Научная статья на тему 'AGRAR SOHADA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNING O‘RTACHA O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH'

AGRAR SOHADA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNING O‘RTACHA O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

14
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta‟lim / fanlarni o„rtacha o„zlashtirish ko„rsatkichi / daromad / ta‟lim / yosh / jins / Path model. / higher education / average mastery of subjects / income / education / age / gender / Path model.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — U. U. Nurullayev, J. S. Urazov

Ilmiy tadqiqot ishida oliy ma‟lumotga ega bo„lish ahamiyati, aholi farovonligini oshirishda o„rni nazariy o„rganilgan. Shuningdek, qishloq xo„jalik ta‟lim sohasida tahsil olayotgan 539 nafar respondent(talaba)lardan o„tkazilgan ijtimoiy so„rovnoma ma‟lumotlaridan foydalanilgan. Talabalar tomonidan fanlarni o„rtacha o„zlashtirish ko„rsatkichiga ta‟sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berishda Path modelidan foydalanilgan. Talabalar tomonidan fanlarni o„zlashtirish ko„rsatkichini oshirish borasida ilmiy asoslangan xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC ASSESSMENT OF FACTORS AFFECTING THE AVERAGE ASSESSMENT INDEX OF STUDENTS STUDYING IN THE AGRARIAN FIELD

The importance of having a higher education and its role in improving the well-being of the population have been theoretically studied in scientific research work. Also, data from a social survey conducted among 539 respondents (students) studying in the field of agricultural education were used. The Path model was used to make an economic assessment of the factors affecting the average mastery of subjects by students. Scientifically based conclusions and proposals were given by the students to increase the rate of mastery of subjects.

Текст научной работы на тему «AGRAR SOHADA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNING O‘RTACHA O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

AGRAR SOHADA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNING O'RTACHA

O'ZLASHTIRISH KO'RSATKICHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI

IQTISODIY BAHOLASH

U. U. Nurullayev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi o'qituvchisi

J. S. Urazov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ilmiy tadqiqot ishida oliy ma'lumotga ega bo'lish ahamiyati, aholi farovonligini oshirishda o'rni nazariy o'rganilgan. Shuningdek, qishloq xo'jalik ta'lim sohasida tahsil olayotgan 539 nafar respondent(talaba)lardan o'tkazilgan ijtimoiy so'rovnoma ma'lumotlaridan foydalanilgan. Talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berishda Path modelidan foydalanilgan. Talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichini oshirish borasida ilmiy asoslangan xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi, daromad, ta'lim, yosh, jins, Path model.

ECONOMIC ASSESSMENT OF FACTORS AFFECTING THE AVERAGE ASSESSMENT INDEX OF STUDENTS STUDYING IN THE

AGRARIAN FIELD

ABSTRACT

The importance of having a higher education and its role in improving the well-being of the population have been theoretically studied in scientific research work. Also, data from a social survey conducted among 539 respondents (students) studying in the field of agricultural education were used. The Path model was used to make an economic assessment of the factors affecting the average mastery of subjects by students. Scientifically based conclusions

May 12-13

292

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

and proposals were given by the students to increase the rate of mastery of subjects.

Keywords: higher education, average mastery of subjects, income, education, age, gender, Path model.

Kirish. 1820 yilda dunyo aholisining atigi 12 foizi o'qish va yozishni bilgan bo'lsa, so'nggi 65 yilda dunyo aholisi savodxonligi darajasi har 5 yilda 4 foizga oshgan. Vaholanki, bugungi kunda dunyo aholisi savodxonlik darajasi 86 foizni tashkil etmoqda. Biroq, aholining savodxonligini oshirish bilan bog'liq chora-tadbirlar ishlab chiqarilishiga qaramay, dunyodagi eng kambag'al mamlakatlarda hali ham savodsiz aholining juda katta qatlamlari mavjud.

