Научная статья на тему 'AHMAD DONISH FALSAFIY QARASHLARI'

AHMAD DONISH FALSAFIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
741
217
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Navodir ul-vaqoe” / “Siyosatnoma” / fiqh / emanatsiya ilm / g`oya / falsafiy / tarix / falakiyot / riyoziyot / adabiyot / xattotlik.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qo‘Ldoshev Olmos Boymurod Ogli, Narzullayev Saidakbar Nurali O‘G‘Li

Maqolaning dolzarbligi. Ushbu maqolada biz Ahmad Donish jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi, o‘ziga xos rivojlanishida qo‘shgan hissalari haqida fikir yuritilgan. Ahmad Donish ijodi XIX asr Buxoro tarixining ijtimoiy — siyosiy, iqtisodiy ma’naviy hayotini chuqur tahlil qilish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ahmad Donish o‘z davrining farzandi edi. Uning siyosiy va falsafiy qarashlarida, u yashagan, ijod qilgan va faoliyat, uning siyosat, davlat to‘g‘risidagi qarashlari u yashagan makon Buxoro amirligi ijtimoiy — iqtisodiy va siyosiy, ichki va tashki siyosati tadqiqot predmetiga kiradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD DONISH FALSAFIY QARASHLARI»

AHMAD DONISH FALSAFIY QARASHLARI

Qo'ldoshev Olmos Boymurod o'g'li Narzullayev Saidakbar Nurali o'g'li

TATU Samarqand filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.758970Q

Annotatsiya:_Maqolaning dolzarbligi. Ushbu maqolada biz Ahmad Donish jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi, o'ziga xos rivojlanishida qo'shgan hissalari haqida fíkir yuritilgan. Ahmad Donish ijodi XIX asr Buxoro tarixining ijtimoiy — siyosiy, iqtisodiy ma'naviy hayotini chuqur tahlil qilish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ahmad Donish o'z davrining farzandi edi. Uning siyosiy va falsafiy qarashlarida, u yashagan, ijod qilgan va faoliyat, uning siyosat, davlat to'g'risidagi qarashlari u yashagan makon Buxoro amirligi ijtimoiy — iqtisodiy va siyosiy, ichki va tashki siyosati tadqiqot predmetiga kiradi

Kalit so'zlar: "Navodir ul-vaqoe", "Siyosatnoma",fiqh, emanatsiya ilm, g,oya„falsafíy, tarix, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, xattotlik.

Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla deb nom qozongan Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanafi as-Siddiqiy al-Buxoriy Buxoro amirligida XIX asrning o'rtalarida yashab ijod etgan, ilg'or fîkrlari bilan nom qozongan shoir, mutafaxkir, ma'rifatparvardir. U 1827 yilda Buxoro shahrida tug'ilgan. Shu yerdagi maktab va madrasalarda bilim olib, o'z davrining ilg'or olimi va mutafakkiri darajasiga ko'tarildi.

Ahmad Donish madrasada oigan bilimlar bilan kifoyalanmay, riyoziyot, falakiyot, adabiyot, musiqa, me'morchilik, tarix va falsafa bilan shug'ullandi, ayniqsa, sharq shoirlari va mutafakkirlarining asarlarini ko'p o'qidi va o'rgandi. Ibn Sino, Umar Hayyom, Navoiy, Fuzuliy, Bedil asarlari bilan yaqindan tanishib, ularning fikrlaridan o'z risolalarida keng foydalanishga intildi. Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy masalalar bilan birga tabiiy fanlarni, ayniqsa, astronomiya ilmini

o'rganishga katta e'tibor berdi. O'zining ta'kidlashicha, astronomiya ilmini Mirzo Abdulfattohxon munajjimdan o'rganadi. Donish yuqori malakali xattot, me'mor ham edi. Shuning uchun XIX asrning 50-yillarida Buxoro amiri Amir Nasrulloh (1827-1860) saroyida xizmat qildi. 1870 yili saroy xizmatidan ketdi.

