Научная статья на тему 'BANK XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISHDA INNOVATSION MARKETING STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH'

BANK XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISHDA INNOVATSION MARKETING STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
195
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Agro Inform
Область наук
Ключевые слова
Marketing bank / mijoz / masofaviy bank xizmatlari / bank marketingi / balans / innovatsion texnologiyalar / texnologiya / toʼlov tizimi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shermuxamedov B

Maqolada respublikamizdagi tijorat banklarining marketing strategiyasini ishlab chiqish, zamonaviy bank xizmatlari koʼrsatishni joriy etish va ularning samaradorligini baholashning nazariy iqtisodiy asoslarini oʼrganish asosida bank marketingini amalga oshirish hamda yangi interaktiv bank xizmatlarini mijozlarga joriy etish, axborotlarni taqdim etish va ularni rivojlantirish masalalari tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BANK XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISHDA INNOVATSION MARKETING STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH»

Received: 8 September 2022 Accepted: 20 September 2022 Published: 30 September 2022

Iqtisodiyot

BANK XIZMATLARINIAMALGA OSHIRISHDA INNOVATSION MARKETING STRATEGIYASINIISHLAB CHIQISH

Shermuxamedov B.

Toshkent moliya instituti PhD, dotsent,

Annotatsiya: Maqolada respublikamizdagi tijorat banklarining marketing strategiyasini ishlab chiqish, zamonaviy bank xizmatlari ko'rsatishni joriy etish va ularning samaradorligini baholashning nazariy - iqtisodiy asoslarini o'rganish asosida bank marketingini amalga oshirish hamda yangi interaktiv bank xizmatlarini mijozlarga joriy etish, axborotlarni taqdim etish va ularni rivojlantirish masalalari tadqiq qilingan.

Tayanch so'zlar: Marketing bank, mijoz, masofaviy bank xizmatlari, bank marketingi, balans, innovatsion texnologiyalar, texnologiya, to'lov tizimi.

Kirish. Har bir davlat o'z hududidagi banklar barqarorligiga aiohida e'tibor qaratadi. O'zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy rivoj-lanish bosqichida bank kapitalini boshqarishning samaradorligi masalasi o'zgacha ma'no kasb etadi. Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, risklarni kamaytirib depozit qo'yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad olishga bog'liq. Tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo'naltirilgan bo'lganligi sababli, bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda Banklarning marketing faoliyati asosan bozordagi ulushini kengaytirishga, yanada universallashishga, yangi bank xizmatlarini joriy qilishga, filiallar tarmog'ini kengaytirishga, xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga yo'naltiriladi. Marketing xizmati banklarning barcha tarkibiy bo'linmalari ishlari asosiga quriladi. Marketingni tijorat banklari boshqaruviga kiritish faoliyat strategiyasi va taktikasining mezonlari tizimi yuzaga kelishining boshlanishiga hamda bozorni o'rganish va rivojlantirish choralarini aniqlashga olib keladi. Marketingni joriy qilish daromad o'sishi va bank faoliyati xatari kamayishiga imkoniyat yaratadi. Marketingning zarurligi bozorda rivojlanayotgan bank faoliyati jarayonlari adekvatligini qo'llab-quvvatlash mexanizmi bilan aniqlanadi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga muvofiq 2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020-2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish

yo'nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga oigan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo'llarini belgilaydi.Strategiyaningmaqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks o'zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat[l].

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Bank har qanday boshqa muassasa kabi o'z kelajagi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi kerak. Shu tufayli marketing tadqiqotlari bankning tadbirkorlik faoliyati strategiyasi va dasturi haqida qaror qabul qilish uchun asoslangan bazani tashkil etadi. Bank xizmatlari bozorini dasturlashtirish, o'zining bozordagi harakatlari strategiyasini aniqlash va rejalashtirish, bank mahsulotlarining asosiy turlariga bozor talabini aniqlash bank ichki boshqaruvi marketing kontsepsiyasining asosiy tamoyillarini tashkil etadi. Bankbozorining o'zgaruvchan shart-sharoitlarini hisobga oigan holda bankning kelajakdagi faoliyati yo'nalishlarini aniqlashga imkon beradigan strategik rejalar ishlab chiqish zarur. Raqobatchilarning ehtimol tutilgan xatti-harakatlarini hisobga oigan holda narx-navo, sotuv va tovar siyosati sohasida yalpi tadbirlar ishlab chiqish bank faoliyatini boshqarishda marketing jihatidan yondashuvning ancha afzalligini aks ettiradi. Marketing faoliyati dasturlari uzoq muddatli strategiya siyosatini yuritish, katta iqtisod yo'qotishlarga chap berish hamda barqaror rivojlanish va muvaffaqiyatlarga erishishga imkon beradi [2].