Kambag'al yoki kam ta'minlangan oilalar soning oshishi, oila a'zolarining ta'lim olish darajasiga ta'sir ko'rsatadi[1]. Kam ta'minlangan oilalar farzandlarining ijtimoiy mavqeini o'zgartirishning muhim usuli - ta'lim hisoblanib[2], oila daromadi oila farzandining ta'lim darajasiga katta ta'sir ko'rsatadi va oila daromadining oshishi ularning ta'lim darajasini yaxshilaydi[3]. Shuningdek, ota-onalarning ta'lim darajasi, oilaviy daromadlar va o'quv qobiliyatlari ta'limni tanlashda muhim omil hisoblanadi[4]. Ya'ni, oilada farzandning kollejda yoki oliy ta'limda o'qish ehtimoliga oilaning daromadi va farzandining individual qobiliyati sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi[5]. Biroq, oliy ta'lim tizimiga ajratiladigan davlat byudjet cheklovlari, oliy ta'limga qo'yiladigan talablarning kuchayishi kam ta'minlangan oila farzandlari uchun oliy ta'limda o'qish imkoniyatini pasaytiradi. Natijada, mamlakat aholisi o'rtasida kambag'allikning oshishiga olib kelishi mumkin.

Oliy ta'lim[6] - o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslangan, bakalavriat va magistratura bosqichidan iborat. O'zbekistonda 2020-yilda oliy ta'lim muassasalari soni 131 tani tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga nisbatan 54 taga oshgan. Shuningdek, ohirgi 5 yil davomida talabalar soni 2,1 martaga oshgan bo'lsa, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olishi 16 foizga o'sgan[7]. Biroq, OTMlarida ta'lim olish jarayoni to'lov-shartnoma asosida tashkil etilishi oilada a'zolarning OTMlarda o'qish imkoniyatlarini cheklasa, to'lov-shartnoma asosida o'qayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir ko'rsatadi. Oila a'zolarining ta'lim olishi yoki ta'limda fanlarni to'liq o'zlashtirilishi bevosita oila daromadiga bog'liqdir. Acemoglu D. va Pischke J.S.larning ilmiy tadqiqot ishida oilada daromadning 10 foizga oshishi, ta'limda qabulni 1,4 punktga oshirishiga ta'sir ko'rsatishini ilmiy asoslangan[8]. Biroq, daromadlar qishloq xo'jalik va noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

daromadlar[9]dan shakllanib, tadqiqotchilar tomonidan ushbu daromad manbalari qay darajada fanlarni o'zlashtirishga ta'siri o'rganilmagan. Biroq, Sari R. va Soytas U. lar[10] ilmiy tadqiqot ishida daromadni ko'paytirish uchun boshlang'ich, o'rta ta'lim va oliy ta'limga sarmoya kiritish samarali bo'lishini ilmy asoslagan. O'quvchi yoki talabaning ta'lim olishi uchun oila a'zolari tomonidan sarflanadigan pul mablag'lar uzoq muddatli investsiyalar hisoblanib, ularni qoplash muddatlari talaba tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga bog'liqdir. Vaholanki, ota-ona tomonidan farzandlari uchun sarflanadiga investsiyalar qiymati ularning qishloq xo'jaligi yoki noqishloq xo'jalik faoliyatida band bo'lishi bilan bog'liqdir. Oila a'zolarining noqishloq xo'jalik faoliyatida band bo'lishi qishloq xo'jaligida ish vaqtini kamayishiga ta'sir ko'rsatsa-da[11], oila daromadini kamayishiga ta'sir ko'rsatmaydi[12].

Ilmiy tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi agrar ta'lim sohasida tahsil olayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berish va ularning bilimini oshirish borasida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berish.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Mazkur ilmiy maqolani o'rganishda ijtimoiy so'rovnoma ma'lumotlaridan foydalanildi. Oliy ta'lim muassalarida 1-kurs talabalari tomonidan 1-semestrda o'tilgan fanlarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari yanvar va fevral oylariga to'g'ri kelishini e'tiborga olgan holda so'rovnoma mart oyida o'tkazildi. So'rovnomada talaba tomonidan fanlarning o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi (qoniqarli, yaxshi, a'lo) [13], oilasining asosiy daromad (qishloq xo'jaligi, noqishloq xo'jalik faoliyati) manbasi, doimiy yaxshash hududi(qishloq, shahar), talaba o'qayotgan oliy ta'lim muassasasi joylashgan hudud (boshqa hudud, o'z hududi), o'qish kursi, o'qish shakli, yoshi, jinsi va oliy ta'lim muassasasida tashkil etiladigan tanlovlarda ishtirogi bilan bog'liq o'zgaruvchilar olindi.

