Научная статья на тему 'АGROKLASTER BOSHQARUVIDA TABIIY-EKOLOGIK RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH IMKONIYATLARINI OSHIRISH'

АGROKLASTER BOSHQARUVIDA TABIIY-EKOLOGIK RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH IMKONIYATLARINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tabiiy–ekologik resurslar / gumus miqdori / sho’rlanish darajasi / agroklaster / davlat-xususiy sheriklik mexanizmi

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdulloyev Asliddin Junaydullayevich

Mamlakatimizda bugungi kunda qishlоq хo‘jаligini klаsterizаtsiyаlаsh bоrаsidа аmаlgа оshirilаyоtgаn islоhоtlаrdа аvvаlо qishlоq хo‘jаligidа fоydаlаnilаdigаn tabiiy – ekologik resurslаrdаn оqilоnа fоydаlаnishgа ustuvоrlik qаrаtilmoqda. Ushbu maqolada mаmlаkаtimiz hududlari kesimida yer resurslariga doir joriy va prognoz ko’rsatkichlar tahlil qilinadi, hamda qishlоq хo‘jаligidа unumdоrligi qаytа tiklаngаn yer resurslаridаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligini оshirishdа аgrоklаsterlаr fаоliyаtini rivоjlаntirish borasida muhim takliflar berib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АGROKLASTER BOSHQARUVIDA TABIIY-EKOLOGIK RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH IMKONIYATLARINI OSHIRISH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

AGROKLASTER BOSHQARUVIDA TABIIY-EKOLOGIK RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH IMKONIYATLARINI OSHIRISH

Abdulloyev Asliddin Junaydullayevich

"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri, i.f.f.d., professor, Buxoro davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11421395

Annotatsiya. Mamlakatimizda bugungi kunda qishloq xo'jaligini klasterizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarda avvalo qishloq xo'jaligida foydalaniladigan tabiiy -ekologik resurslardan oqilona foydalanishga ustuvorlik qaratilmoqda. Ushbu maqolada mamlakatimiz hududlari kesimida yer resurslariga doir joriy va prognoz ko'rsatkichlar tahlil qilinadi, hamda qishloq xo'jaligida unumdorligi qayta tiklangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda agroklasterlar faoliyatini rivojlantirish borasida muhim takliflar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: tabiiy-ekologik resurslar, gumus miqdori, sho'rlanish darajasi,agroklaster, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi.

Аннотация. Ceeodnn в рефoрмирoвaнии aгрoклaстеризaции в нaшей cmparn npuopumem omàaemcnрaциoнaльнoму испoльзoвaнию npupoÔHbix и экoлoгичeскиx pecypcoe, ис^льзуемых в сeльскoм xo3Rûcmee. В àaннoй cmambe aнaлизируются тeкущиe и прoгнoзныe пoкaзaтeли зeмeльныx pecypcoe в рeгиoнax нaшeй cmparni, a тaкжe àaются вaжныe peкoмeнàaции no paзвитию aгpoклacтepoв для швышения эффeктивнocти иcnoльзoвaния зeмeльныx ресуршв, npoàyктивнocть rnmopbix вoccтaнoвлeнa в сельс^м xoзяйcтвe.

Ключевые слова: npиpoàнo-экoлoгичecкиe ресурсы, кoличecтвo гyмyca, ypoвeнь зacoлeния, aгpoклacтep, мexaнизм гocyàapcтвeннo-чacтнoгo napтнepcтвa.

Abstract. Today, in the reforms of agricultural clustering in our country, priority is given to the rational use of natural and ecological resources used in agriculture. In this article, the current and forecast indicators of land resources in the regions of our country are analyzed, and important recommendations are made for the development of agroclusters to increase the efficiency of the use of land resources whose productivity has been restored in agriculture.

Keywords: natural - ecological resources, amount of humus, level of salinity, agrocluster, public-private partnership mechanism.

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan qishloq хo'jaligi mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini takomillashtirish, qishloq xo'jaligi faoliyatini yuritishda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarga ustuvorlik qaratilib kelinmoqda. Jumladan, yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o'zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish, 200 ming gektar paxta va g'alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish, tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish orqali qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish hisobiga dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish maqsadi belgilangan.

Yuqorida keltirib o'tilgan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalarga asoslangan holda, keyingi

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda klasterlar faoliyatini rivojlantirishga ustuvorlik qaratilayotganligi e'tiborga molik.

