Научная статья на тему 'XORIJIY TIJORAT BANKLARINING AHOLIGA XIZMAT KO’RSATISH TAJRIBASI'

XORIJIY TIJORAT BANKLARINING AHOLIGA XIZMAT KO’RSATISH TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tijorat banklari / bank faoliyati / bank xizmatlari / xorij tajribasi / kapital. / Commercial banks / banking activities / banking services / foreign experience / capital.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hudoyqulov Husniddin Ziyodullayevich, Rustamova Nasiba Arslonovna

Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o’rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikrmulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, xorijiy tijorat banklarining aholiga xizmat ko’rsatish tajribasi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations have been developed on increasing the role of banks in the economy and determining their important tasks, the experience of foreign commercial banks in providing services to the population.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TIJORAT BANKLARINING AHOLIGA XIZMAT KO’RSATISH TAJRIBASI»

XORIJIY TIJORAT BANKLARINING AHOLIGA XIZMAT KO'RSATISH

TAJRIBASI

Hudoyqulov Husniddin Ziyodullayevich

SamISI "Bank ishi" kafedrasi ass.-staj.

Rustamova Nasiba Arslonovna SamISI talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o'rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, xorijiy tijorat banklarining aholiga xizmat ko'rsatish tajribasi bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. Tijorat banklari, bank faoliyati, bank xizmatlari, xorij tajribasi, kapital.

Abstract. This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations have been developed on increasing the role of banks in the economy and determining their important tasks, the experience of foreign commercial banks in providing services to the population.

Key words. Commercial banks, banking activities, banking services, foreign experience, capital.

Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari investitsiya faoliyatining lokomotivlari rolini bajarmoqda. Zero, jahon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi ro'y bergan vaziyatda bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatdan yaxshilash alohida ahamiyat kasb etadi. Turli xorijiy davlatlar tajribasi to'lov tizimlarining rivojlanishi birinchi navbatda to'lov vositalari va xizmatlarini kengaytirish natijasida bank operatsion xarajatlarini kamaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirishga olib kelishini ko'rsatmoqda. Jahon miqyosida iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bugungi kunda taraqqiy topgan bir qator davlatlar muomaladagi naqd pullar miqdorini qisqartirib, elektron pullar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishni ma'qul ko'rmoqdalar.Shu bilan birga, bank kartalari orqali onlayn to'lovlarni keng qo'llanilishi to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq bank xizmatlarining samaradorligini oshirishga olib keladi. Xar kanday sohani, jumladan bank sohasi faoliyati samaradorligini oshirish uchun Xalqaro tajribalarga tayanib ish yuritish maqsadga muvofiq. Shu nuktai nazardan, O'zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati, uning tarkibiy to'zilishiga yaqin xarakterga ega bo'lgan mamlakatlarda

qo'lga kiritilgan yutuqlarni tahlil qila olsak, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. O'zbekiston uchun ibrat bo'la oladigan mamlakatlar -bu Evro Osiyo iqtisodiy Ittifoqiga a'zo mamlakatlardir. Nega deganda ular rivojlangan G'arb mamlakatlari banklarida mavjud ilg'or texnologiyalarni transformatsiya kilishga ulgurishgan. Sobik Ittifoq respublikalari bilan O'zbekiston o'xshash tizimda, ya'ni rejali, markazlashgan iqtisodiy tizim doirasida faoliyat ko'rsatgan. Ularning qaysi biri islohotlarni samarali yo'lga qo'yib yaxshi natijalarga erishayotgan bo'lsa, shu bizga ko'proq foyda keltirishi mumkin. Xorijiy banklar tajribasiga kushimchalar.

Ma'lumki jahonning aksariyat rivojlangan banklari mijozlarga o'zluksiz xizmat ko'rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko'rsatishni "Doyche bank" (Germaniya), "ABN AMRO Bank (Gollandiya), "Sosete Jeneral" (Frantsiya), "Situbank" (AQSh) banklarida ko'rish mumkin. Bu banklarda bank xizmatlari strategiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrespondent-banklarni jalb etish, zamonaviy to'lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va mijozlarga xizmat ko'rsatish kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi.

Rossiya Federatsiya va Qozog'iston bank tizimini boshqarish, uning faoliyatini takomillashtirish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirilayotganini ko'p eshitamiz. Rossiya iqtisodiy salohiyat nuqtai nazaridan dunyoning eng buyuk davlatlaridan hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotiga o'tishning aniq mezon va tamoyillari ishlab chiqarilmaganligi sababli iqtisodiy faoliyat, jumladan banklar faoliyati ham imkoniyat darajasida yo'lga qo'yilmagan. Ichki imkoniyatlarni to'laqonli ro'yobga chiqarishga tushunarsiz tashqi siyosiy faoliyat halaqit beradi. Shunday bo'lsada, bank faoliyatini takomillashtirishda Rossiyadan o'rnak olishimiz mumkin bo'lgan misollar talaygina. Misol uchun avtokredit. Rossiyaning demografik holati juda og'ir, boshqacha qilib aytganda deyarli mavjud iqtisodiy resurslardan foydalana olish ishchi kuchi taqchilligi nuqtai nazaridan cheklangan. Aholini o'sish sur'atlariga erishish maqsadida "Onalik" kapitali nomli dastur ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, oilada ikkinchi farzand tug'ilganda davlat tomonidan 10 ming dollar atrofidagi rag'batlantiruvchi pul ajratiladi. Ushbu mablag' maqsadli tarzda, ya'ni farzandlarning tarbiyasi va uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Barchamizga ma'lumki, har kanday iqtisodiy islohotlar sinalgan va ishonchli tajribalar asosida amalga oshirilishi va buning uchun rivojlangan davlatlar tajribalari puxta o'rganishni talab etadi.