Fanlarni o'rtacha o'zlashtirishi 2.142 tashkil etib, ishtirokchilarning aksariyati yaxshi va a'lo ko'rsatkichlarda fanlarni o'zlashtirganligini ko'rsatmoqda.

Talabalar oilasining asosiy daromadida noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar hissasi 48,4 foizi to'g'ri kelishi, qaysiki oilalarning shahar hududida joylaganligi bilan ifodalash mumkin. Biroq, respondentlarning 38,5 foiz shahar hududida doimiy yashashi qishloq hududida joylashgan ayrim oila xo'jaliklarining ham asosiy daromadi noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar tashkil etishini ko'rsatmoqda.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

1-jadval

Respodentlar tavsifi va statistikasi

O'zgaruvchilar Min Max

O'rtacha St.og'ish

talim_bahosi 2.142 .569 1 3

bosh_hududi_OTM .46 .499 0 1

nonfarm_daromadi .484 .5 0 1

Yashash_hududi .385 .487 0 1

tanlov_ishtirogi .28 .45 0 1

oqish_kursi 2.075 1.413 1 6

grant_shart .229 .421 0 1

erkak_jinsi .684 .465 0 1

yoshi 21.804 3.251 17 32

Olingan so'rovnoma ma'lumotlarini tahlil qilishda, bir bog'liq o'zgaruvchiga bevosita va bilvosita mustaqil o'zgaruvchilarning ta'sirini iqtisodiy baholash[14]da Path modelidan foydalanildi[15]. Talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi mustaqil o'zgaruvchilarga "STATA-17" kompyuter dasturidan foydalanib, Path modeldan olingan tahlil natijalari asosida iqtisodiy baho berildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Olingan tahlil natijalariga ko'ra, talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichiga noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar, yashash hududi, OTMlarida o'tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishi, o'zi doimiy yashayotgan viloyat yoki shaharda joylashmagan, ya'ni boshqa hududda joylashgan OTMlarida o'qishi, talabalarning o'qish kursi, o'qish shakli va ularning jinsi 1 foiz(p<.01)likda statistik muhim ahamiyatga ega(1-chizma).

Doimiy yashash hududi qishloq hududida bo'lgan talabalar shahar hududida doimiy yashashga ega bo'lgan talabalarga nisbatan fanlarni o'zlashtirish imkoniyat yuqoriligini model tahlil natijalari izohlamoqda. Qishloq hududida doimiy yashash hududiga ega bo'lgan talabalar uchun, qaysiki OTMda tahsil olish jarayonida ijara

May 12-13

295

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

Respondentlar - 539 nafar *** p<.01, ** p<.05, *p<.1 1-chizma. Talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholashda Path model tahlil natijalari xonadoni yoki OTM talabalar yotoqxonasida vaqtincha yaxshashi yoki qishloqda uy xo'jalik ishlaridan holi bo'lishi fanlarni o'zlashtirish uchun vaqt imkoniyatini beradi. Shuningdek, erkak(og'il) talabalarga nisbatan ayol(qiz) talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish imkoniyati yuqoriligini ko'rsatmoqda.

Talabalarning davlat granti asosida tahsil olishi fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini ifodalamoqda. Biroq, Oliy ta'lim tizimida shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun shartnoma to'lov miqdorini tabaqalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi ular tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga salbiy ta'sir ko'rsatishini izohlamoqda. Vaholanki, barcha OTMlarida turli tanlovlarning o'tkazilishi va unda talabalarning ishtirogi talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini model tahlil natijalari ko'rsatmoqda. Boshqa hudud(viloyat yoki shahar)da joylashgan OTMlarida tahsil olayotgan talabalar o'z hudud(viloyat yoki shahar)ida joylashgan OTMlarida o'qayotgan talabalarga nisbatan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqoriligini model tahlil natijalari ifodalamoqda. Bunda, Oliy ta'lim tizimida talabalarni bir hudud OTMdan ikkinchi

May 12-13

296

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hudud(talaba hududi) OTMiga o'qishni ko'chirishni cheklanishi talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq, talabalar tomonidan boshqa hudud OTMlarida tahsil olishi bevosita oila daromadiga bog'liq bo'lib, OTMlarida turli tanlovlarni o'tkazilishi va ularda talabalarning ishtiroki oila daromadi ta'sirini yumshatishi mumkin. Ushbu olingan tahlil natijalariga asoslanib, talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berildi.

