Научная статья на тему 'АGROKLASTER BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI'

АGROKLASTER BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Agroklaster / “tаlаbning chiziqli tоrtilish” mоdeli / “Teхnоlоgik turtki” mоdeli / “Integrаtsiоn” innоvаtsiоn bоshqаruv mоdeli / “Kоmbinаtsiоn” mоdeli / “Kоmbinаtsiоn-integrаtsiоn оchiq innоvаtsiyаlаr” meхаnizm.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdulloyev Asliddin Junaydullayevich

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi faoliyatini samarali tashkil etish va mavjud resurslardan samarali foydalanish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan.Shunga qaramasdan, mаmlаkаtimizdаgi mаhаlliy аgrоklаsterlаr bоshqаruvidа mаrkаzlаshgаn bоshqаruv elementlаri sezilаdi. Bu esа аgrоklаsterning innоvаtsiоn fаоliyаti rivоjlаnishigа sаlbiy tа’sir ko‘rsаtаdi. Mаmlаkаtimizdа yаngi tаshkil etilаyоtgаn аgrоklаsterlаr fаоliyаtini ilm-fаn, tа’lim vа ishlаb chiqаrish o‘rtаsidаgi o‘zаrо integrаtsiоn munоsаbаtlаrni kuchаytirish zаrur.Ushbu maqolada aynan shu borada muhimtavsiyalar berib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АGROKLASTER BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

AGROKLASTER BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI TA'MINLASH YO'NALISHLARI

Abdulloyev Asliddin Junaydullayevich

Buxoro davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri, i.f.f.d., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11421361

Annotatsiya. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo'jaligi faoliyatini samarali tashkil etish va mavjud resurslardan samarali foydalanish ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilangan.Shunga qaramasdan, mаmlаkаtimizdаgi mаhаlliy аgrоklаsterlаr bоshqаruvidа mаrkаzlаshgаn bоshqаruv elementlari sezilаdi. Bu esa agroklasterning innоvatsiоn faоliyati rivоjlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatimizda yangi tashkiletilayotgan agroklasterlarfaoliyatini ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro integratsion munosabatlarni kuchaytirish zarur.Ushbu maqolada aynan shu borada muhimtavsiyalar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Agroklaster, "talabning chiziqli tortilish" modeli, "Texnologik turtki" modeli, "Integratsion" innovatsion boshqaruv modeli, "Kombinatsion" modeli, "Kombinatsion-integratsion ochiq innovatsiyalar" mexanizm.

Аннотация. Ceeodnn в развитии wouomuku нашей страны эффективная oргaнизaция сeльскoxoзяйствeннoй деятельшсти и эффeктивнoe ucnonb3oeauue имеющихся pecypcoe oпрeдeляются как oduu из npuopumemoe. Этo orn3bieaem нeгaтивнoe влияние на развитие иннoвaциoннoй дeятeльнoсти aгрoклaстeрa. Heo6xoduMo укреплять взaимoинтeгрaциoнныe связи науки, oбрaзoвaния и прoизвoдствa в дeятeльнoсти внoвь издаваемых aгрoклaстeрoв нашей страны. В дaннoй статье даются важные ре^мендации на этoт счет.

Ключевые слова: Агрoклaстeр, мoдeль «линeйнoгo спрoсa», мoдeль «Тexнoлoгичeскoгo moлчкa», мoдeль «Интeгрaтивнoгo» управления иннoвaциями, мoдeль «Koмбинации», механизм «Кoмбинaциoннo-инmeгрaциoнныx omкрыmыx иннoвaций».

Abstract. Today, in the development of our country's economy, effective organization of agricultural activities and effective use of available resources are defined as one of the priorities. This has a negative impact on the development of innovative activities of the agrocluster. It is necessary to strengthen the mutual integration relations between science, education and production in the activities of newly established agroclusters in our country. In this article, important recommendations are given in this regard.