Ahmad Donish 1857, 1869 va 1874 yillarda uch marta Buxoro elchilari tarkibida Peterburgda bo'lib, Ovro'po madaniyati, ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishi, mutafakkir dunyoqarashida katta burilish yasadi va o'z taassurotlari ta'sirida Buxoroda mavjud tartiblarni isloh qilish loyihasini olg'a surdi. Bu esa Amir Muzaffariddin (1860-1885) noroziligiga sababchi bo'ladi va amir Ahmad Donishni Huzarga qozi etib jo'natadi. Donish amir o'limidan so'ng Buxoroga qaytadi va 1897 yili vafot etadi.

Ahmad Donish falsafa, tarix, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, xattotlik masalalariga bag'ishlangan asarlar yozgan.

O'zbekiston Resiublikasi FA Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining qo'lyozma fondida Ahmad Donishning 16 ta risolasi va yana bir qancha she'rlari kiritilgan tazkiralar, G'azzoliy, Jomiy asarlaridan ko'chirgan qo'lyozma nusxalari saqlanadi, ularning ko'pchiligi asl nusxa bo'lib, muallifning o'zi tomonidan bitilgandir. Masalan: 1877 yilda yozilgan "Majmuai hikoyati Axmadi Kalla" deb nomlanuvchi qo'lyozmada muallif turli tarixiy, adabiy, falsafiy masalalar haqida fikr yuritadi. U Ulug'bek davri, Abdurahmon Jomiy ta'limoti, shialar va sunnalarni murosaga kelishtirish masalalariga bag'ishlangan risola ham yozgan. Risolada islom tarixi, undagi turli yo'nalishlarning kelib chiqish sabablari, Rumiy, G'azzoliy, Jomiy, Bedil kabi donishmandlarning bu masalalarga munosabatlari xususida bahs yuritilgan. Ahmad Donish ijtimoiy ilmlar sohasida Markaziy Osiyoning o'tmish tarixi, fani, adabiyoti, davlatchiligi, dini kabi masalalariga oid hamda o'ziga xos mazmunga ega bo'lgan she'riy asarlar yaratish bilan birga tabiiy ilmlar, xususan astronomiya, kosmologiya muammolari ustida ham mutgasil tadqiqotlar olib borgan va bu sohada qator asarlar yozib qoldirgan. Ahmad Donish o'zining "Munozir al-Kavokib" ("Yulduzlarni kuzatish") degan asarida falakiyot ilmiga oid muhim masalani hal qilgan.

Donish "Risolat dar ilmi kuira" ("Globus haqida risola") ham yozgan bo'lib, unda globusning vazifasi va uning ilm uchun ahamiyati, undan amaliy foydalanish haqida gap boradi. 12 bobdan iborat bo'lgan "Iztig'roji bul va arzi balat" ("Joylarning uzunligi va enini o'lchash") asarida Ahmad Donish joylarning o'rnini o'lchab chiqarish osmon meridianini soatlarda belgilash masalalari haqida mulohaza yuritadi.

Uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari "Navodir ul-vaqoye", "Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang'itiya" kabi asarlarida o'z aksini topgandir. So'nggi asar qisqacha "Risola" nomi bilan ham yuritilib, Buxoro xonligidagi Mang'it sulolalarining hokimiyati tarixiga bag'ishlangan va Amir Doniyol (1758-1785) hokimligidan Amir Abdulloh (1885-1910) hokimligi davrigacha bo'lgan tarixni o'z ichiga oladi. ("Istoriya mangitskoy dinastii" I. A. Najifovaning kirish so'zi, izohi va taq'imasi. Dushanbe, 1967 yil). Ahmad Donishning eng muhim asari "Navodir ul-vaqoye"dir. Bu asar juda ko'p ijtimoiy-axloqiy masalalar xususida fikr yuritilgan.

