ÀÊtk
ilbWjfct
Ш
AJDODLAR SIYMOSINI IFODALASH VOSITASIDA TALABALARNI MILLIY IFTIXOR RUHIDA TARBIYALASH METODIKASI
гушшш
Xaitov Z.A. Termiz davlat pedagogika istituti.
Annotatsiya. Talabalarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash metodikasining ta'lim jarayonidagi tadbiqi bayon etilgan
Kalit so'z: Miniatyura, komponovka, tuslash, yaxlit idrok
ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ИНДИВИДУАЛЬНОГО ПОДХОДА НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА У
СТУДЕНТОВ АНАЛИЗ.
Хаитов З. А.Термезский государственный педагогический
институт
Аннотация. Студентам разъясняется теоретическая ситуация индивидуального подхода к занятиям изобразительным искусством.
Ключевые слова: Миниатюра, композиция, штриховка, целостное восприятие.
THEORETICAL STATE OF INDIVIDUAL APPROACH TO FINE ART LESSONS TO STUDENTS ANALYSIS.
Khaitov Z.A. Termiz State Pedagogical Instituti
Annotation. The theoretical situation of the individual approach to visual art classes is explained to the students
Keywords: Miniature, composition, shading, holistic perception
O'zbek xalqi o'zining tasviriy, amaliy, me'morchilik san'ati bilan faxrlansa arziydi. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev xalkimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma'naviy merosini har tomonlama o'rganish, jahon afkor ommasiga keng
■w-
'¿s----
tanishtirish, o'lkamiz rassom va xattotlarini dunyoga tanitish va turizm masalasida "Bu maskanga tashrif buyuruvchilar bir vaqtning o'zida... Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzaxxib kabi musavvirlarning bebaho merosidan namunalar, ular tavallud topgan va faoliyat ko'rsatgan tarixiy shaharlar manzaralari turli noyob eksponatlar orqali aks ettiriladi" deb ta'kidladi. [22; 469-b.]. CHunki, O'zbekiston hududida eramizdan avval ham tasviriy san'atning rangtasvir, haykaltoroshlik, me'morchilik turlari nihoyatda rivojlandi, ularning namunalari Varaxsha, Afrosiyob, Xalchayon, Tuproqqal'a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo'yqirilgan qal'a, Ajina tepa, Teshik qal'a va boshqa bir qator joylardan topilgan.
Amir Temur va Temuriylar davrida tasviriy san'at turlaridan me'morchilik, miniatyura gullab - yashnadi. Bu davrda miniatyura va kitob grafikasi shunchalik rivojlandiki, u nafaqat SHarq, hattoki Yevropa mamalakatlari san'atiga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Natijada, Samarqand, Buxoro, Hirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag'dod, Tabriz, SHeroz, Ozarbayjon, Hind, Isfaxon, Turk miniatyura maktablari ham shakllandi va rivojlandi. Bu davrlarda yaratilgan asarlarning badiiyligi hozirgi zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlarni o'sha davrda to'plangan ilg'or tajriba, tasviriy san'at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma'lumki, san'at bir necha avlodning ko'p yillar davomida shakllangan an'analari, ustozning shogirdga o'tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. [5]. Bu esa umumiy badiiy ta'lim yo'nalishida bo'lmasa ham, kasbiy badiiy ta'lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi.
talabalarga individual yondashuvning asosida ajdodlar siymosini tanitish yangi yoki yaqin 100-200 yil davomida paydo bo'lgan jarayon emas, u kishilik jamiyati, aniqrog'i, ibtidoiy jamoa paydo bo'lgan davrdan boshlangan, desak to'g'riroq bo'ladi [3, 8-9]. CHunki jamiyat taraqqiyoti bevosita kattalarning o'z tajribasi va bilimlarini yosh avlodga turli yo'llar bilan o'tkazish jarayonida ro'y beradi. Bu jarayon o'sha davrlarda sinf-dars tizimida bo'lmasa-da, har qalay kundalik turmushda amalga oshirilgani hammaga ma'lum. U mehnat, oila munosabatlari, ov, tarbiya sohalarida, yoshlarning yoshi, qobiliyati, jinsi, qiziqishlari kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda bo'lganligi hammaga ma'lum. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib ularga hunar o'rgatganlar, ta'lim va tarbiya mazmunini belgilaganlar. Ta'lim-tarbiyaga bunday yondashuv qadimgi Misrda, O'rta Osiyoda eramizdan avvalgi VI-V asrlarda, bo'lganligi rasmiy ma'lumotlardan bizga ma'lum. Hatto uzoq qadimda o'quvchilarning badiiy hunarlarni o'zlashtirishi Qadimgi Gretsiyada, so'ng bir qator Yevropa davlatlari Uyg'onish davrida o'quvchilarga individual yondashuv masalasi pedagoglarning alohida e'tiborini tortdi. CHunki u davrlarda ustozning yordamchi va shogirdi bo'lganligi uchun, o'quvchi-shogird ustozining badiiy asarlarni yaratishdagi texnikasi, uslubini o'ziga bevosita qabul qilgan.
