INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© G'.A. Sanoyev1^_
1Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ayni paytda zamonaviy yondashuvlar asosida o'quvchilarga sifatli bilim berish, ularning o'qish savodxonligi darajasini kollaborativ, kommunikativ, kreativ, tanqidiy ta'lim tamoyillariga yo'naltirilgan innovatsion usullar orqali oshirish, yoshlarda XXI asr ko'nikmalarini tarkib toptirishda ajdodlar merosidan foydalanish bugungi fan taraqqiyotining nazariy asoslaridan biri ekanligini alohida e'tirof etish mumkin. Jumladan, boshlang'ich sinf darslarida xalqaro va milliy o'quv dasturlar mazmunini integratsiyalash natijasida o'quvchilarda ijodkorlik, faollik, moslashuvchanlik, kompetentlilik, savodxonlik kabi ko'nikmalarni tarkib toptirishda ajdodlarning shaxs kamoloti va ma'naviyatiga oid ta'limotlarini bugungi talablar bilan qiyosiy tahlil etgan holda tadbiq etish o'ziga xos dolzarblik xususiyatiga ega.
MAQSAD: ajdodlar merosini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan tajrba - sinov ishlarining samaradorligini aniqlash asosida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, dars va tadbir tahlillari, matn tahlillari, tajriba-sinov, so'rovnoma, test, suhbat, natijalarni matematik-statistik tahlil etish usullaridan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: ajdodlar merosini o'rganish jarayonida o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirish tuzilmasi maqsadga muvofiq ravishda o'z ichiga tanishtiruv-tahliliy, qadriyatli-yo'naltiruvchi, refleksiv-faoliyatga doir komponentlarni qamrab oladi va ma'naviy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni uchta o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lajak o'qituvchilarning ma'naviyatga doir bilimlarni kengaytirish; ma'naviy qadriyatlarga maqsadli yo'nalganlik; shaxsiy ma'naviy qadriyatlar asosida faoliyatni tashkil etish va boshqarish bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etadi
XULOSA: boshlang'ich sinflardan boshlab ajdodlar merosini o'rganish orqali o'quvchilar savodxonligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish, bunda ta'limning uzviylik va uzluksizlik, insonparvarlik, qadriyatli yondashuv hamda 4K tamoyillariga asoslanish hamda o'quvchi yoshiga mos mazmundagi o'quv materiallari bankini boyitish zarur.
Kalit so'zlar: savodxonlik, bilim, ko'nikma, malaka, meros, 4 K tamoyili, ko'nikma, samaradorlik, natijadorlik, daraja.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Sanoyev G'.A. Ajdodlar merosini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini rivojlantirish samaradorligi. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 278-285.
МЕХАНИЗМ И ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ГРАМОТНОСТИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ НАСЛЕДСТВЕННОСТИ ПРЕДКОВ_
© Г.А.Саноев1Н
1 Бухарский государственный университет, Бухарa, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в настоящее время можно особо признать, что предоставление
качественного образования учащимся на основе современных подходов, повышение уровня их читательской грамотности методами, ориентированными на принципы коллаборативного, коммуникативного, творческого, критического обучения, использование наследия предков в формировании навыков XXI века у
V V г^
молодежи является одной из теоретических основ развития современной науки. В частности, в результате интеграции содержания международных и национальных учебных программ на уроках начальных классов особую актуальность приобретает применение учения предков о созревании личности и духовности в формировании у учащихся таких навыков, как творчество, активность, гибкость, компетентность, грамотность, со сравнительным анализом с современными требованиями.
ЦЕЛЬ: состоит в разработке научно-методических рекомендаций по совершенствованию механизмов развития навыков грамотности младших школьников в процессе изучения наследственности предков
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались методы педагогического наблюдения, сравнительного анализа, анализа уроков и мероприятий, текстового анализа, эксперимента-теста, анкеты, теста, беседы, математико-статистического анализа результатов.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: структура развития навыков грамотности учащихся в процессе изучения наследия предков целенаправленно включает в себя вводно-аналитический, ценностно-ориентационный, рефлексивно-деятельностный компоненты, а процесс развития духовной компетентности включает три взаимосвязанных процесса расширения знаний будущих педагогов о духовности; целенаправленной ориентации на духовные ценности; реализации личностных духовных ценностей. организация и управление деятельностью на основе требует реализации этапов
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: особое внимание в развитии грамотности учащихся с начальных классов необходимо уделять процессу изучения наследственности предков, учитывать принципы преемственности и преемственности образования,
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
гуманизма, ценностного подхода, обогащать учебный материал научно обоснованным, соответствующим возрасту учащегося содержанием в обучении. Ключевые слова: грамотность, навыки, умения, коллаборация, наследие.
