Научная статья на тему 'AFGʻONISTONDA “PUSHTUNIZM” NAZARIYASI'

AFGʻONISTONDA “PUSHTUNIZM” NAZARIYASI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Pushtunizm” / “pushtunlashtirish” / “panturkizm” / “natsizm” / “afg‘on millati” / “Afg‘oniston milliy ma’naviyati” / “Afg‘on ma’naviyati buyukligi” / “Tulana” / “Pushtunvali” kodeksi / “Afg‘oniston ruhi” / “Pashtunism” / “Pashtunization” / “Pan-Turkism” / “Nazism” / “Afghan nation” / “Afghan national spirituality” / “Greatness of Afghan spirituality” / “Tulana” / “Pashtunwali Codex” / “Spirit of Afghanistan”.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Obidjon Nabijon O‘G‘Li Abdurahmonov

Ushbu maqolada Afg‘oniston davlatchilik jarayonlarida pushtunlarning yetakchilik roli, inklyuziv hokimiyatni shakllantirishdagi afg‘onlararo ziddiyatlar va “Tolibon” rahbarligidagi Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining mamlakat markaziy va shimoliy hududlarini etnik, lisoniy va madaniy jihatdan pushtunlashtirishga qaratilgan boshqaruv siyosati “Pushtunizm” nazariyasi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE THEORY OF “PASHTUNISM” IN AFGHANISTAN

This article talks about the leadership role of Pashtuns in the process of statehood in Afghanistan, inter-Afghan conflicts in the formation of an inclusive government, and the theory of the management policy of the Provisional Government of Afghanistan under the leadership of the "Taliban" aimed at the ethnic, linguistic and cultural Pashtunization of the central and northern regions of the country.

Текст научной работы на тему «AFGʻONISTONDA “PUSHTUNIZM” NAZARIYASI»

AFG'ONISTONDA "PUSHTUNIZM" NAZARIYASI

O.N.Abdurahmonov

Tosh ekn t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti

tayanch doktoranti Tel:+998975979766

Annotatsiya. Ushbu maqolada Afg'oniston davlatchilik jarayonlarida pushtunlarning yetakchilik roli, inklyuziv hokimiyatni shakllantirishdagi afg'onlararo ziddiyatlar va "Tolibon" rahbarligidagi Afg'oniston Muvaqqat hukumatining mamlakat markaziy va shimoliy hududlarini etnik, lisoniy va madaniy jihatdan pushtunlashtirishga qaratilgan boshqaruv siyosati "Pushtunizm " nazariyasi haqidaso Z boradi.

Kalit so'zlar: "Pushtunizm", "pushtunlashtirish", "panturkizm", "natsizm", "afg'on millati", "Afg'oniston milliy ma'naviyati", "Afg'on ma'naviyatibuyukligi", "Tulana", "Pushtunvali"kodeksi, "Afg'oniston ruhi"

THE THEORY OF "PASHTUNISM" IN AFGHANISTAN

O. N. Abdurahmanov

Tashkent State University of Oriental Studies

Ph.D. student Phone: +998975979766

Annotation. This article talks about the leadership role of Pashtuns in the process of statehood in Afghanistan, inter-Afghan conflicts in the formation of an inclusive government, and the theory of the management policy of the Provisional Government of Afghanistan under the leadership of the "Taliban " aimed at the ethnic, linguistic and cultural Pashtunization of the central and northern regions of the country.

Key words: "Pashtunism ", "Pashtunization ", "Pan-Turkism ", "Nazism ", "Afghan nation ", "Afghan national spirituality ", "Greatness of Afghan spirituality", "Tulana", "PashtunwaliCodex", "SpiritofAfghanistan".

Kirish.

