Научная статья на тему 'AHOLIGA BANK XIZMATLARI KO’RSATISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH'

AHOLIGA BANK XIZMATLARI KO’RSATISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pullik xizmatlar / bank faoliyati / bank xizmatlari / xizmat sifati / yangi tur bank xizmatlari. / Paid services / banking activities / banking services / service quality / new type of banking services.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmonov Alimardon Sodiqovich, Rustamova Nasiba Arslonovna

Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o’rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikrmulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, aholiga bank xizmatlari ko’rsatishni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations have been developed to increase the role of banks in the economy and to define their important tasks, to further improve the provision of banking services to the population.

Текст научной работы на тему «AHOLIGA BANK XIZMATLARI KO’RSATISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH»

AHOLIGA BANK XIZMATLARI KO'RSATISHNI YANADA

TAKOMILLASHTIRISH

Abduraxmonov Alimardon Sodiqovich

SamlSI "Bank ishi" kafedrasi ass.

Rustamova Nasiba Arslonovna

SamISI talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o'rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, aholiga bank xizmatlari ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. Pullik xizmatlar, bank faoliyati, bank xizmatlari, xizmat sifati, yangi tur bank xizmatlari.

Abstract. This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations have been developed to increase the role of banks in the economy and to define their important tasks, to further improve the provision of banking services to the population.

Key words. Paid services, banking activities, banking services, service quality, new type of banking services.

Iqtisodiy barqarorlik ta'minlanishi, milliy iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan ysishiga erishish uchun mamlakatimizda tyrtinchi yil yangi uslubda amalga oshirilayotgan islohotlarni yana qay tarzda takomillashtirish maqsadga muvofiq? Albatta, bu savollarga javobni bizlar davlatimiz rahbarining mamlakatimizning yangilangan parlamentiga qaratilgan navbatdagi murojaatidan topib olishimiz mumkin.

Albatta bunday o'zgarishlar tijorat banklari faoliyatini yana ham takomillashtirilgan holda amalga oshirishni, unga axborot texnologiyalarini intensiv uslublar yordamida joriy etishni taqozo etadi. O'zbekistonning bank xizmatlari bozorida iste'molchilar huquqini himoyasi yaxshilanib bormoqda, ammo kreditlar va depozitlar bozorida ular yana ham takomillashtirilishi lozim. Bank sohasida iste'molchilarining huquqi va qonuniy manfaatlarining himoyasi o'zoq yillar davomida etarlicha hal etilmasdan kelar edi. Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan eng muhim iqtisodiy vazifalardan biri - bu boshqaruv tizimini nomarkazlashtirishdir.

Tijorat banklari mustaqil faoliyat ko'rsatishi uchun iqtisodiy asos shakllantirilmagan. Banklarning asosiy qismi aktsionerlik shaklida tashkil etilganini ularning nomidan yaxshi bilamiz, ammo amalda biron bir oddiy fuqaro bank aktsiyalarini qo'lida ushlaganini, aktsiya xisobidan dividend olganini ko'rmaymiz xam, eshitmaymiz xam. Yaponiya bank tizimi xuddi umumiy iqtisodiy faoliyatga o'xshab aktsionerlik jamiyatlariga tayanadi. Yaponiya Xalqining aksariyati yoki yirik sanoat korxonalari, yoki banklarning qimmatli qog'ozlariga ega. Shu yul bilan butun Xalq iqtisodiy faoliyatni nazorat qiladi. Biz uchun ibratli tomoni shunda, ya'ni O'zbekiston ham iloji boricha tezroq banklar boshqaruvini ko'p sonli aksionerlar hisobidan takomillashtirishimiz lozim. Bizlarda banklar va aholi o'rtasida katta jar mavjud, uni bartaraf etishning yuli shundan iborat.