Keywords: Agrocluster, "linear demand" model, "Technological push" model, "Integrative" innovation management model, "Combination" model, "Combination-integration open innovation" mechanism.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini takomillashtirish, qishloq xo'jaligi faoliyatini yuritishda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarga ustuvorlik qaratilib kelinmoqda. Jumladan, yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o'zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish, 200 ming gektar paxta va g'alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish, tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish orqali qishloq xo'jaligini ilmiy asosda

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

intensiv rivojlantirish hisobiga dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish maqsadi belgilangan.

Agroklasterlar faoliyatini boshqaruvning jahon amaliyoti tahliliga ko'ra, qishloq xo'jaligida xo'jalik faoliyati yuritishning mazkur shakli sohaga innovatsiyalarni joriy etish samaradorligini oshirib, qishloq xo'jaligini intensiv rivojlanish omillari hisobiga barqaror rivojlantirish orqali global raqbobatbardoshlik ko'rsatkichini yaxshilash uchun imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu sababli, mamlakatimiz amaliyotida agroklasterlar boshqaruvi amaliyotini takomillashtirish zaruriyati vujudga keladi. Tahlillarga ko'ra, mamlakatimizdagi mahalliy agroklasterlar boshqaruvida markazlashgan boshqaruv elementlari seziladi. Bu esa agroklasterning innovatsion faoliyati rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Jumladan, mamlakatimizda yangi tashkil etilayotgan agroklasterlar faoliyatini ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro integratsion munosabatlarni kuchaytirish zarur. Bu orqali mahalliy agroklasterlar faoliyatini innovatsion boshqaruvi amaliyotini rivojlantirishga erishiladi. Iqtisodiy adabiyotda innovatsion boshqaruvni amalga oshirishning quyidagi modellari o'zaro farqlanadi:

- "Texnologik turtki" modeli (XX asrning 30-yillari) - ushbu model asosida innovatsion boshqaruvni tashkil etish va uning samarali amal qilishi korxona boshqaruviga ta'sir ko'rsatuvchi ichki omillar bilan bog'liq bo'lgan;

- "Talabning chiziqli tortilish" modeli (XX asrning 60-yillari) - innovatsion boshqaruvga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarda texnologik bosimning ortishi hisobiga integratsion munosabatlarga kirishish samaradorligini oshirishda texnologiyalarni o'zaro uzatish bilan bog'liq jarayonlarga ustuvorlik qaratiladi;

- "Kombinatsion" modeli (XX asrning 70-yillari) - innovatsion boshqaruvni tashkil etishda innovatsion loyihalarni joriy etish jarayonidagi marketing, bozor va texnik omillarning ta'siri inobatga olingan. Jumladan, ushbu model innovatsion boshqaruvdagi texnologik va ishlab chiqarish imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamiyat va bozor talabiga mos bo'lgan innovatsiyalar amaliyotga joriy etish imkonini beradi;

- innovatsion boshqaruvni tashkil etish bo'yicha Klayn-Rozenbyergning "Zanjirli" modeli ( XX asrning 80-yillari) - mazkur modelda innovatsion faoliyatni amalga oshirishning har bir bosqichida korxona innovatsion faoliyatida qatnashayotgan har bir tashkiliy bo'linma va uning xodimlaridan tegishli bilim, ko'nikma va malakalar talab etiladi. Bu orqali korxona innovatsion boshqaruvi samaradorligi ortib, uning innovatsion rivojlanish ko'rsatkichlari barqarorligi ta'minlangan;

- "Integratsion" innovatsion boshqaruv modeli (XX asrning 90-yillari) - ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mazkur boshqaruv amaliyoti innovatsion boshqaruvning "Tarmoq" modeli sifatida ham baholanadi. Model innovatsion faoliyatining ichki va tashqi omillar ta'siridagi ijtimoiy samaradorligi ko'rsatkichlari parallel ravishda qo'llanilgan holda innovatsion jarayonlarning murakkab tuzilishga ega ekanligiga asoslangan holda ishlab chiqilgan;

