Научная статья на тему 'AHMAD YUGNAKIYNING QARASHLARIDA BILIM VA BILIMNING FOYDASI XUSUSIDA'

AHMAD YUGNAKIYNING QARASHLARIDA BILIM VA BILIMNING FOYDASI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
365
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ahmad yugnakiy / Hibat ul Haqoyiq / bilim / bilimsizlik / oqil / dono / Qur’on ilmi / hadislar. / Ahmed Yugneki / Hibat ul Haqaiq / knowledge / ignorance / intelligence / wisdom / knowledge of Qur’an / hadises.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ergashev, Sobirjon Erkin O’G’Li

Ushbu maqola Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul Haqoyiq” asaridagi bilim kategoriyasi, hamda uning fikrlarida bilimning foydali jihatlarining o’rni haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AHMAD YUGNAKI'S VIEWS ON KNOWLEDGE AND USEFULNESS OF KNOWLEDGE

This article is about the category of knowledge in Ahmed Yugneki's work “Hibat ul Haqaiq” and the role of useful aspects of knowledge in his thoughts.

Текст научной работы на тему «AHMAD YUGNAKIYNING QARASHLARIDA BILIM VA BILIMNING FOYDASI XUSUSIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

AHMAD YUGNAKIYNING QARASHLARIDA BILIM VA BILIMNING

FOYDASI XUSUSIDA

Ergashev Sobirjon Erkin o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi 1-kurs magistranti +998999369919 sobirj onergashev@gmail .com Ilmiy rahbar: f.f.n., Ahmedova S. J.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul Haqoyiq" asaridagi bilim kategoriyasi, hamda uningfikrlarida bilimning foydali jihatlarining o 'rni haqida.

Tayanch so'z va iboralar: Ahmad yugnakiy, Hibat ul Haqoyiq, bilim, bilimsizlik, oqil, dono, Qur'on ilmi, hadislar.

АННОТАЦИЯ

Эта статья посвящена категории знания в произведении Ахмада Юннаки «Хибат уль Хакайк» и роли полезных аспектов знания в его размышлениях.

Опорные слова и выражения:. Ахмад Югнаки, Хибат уль Хакайк, знание, невежество, интеллект, мудрость, Кораническая наука, хадисы.

ABSTRACT

This article is about the category of knowledge in Ahmed Yugneki's work "Hibat ul Haqaiq" and the role of useful aspects of knowledge in his thoughts.

Keywords and expressions: Ahmed Yugneki, Hibat ul Haqaiq, knowledge, ignorance, intelligence, wisdom, knowledge of Qur'an, hadises.

KIRISH

Ilk uyg'onish davri sharq madaniyatining mo'tabar manbalaridan bo'lgan "Hibbat ul haqoyiq"da Adib Ahmad Yugnakiy o'zining axloqiy-tarbiyaviy va ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan o'rta asr turkiy madaniyat tarixida o'chmas iz qoldirdi. "Hibat ul-haqoyiq asari yaratilgan davrdan boshlab turkiyzabon xalqlar orasida katta shuhrat qozondi. E'tiborlisi shundaki, mavjud manbalar asarning turli ijtimoiy tabaqa vakillari, turli toifadagi kishilar tomonidan o'qilgan, ko'chirilgan va ko'chirtirilgan. Ayniqsa asarning XV asrda Movarounnahr (Samarqand) va Xuroson madaniy muhitida muayyan ta'sir doirasiga ega bo'lgan. Temuriylar davrida asarning uyg'ur va arab yozuvlarida bir necha marta ko'chirtirilganligi buning yordin dalilidir. Asar 14 bobdan iborat bo'lib, har bir bobi alohida nomlanib, alohida mazmunga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(6), June, 2023

egadir. Ushbu maqolada asarning 6- bobi "Bilimning foydasi va bilimsizlikning zarari" ijtimoiy-axloqiy va falsafiy jihatdan talqin qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asrlar davomida o'rganilib kelinayotgan noyob asar "Hibbat ul haqoyiq" pand nasihat ruhida yozilganligi bilan bir qatorda chuqur falsafiy qarashlarga ham ega. Ahmad Yugnakiy o'z asarining 6- bobida "Bilimning foydasi va bilimsizlikning zarari" haqida so'z yuritar ekan, o'zining falsasiy kategoriyasi bo'lgan gnesologiyaga oid qarashlarini bayon etib ketadi. Bu asar yozilishing asosiy sababi shuki o'rta asrlarda savodli bo'lish juda ham obro'li hisoblangan, agar kimsa o'qish yozishdan habardor ilmli inson bo'lsa jamiyatda katta hurmat hamda obro'ga ega bo'lgan. Hususan bilim saodatga eltuvchi yo'l hisoblangan. Bu bobdan quyidagi misralarni falsafiy tahlil qilib ko'rsak;