Marketing tadqiqoti - kompaniya yuz tutishi mumkin bo'lgan aiohida marketing vaziyatiga aloqador ma'lumotni tizimli tarzda loyihalash, to'plash, tahlil qilish va u bo'yicha

Agro Inform N3 [S] 2022

bayonot berishdir. Kompaniyalar marketing tadqiqotidan ko~plab vaziyatlarda foydalanishadi. Masalan, marketing tadqiqoti marketologlarga mijozlar motivatsiyasi, mijozlarningxarid xulqi va ularni qoniqishini tushunishdayordam beradi [3].

Bank marketingining mohiyatini ochib berishda xorijlik iqtisodchi olim Jan-Jak Lomben, "bank marketingi" - degan so'zning tarjimasi bozor bilan bog'liq, degan ma'noni bildiradi. Lekin bu mohiyat e'tibori bilan olganda ancha keng tushunchadir deb ta'riflab o'tadi [4].

O'zbekistonlik iqtisodchilardan

D.N.Allayorova bank marketingiga iste'mol-chilarning nafaqat shu bugungi, shu lahzadagi manfaatlarini, balki, eng muhimi, kelajakdagi manfaatlarini ham qondirishga qaratilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan mahkam bog'langan faoliyat turidir deb ta'rif beradi [5].

Yana bir iqtisodchi olim Z.B. Mustafaevning fikricha, bank marketingi tayyor andoza yoki qoliplarni berolmaydi. Shuning uchun bank xizmatlarining aniq tayin turlari bo'yicha har bir tijorat bankida marketing dasturlarini ijodiy

AT Xalq bankining daromadlar va xarajatlar balansi [7 ].

AT"Xalqbanki"ning2019-2021yillardaromad va xarajatlar balansi keltirilgan. 2021- y ilda xizmat ko'rsatishdan sof foyda 97360,0 mln. so'mni 2020 yilda 51214,0 mln. so'mni tashkil etgan. O'tgan yilga nisbatan joriy yilda 46146,0 mln. so'm foyda ko'rilgan. Ko'rsatilgan xizmatlarning tannarxi

2020 yilda 321370 mln. so'mni tashkil etgan bo'lsa,

2021 yilda 406740,0 mln. so'mni tashkil etgan ya'ni 85370,0 mln. so'mga ortgan. Shu bilan birga davr, sotish xarajatlari, mehnatga haq to'lash bo'yicha qarzlar xarajatlari, asosiy vositalar amortizatsiya

ravishda ishlab chiqishni talab etadi [6 ].

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma'lumotlarni jadvallar asosida qiyosiy tahlil qilish, ma'lumotlarni guruhlash, abstrakt-mantiqiy fikrlash, tizimli tahlil asosida statistik guruhlash, induksiya va deduksiya hamda ekspert baholash usullaridan ham unumli foydalanildi.

Tahlil va natijalar.

Iqtisodiy tahlilning asosiy mazmuni iqtisodiy qonunlardan foydalangan holda xo'jaliklarda, uning tarmoqlari va tarkibiy bo'limlarida samaradorlikni oshirish maqsadida imkoniyatlarni axtarib topish va ulardan samarali foydalanish yo'llarini aniqlashdir. Bank faoliyatini tahlil qilishda eng ko'p qo'llaniladigan usullardan biri - taqqoslash usulidan foydalanildi. Bu usulda ko'rsatilgan xizmatlar tovarlar, sof foyda, soliq to'langungacha bo'lgan foyda, asosiy fondlar qiymati, kapital qo'yilmalar, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyatning daromadlari va xarajatlari, daromad solig'ini to'lagunga qadar foyda, yalpi foyda, foydadan soliq va ajratmalar, kabi bir necha iqtisodiy ko'rsatkichlarda ifodalandi.

summasi, boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoaliyat bo'yicha boshqa xarajatlar ortganligi jadvalda o'z aksini topgan. Biz yuqoridagi natijalardan ko'rib turibmizki, bank faoliyati ijobiy holatda. Yildan yilga xizmat ko'rsarishdan sof foyda, xizmat ko'rsatishdan yalpi moliyaviy natija oshib bormoqda.Faqat 2020-yilda ko'rsatilgan xizmatlar va bankning marjasi kamaygan.Buning asosiy sababi pandimiya bo'lgani uchun shunday past natija bo'lgan.

Mijozlarga yagona yondashuvning shakl-lanishini quyidagi 1-rasmda keltiramiz.