Для цитирования: Саноев Г.А. Механизм и эффективность развития навыков грамотности младших школьников в процессе изучения наследственности предков. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 278-285.
HE MECHANISM AND EFFECTIVENESS OF THE DEVELOPMENT OF LITERACY SKILLS OF YOUNGER SCHOOLCHILDREN IN THE PROCESS OF STUDYING ANCESTRAL HEREDITY_
© G'aybullo A. Sanoyev1®
1Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: currently, it can be especially recognized that providing high-quality education to students based on modern approaches, increasing their reading literacy by methods focused on the principles of collaborative, communicative, creative, critical learning, using ancestral heritage in the formation of skills of the XXI century among young people is one of the theoretical foundations of the development of modern science. In particular, as a result of the integration of the content of international and national curricula in primary school lessons, the application of the ancestral teachings on the maturation of personality and spirituality in the formation of students' skills such as creativity, activity, flexibility, competence, literacy, with a comparative analysis with modern requirements, becomes particularly relevant.
AIM: to develop scientific and methodological recommendations for improving the mechanisms of developing literacy skills of younger schoolchildren in the process of studying ancestral heredity
MATERIALS AND METHODS: in the course of the research, methods of pedagogical observation, comparative analysis, analysis of lessons and activities, text analysis, experiment-test, questionnaire, test, conversation, mathematical and statistical analysis of the results were used.
DISCUSSION AND RESULTS: the structure of the development of students' literacy skills in the process of studying the ancestral heritage purposefully includes introductory-analytical, value-oriented, reflexive-activity components, and the process of developing spiritual competence includes three interrelated processes of expanding the knowledge of future teachers about spirituality; purposeful orientation towards spiritual values; realization of personal spiritual values. The organization and management of activities based on the implementation of the following stages
CONCLUSION: special attention in the development of literacy of students from primary school should be paid to the process of studying ancestral heredity, take into
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
account the principles of continuity and continuity of education, humanism, value approach, enrich the educational material with scientifically sound, age-appropriate content in teaching.
Key words: literacy, skills, skills, collaboration, heritage
Jahonning rivojlangan bir qator davlatlarda o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan xalqaro tajribalar hamda milliy tarixiy qadriyatlar integratsiyasiga asoslangan ilmiy-amaliy loyiha va tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan boshlang'ich sinflarda ajdodlar merosini o'rganish asosida o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmasini aksiologik yondashuvlar asosida rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o'ziga xos imkoniyatlarga ega bo'lib, bu jarayon insonning butun hayot davomida uzluksiz ravishda o'z-o'zini rivojlantirib borishini ta'minlovchi asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Ajdodlar merosini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, boshlang'ich ta'lim jarayonida ajdodlar merosini o'rganishda o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmalarini 4 K tamoyillari asosida rivojlantirish texnologiyasi, shakl, usul, vositalarini takomillashtirish; boshlang'ich sinflarda ajdodlar merosini o'rganish jarayonida o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan 4 K tamoyillarini ta'minlovchi maqsadli mashqlar va metodik tavsiyalarni takomillashtirish.
