Научная статья на тему 'AHOLINING MA’NAVIY MA’RIFIY SAVODXONLIGIGA NARRATIVLARNING TA’SIRI'

AHOLINING MA’NAVIY MA’RIFIY SAVODXONLIGIGA NARRATIVLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborotlar kelishuvi / ma'naviy ma'rifiy savodxonlik / narrativ / axloqiy tarbiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilbar Irgashevna Fayzixodjaeva

Maqolada, axolining ma'naviy ma'rifiy savodxonligini yangi bosqichga ko'tarishda narrativlarning ta'siri bilan bog'liq ba'zi jihatlar tadqiq qilinadi. Har bir xalqning og'zaki ijodi, badiiy adabiyoti, tele va radio eshittirishlarda voqelikning hikoya qilinishi, katta yoshdagilarning hayotiy tajribalari, diniy rivoyatlar axloqiy narrativlar bo'lib xizmat qiladi. Narrativ orqali inson o'zi tanlagan pozitsiyasini verifikatsiya va falsifikatsiya qilishi mumkinligiga e'tibor qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLINING MA’NAVIY MA’RIFIY SAVODXONLIGIGA NARRATIVLARNING TA’SIRI»

Tashkent State University of Economics

AHOLINING MA'NAVIY - MA'RIFIY SAVODXONLIGIGA NARRATIVLARNING TA'SIRI

Dilbar Irgashevna Fayzixodjaeva

O'zMU Falsafa va mantiq kafedrasi dotsenti, f.f.d. (DSc)

ANNOTATSIYA

Maqolada, axolining ma'naviy - ma'rifiy savodxonligini yangi bosqichga ko'tarishda narrativlarning ta'siri bilan bog'liq ba'zi jihatlar tadqiq qilinadi. Har bir xalqning og'zaki ijodi, badiiy adabiyoti, tele va radio eshittirishlarda voqelikning hikoya qilinishi, katta yoshdagilarning hayotiy tajribalari, diniy rivoyatlar axloqiy narrativlar bo'lib xizmat qiladi. Narrativ orqali inson o'zi tanlagan pozitsiyasini verifikatsiya va falsifikatsiya qilishi mumkinligiga e'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: axborotlar kelishuvi, ma'naviy - ma'rifiy savodxonlik, narrativ, axloqiy tarbiya.

Inson faoliyat turlari, o'ziga xos kasbiy va predmetli belgilangan munosabatlari imperativ-qadriyatli mazmunga ega. Jamiyat a'zolari o'rtasidagi biron bir masala yuzasidan axborotlar kelishuvining mavjudligi ijtimoiy normalar, qadriyatlar bilan bog'liq umumiy tasavvurlarni shakllantiradi. Masalan, boshqalarni hurmat qilish haqidagi axborotlar kelishuvi (har bir tanqidiy fikrga nisbatan boshqalarning nuqtai nazarini e'tiborga olish talabi) konsepti boshqaning insoniy qadr - qimmatini e'tirof etilishini bildiradi. Axborotlar kelishuvi konseptining ilmiy muomalaga kiritilishi insonlar o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarni tushunishga yangicha yondashuvni shakllantirdi. Ijtimoiy munosabatlarni o'rganishda urg'u kommunikatordan kommunikantga (qabul qiluvchiga) o'tishi ishontirish vositalarini takomillashtirishga ehtiyojni kuchaytirdi.

Shaxslararo munosabatlarning xarakteri ularning ma'naviy ma'rifiy savodxonligiga bevosita bog'liqdir. "Axolining ma'naviy - ma'rifiy savodxonligini yangi bosqichga ko'tarish, ushbu yo'nalishdagi ta'lim-tarbiya ishlarini aniqlash, bu boradagi samarali faoliyat mexanizmini yaratish" Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy vazifalaridan biri-deb, ko'rsatilgan. [1.252] Bu vazifani bajarish uchun nima qilish kerak degan savolga javob berish uchun, avvalo "ma'naviy ma'rifiy savodxonlikni oshirish" tushunchasining mazmunini aniqlab olamiz. O'zbek tilining izohli lug'atida berilgan "ma'naviy", "ma'rifiy", "savodxonlik" tushunchalarining mazmunidan kelib chiqib, ma'naviy ma'rifiy