2026-yilga qadar bo'lgan muddatda mamlakatimiz qishloq хo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslarining degradatsiya jarayonlarini kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgan prognoz ko'rsatkichlar ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu maqsadga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar quyidagi besh yo'nalishlarni o'z ichiga qamrab oladi:

- qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslari tuproqlaridagi gumus miqdorini oshirish;

- qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslarining sho'rlanishini kamaytirish; 1-jadval

O'zbekiston qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslari tuproqlari tarkibida gumus miqdorini oshirish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlar, ming gektarda

T/r Hududlar Tuproqdagi gumus miqdori 1 foizgacha bo'lgan maydon, 2021-yil shundan, foizgacha tuproqdagi gumus miqdori 1 o'lgan maydonlar kamayishi: 2021-2025- yillardagi o'zgarish +/-

2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil

1. O'zbekiston Respublikasi 2540,5 2413,7 2159,6 1905,5 1524,3 -1016,2

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi 318,1 302,2 270,4 238,6 190,9 -127,2

viloyatlar:

3. Andijon viloyati 105,4 100,1 89,6 79,1 63,2 -42,2

4. Buxoro viloyati 207,7 197,3 176,5 155,8 124,6 -83,1

5. Jizzax viloyati 204,8 194,6 174,1 153,6 122,9 -81,9

6. Qashqadaryo viloyati 404,8 384,6 344,1 303,6 242,9 -161,9

7. Navoiy viloyati 131,5 124,9 111,8 98,6 78,9 -52,6

8. Namangan viloyati 73,8 70,1 62,7 55,4 44,3 -29,5

9. Samarqand viloyati 117,6 111,7 100 88,2 70,6 -47,0

10. Surxondaryo viloyati 233,2 221,5 198,2 174,9 139,9 -93,3

11. Sirdaryo viloyati 203,2 193 172,7 152,4 121,9 -81,3

12. Toshkent viloyati 154,2 146,5 131,1 115,7 92,5 -61,7

13. Farg'ona viloyati 177,9 169 151,2 133,4 106,7 -71,2

14 Xorazm viloyati 208,5 198,1 177,2 156,4 125,1 -83,4

- qishloq xo'jaligida foydalaniladigan degradatsiyaga uchragan yaylovlarni kamaytirish;

- qishloq xo'jaligi yerlaridan ihotazorlar barpo etish;

- mintaqalarda o'rmon bilan qoplangan yer maydonlari hajmini oshirish.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, respublika hududlarida qishloq xo'jaligini klasterizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarda avvalo qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer resurslaridan oqilona foydalanishga ustuvorlik qaratilib, yerlarning hosildorligini saqlab qolish va

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda sug'orish tizimini takomillashtirish borasida ilg'or xorijiy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklaridan farqli o'laroq agroklasterlar amaliyotida bu boradagi ijobiy tendensiyalarga erishilib, har 1 gektar yerdan olinadigan hosildorlik hajmi barqaror ortib bormoqda.

Tahlillarga ko'ra, 2021-yilda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslari tuproq tarkibidagi gumus miqdori 1 foizgacha bo'lgan maydonlar hajmi 2 540,5 ming gektarni tashkil etib, bu turdagi yer maydonlari respublikaning Qoraqalpog'iston Respublikasi (318,1 ming gektar),Qashqadaryo (404,8 ming gektar) va Surxondaryo (233,2 ming gektar) viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan. 2026-yilga qadar bo'lgan muddatda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslaridagi tuproq tarkibida gumus miqdori 1,0 foizgacha bo'lgan maydonlarni hajmini qariyb 1,7 martaga qisqartirish orqali qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer resurslari tarkibida ekin maydonlari hajmini oshirish bilan birgalikda tuproq unumdorligi ko'rsatkichlarini keskin yaxshilashga erishiladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, prognoz qilinayotgan davrda aynan Qoraqalpog'iston Respublikasi (1,7 marta), Qashqadaryo (1,7 marta) va Surxondaryo (1,7 marta) viloyatlari qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslari tuproq tarkibidagi gumus miqdori 1 foizgacha bo'lgan maydonlar hajmi respublikaning boshqa hududlariga nisbatan kattaroq hajmda kamaytirish orqali ushbu hududlarda qishloq xo'jaligida yer resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hisobida qishloq xo'jaligi salohiyatidan to'liq foydalanishga erishiladi (1- jadvalga qarang). Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslarining unumdorligini qayta tiklash bo'yicha amalga oshiriladigan maqsadli davlat dasturining ikkinchi yo'nalishi sifatida tuproqlari sho'rlangan yer maydonlarini kamaytirish hisoblanadi.