"Pushtunizm" bu Afg'oniston jamiyat va davlat boshqaruvini "pushtunlashtirish"ga qaratilgan siyosatning nazariy ifodasi hisoblanadi. "Pushtunizm" tub negizida davlat va jamiyat boshqaruvida pushtunlarning ustunligini saqlab qolish, pushtu tilini yagona davlat tiliga aylantirish, pushtun madaniyati asosida boshqa millatlarni birlashtirish, etnoslar tomonida sodir etiladigan har qanday ehtimoliy harakatlarni oldini olish hamda pushtunlarni doimiy qo'llab-quvvatlash yotadi. Shuningdek, "pushtunizm" nazariyasiga ko'ra pushtunlarni jamiyatda eng yirik etnik guruh sifatida namoyon etish, Afg'onistonning asosiy va asl aholisi pushtunlar ekanligini targ'ib qilish hamda mamlakatdagi boshqa etnik guruhlar va mazhab vakillarining davlat va jamiyat boshqaruvida keng imkoniyatlarga egalik qilishiga qarshilik ko'rsatish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili va mctodlar.

Maqolada afg'onshunos olimlar va tadqiqotchilar xulosalariga, shuningdek, pushtu tilidagi ma'lumotlar, davriy nashrlar va internet manbaalariga alohida e'tibor qaratildi. Adabiyotlar tahlilida pushtunlarning mamlakat ichki siyosatiga, milliy birlikka erishish jarayoniga ta'siri o'rganib chiqildi. Maqolada tarixiylik, event, kontent, qiyosiy hamda SWOT tahlil usullaridan foydalanildi.

Muhokama va natijalar.

Afg'onistonda pushtun sulolalaridan bo'lgan hukumdorlar tomonidan pushtu tili va madaniyatini mamlakatdagi barcha etnik guruhlarga yoyish, unumdor, yashash uchun barcha qulayliklarga ega, strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan hududlarga pushtunlarni joylashtirish siyosati olib borildi. Bu borada Amir Abdurahmonning olib borgan siyosati e'tiborga molikdir. U Afg'onistonning janubi va janubi-sharqiy hududlarida istiqomat qiluvchi pushtun qabilalarini

siyosiy va iqtisodiy jihatdan mamlakatning markaziy qismlari bo'lmish shimol, shimoli-sharq, g'arbiy hududlarga ko'chiradi. Majburiy ko'chirish siyosati ortidagi siyosiy maqsadlar Afg'oniston shimoli, g'arbi va markazini "pushtunlashtirish" orqali tojiklar, o'zbeklar va hazoralar aholisini siyraklashtirish edi.[1] Pushtun hukmdorlari bunday siyosat yuritish bilan bir tomondan o'zlarining sodiq tarafdorlari orqali mamlakatning o'sha hududlarini samarali nazorat qilsa boshqa tomondan esa ichki ixtiloflarni bartaraf etishni maqsad qiladi. Taassufki, ushbu siyosat hali-hamon pushtun liderlar tomonidan olib borilmoqda. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochoqlar b o'yicha agentligining ma'lumotlariga ko'ra 2022-yilda 820 000 kishi ichki ko'chirilgan.[2]

Durroniylar boshqaruvi tashkil topgandan so'ng, davlat dastlab eng yirik pushtun qabilalari yashagan hududlarni o'z ichiga oldi. Keyinchalik, uzoq muddatli kurashlari paytida afg'on bo'lmagan xalqlar yashaydigan hududlar bo'ysuntirildi va bugungi kungacha bo'lgan davrning katta qismida afg'on hukumati pushtunlarga mansub qabila vakillari tomonidan boshqarib kelindi. Ammo, Afg'onistondagi turli etnik guruhlarning istiqomat qilishi, ularning pushtunlar hukmronligiga norozilik kayfitida bo'lishi, mamlakatda etnik majorolarni kelib chiqish ehtimolini oshib borishi hamda pushtunlar hukmronligiga qarshi kuchli muxolifat oqimi saqlanib qolayotganligi sababli pushtun hukmdorlari muxolifat kuchlarga qarshi kuch ishlatishga majbur bo'ldi. Amir Abdurahmonni o'g'li Habibulloxon ham otasining siyosatini davom ettiradi. Biroq, Omanulloxon taxtga o'tirganidan so'ng jamiyatdagi ichki muammolarni bartaraf qilish hamda yuzaga kelishi ehtimoli bo'lgan qarshilik harakatini oldini olishda mo'tadil islohotlarni amalga oshirdi. Yevropaga safaridan so'ng Omonulloxon Afg'onistondagi dunyoviy va liberal modelga asoslangan davlat qurilishining Yevropa modelidan boshlaydi. Jumladan, uzoq yillar davomida chet davlatlardan surgunda bo'lgan ziyolilarni mamlakatga qaytishiga ijozat berdi. Ular qatorida Usmonli imperiyasida surgunda bo'lgan Mahmud Tarziy ham Afg'onistonga qaytdi. Mahmud Tarziy Mustafo Kamol Otaturkning "panturkizm" va "natsizm" mafkurasi asosida