503

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

savodxonlik tushunchasi inson ruhiy kamolatining asosini tashkil etuvchi ma'lum bir bilimlar tizimi bilan tanishish va ularga ega bo'lishni anglatadi,- deb aytish mumkin. Axloqga oid bilimlar va axloqiy tarbiya ma'naviy-ma'rifiy savodxonlikning asosini tashkil etadi. Inson bu bilimlarni qaerda va qanday qilib egallaydi? Inson bu bilimlarni jamiyatda va jamiyatdagi muhit ta'sirida egallaydi. Abdurauf Fitrat, muhitning ahloqiylik darajasi tarbiyaning samarali bo'lishida xal qiluvchi omil ekanligini ta'kidlaydi. [3.157.] Bu jarayonda uning olayotgan bilimlarining chinligiga, haqqoniyligiga va o'zi uchun zarurligiga (foydali ekanligiga) ishonishi muhimdir.

Ma'naviy - ma'rifiy savodxonlikni oshirishda narrativlar nutqiy ta'sir vositalaridan biri sifatida muhim o'rin tutadi. Narrativlar insonning ma'naviy olamiga kirib boradi va dunyoqarashining shakllanishi, o'zgarishiga ta'sir ko'rsatib, faoliyat yo'nalishini belgilaydi.

Axloqning hukmron madaniyatdagi narrativlarga (rivoyatlarga) bog'liqligi axloq bilan mantiqning yaqin aloqadorlikda ekanligidan dalolat beradi. Narrativ orqali inson o'zi tanlagan pozitsiyasini verifikatsiya va falsifikatsiya qilishi mumkin. Axloqning narrativ tabiatiga ko'ra hatti-harakat axloqiy baholanishi uchun biron bir hikoyaning elementi bo'lishi kerak. "Hatti-harakatlarim axloqqa muvofiqmi?", -degan savolga javob olish uchun "mening holatim qaysi hikoyaga to'g'ri keladi?",-degan savolga javob berish kerak. Har bir xalqning og'zaki ijodi, badiiy adabiyoti, tele va radio eshittirishlarda voqelikning hikoya qilinishi, katta yoshdagilarning hayotiy tajribalari, diniy rivoyatlar axloqiy narrativlar bo'lib xizmat qiladi. Shunday narrativlardan biri Zumrad va Qimmat haqidagi o'zbek halq ertagidir. Bu ertak jahon halqlarining og'zaki ijodida turlicha aytilsa ham, ularning mazmuni bir xil. Ertakning mazmuniga ko'ra, o'gay ona va uning qizi (qizlari) yovuzlik timsoli, yetim qiz (Zumrad, Zolushka) esa ezgulik timsolidir. Bu ertakni eshitib (filmini ko'rib) katta bo'lganlar hayotda o'gay ona va yetim qiz munosabati haqida ertakdagi andoza bo'yicha fikrlaydilar. Mantiqning Ayniyat qonuniga muvofiq har bir konkret voqea, hodisaga ma'lum vaqt va munosabat doirasida fikr, mulohaza bildirilsa, bu fikr o'z-o'ziga teng (to'g'ri) bo'ladi. Demak, turmushdagi shu kabi holatlarga duch kelganda, ertakdagi andoza bo'yicha fikrlash nafaqat mantiqiy xatolarga, balki axloqiy munosabatlarning noto'g'ri baholanishiga ham sabab bo'ladi. Chunki, o'gay ona va yetim qiz o'rtasidagi munosabatlar ezgulik asosida qurilishi, yoki har bir oilada bo'lgani kabi yaxshi va yomon munosabatlarning almashinib turishi mumkin. Bu ertakdagi axloqiy baholash bilan bog'liq yana bir jihat axloqiy muammolarning uchinchi shaxs tomonidan hal qilib berilishidir (kampirning Zumradga sandiqda

504

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

boylik berishi, Zolushkaning shahzodaga turmushga chiqishi). Muammoning bu kabi yechimlari boshqa ertaklarda ham uchraydi. "Ur to'qmoq" ertagida kambag'al kishi turnaga yaxshilik qilgani uchun, turna unga "ochil dasturxon," "qaynar xumcha" va "ur to'qmoq" ni beradi. Kambag'al kishining iqtisodiy muammosi uning yaxshiligi evaziga yechim topadi. Bu kabi ertaklarda axloqiy va iqtisodiy muammolar birlashib ketadi, "yaxshilik qilgan insonlar yaxshi insonlardir va ular yaxshi yashaydilar", degan fikr uqdiriladi. Xuddi shunday tushunilgan rivoyat har bir davr va madaniyatning axloqiy ongi asosida yotadi.

