Научная статья на тему 'BANK XIZMATLARI KO’RSATISHDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI'

BANK XIZMATLARI KO’RSATISHDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorij tajribasi / bank faoliyati / bank xizmatlari / naqd pulsiz to’lovlar / kapital. / Foreign experience / banking activities / banking services / cashless payments / capital.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmonov Alimardon Sodiqovich, Rustamova Nasiba Arslonovna

Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o’rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikrmulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, bank xizmatlari ko’rsatishdagi muammolarni bartaraf etish yo’llari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations have been developed on how to increase the role of banks in the economy and define their important tasks, how to eliminate problems in the provision of banking services.

Текст научной работы на тему «BANK XIZMATLARI KO’RSATISHDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI»

BANK XIZMATLARI KO'RSATISHDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Abduraxmonov Alimardon Sodiqovich

SamISI "Bank ishi" kafedrasi ass.

Rustamova Nasiba Arslonovna

SamISI talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o'rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, bank xizmatlari ko'rsatishdagi muammolarni bartaraf etish yo'llari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. Xorij tajribasi, bank faoliyati, bank xizmatlari, naqd pulsiz to'lovlar, kapital.

Abstract. This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations have been developed on how to increase the role of banks in the economy and define their important tasks, how to eliminate problems in the provision of banking services.

Key words. Foreign experience, banking activities, banking services, cashless payments, capital.

Barchamizga ma'lumki, xar qanday iqtisodiy islohotlar sinalgan va ishonchli tajribalar asosida amalga oshirilishi va buning uchun rivojlangan davlatlar tajribalari puxta o'rganishni talab etadi. Jahon mikyosida iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bugungi kunda taraqqiy topgan bir qator davlatlar muomaladagi nakd pullar miqdorini qisqartirib, elektron pullar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishni ma'qul ko'rmoqdalar. Amalga oshirilgan tahlillarning natijalari respublikamiz tijorat banklari tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga ko'rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligni oshirish va rivojlantirishda bir qator dolzarb muammolarning mavjudligini ko'rsatadi. Ulardan asosiylari sifatida qo'yidagi muammolarni ko'rsatishimiz mumkin:

1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarni naqd pul bilan ta'minlashda uzilishlarning mavjudligi;

Banklar tomonidan mijozlarni o'z vaqtida naqd pul bilan ta'minlanmasligi, birinchidan, mijozlarning banklarga bo'lgan ishonchini susaytiradi; ikkinchidan, mijozlarning ishlab chiqarish - moliyaviy faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi.

Ushbu muammoni hal etish maqsadida banklar bilan mijozlar o'rtasida kassa xizmati to'g'risida shartnomalar to'zilishi va ushbu shartnoma shartlarida bank kassa xizmati (pullarni qabul qilish, saralash, sanash, o'rab bog'lash va saqlash) xarajatlarini qoplash ma'lum miqdorda xizmat haqi olishligi va mijoz bank o'z vaqtida naqd pul bilan ta'minlamagan taqdirda ma'lum miqdorda jarima to'lashini ko'zda tutilmog'i lozim. Ushbu shartlar bank va mijoz o'rtasida o'zaro kelishilgan holda belgilanishi lozim.

Bank faoliyatini takomillashtirish jarayonini uy-joy qurilishi va engil avtomobillar sotib olish yoki oliy o'quv yurtlariga qabul qilish bilan bog'lab amalga oshirish maqsadga muvofiq. Iste'mol sohasida vujudga kelayotgan holatni raqamlar bilan izohlab ko'raylik. Mamlakatimiz aholisining pul daromadlari yiliga 20 milliard AQSh dollardan iborat. Buning manbalari kuyidagi nisbatlarga ega,- taxminan 50 foizi banklar tomonidan ish haki, pensiya, nafaqa va stipendiya shaklida beriladigan mablag'lar, qolgan yarmi teng tarzda chetdan mehnat migrantlari tomonidan jo'natiladigan va tomorqachilarning qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotishdan qo'lga kiritadigan daromadlar. Xo'sh, inqiroz ushbu daromad manbalariga va umuman jami aholi daromadlariga qanday ta'sir ko'rsatmokda? Ijtimoiy tarmoqlar, banklar ma'lumotlariga ko'ra xorijdan jo'natiladigan mablag'lar asta-sekin qisqarishni boshlagan va buni tushunish qiyin emas.

Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston va boshqa hamyurtlarimiz mehnat qilayotgan mamlakatlarda uch oydan beri karantin tufayli aksariyat korxonalar faoliyati to'xtatilgan. Neftning jahon bozoridagi narxlari taxminan ikki baravar pasaygani ham tadbirkorlik faoliyatining susayishiga sabab bulmoqda. Misol uchun, Rossiyadan oxirgi 2-3 yil davomida O'zbekistonga mehnat muhojirlari tomonidan taxminan 4 milliard AQSh dollari miqdorida pul jo'natilgan. Eng yaxshi stsenariy bo'yicha ushbu pul jo'natmalari joriy yilda taxminan bir milliard dollarga kamayishi mumkin. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidan, ya'ni real sektordagi faoliyatdan olinadigan daromadlar ham shuncha miqdorda kamayishining ehtimoli katta.