Jaxon mikyosida iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bugungi kunda taraqqiy topgan bir qator davlatlar muomaladagi naqd pullar miqdorini qisqartirib, elektron pullar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishni ma'qul ko'rmoqdalar.

Qozog'iston sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida birinchilardan bo'lib G'arbda keng quloch yoygan tizimga, ya'ni kredit hisobiga bugungi kunda yaxshiroq yashab olishga o'tgan. Xorijdan cheklanmagan miqdorda kreditlarni jalb qilish yo'li bilan

aholini turmush darajasi ancha yuqori chuqqilarga chiqarilgan. Keyinchalik bunday iqtisodiy siyosat qanday oqibatlarga olib kelishi, davlat istiqloliyatida qanday ta'sir etishi tug'risida yaxshi o'ylab ko'rilmagan. Qozog'istonning ustun tomoni shundaki kata iqtisodiy salohiyat kam sonli, past sur'atlarda o'sib boruvchi aholi extiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Jug'rofik nuqtai nazardan bizdan ko'ra qulayroq mavkega ega mamlakat bilan iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga erishsak, mamlakatimizni raqobatbardosh mamlakatlar qatoriga kirishi shunchalik tezlashadi. Ta'kidlash joizki, Qozog'iston bank tizimida chel el kapitalining ulushi juda katta, shuning hisobiga zamonaviy boshqaruv tizimi ham kirib kelgan. Energetika sohalari RFda ham KRda ham yuqori darajada rivojlanganligi sababli bank faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish nafakat katta shaharlarda, balki o'zoq qishlok joylarida ham yaxshi yulga qo'yilgan. Yana bir e'tiborga loyiq narsa shuki bu ikki mamlakat ichki imkoniyatlardan kelib chiqib ta'lim sohasiga kredit ajratishni ustuvor yunalish sifatida tanlab olgan.

Biz uchun ibratli tomoni shunda, ya'ni O'zbekiston ham iloji boricha tezroq banklar boshqaruvini ko'p sonli aktsionerlar hisobidan takomillashtirishimiz lozim. Bizlarda banklar va aholi o'rtasida katta jar mavjud, uni bartaraf etishning yuli shundan iborat.

Turkiyaning bank tizimida 2001 yilgi iqtisodiy inkirozdan keyin tub o'zgarishlar yuz bergan. Uning mohiyati shundaki, bank sektoriga xorijiy kapital kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Turkiyada 5 ta yirik maxalliy bank 40 va undan ko'proq milliard dollarlik ustav fondiga ega. Xorijiy banklarning bank kapitalidagi ulushi 15 foiz atrofida. Mavjud 46 ta bank uch guruhga bulinadi, - tijorat banklari, investitsion banklar va taraqqiyot banklari. Turkiyaga G'arbda keng tarqalgan hayot kechirish tarzi, ya'ni kredit hisobiga yashash keng tarqalgan. Aholi jon boshiga tug'ri keladigan YaIM ning yuqori darajada ekanligi sababli, banklar aholiga xizmat ko'rsatish borasida katta kiyinchiliklarga uchramaydi. Ma'lumki, bugun jahonning yirik savdo kampaniyalari an'anaviy savdo usullaridan foydalanish bilan birga, elektron tijoratdan ham keng foydalanmoqdalar. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizi xaridlarni internet tarmog'i orqali amalga oshirmoqda va bu raqam kundan-kunga o'sib bormokda. Ushbu hujjat tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda qo'shimcha sharoitlar, shu jumladan, Xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infrato'zilmasi yaratilishini ta'minlanmokda.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston bank tizimini faqat Xalq manfaatlarini ko'zlab, tuplangan ilmiy salohiyatga tayanib takomillashtirish maqsadga muvofiq. Albatta bunda xorijiy, ayniqsa qo'shni mamlakatlarda to'plangan ilg'or tajribaga tayanish zarar qilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. "Bank resurslari va ularni boshqarish". Monografíya.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2009

2. Lavrushin O.I. Bankovskoe delo. Uchebnik.-M.: KNORUS, 2009.

3. Muxammedov M.M. Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va qisqartirish yullari. T. "IQTISODIYOT", 2016.

4. Vafoev I.B. Iqtisodimiz chuqur tahlil va marketingga muhtoj. "O'zbekiston ovozi" gazetasi.18-son. T., 2019.

Umarov Z. Yangi bank xizmatlari, ularni rivojlantirish. «Bozor, pul va kredit» jurnali, 1-son, 2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.