Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIGIDA MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA UNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIGIDA MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA UNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qishloq xo’jaligi / mehnat bozori / ishchi kuchi / mehnat resurslari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich, Mirzayeva Layli

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida mamlakatimizda mehnat munosabatlari, mehnat bozori xususiyatlari va uning rivojlanishi haqida nazariy ma’lumotlar va zamonaviy mehnat bozorining amaliy jihatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIGIDA MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA UNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

GLOBALLASHUV SHAROITIDA QISHLOQ XO'JALIGIDA MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA UNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

1Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich, 2Mirzayeva Layli

1Iqtisodiyot kafedrasi i.f.n.dotsent, Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakul'teti 2Raqamli iqtisodiyot yo'nalishi 1-bosqich magistranti, Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va

turizm fakul'teti https://doi.org/10.5281/zenodo.11402119

Annotatsiya. Ushbu maqolada globallashuv sharoitida mamlakatimizda mehnat munosabatlari, mehnat bozori xususiyatlari va uning rivojlanishi haqida nazariy ma'lumotlar va zamonaviy mehnat bozorining amaliy jihatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, mehnat bozori, ishchi kuchi, mehnat resurslari.

Аннотация. В данной статье раскрыты теоретические сведения о трудовых отношениях в нашей стране, особенностях рынка труда и его развития, а также практические аспекты современного рынка труда в условиях глобализации.

Ключевые слова: сельское хозяйство, рынок труда, рабочая сила, трудовые ресурсы.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub maqsadi - bu inson farovonligi, uning munosib farovon turmush darajasini ta'minlashdan iborat. Bu esa, o'z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan band bo'lishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi, shu jumladan, tadbirkorlar uchun qulay biznes yuritish muhiti, investitsiya, soliq siyosati, shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo'lishi kabi omillarga bog'liq. Chunki mamlakatmizda yaratilayotgan ish o'rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri keladi va aynan iqtisodiyotning taraqqiyoti kichik va o'rta biznesning rivojlanishi bilan bog'liq.

Mamlakatimizda boshlangan tub islohotlarning asosini "O'zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko'maklashish strategiyasi", O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonuni, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tashkil etadi va unda aholining ish bilan bandligi masalasi alohida o'rin tutadi. Mamlakatimizda demografik holatning keskinligi, aholi sonining yuqori sur'atlarda o'sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o'ta dolzarb qilib qolmoqda.

Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan biri bo'lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy - ijtimoiy masala hisoblanadi.

Mamlakat qishloq xo'jaligida band bo'lganlarning sonini mutloq va nisbiy kamaytirish bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq xo'jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakalidir. Bu, o'z navbatida, juda katta muammolarni yuzaga keltiradi. Qishloq xo'jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining o'tishi uchun zarur sharoitlar tug'diradi. Chunki mehnat unimdorligi o'sishi natijasida mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo'jaligidan ozod bo'ladi. Bu rivojlanishning umumiy obyektiv tendensiyasi hisoblanadi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Qishloq xo'jaligida band aholi soni 15-16 mln. kishini tashkil etadi. 15-16 mln. kishi yoki xalq xo'jaligida band bo'lganlaming 48 % i qishloq xo'jaligida band. Qishloq xo'jaligi korxonalarida 4,1 mln. kishi yoki 38 % i ishlaydi.

Qishloq xo'jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Qishloq xo'jaligi aholisi, ishchi - xizmatchilari daromadlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishchi - xizmatchi daromadlari iqtisodiyotning past bo'lmasligini ta'minlash ham ulardan foydalanish darajasini oshirgan bo'lar edi. Milliy mentalitet va mavjud mart -sharoitlar natijasida qishloq aholisi, ishchi xodimlari nisbatan kam harakatlanadi. Nisbatan o'troq bo'lgan aholi va ishchi xodimlarni o'sha joyning o'zida ish bilan ta'minlash muammosini yechish hozirgi zamon talablariga zid bo'lmasligi kerak. Shunga qaramasdan sanoatni, xizmatlarni qishloq joylarda tashkil etish ishi doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunday siyosatsiz mamlakatda ijtimoiy masalalar ham chuqurlashib boraveradi.

Qishloq xo'jaligi mehnat resurslarini mehnatining qurollanish darajasini oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo'llaridan biridir. Qishloq xo'jaligida mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo' yicha texnologiyani hisobga olgan holda zarur vositalar bilan ta' minlanishi kerak. Shu sababli, ayniqsa, kichik texnika ishlab chiqarishni yoki sotib olishni yo'lga qo'yish talab qilinadi.

Qishloq xo'jaligida mulkiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ham mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning bir yo'nalishidir. Fan- texnika taraqqiyoti qishloq xo'jaligi mehnat resurslaridan foydalanish e'tibor yangi, serhosil ekin navlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva- mollarining sermahsul zotlarini ko'paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, "Qishloq xo'jaligi tarmog'ida mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solish hisobiga aholini ish o'rinlari bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda 2023-2024 yillarda qishloq xo'jaligida yaratiladigan yangi ish o'rinlari