Shunisi aniqki moliyaviy resurslar aniq maqsadni ko'zlab, ishlab chiqarish sur'atlarini tezlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish, ishchi o'rinlari va aholi daromadlarini shakllangan darajada saqlab qolishga xizmat qilishi kerak. Agar iqtisodiy faoliyat marketing tamoyillari asosida yulga qo'yilmasa, yani nima va kim uchun degan savollarga e'tibor bermasdan davom ettirilsa, banklar xam, davlat byudjeti ham qiyin ahvolda qolib ketaveradi. Agar ishlab chikarilgan mahsulot sotilmasa, (pul daromadlarining kamayishi natijasida ichki bozorning torayishiga shubha qilmasa ham buladi), demak omborlarda qolib ketadi, moddiy resurslar maqsadsiz sarflanadi, Xalq xo'jaligida debitorlik va kreditorlik karzdorliklarning ko'payishi yuz beradi. Birinchi navbatda juda ham muhim bulgan bir narsaga aniqlik kiritish lozim,- inqirozni bartaraf etish an'anaviy tarzda, ya'ni eksportga yunaltirilgan iqtisodiy faoliyat hisobiga amalga oshiriladimi yoki yangi sharoitni inobatga olib ichki bozor sig'imini kengaytirish hisobigami? Bu ishlarga aniqlik kiritilgan keyin bank faoliyatini ham shunga qarab takomillashtirish mumkin buladi. Shunday qilinmasa banklar qiyin ahvolga tushib kolaveradi, nega deganda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, savdo aylanmasining pasayishi bilan kreditlarni qaytarish xavfi ham parallel tarzda oshib boradi. Bunday sharoitlarda bank o'zining moliyaviy barqarorligiga qanday qilib erishishi mumkin degan savol tuqiladi. Albatta, bu mulk shakliga bog'liq. Xususiy banklar ko'proq mustakillikka ega bulgani bilan birga, o'z faoliyatini ehtiyotkorlik bilan davom ettirishga majbur, nega deganda faqat o'z kuchiga ishonib ishlashi mumkin. Qanday bo'lmasin, mulkchilik shaklidan katiy nazar aniq hisob-kitoblarga asoslangan faoliyat, tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan biznes-rejalarga nisbatan asoslangan talabchanlik - samarali faoliyat garovidir.

Mamlakatimiz bank sektorini, jumladan AT "Xalq banki" ni takomillashtirishga bir guruh ichki va tashki omillar ta'sir ko'rsatadi. Birinchi navbatda sohaga kuchayib borayotgan raqobat muhitiga mos zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish lozim. Buning uchun bank sohasida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni Xalqaro

ekspertlarni jalb qilgan holda attestatsiyadan o'tkazish, uning natijasiga ko'ra yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturini ishlab chiqish. Bunday Dasturni ishlab chiqishda ikki masalaga kuchli e'tibor qaratilishi lozim:

- birinchidan, xorijiy mamlakatlarda ta'lim olib, G'arbning nufo'zli banklari va investitsion kampaniyalarida faoliyat yuritib kelayotgan vatandoshlarimizni O'zbekistonga jalb qilish uchun tegishli shart-sharoit yaratish;

- ikkinchidan, Markaziy va tijorat banklarining boshqaruv organlariga qo'shni mamlakatlarda banklar faoliyatini bozor munosabatlari, rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga transformatsiya qilishda qatnashgan xorijiy mutaxassislarni taklif etish.

"Xalq banki", TIF va "Asaka" DABlarida davlat ulushini 100 % darajasida saqlagan holda ularning ustav kapitalini global moliyaviy inqiroz asoratlarini bartaraf etish uchun zarur bo'lgan mablag'lar bilan to'ldirish va aynan shu banklarga tayanib mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror holatga keltirish maqsadga muvofiqligi taklifini chuqur o'rganish lozim. Parallel tarzda davlat ulushi mavjud bo'lgan boshqa tijorat banklarida xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, xorijiy investitsion kampaniyalar bilan tezkor hamkorlikni yo'lga qo'yish lozim.