"Navodir ul-vaqoye" kitobi Ahmad Donishning asosiy asari hisoblanib, unda olim o'zining turli masalalarga munosabatini ifodalagandir. Yuqorida ko'rsatilgan har ikki asarda Ahmad Donish ijtimoiy taraqqiyotga g'ov bo'lib qolgan feodal ijtimoiy-siyosiy tuzum, tartib va munosabatlarni tanqid ostiga oladi. O'rta asr falsafasida keng tarqalgan tavakkul nazariyasini tanqid etibbunday deb yozadi: "Agar kishi tavakkulga ishonib harakat qilmasa, mehnat qilmasa va qiyinchiliqda, kambag'allik bilan hayot kechirish yoki mo'l-ko'llikda yashash qismatda bor ekan, deb aytsa, unday kishi xato qiladi. Demak, u aqlli emas". Buxoro xonligani Ovro'po mamlakatlari, xususan Rusiya bilan takqoslab, Donish o'z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolganligini ko'rsatib beradi va bu qoloqlikdan chiqish uchun ijtimoiy-siyosiy tuzumda islohotlar qilish zarurligini uqtiradi.

Donishning fikriga ko'ra "davlat bir guruh kishilar ehtiyojlarini qondirish uchun emas, xalq manfaatlari uchun, mamlakatni obod qilish uchun xizmat qilmog'i zarur. Biz dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlar kezib o'rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, uning hamma qitalari va aholisini bilish uchun tug'ilganmiz" - deb yozgan edi Donish. Buning uchun hukmdor bilimdon, ma'rifatli, odil va o'z fuqarolari manfaatlari uchun xizmat qilmog'i shart. U qanday masalani

hal qilmasin, eng awal o'zini fuqaro o'mida, ularni esa o'z o'mida tasawur qilmog'i lozim. Bu adolatni ta'minlashga imkon yaratadi. "Mamlakatni idora qilishda, - deydi Donish, - hukmdor muhim davlat muammolarini o'z atrofidagi maslahatchilar bilan birgaliqda hal qilishi kerak. Maslahatchilar ham donishmand va adolatli kishilar bo'lishi kerak va ularning fikri bilan hisoblashishi shart, chunki ko'pchilikning aqli, bir kishining aqlidan ortiqroqdir".

Ahmad Donish o'z vatanini qoloqliqdan chiqarish yo'llarini tinmay izladi. "Kishi o'z vatanini himoya qilsagina, o'z xalqi bilan birga bo'lsagina, - deydi Donish, - u har doim barhayotdir". U Sharq mutafakkirlari ta'limotini o'rganish bilan bir qatorda G'arbda tarqalgan ijtimoiy-siyosiy ta'limotlar bilan ham qiziqadi. Garchi bu ta'limotlarni Donish qabul qilmagan bo'lsada, uning bularga nisbatan bo'lgan munosabati mutafakkirni keng ko'lamdagi tadqiqotchi va ijtimoiy-siyosiy orzulari kengroq ekanligini ko'rish imkonini beradi.

Ahmad Donishning ijtimoiy g'oyalari o'z davri uchun muhim ahamiyatga ega edi. Donish mavjud iqtisodiy-siyosiy tuzumning taraqqiyotiga g'ov bo'lib qolganligini ko'rsatadi va bu g'oyani olib tashlash yo'llarini qidiradi.

Ahmad Donish merosining bir qismigina o'rganilgan bo'lib, bu sohada rus olimlari va O'zbekiston, Tojikistonda olib borilgan tadqiqotlarni qayd etib o'tish lozim. Donish asarlarining asl nusxasi - tojik tilida, rus va o'zbek tillarida nashr etilgan. Buqomusiy bilim egasining boy ijodiy merosini, tabiiy-ilmiy qarashlarini har tomonlama o'rganish o'z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Movarounnahrda IX-X asrlarda hukmronlik qilgan somoniylar davrida siyosiy va ijtimoiy muhit ilm ahillarining serqirra ijod qilishlariga katta zarnin yaratib bergan. Aynan shu sulola hukmronlik qilgan davrda o'lkada bag'rikenglik siyosati ustuvor bo'lgan. Mahalliy aholi o'rtasida e'tiqod masalalarida o'zaro ixtilof yuzaga kelsa, sultonlarning o'zlari bu ixtiloflarning barham topishida bosh-qosh bo'lglar.