Savodxonlik - aholi madaniy saviyasi ko'rsatkichlaridan biri; odamning adabiy til normalariga muvofiq keladigan og'zaki va yozma nutq; oddiy matnlarni o'qiy olish yoki ularni o'qish va yoza olish; muayyan soha bo'yicha mukammal bilimga; shaxsiy va hayotiy sifatlar; jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shaxsning ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, madaniy hamda ruhiy saviyasini oshirib borish kabi ko'nikmalariga egalik darajasidir. O'quvchining savodxonlik ko'nikmasiga egalik darajasi uning o'quv topshiriqlarni bajara olishi va yozma ishlarining taqdimoti orqali baholanadi. O'quvchining savodxonlik darajasi uch bosqichda, ya'ni rivojlanayotgan savodxonlik, rasmiy ta'lim va savodxonlik kabi bosqichlarda rivojlantiriladi
Mamlakatimiz ta'lim tizimi aholining barcha qatlamini savodxon qilishga qaratilgan bo'lib, bu ma'suliyatli vazifani sifatli amalga oshirish maktab zimmasiga yuklatilgan. Kichik yoshdagi o'quvchining savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirish omillaridan biri - ta'lim-tarbiya jarayonida ajdodlar merosini ilmiy va badiiy manbalar asosida puxta o'zlashtirish orqali ularning ongli, ravon o'qish malakalari, og'zaki va yozma nutqi, savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirib, so'z boyliklarini oshirishdan iborat.
Boshlang'ich ta'lim dasturida berilgan ajdodlar merosini o'rganish jarayoni o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirish bilan birga ularda vatanparvarlik,
For citation: G'aybullo A. Sanoyev. (2024) 'He mechanism and effectiveness of the development of literacy skills of younger schoolchildren in the process of studying ancestral heredity', Inter education & global study, (4(1)), pp. 278-285. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
insonparvarlik, milliy o'zlikni anglash, qadriyatlarni hurmat qilish kabi shaxsiy sifatlarni ham tarkib toptirishi tajriba - sinov jaraynida aniqlandi.
Keltirilgan boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan obekt-subekt faoliyati mazmuni aksiologik yondashuvlar bilan boyitilsa, o'quvchilarda ajdodlar merosiga hurmat, ijtimoiy ma'sullik, shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish ko'nikmalarini tarkib toptirishga imkoniyat yaratiladi.
Tadqiqotimiz davomida ajdodlar merosini o'rganishda o'quvchilarning individual va ijtimoiy rivojlanish omillari ta'sirida shakllanadigan xususiyatlari, qiziqishlari, mayllari, qobiliyatini hisobga olib, ularning jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, qobiliyati, ma'lum fan sohasiga oid qiziqishi, o'quv fanlari mazmuni, o'quvchilarning qobiliyati va manfaatlariga mos keladigan ta'lim darajasini farqlash alohida e'tiborga olinishi zarurligi o'z isbotini topdi.
Ma'lumki, o'qish darslarining maqsad va vazifasi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini boyitish, to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatish bilan birga ularda muloqot madaniyati, ijoqkorlik hamda tadqiqotchilik qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat bo'lib, aynan ajdodlar merosini o'rganish jarayoni ularning quyidagi savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi
Boshlang'ich sinflarda ajdodlar merosini o'rganish jarayonida bolalarda go'zallikka muhabbat uyg'otadigan, poklik tuyg'ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o'tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o'stiradigan fanlar integratsiyasiga asoslanishi zarur omillardan biridir. Ajdodlar merosini o'rganish jarayonida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning shaxs sifatida ma'naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi (2-jadvalga qarang). Mazkur jarayonda o'quvchi ajdodlarimiz hayoti bilan tanishtiruvchi matnlardan tashqari jadval, diagrammalardagi topshiriqlarni mantiqiy fikrlab, tanqidiy, kreativ yondashsagina o'quvchining savodxonlik ko'nikmasi oshib boradi.
Ajdodlar merosini o'rganish jarayonida o'quvchilar savodxonligini bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilgan davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib hayotga bog'lab o'tilishi uning o'quvchilarga ta'sirchanligi va ongli idrok etishlarini ta'minlaydi. Boshlang'ich sinflarda ajdodlarimiz hayoti va ijodini, ularning bebaho asarlarni 4K tamoyiliga asoslanib o'rganish (rasmga qarang) o'quvchilarda so'z boyligi, savodxonlik va tanqidiy fikrlash darajasining oshishiga, ijodkorlik va tadqiqotchilik qobiliyatlarining namoyon bo'lishiga samarali ta'sir ko'rsatganligi tadqiqotimiz so'ngida aniqlandi.