kurdlarni turklar bilan yagona millatga umumlashtirish va qonuniylashtirishga qaratilgan etnik assimilyatsiya modelini[5] Afg'onistonda ham joriy qilishga intildi. Jumaladan, mamlakat aholisining tarixiy, madaniy va diniy birligini ta'minlash uchun "afg'on millati" mafkurasini ishlab chiqadi va mazkur mafkura negizida mamlakatdagi boshqa etnik guruhlarni pushtunlar bilan umumlshtirishga kirishadi. Xususan, Tarzi din, til va milliy o'ziga xoslik o'rtasidagi bog'liqlik muhimligini ta'kidlab, afg'on millatchiligi fors tiliga emas, pushtu tiliga asoslanishi kerakligini hamda Afg'onistonda istiqomat qiluvchi barcha etnik guruhlar pushtu tilini bilishi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, pushtunlarni Afg'onistondagi asosiy etnik guruhga aylantirish maqsadida ularni butun mamlakat bo'ylab tarqalishi zarurligini bildirdi. Bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, odamlar ongiga birlashgan "afg'on millati" mafkurasini singdirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Afg'oniston "Mfllat" gazetasining 1966-yil 5-apreldagi birinchi sonining tahririy maqolasida bayon etilgan bo'lib, unda "Afg'on millatining tanazzulga uchragan unsurlarini zudlik bilan aniqlash va yo'q qilish zarurati" haqida so'z boradi hamda "Afg'oniston milliy ma'naviyati", "Afg'on ma'naviyati buyukligi", "Afg'onistonning yuksak maqsad va manfaatlari"ni mustahkamlash, "Afg'oniston ruhi" millat va davlatning ijtimoiy taraqqiyoti, moddiy hamda ma'naviy farovonligining beqiyos manbayi deb e'lon qilindi. Biroq, "Afg'on millati" mafkurachilari o'ta millatchilik pozitsiyasidan turib, pushtu tiliga milliy til maqomi berish, qolaversa, "Afg'onistondagi barcha xalqlar, irqlar va qabilalarni bir millatga birlashtirish, urf-odatlari va ijtimoiy qadriyatlarini birlashtirishga chaqirdilar.[6] Qayd etish joizki, "Afg'on millati" mafkurachilari mamlakatdagi boshqa etnik guruhlarga pushtunlarnimg madaniyatini singdirishga harakat qilishdi. Ta'kidlash o'rinliki, XX asr boshlarida Afg'onistonda "pushtunizm" nazariyasining amaliyotda qo'llanilishi o'zining yuqori cho'qqisiga chiqdi. Ushbu davrda "pushtununizm" nazariyasi millatchilik harakati bilan hamohang tarzda olib borildi. Shu nuqtayi nazardan "Afg'on millati" mafkurasini "pushtunizm"ning muhim elementlaridan biri sifatida ko'rish mumkin. Ammo,

ushbu mafkurani boshqa etnik guruhlar tomonidan qarshiliksiz qabul qilishi o'ta murakkab edi. Jumladan, mamlakatda olib borilgan pushtunlashtirish siyosati boshqa etnoslar tomonidan qattiq qarshilikka ucharadi. Misol uchun, qabilalar va diniy rahnamolar uning markazlashtirish va modernizatsiya siyosatiga qarshi chiqishda davom etdilar va 1928-yilning noyabr oyida Afg'onistonning sharqiy hududlarida ko'tarilgan qo'zg'olon boshqa hududlarga yoyildi. Jumladan, 1929-yilda Afg'oniston shimolida Bachai Sakao (yoki Bachai Saqqo) laqabli etnik tojik Habibulla Kalakoniy tomonidan hokimiyatni egallab olinishi "tojiklarning pushtun hukmronligidan noroziligini" aks ettirdi va chuqur etnik ziddiyatlarni ochib berdi.