Demak, misralardan ko'rinib turibtiki, Ahmad Yugnakiy bilimni saodatga eltuvchi yo'l deb biladi, buning uchun esa inson o'qib o'ganmog'i lozim. Ahmad Yugnakiy bu yerda bilim deganda ilohiy bilimni nazarda tutmoqda, ya'ni Alloh yo'lida o'rganiladigan bilim, baxt-saodatga elta oladi. Inson faqatgina dunyosi uchungina emas, balki narigi boqiy dunyosi yaxshi bo'lishi uchun ham ilmli bo'lmog'i lozim. "Saodat yo'lini izlab top" deyilganda adib ko'zda tutgan jihat shuki, bu - saodat atrofdagi moddiy dunyoda emas balki foniy dunyo deb atalmish abadiy dunyoda mavjud, unga yetishish uchun esa inson dastlab dunyoviy bilimlarni egallashi so'ngra esa ilohiy bilimlarni ya'ni Qur'on ilmi, Hadislar va ulamolardan qolgan hikmatlarni o'rganmog'i, ularni o'z hayotiga tadbiq qilmog'i lozimdir. Bundan tashqari adib bilimli kishi bilan do'st bo'lish kerakligini ta'kidlamoqda. Bundan ko'zlangan maqsad shuki, bilimli inson doimo ijobiy-pozitiv fikrda bo'ladi va bundan uning yon atrofidagilar ham manfaatdor bo'lishlari mumkin. Bu tarifni zamonaviy XXI asr ma'nosida tahlil qilib ko'riladigan bo'lsa chuqurroq tushuntirish mumkin. Agar insonning yon atrofidagi odamlar barchasi ilmli- ziyoli bo'lsa, ularning bilim va tajribalaridan foydalanib o'rganish imkoniyatlari yuqori bo'ladi.

Ilm-ma'rifatga chorlash barcha davrlar adabiyotining eng dolzarb mavzusi bo'lgan. Sevikli payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir", deganlar. Demakki, ilm

1 ' ' Hibat ul Haqoyiq' ' Ahmad Yugnakiy.

So'zimga asos qilib bilimdan so'z ochaman, Bilimliga, ey do'st, o'zingni bog'lagin. Saodatning yo'li bilim tufayli topiladi, Bilim o'rgan, saodat yo'lini izlab top.1

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

olish inson hayotidagi zaruriyatlardan biri. Ilm inson hayotini oftob misol yoritadi, ko'nglini ravshan qiladi, aqlini yanada o'tkir qiladi. U bizni kamolot sari yetaklaydi. Jaholat yaralagan, so'qir ko'ngil ko'zimizga malham bo'lguvchi ham ilmdir. Ahmad Yugnakiy o'z asarida ilm saodatga yetaklashini, baxtning kaliti ilmda ekanligini ta'kidlaydi. Barcha zamonlarda ham ilm sohiblari va ularga qarama-qarshi tarafda johillar ham bo'lishgan.Muallif bilimli va bilimsiz insonlarni taqqoslar ekan, bilimli tillo dinorga (pul) ga qiyoslansa bilimsiz, johil odam xalq orasida doim xor-u zor bo'lishi aytiladi. Suyakning ko'rki ilik bo'lganidek, insonning ko'rki uning aqli, ilmi ekanligi ta'kidlanadi. Ilmli fozillar bu dunyodan ko'z yumishsa-da ularning nomi barhayot bo'lishi, johillar tirik bo'lsa-da ularning el orasida hurmati va o'rni bo'lmasligi tasvirlanadi2.

Bir bilimli bilimsizning mingiga teng, Ming bilimsiz bilimliga bo'lolmas yeng3.

deya ajoyib ta'rif beradi Ahmad Yugnakiy. Oqil va nodon insonni qiyoslar ekan, oqil inson doim o'ylab, fikrlab o'rnida gapirishini nodon bo'lsa gapning mavridini bilmay noo'rin so'zlashi va natijada doim pand yeyishini aytadi. Nodonning bunday har qadamda qoqilishiga sabab uning bilimsizligidandir, deyiladi asarda.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Ahmad Yugnakiy ilk o'rta asrlar falsafasida odamlarni ezgulikka yetaklashga , bilimli bo'lishga, oq-u qorani ajratishga chaqiradi. U o'zining "Hibat ul haqoyiq" asari orqali kishilarga bitmas tuganmas nasihatlar qoldirib ketgan. Uning bu asari nafaqat ilk o'rta asrlarda balki hoxirgi kunda ham juda ham dolzardb va o'rganib tadqiq qilish talab etiladigan noyob asarlardan biri bo'lib qolmoqda. Bu asardaki hikmatli so'zlar hozirgi kunda ham o'z kuchini yo'qotmagan desak adashmagan bo'lamiz.

REFERENCES

1. "Hibat ul Haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy.

2. Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul Haqoyiq" asari.

3. Q. Sodiqov. Ahmad Yugnakiy "Hibat ul Haqoyiq".

2 Jovliyeva, Y. A. Q., & Rasulova, R. B. (2022). AHMAD YUGNAKIYNING "HIBAT-UL HAQOYIQ" ASARIDAGI

ODOB-AXLOQQA OID QARASHLARI Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(1), 9-12. Jovliyeva, Y. A. Q., & Rasulova, R. B. (2022). AHMAD YUGNAKIYNING "HIBAT-UL HAQOYIQ" ASARIDAGI ODOB - AXLOQQA OID QARASHLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(1), 9-12.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(6), June, 2023

4. Jovliyeva, Y. A. Q., & Rasulova, R. B. (2022). AHMAD YUGNAKIYNING "HIBAT-UL HAQOYIQ" ASARIDAGI ODOB-AXLOQQA OID QARASHLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(1), 9-12.

5. Turdiboyev, B. X. (2019). CIVILIZATIONS AS FORMS OF MANIFESTATION OF HISTORICAL PROCESSES. Theoretical & Applied Science, (11), 29-32.

6. TypgnöoeB, E. X. (2022). TAPHXHH ^APAÊHnAPHH H^THMOHH-OA.HCAOHH EHnHmHHHT HHMHH TA^nHHH Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 742-749.

7. TypgnöoeB, E. (2022). TAPHXHH ^APAEH^APHH EHHHmHHHr H^THMOHH BO^E^HKHH TYmYHHm BA A^HÊKAPAm^APrA EOF^H^^HrH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1037-1043.

8. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.