Shu o'rinda bugungi kunda, jamiyatimizda qanday narrativ hukmron ekanligi haqida savol paydo bo'ladi. Aytish mumkinki, kompyuter o'yinlari, teleseriallar, jangari filmlar va fantastik multfilmlardagi voqealar bugungi kunning narratividir. Jamiyatimiz a'zolarining juda katta qismi shu reallikda yashaydilar, ularning ongini shu reallik shakllantirmoqda, virtual olam simulyakrlari jamiyatimizning axloqiy ideallari, normalariga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatmoqda. An'anaviy jamiyat imperativlari asta sekin o'z o'rnini zamonaviy jamiyat imperativlariga bo'shatib bermoqda.

Darhaqiqat, insonning o'zi haqidagi tasavvurlarining hozirgi davrdagi o'zgarishi uning qadriyatlar dunyosini ham o'zgartirib yubordi. Inson "men"ining birinchi o'ringa qo'yilishi, "bu mening hayotim, unga hech kimning aralashishga haqqi yo'q" degan g'oyaning jamiyatda keng tarqalishi natijasida an'anaviy axloqiy imperativlarning "zamonaviy" axloqiy imperativlarga transformatsiyasi amalga oshmoqda. Maishiy hayotni hikoya qiluvchi turfa seriallar, ijtimoiy tarmoqlardagi videoroliklarda an'anaviy axloqqa xos bo'lgan kamtarlik o'rniga o'zini reklama qilish, halollik o'rniga uddaburonlik, xushmuomalalik o'rniga gapga chechanlik, beg'araz yaxshilik o'rniga manfaatdorlik ustun qo'yilmoqda. Ijtimoiy sohada takomillashish, yuqori darajalarga ko'tarilish uchun an'anaviy axloqiy imperativlarga deyarli amal qilinmayapti. Hozirgi kunda jamiyat ilgari hech qachon tan olmagan insonning xudbin xulq-atvor huquqi zamonaviylik sifatida e'tirof qilinmoqda va buni tasdiqlovchi turli virtual narrativlar taqdim qilinmoqda. Bu esa axolining, ayniqsa yoshlarning ma'naviy axloqiy savodxonligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu jarayonni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun:

LNarrativlarning tanlanishi va baholanishi sub'ektning shaxsiy tajribasi, manfaatlari, bilimi va ruhiy holatiga bog'liq ekanligini hisobga olib, yuksak insoniy fazilatlarni targ'ib qiluvchi narrativlarni ommalashtirishga;

2.Narrativlarning tanlovi ko'proq aqlga emas, hissiyotlarga asoslanishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Abdulla Avloniyning ta'kidlashicha," fikr tarbiyasi eng

505

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g'ayratlik bo'lishiga sabab bo'ladur." "[2.15.] Shu bois, insonning ruhiyatiga pozitiv ta'sir qiluvchi, go'zal tuyg'ularni uyg'otuvchi, mantiqiy fikrlashga o'rgatuvchi narrativlarni targ'ib qilishga; 1. Inson qanday narrativlar ta'sirida ekanligi uning faoliyat yo'nalishiga ta'sir o'tkazadi. Shu bois axloqiylik darajasining yuqoriligi bilan ibrat bo'ladigan, ideal sifatida qabul qilinadigan turmush tarzini aks ettiradigan narrativlarni yaratishga e'tibor qaratish zarur.

Mulohazalarmizni yakunlab, quyidagi xulosani qayd etamiz: axolining, xususan yoshlarning ma'naviy axloqiy savodxonligini oshirishda axborot vositalari orqali ezgulikni, ezgulikka xizmat qiluvchi g'oyalarni aks ettirgan narrativlarning ta'siri kuchaytirilsa, OAV larining faoliyatini shu asosga yo'naltirilsa "Yangi O'zbekiston -ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirish bilan bog'liq vazifalardan biri bajariladi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent:"O'zbekiston" nashriyoti, 2022.

2. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: O'qituvchi, 1992.

3. Fitrat. Rahbari najot . T.: Ma'naviyat., 2000.

506

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.