2-jadval

O'zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari kesimida qishloq xo'jaligidagi sho'rlangan yer resurslari hajmini kamaytirish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlar, ming gektarda

T/r Hududlar Mavjud sho'rlangan maydon, 2021-yil shundan, sho'rlangan maydoning kamayishi: 2021-2025-

2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil yillardagi o'zgarish +/-

1. O'zbekiston Respublikasi 1902,3 1883,3 1845,7 1827,3 1809,0 -93,3

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi 353,3 349,7 342,8 339,4 336 -17,3

viloyatlar:

3. Andijon viloyati 6,7 6,6 6,5 6,4 6,3 -0,4

4. Buxoro viloyati 231,1 228,8 224,2 222 219,8 -11,3

5. Jizzax viloyati 225,8 223,6 219,1 216,9 214,7 -11,1

6. Qashqadaryo viloyati 229 226,8 222,2 220 217,8 -11,2

7. Navoiy viloyati 100,2 99,2 97,2 96,2 95,3 -4,9

8. Namangan viloyati 24,2 24 23,5 23,3 23 -1,2

9. Samarqand viloyati 6,3 6,2 6D 6 6 -0,3

10. Surxondaryo 93,8 92,8 91 90,1 89,2 -4,6

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

viloyati

11. Sirdaryo viloyati 272,5 269,8 264,4 261,8 259,1 -13,4

12. Toshkent viloyati 10 9,9 9,7 9,6 9,5 -0,5

13. Farg'ona viloyati 91 90,1 88,3 87,4 86,6 -4,4

14 Xorazm viloyati 258,4 255,8 250,7 248,2 245,7 -12,7

Tahlillarga ko'ra, 2021-yilda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida tuprog'i sho'rlangan yer resurslari hajmi 1 902,3 ming gektarni tashkil etib, respublika hududlari kesimida Qoraqalpog'iston Respublikasi (353,3 ming gektar), Sirdaryo (272,5 ming gektar), Хоrazm (258,4 ming gektar), Buxоrо (231,1 ming gektar), Qashqadaryo (229,0 ming gektar) va Jizzax (225,8 ming gektar) viloyatlarida qishloq xo'jaligida foydalanilishi mumkin bo'lgan sho'rlangan yer maydonlarining hajmi boshqa viloyatlarga nisbatan sho'rlanish darajasi hisoblanadi.

3-jadval

O'rta muddatli istiqbolda O'zbekistonda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni kamaytirish bo'yicha prоgnоz ko'rsatkichlar, ming gektarda

T/r Hududlar Mavjud sho'rlangan maydon, 2021-yil shundan, sho'rlangan maydoning kamayishi: 2021-2025-

2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil yiiiardagi o'zgarish

1. O'zbekiston Respublikasi 2517,1 2242,2 1777,0 1099,8 755,1 -1762,0

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi 617,1 549,7 435,6 269,6 185,1 -432,0

viloyatlar:

3. Andijon viloyati 2,5 2,2 1,8 1D 0,8 -1,7

4. Buxoro viloyati 304,4 271,1 214,9 133 91,3 -213,1

5. Jizzax viloyati 86,1 76,7 60,8 37,6 25,8 -60,3

6. Qashqadaryo viloyati 167,4 149,1 118,2 73,1 50,2 -117,2

7. Navoiy viloyati 1 058,4 942,8 747,1 462,5 317,5 --740,9

8. Namangan viloyati 19,6 17,5 13,9 8,6 5,9 13,7

9. Samarqand viloyati 94,8 84,5 66,9 41,4 28,4 -66,4

10. Surxondaryo viloyati 98,2 87,5 69,3 42,9 29,5 -68,7

11. Sirdaryo viloyati 2,4 2D 1,7 1 0,7 -1,7

12. Toshkent viloyati 52,1 46,4 36,8 22,8 15,6 -36,5

13. Farg'ona viloyati 1,1 1 0,8 0,5 0,3 -0,8

14 Xorazm viloyati 13 11,6 9,2 5,7 3,9 -9,1

Prognoz ko'rsatk cichlariga qaraganda, 2021-2025-yillarda respub ika qishloq xo'jaligidagi

sho'rlangan yer maydonlari hajmini 93,3 ming gektarga kamaytirish rejalashtirilgan. Shu bilan birgalikda, respublikaning qishloq xo'jaligi yer resurslari tarkibida sho'rlanish darajasi yuqori bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasida prognoz qilinayotgan davrda sho'rlangan yer maydonlari hajmini 17,3 ming gektarga, Sirdaryo viloyatida 13,4 ming gektarga, Xorazm viloyatida 12,7 ming gektarga, Buxoro viloyatida 11,3 ming gektarga, Qashqadaryo viloyatida 11,2 ming gektarga va Jizzax viloyatida esa 11,1 ming gektarga kamaytirish orqali ushbu

