Научная статья на тему 'Bank xizmatlar sohasini rivojlantirish usullari'

Bank xizmatlar sohasini rivojlantirish usullari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
325
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
narx konyunkturasi / chakana / ko’chmas mulk / xususiy tadbirkor / kredit

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Orzigul Otanazar Qizi Seydimova, Aziza Xurmatbek Qizi Narimbayeva, Jaloliddin Talantbek O’G’Li Otajonov

Xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda xizmatlar o’sishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi to’plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini o’z ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki ko’rsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar yakuniy iste’molchilarga ham ko’rsatilishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bank xizmatlar sohasini rivojlantirish usullari»

Bank xizmatlar sohasini rivojlantirish usullari

Orzigul Otanazar qizi Seydimova Aziza Xurmatbek qizi Narimbayeva Jaloliddin Talantbek o'g'li Otajonov Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda xizmatlar o'sishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi to'plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini o'z ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki ko'rsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar - yakuniy iste'molchilarga ham ko'rsatilishi mumkin.

Kalit so'zlar: narx konyunkturasi, chakana, ko'chmas mulk, xususiy tadbirkor, kredit

Ways to develop banking services

Orzigul Otanazar kizi Seydimova Aziza Khurmatbek kizi Narimbayeva Jalaluddin Talantbek oglu Otajonov Urganch State University

Abstract: The development of the service sector is of great importance in today's economy. The main factors of the growth of services in the economy are such factors as scientific knowledge, intangible collections, information technologies and the integration of business activities. This sector of the economy includes various types of activities and helps to increase production efficiency. The end result of this activity is not the finished product, but the services provided. Services can be provided not only to enterprises, but also to individuals - final consumers.

Keywords: price situation, retail, real estate, private entrepreneur, credit

Xorijiy va mahalliy ekspertlaming qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank operatsiyalari

mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo'nalishiga aylandi.

Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning "oltin" printsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan "Iste'mol krediti to'g'risida"gi va "Ipoteka to'g'risida"gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi. O'zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi.

Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomoni-dan darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi "Iste'mol krediti to'g'risida"gi va "Ipoteka to'g'risida"gi Qonunlari orqali mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasining "Iste'mol krediti to'g'risida"gi Qonuni iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kreditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. 2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Respublikasi "Ipoteka to'g'risida"gi qonuni kuchga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulkka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi "Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi. Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiyalari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllantirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratildi. "2005-2007 yillarga mo'ljallangan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturi"da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyutaning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor

qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati tomonidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlarini ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi.

Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig 'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, tijorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish bazasidan chiqarildi. Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisob raqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijobiy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni respublikamizdagi yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati banklarning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontseptsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini takomillashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi-rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank

mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi. Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimining VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazovor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsiyasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi. Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyatning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebranishining oldini olish barobarida eksportni rag'batlantirish hamda valyuta resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nisbatan dunyo bozorlarida qulay narx konyunkturasi, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.

Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aksiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga kuchaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat banklarining investitsion jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.

O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Davlat tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o'z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o'zaro sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklari faoliyatida asosiy prinsiplarga aylana bordi. Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko'zda tutib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni, 1998. 24 dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi qonuni, 1998. 30 aprel.

3. O'zbekiston Respublikasining "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi qonuni. 1998. 30 aprel.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 aprel "To'g'ridan- to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotni real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2008 yil, 28 noyabr, PF-4058-son.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotni real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni 2008 yil, 18 noyabr, PF-4053-son.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 aprel PQ-56-sonli "Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.