Faqat qishloq xo'jalik mahsulotlari sotishdan olinadigan daromad kamaymasligi mumkin, xolos. Qayd etilgan jarayon qancha vaqt davom etishi, qaysi tomonga qarab o'zgarishini hech kim tug'ri bashorat eta olmasa kerak. Shunday ekan, bank ishini, pulkredit siyosatini qay tarzda takomillashtirish lozim degan tabiiy savol tug'iladi. Albatta, bank faoliyati umum iyiqtisodiy faoliyat bilan chambarchas bog'liq va shundan kelib chiqib moliyaviy munosabatlarni alohida qilib takomillashtirishning imkoni yo'q.

Yuridik shaxslar ham, aholi ham depozitdagi mablag'larni olib o'z muammolari echimiga sarflashga majbur buladi. Shunday bulsada, bank depozitlarini to'ldirish

uchun hamma vaqt imkoniyat bo'lgan va bundan keyin ham bu holat davom etadi. Misol uchun oilalarning muayyan qismi to'y qilish maqsadida muayyan mablag'larni jamg'arib kelgan, karantin sharoitida esa bunday ishlarni orqaga surishga tug'ri keladi. Demak, bank qanday qilib ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkinligi tug'risida bosh qotirishi kerak.

Ta'lim sohasi uchun ajratiladigan kreditlash holati kontrakt to'lovlarning miqdoriga borib taqaladi. Muammo shundaki kredit Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan past bo'lmagan darajadagi foizlar bilan ajratiladi. Inson kapitaliga mablag' ajratish, bu birinchi navbatda davlatning vazifasi, nega deganda etarli darajada malakali kadrlarga ega bo'lmasdan turib raqobatbardosh iqtisodiyotni, uning samaradorligini oshirishdek o'lkan maqsadlarga erishib bo'lmaydi. Mening taklifim shundan iboratki, maktabni yaxshi baholar bilan tugatgan, keyinchalik oliy o'quv yurtini yaxshi baholar olish bilan boshlagan talabalarga kontrakt pulini to'lash uchun olingan kredit foizlari pasaytirilishi lozim. Respublikamizda uy-joy qurilishida ham katta muammolar mavjud va bunday holat tijorat banklarining faoliyatida o'z aksini topishi tabiiy hol, albatta.

Gap shundaki, oilalarning aksariyati kam daromadli bo'lib, ular ipoteka kreditining birinchi to'lovini amalga oshirishga kuchi etmaydi. Misol uchun, shaharlarda qurilayotgan ko'p qavatli uylarning bir metr kvadratining narxi 4 million so'mdan kam emas, demak 2 xonali kvartira 220-240 ming so'm atrofidagi bahoga ega. Shaharda birinchi to'lov 20 foiz etib belgilangan, bu esa 44-48 million so'm degani. Bundan shart o'zgartirilmasa, qurilayotgan uylarning sotilishi sustlashib boradi, bu esa qurilish tashkilotlarini qiyin ahvolga solish bilan bir qatorda, bandlik masalasini hal etilishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Shuni inobatga olib davlat tajriba tarzida yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ham ipoteka kreditlarini ajratish bo'yicha qaror qildi, lekin bu qaror faqat alohida viloyatlar va Toshkent shahriga tegishli. Mening fikrimcha, bunday sharoit respublikaning barcha viloyatlarida teng yaratilishi maqsadga muvofiq. Uy-joylarning tannarxini pasaytirish buyicha amalga oshirilayotgan ishlarni kungildagidek deb bo'lmaydi.

Qurilish tashkilotlari texnik jihatdan yaxshi ta'minlanmagan, innovatsion g'oyalarni taklif etadigan yosh mutaxassislar etishmaydi, uy-joy qurilishida qo'l mehnatining, an'anaviy materiallarning ulushi kattaligicha qolmoqda. Ipoteka krediti foizini kamaytirish uchun xorijiy banklarining kreditidan foydalanish yo'llarini izlab topish lozim. Muammo shundaki, inflyatsiya darajasi yuqori bulgan joyda bunday yondashuv ham yaxshi natijar bermasligi mumkin. O'zbekistonning demografik sharoitida aholi daromadlarini keng ko'lamda oshirishning imkoniyati juda cheklangan, ammo inflyatsiyani jilovlashga e'tibor kuchaytirilsa, bank sohasidagi barcha muammolar yengillik bilan yechilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. "Bank resurslari va ularni boshqarish". Monografiya.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2009

2. Lavrushin O.I. Bankovskoe delo. Uchebnik.-M.: KNORUS, 2009.

3. Muxammedov M.M. Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va qisqartirish yullari. T. "IQTISODIYOT", 2016.

4. Vafoev I.B. Iqtisodimiz chuqur tahlil va marketingga muhtoj. "O'zbekiston ovozi" gazetasi.18-son. T., 2019.

Umarov Z. Yangi bank xizmatlari, ularni rivojlantirish. «Bozor, pul va kredit» jurnali, 1-son, 2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.