"Pushtunizm" nazariyasining yana bir e'tiborga molik jihatlardan biri davlat boshqaruvida pushtunlarning ustun mavqeyini saqlab qolish masalasidir. Boshqacha aytganda, Afg'onistonni pushtunlar davlati sifatida ko'rish yotadi. Bu xususida, tadqiqotchi Sh.Imomov shunday ta'kidlaydi: "Afg'on davlati mavjud bo'lgan butun davr mobaynida afg'onlardan boshqa xalqlarning mavjudligini inkor etish siyosati ongli va maqsadli ravishda olib borildi. Ushbu siyosatning asosi va mohiyati bir xalqning (asosiy va buyuk) an'anaviy qadriyatlari va axloqi edi. [7] Darhaqiqat, "pushtunizm" negizida "yagona afg'on millati" g'oyasi ostida Afg'onistondagi barcha millatlarni pushtunlashtirish siyosati turadi. Mazkur siyosatning yorqin misolini mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muammolarni yengillashtirish, millatlararo tinchlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy va milliy birlikni ta'minlay oladigan mafkura ishlab chiqish harakatlarida ko'rish mumkin. Bizningcha, "pushtunizm" nazariyasining mazmun-mohiyati va ilmiy asoslarini ochib berish uchun uni ikki qismga ajratib tadqiq etish har jihatdan o'rinli bo'ladi.

Madaniy pushtunizm. Madaniy pushtunizm negizida Afg'onistondagi barcha xalqlar, irqlar va qabilalarni bir millatga birlashtirish, urf-odatlari va ijtimoiy qadriyatlarini birlashtirishga chaqirish hamda pushtun millatiga mansub bo'lmagan boshqa etnik guruh vakillarini pushtunlarning madaniyati va turmush tarzini o'zlashtirishga targ'ib qilish yotadi. Pushtunlar o'zining madaniyati, urf-odati, tili va qadriyatlari bilan afg'on jamiyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mashhur olim

va antropolog Charlz Lindxom "Pushtunlar dunyodagi eng katta segmentli qabilalar tizimini tashkil qiladi," deb yozadi.[8] Qayd etish lozimki, madaniy pushtunizmda asosan ikkita muhim vazifani amalga oshirish nazarda tutiladi. Birinchi vazifa mustamlakachi davlatlardan saqlanib qolingan pushtunlarga yot urf-odatlarni, qadriyatlarga qarshi kurashish bo'lib, birinchi navbatda dariy-forsiyzabon tilini muloqot vositasi sifatidagi ahamiyatini yo'q qilishdan iborat bo'lsa, ikkinchi vazifa, pushtunlar madaniyati tarixan Afg'onistondagi eng uzoq tarixga ega bo'lgan madaniyat sifatida, uning afg'on jamiyatidagi mavqeyini doimo yuqori o'rinda saqlab qolishdir. Shu nuqatyi nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, uzoq yillar davomida oliy hokimiyat pushtunlar tomonidan boshqarilganligi sababli mamlakatda pushtun madaniyati va adabiyoti bo'yicha ko'plab adabiy, ilmiy ishlar qilingan. Jumladan, YuNESKO pashtu tilini dunyodagi boshqa tillar orasida tez rivojlanayotgan tillardan biri deb e'lon qildi. Pushtunlarning afg'on jamiyatining hukmronlikka intilishining yana bir sabablaridan biri qabilaviy an'analarga asoslangan shon-sharaf kodeksi "Pushtunvali"ning ijtimoiy hayot tarziga aylangani va milliy ongga singib ketgani bilan bog'liq.[9] Pushtun madaniyati meyorlar va qadriyatlarning uyg'unligini, s hu jumladan individual va kengroq ijtimoiy o'lchovlarni o'z ichiga oladi, ular turli vaziyatlarda tarafdorlari tomonidan tasdiqlanadi va qo'llab -quvvatlanadi. Nanavati, kambala, sulh, taron , shamla, jirga,