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1-rasm. Agroklaster innovatsion boshqaruvining tashkil etishning "Kombinatsion-integratsion ochiq innovatsiyalar" meхanizmi

- Chesbroning "Ochiq innovatsiyalar" modeli - bu turdagi innovatsion boshqaruv amaliyotida tashqi manbalar orqali innovatsion jarayonlarga tegishli bo'lgan bilimlami o'rganish va o'zlashtirish talab etiladi. Shu bilan birgalikda, bu turdagi innovatsion boshqaruv tashqi muhitda jamlangan bilimlardan korxona innovatsion faoliyatini tashkil etishda foydalanish asosida korxonaning innovatsion faoliyatga oid bilimlarini ko'paytirish va uni tashqariga uzatishni ham nazarda tutadi.

Iqtisodiy adabiyotda innovatsion boshqaruvni tashkil etish modellari borasidagi amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda, mamlakatimiz agroklasterlar amaliyotiga ularning ijobiy jihatlarini umumlashtiruvchi mexanizmni ishlab chiqish lozim, deb hisoblaymiz.

Tashqi innovatsiyalarni o'zlashtirishda agroklaster tarkibiga kiruvchi qishloq xo'jaligi subyektlari, ilmiy tadqiqot institutlari, kasbiy va oliy ta'lim muassasalarining o'zaro hamkorlikdagi faoliyatini yo'lga qo'yish talab etiladi.

Bunda innovatsiyalarni o'zlashtirishdan ushbu jarayonda ishtiorok etuvchi har bir bo'g'in manfaatdorligini ta'minlanishi lozim bo'ladi. Innovatsiyalarni o'zlashtirishda davlat tomonidan huquqiy-me'yoriy asoslarni ta'minlash va innovatsion biznes yuritish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berish talab etiladi. Agroklaster tomonidan innovatsiyalarni o'zlashtirishning sxematik tuzilishi 2-rasmda keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Ishlab chiqarish

Innovatsiyani uzatish

Ilmiy-tadqiqot institutlari

2-rasm. "Kombinatsion-integratsion ochiq innovatsiyalar" mexanizm asosida agroklasterlar tomonidan innovatsiyalarni o'zlashtirish sxemasi

Innovatsiyalarni o'zlashtirishda ilmiy-tadqiqot institutlari muhim o'rin egallaydi. Agroklasterlar innovatsion boshqaruvida innovatsiyalarni o'zlashtirish bo'yicha jahon amaliyoti tahliliga ko'ra, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etgan holda, ular faoliyati agroklaster boshqaruvdagi innovatsiyalarga bo'lgan talabga mos keladigan yangi innovatsion ishlanmalarni izlash, ularni qayta ishlash va amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. Shu sababli mamlakatimiz amaliyotida ham aynan agroklasterlar faoliyatida innovatsiyalarni o'zlashtirish amaliyotiga yaqindan yordam beruvchi ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etish lozim, deb hisoblaymiz. Bunday markazlarning tashkiliy tuzilishi 3-rasmda keltirilgan tartibda bo'lishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

3-rasm. Agroklasterlar fundamental-innovatsion tadqiqot markazining tashkiliy tuzilishi.

Agroklasterlar fundamental-innovatsion tadqiqot markazini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:

- qishloq xo'jaligi fundamental tadqiqotlar markazini tashkil qilish yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish;

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

- markaz konsepsiyasini ishlab chiqish;

- markaz binosining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va uni qurish bilan bog'liq tegishli tadbirlarni amalga oshirish;

- markazda yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriyalar, o'simliklar florasi milliy genbanki, strategik tahlil markazlarini tashkil etish;

- xorijiy hamkorlar bilan birgalikda har yili 25 nafar mahalliy yosh kadrlarni tayyorlash.