1-jadval

Ko'rsatkichlar nomi So'm. 2019 2020 2021

Xizmat ko'rsarishdan sof foyda mln. 60119 51214 97360

Ko'rsatilgan xizmatlar tannarxi mln. 349878 321370 406740

Davr xarajatlari, mln. 240303 251480 265330

Xizmat xarajatlari mln. 4903 4210 5310

Mehnatga haq to'lash xarajatlari mln. 170430 180230 193550

Asosiy fondlar amortizatsiyasi mln. 19130 15880 20150

Soliqlar va ajratmalar mln. 144330 135850 155810

Boshqa xarajatlar mln. 347 351 340

Moliyaviy faoliyat xarajatlari mln. 201 209 214

Umumiy moliyaviy natija mln. 147 153 160

Foydadan soliq va ajratmalar mln. 11369 10060 15895

1-rasm.Mijozlarga sinetik yondashishning shaklllari [8].

Yuqoridagi rasmning tahlili shundan dalolat beradiki,tijoratbankimijozlarito'g'risidagibatafsil ma'lumotlarni yig'ishi lozim. Ushbu yo'nalishda har bir mijozning ishlab chiqarish (savdo, ta'minot, qurilish va boshqalar) jarayoni, mijozning boshqa mijozlar bilan muloqotlari va mijoz to'g'risidagi ma'lumotlarning tashqi manbalarini (fond birjasi, investitsiya kompaniyalari, sug'urta, lizing, faktoring kompaniyalari ma'lumotlari] yig'ishi, qayta ishlashi hamda ma'lumotlar bazasiga kiritilishlari lozim. Ma'lumotlar bazasi yangi ma'lumotlar asosida doimiy ravishda yangilanib borishi lozim.

Xulosa va takliflar.

Bank faoliyatidagi o'zgarishlarni taxmin qilishga erishiladi. Hozir, korxona va tashkilotlarga o'z hisob raqamini har qanday bankda o'sishiga ruxsat berilgan, bank ishida raqobat asosi kengaymoqda. Marketing yangi mijozlarni jalb qilishga, mijozlarni o'z mablag'larini ushbu bankka qo'yishga qiziqtiruvchi bank xizmatlari sohasini kengaytirishga yo'naltirilgan. Zamonaviy bank xizmatlarini amalga oshirishda marketingdan samarali foydalanish bo'yicha quyidagi takliflarni beramiz.

-Bozor iqtisodiyoti sharoiti o'zgaruvchan, shunung uchun xizmat ko'rsatish tashkilotlarida

marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda malakali marketologlar yordamida marketing tadqiqotlarini samarali tashkil qilish va o'tkazish, so'ngra iste'molchi talabiga ko'ra ish ko'rish muhim. Chunki talab qanchalik to'g'ri aniqlansa, natija ham shunga yarasha bo'ladi.

-Xizmat ko'rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda yangi innovatsion texnologiyalarni ish jarayoniga tatbiq qilish va unumli foydalanish kerak.

-Marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda bank o'z mahsulot va xizmatlarini raqobatbardoshligini ta'minlashi, sifatini yaxshilashi kerak.

-Xizmat ko'rsatish tashkilotlarida marketingni samarali boshqarishda mahsulot reklamasining ahamiyati katta o'rin tutadi. Buning uchun reklama faoliyatini amalga oshirishda innovatsiyalardan, oxirgi fan-texnikayutuqlaridan to'laqonli foydalanish zarur.

Maqolamiz nihoyasida shuni yana bir bor ishonch bilan ta'kidlamoqchimizki, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda korxonalarni samarali boshqarsak nafaqat bank darajasidagi muvaffaqiyatni, balki butun jamiyatning rivojini ta'minlab beradi.

Agro Inform N3 [S] 2022

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992 son farmoni https://lex. uz/docs/-4811025

2. A.A.Azlarova, M.M. Abduraxmanova " Bank marketingi va menejmenti" o'quv qo'llanma TDIU

2019

3. Xomitov K.Z., Raximov A A. Bank marketing va menejmenti. Toshkent. —Ilm-ziyo||-2015 y il.

4. Жан-Жак Ломбен. Стратегический маркетинг. С-Петербург 1996, 13 бет.

5. Аллаёрова Д.Н. Организация маркетинга в коммерческих банках. - Т.: ИПТД «Чулпан»,

2005

6. Мустафаев Б.З. Банк маркетинги молия бозори шаклланиши ва ривожланиш асослари.

7. «Маркетинг» мутахассислиги буйича и.ф.н илмий даражасини олиш учун диссертация. -Т.: ТДИУ, 1998.

8. AT Xalq banki malimotlariga asoslanib tayyorlandi https://xb.uz/uz/page/physical.

9. A. Meidan, 'The Roles of Marketing Management in Banking' 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.