T\ Huduhlar Shu jumladan

r nomi yangi deh qon ipakchi lik uzumchi lik issiqxo na- asalarich ilik qoram olchili Jami

xo'jaliklar sohasid sohasida larda sohasida k va

ini tashkil qil a parran dachili

ish k

hisobiga sohalar ida

1 Qoraqalpog'i ston

Respublikasi 24 972 19 196 25 000 4 000 2 021 1 650 76 839

2 Andijon 93 577 139 254 50 000 8 000 10 103 5 100 306 034

3 Buxoro 98 713 17 368 100 000 12 000 12 123 15 141 255 345

4 Jizzax 44 385 12 389 93 000 12 000 10 103 4 700 176 577

5 Qashqadaryo 60 230 143 929 42 000 7 999 28 160 1 419 283 737

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

6 Navoiy 5 300 102 141 4 053 4 004 1 820 2 181 119 499

7 Namangan 90 810 12 158 75 000 11 760 13 679 4 550 207 957

8 Samarqand 69 162 132 015 113 619 10 492 14 144 9 530 348 962

9 Surxondaryo 76 708 79 823 75 073 10 418 8 890 5 300 256 212

1 0 Sirdaryo 39 530 23 692 60 000 33 549 6 062 3 750 166 583

1 1 Toshkent 102 080 22 579 100 000 9 280 14 144 8 450 256 533

1 2 Farg'ona 42 800 52 000 160 810 16 000 18 360 46 375 336 345

1 3 Xorazm 27 507 93 284 66 286 7 784 8 695 3 563 207 119

1 4 Jami 775 774 849 827 964 842 147 286 148 303 111 709 2 997 742

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari Qishloq xo'jaligi vazirligi, Suv xo'jaligi vazirligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan, qishloq xo'jaligida 2023-2024 yillarda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi ma'qullanadi.

a) paxta va g'alla maydonlarini qisqartirish hisobiga 58,9 ming gektar ekin maydonlari aholi yashash punktlariga uzoq bo'lmagan hududlardan O'zbekiston prezidentining 2021 yil 23

Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarida o'rtacha 0,1 gektargacha;

Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,30 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda 30 yil muddatga

b) kollektor-drenajlar va dala shiyponlari atrofidagi bo'sh turgan maydonlar hamda yo'l bo'ylarida foydalanilmaydigan yer uchastkalarida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar asosida yoqilg'isiz isitiladigan ixcham va arzon issiqxonalar tashkil etiladi

gi tutzorlarni barpo qilish va yangi pillachilik xo'jaliklarini tashkil qilish, ipak qurti urug'idan 2-3 marotaba hosil olish orqali ishlab chiqarish ko'rsatkichlari o'sish sur'atlarini ta'minlash hisobiga

Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Namangan, Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon va Urganch shaharlarining har birida 10 ming nafar ishsiz aholi "ustoz-shogird" an'anasi asosida ipak matolarini to'qish kasbiga jalb qilinadi.

o'jaligida 10 tadan 20 tagacha asalari oilalari tashkil qilinadi hamda 5 ta ish o'rni sifatida hisobga

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, mazkur loyihalar doirasida belgilangan vazifalar amalga oshirish natijasida qishloq aholisi doimiy ish o'rinlari va daromad manbaiga ega bo'ladi, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga va farovonligini oshirishga erishiladi, qishloq xo'jaligi

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko'maklashish strategiyasi".

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ILOVA. 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi.

4. Abdulloyev, A. (2023). Methodological foundations for evaluating the efficiency of agrocluster management. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

5. Abdulloyev, A. (2023). АГРОКЛАСТЕР ФАОЛИЯТИНИ БОШ^АРИШНИНГ "БАЗАВИЙ" МОДЕЛИ ВА УНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

6. Junaydulloyevich, A. A., & Rasulovna, K. N. (2021). Price Formation in Marketing: A Tool for Price Formation and Change. Academicia Globe, 2(6), 142-146.

7. Таирова, М. М., & Дустова, А. К. (2020). Роль гостиничных сетей в индустрии туризма. In Прорывные научные исследования: проблемы, закономерности, перспективы (pp. 5759).

8. Gafurova, S. K. (2023). Quality Management In Education: A Systematic Approach. Educational Research In Universal Sciences, 2(17 SPECIAL), 126-129.

9. Niyozova, I. (2021). The Transition to the Green Economy and the Importance of Strategy. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).

11. Таирова, М. М., & Гиязова, Н. Б. (2016). Поддержка предпринимательской деятильности в Узбекистане. International scientific review, (2 (12)), 105-107.

12. Таирова, М. М., & Кодирова, Н. Р. К. (2020). Инновация-концептуальная основа модернизации. Наука и образование сегодня, (2 (49)), 35-36.

13. Qayimova, Z. (2023). Ways to Develop Economic Infrastructure in Uzbekistan. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

14. Kadirovna, S. N. (2024). Importance of Foreign Experience for Uzbekistan in the Transition to a Green Economy. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 4(4), 48-51.

15. Giyazova, N. (2023). The share of world countries in the textile industry and the importance of marketing in its development. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

16. Niyozova, I. (2023). The Reforms Implemented In The Higher Education System Of The Republic Of Uzbekistan And Their Achievement Of Financial Independence. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 38(38).

17. Shoimardonkulovich, Y. D., Kadirovna, S. N., & Abdulaziz, R. (2024). Legal Framework for the Introduction of a Green Economy in Uzbekistan. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(4), 345-350.

18. Shoimardonkulovich, Y. D., Kadirovna, S. N., & Javohir, D. (2024). The Green Economy as a Factor of Sustainable Development. Miasto Przyszlosci, 47, 133-135.

19. Shoimardonkulovich, Y. D., & Kadirovna, S. N. (2022). GREEN FACTOR OF ECONOMIC GROWTH IN UZBEKISTAN. Gospodarka i Innowacje., 23, 102-104.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.