Xulosalar. Oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ularning oila daromadi ta'siri ko'rsatadi. Ya'ni, oilada noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar oila farzandlarining OTMlarida fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, doimiy yashash hududi qishloqda joylashgan talabalar shaharda doimiy yashashga ega bo'lgan talabalarga qaraganda fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqoriligi aniqlandi. Xususan, qishloq hududida doimiy yashashga ega bo'lgan yoshlar viloyat markaziga yoki boshqa viloyatda joylashga oliy ta'im muassasasiga o'qishi, ularning fanlarni o'zlashtirishga vaqt imkoniyati va uy xo'jalik ishlarida holi bo'lishi ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Vaholanki, oliy ta'lim tizimida boshqa hududda joylashgan oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning o'qishini o'z hudud(viloyat)idagi oliy ta'lim muassasasiga ko'chirishda cheklovlarni kiritish talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq, uzoq hududda talabalarning o'qish imkoniyatiga oila daromadi ta'sir ko'rsatadi. Vaholanki, oliy ta'lim muassasalarida talabalar o'rtasida turli xil tanlovlarning tashkil etilishi, tanlov ishtirokchilari va g'oliblarni rag'batlantirilishi bir tomondan, oila daromadi ta'sirini yumshatsa, ikkinchi tomondan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Муратов Ш. The role of non-farm income in the total income of rural population //Экономика и образование. - 2021. - №. 5. - С. 54-59.

2. Sumner A., Hoy C., Ortiz-Juarez E. Estimates of the Impact of COVID-19 on Global Poverty. - WIDER working paper, 2020. - №. 2020/43.

3. Lin T., Lv H. The effects of family income on children's education: An empirical analysis of CHNS data //Research on Modern Higher Education. - 2017. - Т. 4. - С. 02002.

4. Kodde D. A., Ritzen J. M. M. Direct and indirect effects of parental education level on the demand for higher education //Journal of Human Resources. - 1988. - С. 356-371.

May 12-13

297

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

5. Kinsler J., Pavan R. Family income and higher education choices: The importance of accounting for college quality //Journal of human capital. - 2011. - T. 5. - №. 4. -C. 453-477.

6. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta'lim to'g'risida. O'RQ-637 23.09.2020

7. https://edu.uz - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligming statistik ma'lumotlari.

8. Acemoglu D., Pischke J. S. Changes in the wage structure, family income, and children's education //European Economic Review. - 2001. - T. 45. - №. 4-6. - C.

9. Reardon T. et al. Effects of non-farm employment on rural income inequality in developing countries: an investment perspective //Journal of agricultural economics.

- 2000. - Т. 51. - №. 2. - С. 266-288.

10. Sari R., Soytas U. Income and education in Turkey: A multivariate analysis //Education Economics. - 2006. - Т. 14. - №. 2. - С. 181-196.

11. Hoang T. X., Pham C. S., Uluba§oglu M. A. Non-farm activity, household expenditure, and poverty reduction in rural Vietnam: 2002-2008 //World Development. - 2014. - Т. 64. - С. 554-568.

12. Муратов Ш. OILADA NOQISHLOQ XO'JALIK FAOLIYATIDAN KELADIGAN DAROMADLARNING TALABALAR TOMONIDAN FANLARNI O'ZLASHTIRISH KO'RSATKICHIGA TA'SIRINI IQTISODIY BAHOLASHDA YANGICHA YONDASHUV //Экономика и образование. - 2021. - №. 6. - С. 315-320.

13. Nurullayev U. U., Urazov J. S. AGRAR TA'LIMDA TALABALARNING O'ZLASHTIRISHIGA TA'SIR KO „RSATUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH //Academic research in educational sciences. - 2022. - №. Conference.

- С. 143-150.

14. Muratov S. A. ECONOMIC ASSESSMENT OF THE EFFECT OF FAMILY INCOME ON STUDENTS'DISCIPLINES //Irrigation and Melioration. - 2021. - Т. 2021. - №. 4. - С. 60-64.

15. Pearl, Judea (May 2018). The Book of Why. New York: Basic Books. p. 6. ISBN 978-0-465-09760-9.

890-904.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.