Demak, o'quvchi savodxonligini rivojlantirishda o'qitishning texnologik, ijodiy -izlanuvchanlik usulidan foydalanish o'quvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish sharoitida o'quv maqsadlariga erishish imkonini kafolatlaydi. Tavsiyamizdagi metodik mexanizm asosida, ajdodlar merosini o'rganish jarayonida o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirishning pedagogik mazmunini mualliflik yondashuvida tasnif etdik: "4K tamoyili ^ ajdodlar merosi ^ o'qituvchi - o'quvchi hamkorligi ^ ongli, ifodali, tushunib o'qish ^ matn tahlili ^ og'zaki va yozma nutq ^ lug'at ^ aksiologik yondashuv ^ ijodiy - izlanuvchanlik texnologiyasi ^ savodxonlik ko'nikmasi ^ milliy-ma'naviy
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qadriyat — shaxsiy sifat va qobiliyat—^uzviylik va uzluksizlik"1dagi ajdodlar merosini o'rganishda o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirishni ta'minlovchi ta'lim modelini takomillashtirishga ko'maklassadi.
Taqdim etilayotgan modelning konseptual komponentida, tizimli, integrativ, innovatsion, strategik yondashuvlar asosida dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar tashkil etildi. Mashg'ulotlar ilmiylik, nazariya Ba amaliyotning bog'liqligi, izchillik, ko'rgazmalilik, ta'limda onglilik va faollik tamoyillari orqali o'qitildi. Modelning tashkiliy texnologik komponetlari o'quv jarayonini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlarini o'z ichiga qamrab olgan. Bunda ta'lim mazmunini didaktikaga oid bilimlar tashkil etadi. Ta'limni tashkil etishning individual, guruhli, jamoa shakllaridan foydalanib darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilar bilan ta'limning nofaol, faol, interfaol metodlari orqali, didaktik vositalardan foydalangan holda mashg'ulotlar tashkil etiladi.
Natijada, o'qish darslari mazmunida berilgan ajdodlar merosini o'rganish jarayonida noan'anaviy tarzda o'tkazilgan "So'z ma'nosi", "Lug'at ishi", "So'zni toping" kabi metodlarni qo'llash orqali o'quvchilarning lug'at boyligi oshib, savodxonlik ko'nikmasi rivojlanishiga erishildi. Demak, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirishda ularning diqqat va e'tiborini, qiziqishini, tashqi va ichki faolliklarini inobatga olish lozim. Bunda tashqi faollik - tashqaridan va o'z ichki istak-hohish ta'sirida o'quvchining bevosita ko'rish, qayd qilish mumkin bo'lgan harakatlari tushuniladi. Ichki faollik esa -u yoki bu faoliyatni o'quvchi tomonidan bajarish mobaynidagi pedagogik -psixologik jarayonlarni o'z ichiga oladigan faoliyat tushuniladi. Faoliyat pedagogikada psixologik qonuniyatlarga tayangan holda o'ziga o'quv-biluv jarayonida turli shakl va metodlar orqali, maxsus didaktik tomoyillarni qo'llash asosida tashkil etiladi. Chunki o'quvchi faoliyati o'quv jarayonida bilimlarni o'rganish, malaka va ko'nikmalar hosil qilishi asosida bilishga oid, yaratuvchilik, estetik, kommunikativ vazifalarini bajarib, maqsad, faoliyat predmeti, vositalari, bajarish usullari, natijani o'z ichiga oladi.
Ajdodlar merosini o'rganish jarayonida o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasi rivojlantirishda ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlari qiziqarli savol-topshiriqlar bilan, muloqot ko'nikmalari esa, ijodiy-topshiriqlar va o'yin mashg'ulotlar orqali oshirilib, o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid pedagogik tizimning samaradorlik darajasi statistik tahlillar asosida aniqlandi.
Tajriba sinov jarayonida xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarni egallagan Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta'limi ilg'or mamlakatlarning "4K"ni o'z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko'nikmalarni rivojlantirish tajribalari asosida o'quvchilarning axborotlarni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlovchi "4K" modeli (kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik (tanqidiy) fikrlash) tamoyillarini ta'minlovchi yondashuvlaridan foydalandik.