Somoniylar davrida hanafiya aqidasining ta'sirida Movarounnahrda "Dor al-juzjoniya" va "Dor al-iyodiya" maktablari tashkil etilgan. "Dor al-Juzjoniya"

maktabida ko'plab mutakallim olimlar orasida Abu Mansur Moturidiy yetishib chiqqan. Keyinchalik bu maktab ta'sirida "Dor al-iyodiya" maktabi vujudga keldi.

Abu Mansur Moturidiy davrida kalom ilmiga oid yozilgan asrlar tahlil qilinganda, biz yuqorida tahlil qilgan abadiyotlarning barchasi "Dor al-iyodiya" vakillari qalamiga mansub asarlar edi. Ularda faqat Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosiga nisbatan naqliy dalilga ko'proq ahamiyat berilgan, xolos. Lekin bironta asarda Abu Mansur Moturidiy fikriy qarashlari va shaxsiyatiga salbiy munosabat bildirilmagan.

2000 yil O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan olimning vayron qilingan maqbarasi o'rnida me'moriy majmua bunyod qilinib, uning markazidan olimning maqbarasi joy olgan. Mazkur yodgorlikning qurilishida o'zbek me'morchilik san'atining eng yaxshi milliy an'analaridan foydalanilgan. Me'moriy majmua Rahmatullo Salohitdinov loyihasi asosida, Egamberdi Nurullayev hammuallifligida qurilgan. Qurilishda samarqandlik Mirumar Asadov, Matlub Mahmudov, Yoqub Tagirov, Toshpo'lat Atoyev kabi xalq ustalari ishtirok etishgan. Interyeri ustida Amriddin Najmiddinov ish olib borgan. Ekstererlarni Hakim Asadov amalga oshirgan.

Maqbara maydoni 12x12, balandligi 17,5 metrni tashkil qiladi. Gumbazi ikki qavat. Tashqi gumbazi qovurg'asimon bo'lib, havo rang ko'shk bilan bezalgan. Tom gumbazi 24 ark hamda oyna alebastr panjaralar bilan bezalgan. Ichki va tashqi qoplamalarda koshin, ko'shk va ganchdan foydalanilgan. Qabr toshi oq marmardan yasalib, Imom al Moturudiy yozuvi o'yilgan.

Maqbaraning g'arbrog'ida pastqom gumbaz inshoot — Amir Temur tomonidan Hirot va Mashhatdan olib kelingan sayidlar dahmasi (Muhammad payg'ambar avlodi) joy olgan.

Maqbaraning shimoliy qismida so'fa (tepalik) hamda IX-XVIII asrlarga tegishli qabr tosh joylashgan. Maqbaraning janubiy-g'arbidagi bog'da rotonda-shiyponcha bo'lib, u yerda mashhur olim-huquqshunos, musulmonlarning huquqshunoslik kitobi "Al Xidoya" muallifi Burxoniddin Al Marg'iloniyning qabri joy olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Rasmiy adabiyotlar:

1 T.E.Rahmonov, M.Z.Orziyevning "Ikki tarixiy siymo" 20-bet

2 Abdahalil Razzoqovning "Iqtisodiy tafaffurlar sharchashmasi" Toshkent "O'zbekiston" 2011-yil.

3 Afoqova.N. "Navodir ul-vaqoe"tarkibidagi she'riy matnlarga oid dastlabki kuzatishlar./Qomusiy mutafakkir, Buxoro, 2007.-B.23.

4 Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoe T.: Fan, 1964.- 41 lb.

5 Ahmad Donish. История мангитской династии. Dushanbe: Дониш 1967.-125.6

6 Ahmad Donish. Risola yo muxtasare az ta'rixi saltanati xonadoni mangitiya. Dushanbe, 1992. - 98 b.

7 Ahmad Donish. Risola dar nazmi tamadtsun va ta'ovun. -Dushanbe, 1972. 146b.

Internet saytlari: Ziyo net. Google. Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.