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

hududlarda qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer resurslarining sifat ko'rsatkichlarini yanada takomillashtirishga erishilishi mumkin bo'ladi (3-jadvalga qarang).

Shu bilan birgalikda mamlakatimizda degradatsiyaga uchragan yaylovlar hajmi 2021-yilda 2 517,1 ming gektarni tashkil etgan bo'lsa, ushbu hududlarning 42,0 foizi Navoiy viloyati hududida va 24,5 foizi Qoraqalpog'iston yaylovlari maydonlariga to'g'ri keladi. Prognoz ko'rsatkichlar tahliliga ko'ra, respublika qishloq xo'jaligida degradatsiyaga uchragan yaylovlar hajmini 2025-yilga qadar bo'lgan muddatda respublika bo'yicha o'rta hisobda 3,3 martaga kamaytirish rejalashtirilgan (3-jadvalga qarang).

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida unumdorligi qayta tiklangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda agroklasterlar faoliyatini rivojlantirishga ustuvorlik qaratilishi maqsadga muvofiq. Bunda agroklasterlar tomonidan qishloq xo'jaligi faoliyatini yuritishda foydalanilayotgan yer resurslari, jumladan, unumdorligi qayta tiklangan yer resurslaridan foydalanishda qishloq xo'jaligida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha vazirliklar (Qishloq xo'jaligi vazirligi, Suv xo'jaligi vazirligi), ixtisoslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari (masalan, tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, «O'zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyihalash instituti, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi), oliy ta'lim muassasalari va ushbu sohada faoliyat olib boruvchi davlat tashkilotlari masalan, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi) o'rtasida qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslarini himoyalash ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik nuqtayi nazardan davlat-xususiy sheriklik mexanizmini shakllantirish lozim (1-rasmga qarang).

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1-rasm. Agroklaster boshqaruvida yer resurslaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik jihatdan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi Xulosa:

Fikrimizcha, keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida unumdorligi qayta tiklangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda agroklasterlar faoliyatini rivojlantirishga ustuvorlik qaratilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Taklif etilayotgan agroklaster boshqaruvida yer resurslaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik jihatdan davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amaliyotga joriy etilishi natijasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida yer resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib, sohada foydalanilayotgan ekin maydorlarining unumdorligini tizimli monitoring qilish bilan birgalikda, degradatsiyaga uchragan qishloq xo'jaligi yerlarini holatini yaxshilash va ularning zararlanishini

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

oldini olishga erishiladi. Jumladan, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslari to'g'risidagi ma'lumotlar jamlash orqali yer resurslari balansi haqidagi to'liq axborotlarni shakllantirishga erishiladi. Bu esa o'z navbatida bugungi kunda qishloq xo'jaligida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni, 28.01.2022 y. https://lex.uz/docs/5841063

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-277-son Qaroriga 3.1-ilova, 10.06.2022 y. https://lex.uz/docs/6058690#6059476 ma'lumotlari asosida tuzilgan.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yelar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-277-son Qaroriga 3.2-ilova, 10.06.2022 y. https://lex.uz/docs/6058690#6059476 ma'lumotlari asosida tuzilgan

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yelar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-277-son Qaroriga 3.3-ilova, 10.06.2022 y. https://lex.uz/docs/6058690#6059476 ma'lumotlari asosida tuzilgan.

5. Aбдyллoeв A.Ж.,Дaвлaтoв.С.С Куп TapMoK^H фeрмeр xyжaликлaрининг ривoжлaнтириш нинг acocий йyнaлишлaри Ba yндa кooпeрaция мyнocaбaтлaрини ривoжлaнтиришнинг ax,aMrara. "Иктиcoдиёт Ba иннoвaциoн тexнoлoгиялaр" илмий элeктрoн журили. Тoшкeнт 2016 йил № 3.coh.- Б. 1-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.