1 Mualliflik yondashuvi
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ajdodlar merosini o'rganish jarayonida o'quvchilarning savodxonlik ko'nikmasi rivojlantirishda ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlari qiziqarli savol-topshiriqlar bilan, muloqot ko'nikmalari esa, ijodiy-topshiriqlar va o'yin mashg'ulotlar orqali oshirilib, o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid pedagogik tizimning samaradorlik darajasi statistik tahlillar asosida aniqlandi.
Tadqiqot konsepsiyasining to'g'riligi va natijalarni ommalashtirish darajasi shuni ko'rsatmoqdaki, biz ilgari surgan zamonaviy ta'limga aksiologik yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmasini rivojlantirish tizimining samaradorligini ko'rsatish uchun tajriba-sinov ishlarini tahlil qilish metodidan foydalandik va uni matematik statistik tahlil qildik. Biz o'qish darslarida ajdodlar merosini o'rganish jarayonida ta'limning akmeologik, aksiologik, insonparvarlik, shaxsga yo'naltirilgan tamoyillariga asoslanib boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmasining rivojlanishini ta'minlashga muvaffaq bo'ldik.
Bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko'rish mumkin. Bundan ma'lumki, tajriba guruhidagi tajriba yakunidagi o'zlashtirish nazorat guruhidagi tajriba yakunidagi o'zlashtirishdan yuqori ekan.
Bundan shuni aytish mumkinki, tajriba guruhining ko'rsatkichi nazorat guruhinikiga nisbatan 13,4% ga oshganligini ko'rish mumkin.
O'tkazilgan Statistik tahlillardan tajriba guruhida qo'llanilgan ajdodlar merosini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish samarali bo'lib, o'tkazilgan tajriba-sinov tahlillari uni Respublikamiz miqyosida ommalashtirish mumkinligiga asos yaratadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ajdolar merosini o'rganish jarayonida duch keladigan tarixiy so'zlar bo'yicha lug'at to'plamlari tayyorlash, mazkur mavzularni o'rganish va o'zlashtirish sifatini oshirishga yordam beruvchi, yosh o'qituvchilarning foydalanishlari uchun dars ishlanmalari, video darslar va metodik tavsiyalar bankini yaratish lozim.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Абдуллаева Ш. История педагогики и образования: Монография. - T.: Fan va texnologiyalar, 2008. - 206 b.;
2. Салиева З.Т. Талабаларда маънавий маданиятни ривожлантириш технологиялари. - Т.: Фан ва технология, 2016. - 172 б.;
3. Ражабов С., хршимов У.К. Узбекистонда педагогик фикрлар антологияси. -М., 1986;
4. Sohibov A. Milliy pedagogika taraqqiyoti tarixi. - T.: O'qituvchi, 2004. - 56 b.;
5. Xayrullayev M. O'tmish mutafakkirlari ta'lim-tarbiya haqida // Xalq pedagogikasi - inson kamolotining asosi. 1-kitob. - T.: O'zPFITI, 1992. - 110 b;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
6. Dilova N.G. The views of oriental thinkers on science and enlightenmet as the the criteria of the contemporary development // International conference on multidimensional research and innovative technological analyses, 2022. - P. 173-176.
7. Dilova N.G. Mamlakat taraqqiyotida oliy ta'limning o'rni // Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash: muammolar va yechimlar: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Buxoro, 2023. - В. 228-231.
8. Dilova N.G. Umumiy pedagogika: Darslik (boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari uchun). - B.: "Bukhara Hamd Print" nashriyoti, 2022. - 320 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HSanoyev G'aybullo Abduraxmonovich, Buxoro davlat universiteti tadqiqoqotchisi, [Саноев Гайбулло Абдурахмонович, исследователь Бухарского государственного университета], [G'aybullo A. Sanoyev, Bukhara State University researcher]; ]. Manzil: O'zbekiston, 100200, Buxoro shahri, M. Iqbol ko'chasi, 11 [адрес: Узбекистан, 100200, г. Бухара, ул. М. Икбол, 11], [address: Uzbekistan, 11 M. Iqbol str., Bukxara, 100200]; Email: [email protected]