Mamlakatimizda o'z faoliyatini boshlagan ikkita xorijiy bank, Saderat bankIran va Ziraat bank - Turtsiya faoliyatini izchillik bilan o'rganish, ular faoliyatini kengaytirishga monelik qilayotgan omillarni tezlik bilan bartaraf etish va ulardagi ilg'or texnologiyalarni respublikaning boshqa tijorat banklariga joriy etishdek dolzarb masalalar hal etilishi lozim. Jumladan, ularning tajribasiga tayanib, to'lov tizimi barqarorligini ta'minlaydigan muhim bir vazifani mantiqiy yakuniga etkazishga harakat qilib ko'rish lozim. Gap shundaki mamlakatimizda shu kungacha 20 milliondan ortiq plastik kartochkalar muomalaga kiritildi va shundan 2.5 millioni online plastik kartochkalar hisoblanadi.

Supermarket banking tarixan AQShda paydo bo'lgan, bank xizmatlarini takomillashtirishda xorijiy rivojlangan davlatlarning mazkur ilg'or yo'nalishini O'zbekistonda joriy etishni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Bu esa respublikamizdagi banklarning tor doiradagi xizmatlar bilan cheklanib qolmay, balki aksincha xizmatlar assortimentini ko'payishi, mijozlar soni ortishi va banklar universalligini ta'minlashga olib keladi. Supermarket banking qo'yidagi o'ziga xos belgilarga ega:

- tijorat markazlarida xaridorlar oqimi katta bo'ladi;

- bunday oqimlarni univermagda bank bo'limlari joylashgan erlarga yo'naltirish imkoniyati mavjud bo'ladi;

- supermarketlarda turli toifadagi istemolchilar bilan aloqa bog'lash imkoniyati mavjud bo'ladi;

- banklar o'z xizmatlarini kengaytirish va tabaqalashtirish uchun tijorat markazlaridan manfaatdor bo'ladi;

- banklar bilan tijorat markazlari bir-birlariga mahsulot sotish operatsiyalarini amalga oshirishdan o'zaro manfaatdor bo'ladi.

O'zbekiston shaharlari va tuman markazlarida borgan sari ko'proq, supermarketlar va yirik savdo markazlari ishga tushirilmoqda. Banklar supermarket-banking usulidan foydalanib, ko'rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish imkoniyatlariga ega va aynan ilg'or xorij tajribasiga asoslangan yangi Supermarket-banking yo'nalishining amaliyotga joriy etilishi fikrimizcha bank xizmatlari majmuining boyitilishiga yordam beradi.

Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish va taklif etishning samarali strategiyalari marketingning fundamental kontsepsiyalariga asoslanadi. Odatda, buning uchun kuchli reklama kompaniyasi talab qilinadi. Reklama kompaniyasini olib borish jarayonida bank marketingi boshqaruvchilari mijozlar ongiga bank uchun kerakli bo'lgan g'oyani va bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmat tasavvurini singdirishga harakat qiladilar. Xizmatlar samarali differensiatsiyasi bu qimmat mashg'ulotdir. Ushbu reklama kompaniyasi yordamida tashkil etilgan yangi xizmat haqidagi tasavvur va g'oyani mijozlar anglab etganliklariga ishonch hosil qilish uchun bank boshqaruvi mijozlarga tez-tez xizmat ko'rsatish ishlarini olib borishlari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. "Bank resurslari va ularni boshqarish". Monografiya.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2009

2. Lavrushin O.I. Bankovskoe delo. Uchebnik.-M.: KNORUS, 2009.

3. Muxammedov M.M. Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va qisqartirish yullari. T. "IQTISODIYOT", 2016.

Vafoev I.B. Iqtisodimiz chuqur tahlil va marketingga muhtoj. "O'zbekiston ovozi" gazetasi.18-son. T., 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.