Xulosa:

Agroklasterlar fundamental-innovatsion tadqiqot markazi faoliyatini moliyalashtirishda dastlab xalqaro moliya institutlari mablag'lari, ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlari grantlari va byudjetdan tashqari mablag'lardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu turdagi markazlar o'zlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirishdan olgan daromadlari o'z ixtiyorida qolib, quyidagi yo'nalishlarda xizmat ko'rsatish orqali daromadlari bazasini mustahkamlashlari mumkin bo'ladi:

- agroklaster tarkibiga kiruvchi qishloq xo'jaligi subyektlarida innovatsion boshqaruvi, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida innovatsiyalarni joriy etish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar malakasini oshirish;

- agroklasterlar innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo'yicha mavjud ehtiyojlarini aniqlash borasida marketing tadqiqotlari o'tkazish;

- agroklaster tarkibiga kiruvchi qishloq xo'jaligi subyektlari o'rtasida innovatsiyalarni o'zaro uzatish va ularni o'zlashtirish bo'yicha yo'riqnomalarni ishlab chiqish;

- innovatsion mahsulotga bo'lgan talabni aniqlash maqsadida iste'mol bozorida so'rovnomalar o'tkazish;

- innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha yetakchi xorijiy agroklasterlar amaliyotida foydalanilayotgan innovatsion texnologiyalarni mahalliy agroklasterlar amaliyotiga joriy etish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;

- xalqaro tashkilotlar, mahalliy darajada e'lon qilingan ilmiy-amaliy va fundamental tadqiqot ishlarida ishtirok etish va h.k.

Shu bilan birgalikda, yuqorida bildirilgan takliflar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-216 sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni hal etish imkonini beradi.

Jumladan, qishloq xo'jaligi faoliyati yurituvchi subyektlarning agroklasterlar tarkibiga integratsiyalashuvi jarayoni kengayib, sohada ichki qo'shilgan qiymat zanjirini mustahkamlanadi. Natijada agroklasterlar tomonidan ishlab chiqarilayotan mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlarini boshqarish va uni takomillashtirishga ustuvorlik qaratilib, yangi bozorlarni o'zlashtirishga bo'lgan intilish ortadi. Shuningdek, agroklaster tarkibiga kiruvchi subyektlarning kapitalizatsiyalashuv darajasining ortishi agrar sohani investitsiyalashning ichki imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni, 28.01.2022 y. https://lex.uz/docs/5841063.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli farmoni, 23.10.2019 y. https://lex.uz/docs/4567334

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-216 sonli qarori, 07.07.2023 y. https://lex.uz/docs/6527947

4. Miller R., Blais R.A. Modes of innovation in six industrial sectors // IEEE Transactions on Engineering Management. - 1993. - № 40 (3). - P. 264-273.;

5. Cooper R.G. Third-Generation New Product Process // Journal of Product Innovation Management. - Vol. 11, - № 1. - January 1994. - P. 3-14;

6. fflyMneTep ñ. Teopuu экoнoмннecкoгo pa3BHTHfl. / H. fflyMneTep. - M.: Экoнoмнкa, 1995ñ. - 540 c.;

7. CTaBeHKo M.A., TpoMoB A.H. Эвoпroцнa Moge^eñ ynpaB^eHHa нннoвaцнoнннмн npo^ccaMH b oргaннзaццн // BH3Hec-HH^opMaTHKa. - 2012. - № 4(22). - c. 3-9.;

8. Hecôpo r. OTKpbiTbie нннoвaцнн. Co3gaHue npHÔbMHbix TexHo^orañ / TeHpH Hecôpo; nep. c aHra. B.H. EropoBa. - M.: noKo^eHHe, 2007 - 336 c.;

9. Linden G. Dedrick J. Kraemer K.L. Innovation and job creation in a global economy: the case of Apple's iPod. Journal of International Commerce and Economics. - 2011. № 3. - P. 223239. https://www.rrojasdatabank.info/innovation.pdf

10. AGgyraoeB A.® Methodological foundations for evaluating the efficiency of agrocluster management. Экoнoмнкa u npegnpHHHMaTe^bcTBo. - MocKBa, 2023. -№9. - C. 617-623

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.