiymati va adolatli qiymati bilan taqqoslash

Qadrsizlanish testining uchinchi

bosqichi: asosiy vositalarni qadrsizlanish bo'yicha tekshirish

yuz bergan hodisalarga ko'ra qadrsizlanish testlarini o'tkazish ikki bosqichli testlash: asosiy vositlarning qoplanadigan qiymati va foydalanish qiymatidan kattasini olish; asosiy vositaning balans qiymati bilan taqqoslash.

Qadrsizlanish testining to'rtinchi bosqichi: gudvilni qadrsizlanish bo'yicha tekshirish

yuz bergan hodisalarga ko'ra tez-tez yoki yillik qadrsizlanish testlarini o'tkazish

foydalanish muddati aniq nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishini aniqlash

asosiy vositlarning qadrsizlanishini aniqlash;

gudvilning balans qiymati bilan adolatli qiymatini taqqoslash

1-rasm. Aktivlarni qadrsizlanish testidan o'tkazish jarayoni bosqichlari.

Korxonaning xo'jalik faoliyatida ko'p foydalaniluvchi aktivlardan biri tovar-moddiy zaxiralar hisoblanadi. Iqtisodiy, yuridik, texnologik sharoitlarning o'zgarishi ta'siri natijasida ham tovar-moddiy zaxiralar qadrsizlanishga uchrashi mumkin. Shu sababli, tovar-moddiy zaxiralarning qadrsizlanishini tekshirishini qadrsizlanish testi jarayonining birinchi bosqichida o'tkazish maqsadga muvofiq.

Tashqi ma'lumot manbalari

2-rasm. Aktivlar qadrsizlanishini ifodalovchi manbalar.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aktivlarning qadrsizlanganligini aniqlash uchun dastlab aktivlarning qadrsizlanishiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar mavjudligini tekshirish lozim. Shundan so'ng, aktivning adolatli qiymati (bozor bahosi) yoki foydalanish qiymati aniqlanadi. Agar aktivning balans qiymati uning adolatli qiymati (bozor bahosi) yoki foydalanish qiymatidan katta bo'lsa, adolatli qiymati (bozor bahosi) yoki foydalanish qiymatidan kattasi olinib, aktivning yangi balans qiymati sifatida aks ettiriladi. Aktivning adolatli qiymati (bozor bahosi) yoki foydalanish qiymatidan eng kattasi bilan aktivning balans qiymati o'rtasidagi farq aktivning qadrsizlanishidan ko'rilgan zarar sifatida tan olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Toye Adeladja Accounting for Depreciation of Non-current Assets and Bookkeeping: Depreciation, Impairment and Revaluation of Non-current Assets/

2. М.Б.Ухажова/ Справедливая стоимост и ее исползование в бухгалтерском учете: состояние и перспективы/автореферат,

3. Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

4. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

5. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

6. Д.В.Тихомиров/ Обессенение активов: проблемы отсенки и отражения в финансовой отчетности/ Финансовый сектор экономики.

7. Т.Р. Исмагилова/ Инструментарий определения и признания в отчетности обессенения нематериалных активов/диссертация

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.