Научная статья на тему 'AHMAD YUGNAKIYNING “HIBAT-UL HAQOYIQ” ASARIDAGI ODOB-AXLOQQA OID QARASHLARI'

AHMAD YUGNAKIYNING “HIBAT-UL HAQOYIQ” ASARIDAGI ODOB-AXLOQQA OID QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9906
626
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / “Hibat-ul haqoyiq'' / axloq / oʻgit / ilm / jaholat. / didactics / Hibbat-ul Haqiq / morality / fertilizer / knowledge / ignorance.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yulduz Abdivasi Qizi Jovliyeva, Rayxon Baxritdinova Rasulova

Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asaridagi axloqiy va shaxs tarbiyasiga oid qarashlari ifodalangan. Adibning ilm olish, saxovat va til odobiga doir hikmatli toʻrtliklari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AHMAD YUGNAKI’S VIEWS ON MORALITY IN HIBBAT-UL HAQIQ

This article presents Ahmad Yugnaki’s views on morality and personal development in his book Hibbat-ul Haqiq. The author’s quatrains on generosity, knowledge and language etiquette are analyzed.

Текст научной работы на тему «AHMAD YUGNAKIYNING “HIBAT-UL HAQOYIQ” ASARIDAGI ODOB-AXLOQQA OID QARASHLARI»

AHMAD YUGNAKIYNING "HIBAT-UL HAQOYIQ" ASARIDAGI ODOB-

AXLOQQA OID QARASHLARI

Yulduz Abdivasi qizi Jovliyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Rayxon Baxritdinova Rasulova

Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning "Hibat-ul haqoyiq" asaridagi axloqiy va shaxs tarbiyasiga oid qarashlari ifodalangan. Adibning ilm olish, saxovat va til odobiga doir hikmatli to'rtliklari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: didaktika, "Hibat-ul haqoyiq'', axloq, o'git, ilm, jaholat.

AHMAD YUGNAKI'S VIEWS ON MORALITY IN HIBBAT-UL HAQIQ

This article presents Ahmad Yugnaki's views on morality and personal development in his book Hibbat-ul Haqiq. The author □ s quatrains on generosity, knowledge and language etiquette are analyzed.

Keywords: didactics, Hibbat-ul Haqiq, morality, fertilizer, knowledge, ignorance.

Kitobxonga badiiy-estetik zavq berish badiiy adabiyotning birdan-bir vazifasi bo'la olmaydi. Asarning mazmun- mohiyati, ayniqsa, undagi tarbiyaviy axloqiy qarashlar uni badiiy asar sifatida shakllantiradi. Qadimgi Sharq adabiyotiga, uning tarixiy taraqqiyotiga nazar solsak unda didaktik mavzu ustun ekanligini yaqqol kuzatamiz. Ulug' mutafakkir, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino Sharq ko'proq nasihat bilan G'arb esa hayotni real ko'rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini qayd etgan. Turkiy xalqlar adabiyotida didaktikaning ilk namunalari Mahmud Koshg'ariyning "Devoni lug'otit turk" asarida uchrasa, o'zbek mumtoz adabiyotidagi dastlabki yirik namuna sifatida Yusuf xos Hojibning "Qutadg'u bilik", Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat", Ahmad Yugnakiyning "Hibat- ul haqoyiq" asarlarini keltirish mumkin. Yuqorida nomi keltirilgan asarlarda odob-axloq, ma'rifat, adolat haqidagi qarashlar pand-nasihatlar she'riy shaklda bayon etilgan.

ASOSIY QISM

Xususan, Ahmad Yugnakiyning "Hibat- ul haqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") dostoni boshidan oxirigacha pandnoma yo'lida bitilgan badiiy jihatdan yetuk asar.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Ushbu asar Ahmad Yugnakiyning bizgacha yetib kelgan yagona asaridir. Asar o'zidan oldin yaratilgan pand-nasihat ruknidagi asarlarga hamohang tarzda yaratilib, o'zbek mumtoz adabiyoti durdonalaridan biriga aylandi. Asarni qadimgi turkchadan Bahrom G'oyib tarjima qilgan. Shu sababli mutolaa davomida kitobxon notanish so'zlarga duch kelmaydi va baytlar ma'nosi oson anglashiladi.