Buni Temuriylar davri miniatyura maktablari, shu davrlarda yashab, ijod etgan tasviriy san'at ustalari va ular shogirdlarining faoliyatlarida ham
3S---'
ko'rishimiz mumkin. Hirotda shakllangan san'at maktabida Xirotlik Mirak naqqosh Kamollidin Behzodga ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o'rgatgani haqida ma'lumotlar bor. SHu maktabning davomchisi sifatida Kamoliddin Behzod o'nlab mussavirlarga ustozlik qilgan, deydi professor Orif Usmonov o'zining "Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi" nomli kitobida [4; 32-b.]. U yerda Kamoliddin Behzod o'z atrofiga o'nlab iste'dodli yoshlarini to'plagani, ularga san'atning sir-asrorlarini o'rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad, Mir Ali, Sulton Muhammad, Abdulla SHeroziy, Mirzo Amir, Mahmud Muzaxxib, Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, Rizo Abbosiy, SHomuxammad Nishopuriy, Yusuf Mullo, Mavlono Yoriy, Hasan Bag'dodiy, Darvesh Muhammad, Mir Said Ali, Qosim Ali, Xeraviy singari o'nlab iste'dodli musavvirlarni tarbiyalaganligini yozadi. SHogirdlari Behzodning tasviriy san'at uslubini davom etirib, miniatyura va xattotlik san'ati ravnaqiga hissa qo'shib, o'zlaridan keyin miniatyura maktablariga asos solib yuzlab musavvirlar yetishib chiqishiga zamin yaratganalar. XVII-XIX aslarda ijod qilgan tasviriy san'at ustalaridan Muhammad Muqim, Ahmad Kalla, Ahmad Donish, Mulla Husniddin, Mulla Ortiq Rahmatiy, Ibrohim Davron kabi rassomlar faoliyati ustoz-shogird masalasida e'tiborga molikdir. Ustoz-shogird o'rtasidagi munosabatlarni biz tarixiy manbalarga tayanib o'rganadigan bo'lsak, u davrlarda tasviriy san'atni o'qitishda rassom - ustozlarning badiiy ustaxonalarida o'quvchi-shogirdlarga ta'lim-tarbiya berish aniq belgilangan qonun-qoidalar asosida olib borilgan. Bu jarayonda shogirdlarni jamoa bo'lib o'qitish, ular bilan birga va yakka tartibda ishlash muhim hisoblangan.
Adabiyotlar
1.Baymetov B. "Qalamtasvir". Darslik 1-qism.- Toshkent, Musiqa 2006
2.Xalilov R. P^yHOK.Toshkent «Navruz» 2013.
3.Кузин B.C. Психологиya. Уchебник. -М.: Агар, 1997. - С. 304., ил.
4.Кузин B.C. Вопросы изобразительного творчества. -М.: Просвещение, 1971. -С. 144.
5^a6yHCKaya Г.В. Изобразительное творchество детей. - М.: Просвещение, 1965. - С. 207.
5. Shavkat S., Zufar X., Mahliyo Y. Graphic recommendations for the analysis of simple and complex girix pattern compositions in the art of embroidery by geometric patterns //Universum: технические науки. - 2021. - №2. 11-5 (92).
- С. 95-98. http://www.edu.uz
6. Asroralievich X. Z., Abdumalikovna G. F. Improving the skills of students to create psychological portraits in painting at higher educational institutions //science and tiviHzation-2020. - 2020. - с. 105.
7. Asroraliyevich X. Z. The role and practical importance of" painting" in the development of fine arts //international journal of social science & interdisciplinary research issn: 2277-3630 Impact factor: 7.429. - 2022. - Т. 11.
- №. 05. - С. 166-168.