Ahmad Yugnakiy o'zini shoir emas, adab muallimi deb ataydi. Asar xotimasida adibning o'zi asarni yozishdan maqsadini quyidagicha bayon etadi:

Yuqoridagi misralardan ma'lum bo'ladiki, adibning bu kitobni yozishdan maqsadi insonlarni odob-axloqqa chaqirish,ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashdan iborat. Asarni mutolaa qilar ekanmiz, adib o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishganiga, ya'ni har taraflama yetuk asar yaratilganligiga amin bo'lamiz.

Asar boshlanmasi an'anaviy tarzda, ya'ni Allohga hamd, payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning madhi bilan boshlangan. So'ngra: Choriyorlarga ham salom yo'llayman, Tirikman, ularning yo'lin qo'llayman[2].

- deya choriyorlar ya'ni xalifalarga ham madh aytiladi. An'anaviy boshlanmadan so'ng ulug' amir Dod Sipohsolarbekning ta'rif-tavsifini keltiradi. Hukmdordagi behisob fazilatlarni sanar ekan, undagi sahovatpeshalik va adolatparvarlik sifatlarini ulug'laydi. Asarda Dod Sipohsolarbek nafaqat odil podshoh, balki komil inson sifatida ham gavdalanadi.

Ilm-ma'rifatga chorlash barcha davrlar adabiyotining eng dolzarb mavzusi bo'lgan. Sevikli payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir", deganlar. Demakki, ilm olish inson hayotidagi zaruriyatlardan biri. Ilm inson hayotini oftob misol yoritadi, ko'nglini ravshan qiladi, aqlini yanada o'tkir qiladi. U bizni kamolot sari yetaklaydi. Jaholat yaralagan, so'qir ko'ngil ko'zimizga malham bo'lguvchi ham ilmdir. Ahmad Yugnakiy o'z asarida ilm saodatga yetaklashini, baxtning kaliti ilmda ekanligini ta'kidlaydi. Barcha zamonlarda ham ilm sohiblari va ularga qarama-qarshi tarafda johillar ham bo'lishgan.Muallif bilimli va bilimsiz insonlarni taqqoslar ekan, bilimli tillo dinorga (pul) ga qiyoslansa bilimsiz, johil odam xalq orasida doim xor-u zor bo'lishi aytiladi. Suyakning ko'rki ilik bo'lganidek, insonning ko'rki uning aqli, ilmi ekanligi ta'kidlanadi. Ilmli fozillar bu dunyodan ko'z yumishsa-da ularning nomi barhayot bo'lishi, johillar tirik bo'lsa-da ularning el orasida hurmati va o'rni bo'lmasligi tasvirlanadi.

Xaloyiqqa ibrat, ta'lim berguvchi, Kitob bitdim, odobga chaqiruvchi.

Tenglasa arzirli so'zga tenglasin, O'z qadrini misli durday terguvchi[1].

Bir bilimli bilimsizning mingiga teng, Ming bilimsiz bilimliga bo'lolmas yeng[3].

deya ajoyib ta'rif beradi Ahmad Yugnakiy. Oqil va nodon insonni qiyoslar ekan, oqil inson doim o'ylab, fikrlab o'rnida gapirishini nodon bo'lsa gapning mavridini bilmay noo'rin so'zlashi va natijada doim pand yeyishini aytadi. Nodonning bunday har qadamda qoqilishiga sabab uning bilimsizligidandir, deyiladi asarda.

Asarning ikkinchi bo'limida tilni tiyish va kishi axloq-odobi haqida so'z boradi. Adab muallimi bo'lmish Yugnakiy insonlarni rostgo'ylik, til bilan insonlar dilini jarohatlamaslikka, dilozor bo'lmaslikka chaqiradi. Shu o'rinda xalqimizda mashhur bo'lgan "Tig' yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi" maqolini keltiradi. Darhaqiqat, odob-axloqning boshi til. Shu bilan birga adib insonlarni oz va soz so'zlashga chaqiradi. Quyidagi bayt fikrmizning yorqin namunasi:

Asarda nafaqat ma'no-mohiyat kuchli, balki unda badiiy san'atlardan ham unumli foydalanilgan. To'g'ri so'zni asalga, yolg'on so'zni sarimsoqqa o'xshatish yordamida tashbeh san'atining go'zal namunasi yaratilgan. Yolg'on so'z kasallik, tashvish bo'lsa, to'g'ri so'z shifo bo'lib dardlardan forig' etishi bayon qilinadi. Bu xususida so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning ham qarashlari asar bilan hamohang.

"Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz. Ko'p bemaza so'zlaydigan ezma - kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o'xshaydi. Tili yomon odam - xalq ko'nglini jarohatlaydi, o'z boshiga ham ofat yetkazadi", - deydi Navoiy o'z asarlarida. Bundan ko'rinadiki, Ahmad Yugnakiydan boshlangan bunday falsafiy-didaktik g'oyalar Navoiy va undan keyingi davrda yashagan ijodkorlar asarlarida yanada rivojlangan va boyib borgan.

Ahmad Yugnakiyning saxovat to'g'risidagi qarashlari ham nihoyatda teran.

Haqiqatdan ham saxiy inson nafaqat tirikligida izzat-hurmatda bo'ladi, balki vafotidan keyin ham doim nomi ulug'lanadi, baxil esa o'z fe'li, nafsi tufayli pand yeydi, qancha boylik to'plamasin, obro'-e'tiborga erisha olmaydi. Navoiyning "Lison-ut tayr" asarida ham xasislikning fojiasi ko'rsatib berilgan. Unda butun umri davomida faqat boylik to'plagan, nafsiga qul bo'lgan bir ochko'z boy tasvirlanadi. U nihoyatda katta xazina to'playdi va yer ostiga yashiradi. Ammo bu xazinadan na o'zi foydalanadi, na

Barchaga teng aytdik, nasihat budir, Tilini tiygan kishi, oqil ham shudir.

Tilini tiyib, so'zni oz qilgan kishi, O'zi ham saqlanur, avj olur ishi[4].

Bilimning qadriga yetadi sahiy, Bilimga bor molin sotadi sahiy. Dunyoda yaxshilik otin qoldirib,

Yana ming yil umr etadi sahiy [5].

boshqalar. Ittifoqo kunlarning birida qo'lini yuvmoq uchun daryoga engashgan boy zarbof kiyimlariga tikilgan tillo tangalar tufayli suvga g'arq bo'ladi. Uning joniga ofat yetkazgan narsa, albatta o'zi yig'gan siym-u zar edi. Shuningdek, yashirib qo'ygan xazinasi ham talon-taroj bo'ladi. Hikoya nihoyasida muallif "Sen bunday jirkanch ishlardan qo'lingni tort! Ularga zinhor mayl ko'rsatma, chunki bu fano dengizi-dunyo doimo dahshatli to'lqin urib turadi", - deya ogohlikka chaqiradi.

Qorning to'q, usting but, bo'lsa yetadi, Ortiqcha tashvishing zoye ketadi. Nafsing suqligini ko'nglingdan chiqar, Nafsi o'pqonliging bir kuni yiqar. [6] Bu to'rtlik yuqoridagi hikoyaning ma'nosini yanada ochib beradi. Shu bilan birga "Hibat-ul haqoyiq"da dunyoning o'tkinchiligi, nafsga berilmaslik, tavozelik manfaati, kibrlilik, va xarislikning zarari xususida ham purma'no, ibratli fikrlar bildirilgan.

Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, Ahmad Yugnakiyning " Hibat-ul haqoyiq" asarida yoshlar o'rganishi, o'rnak olishi va hayotida tadbiq qilishi mumkin bo'lgan jihatlar ko'p. Bu asar tom ma'noda o'zbek didaktik adabiyotining bebaho durdonasi, bizga qoldirilgan adabiy, boy merosdir. "Hibat-ul haqoyiq" asari Yevropa tan olgan va e'tirof etadigan jahon durdonalari bilan bellasha oladigan mumtoz asardir. Bunday asarlarni mutolaa qilish, o'rganish va bo'lajak pedagog sifatida ularni kelajak avlodga yetkazib berish bizning vazifamizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ahmad Yugnakiy "Hibbat-ul haqoyiq" asari 22, 3, 6, 8,12, 10 betlar

2. "Abadiyat gulshani" "Sharq" nashriyoti, Toshkent-2013

3. Sharafjon Sariyev "Adabiyot fanidan yaxlit o'quv-didaktik majmua" "Sharq" nashriyoti Toshkent-2014

5.Rayxon Rasulova., Yulduz Jovliyeva. Ibn Sinoning "Hayy bin yaqzon"

asaridagi falsafiy qarashlar va majoziy timsollar tavsifi . A.Qodiriy nomidagi JDPI Xalqaro ilmiy-uslubiy anjuman. 2021

6. www.ziyonet.uz

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.