Pushtunvali (pushtunlarning xulq-atvor kodeksi) pushtun madaniyatining juda keng tarqalgan belgilari va xususiyatlari hisoblanadi.[10] Shuni ta'kidlash kerakki, boshqa millatlar (etnik guruhlar) vakillari pushtun hududlariga ko'chib o'tishda, qoida tariqasida, "Pushtunvali" sharaf va xulq-atvor kodeksini o'zlashtiradilar va pushtu tilini o'rganadilar.[11] Pushtunlarning ijtimoiy tuzilishi qabilaviy sharaf kodeksi va shariatning mahalliy talqinlari aralashmasi bo'lgan "Pushtunvali" kodeksiga asoslanadi. Buning uchun pushtu tilida gapirish va o'rnatilgan urf-odatlarga rioya qilish kerak. Mehmondo'stlik, mehmonlarni himoya qilish, mulkni himoya qilish, oila sha'ni va ayol qarindoshlarini himoya qilish pushtunlar uchun

eng muhim tamoyillardan biridir. Pushtun madaniyati o'zining an'anaviy musiqasi, raqslari, she'rlari va hikoyalari bilan ham nom qozongan. Jumladan, ularning Attan raqsi, Mexsud raqsi, Vaziriy raqslari xalq orasida juda ham mashhur bo'lib, bayram va sayllarda ijro etiladi. Etiborga molik jihat shuki, pushtun madaniyatida birodarlik, samimiylik, qo'shnilarga g'amxo'rlik mavjud. Mehmon Xudoning marhamati sifatida qabul qilinadi. Mehmondo'stlik madaniyatning asosiy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Oqsoqollar o'z farzandlarini kattalarni hurmat qilishga, boshqalarga mehr-oqibatli bo'lishga, yaxshi xulq-atvor ko'rsatishga, kamtarin bo'lishga, madaniy me'yor va qadriyatlarga qat'iy amal qilishga undaydi. Bundan tashqari, pushtun madaniyatida jirga muhim o'rin tutadi. Jirg'a yig'ilishlarida uy egasining doimiy kechirimliligi va qotillarning jamiyat tomonidan kechirilishi pushtun madaniyatiga misoldir.[12] Yuqorida qayd etilganidek, madaniy pushtunizm Afg'onistonning janubiy va sharqiy viloyatlari hamda Pokistonning shimoli-g'arbiy viloyatlariga xos bo'lgan madaniy assimilyatsiyaning o'ziga xos shaklidir. Madaniy pushtunizmga ko'ra pushtun bo'lmagan xalqlar vakillari ham yashaydigan yerlarda pushtun qabilalarining yashashi bilan bog'liq masalalarni hal qilishni ham anglatadi. Boshqacha aytganda, pushtunlarning Afg'onistondagi siyosiy hokimiyatda katta kuchga ega ekanligi tufayli madaniy pushtunizmga ko'ra boshqa etnoslarning tili, urf-odatlariga e'tibor qaratilmaydi.

Lisoniy pushtunizm. Muhammad Nodirshoh davrida pushtunlashtirish siyosati mamlakatning shimoliy qismlarini, umuman o'zbeklar va ular yashaydigan hududlarni ham chetlab o'tmadi. Jumladan, kelib chiqishi turkiy bo'lgan geografik va tarixiy nomlar pushtunchasiga almashtirildi, ko'plab tojik va o'zbek tillaridagi badiiy, tarixiy va diniy kitoblar aholi orasidan yig'ishtirib olindi. 1936-yil pushtu tili rasmiy davlat tili deb e'lon qilindi va mamlakatda dariy tili bilan birgalikda ikkinchi rasmiy til sifatida joriy etildi. Pushtu tilini rivojlantirish maqsadida davlat apparati ma'murlariga bu tilni o'rganish majburiy deb e'lon qilindi. Rasmiy xatlar va hujjatlar faqat pushtu tilida yoziladigan bo'ldi. Pushtu tilini bilgan idora

xodimlariga har oy 50 afg'oniy miqdorida maoshlariga qo'shimcha mablag' ham beriladigan bo'ldi. Afg'on Turkistonida pushtu tilidagi maktablar ochilib, unda yerlik aholi bolalarini o'qitishga harakat qilindi.[13] Zohirshoh hukmronligi davrida Bosh vazir Hoshimxon tomonidan "Tulana" akademiyasining tashkil etilishi, pushtu tilini Afg'onistonning o'ziga xos tili sifatida targ'ib qilib, uni maktablarda o'rganish kerak bo'lgan va 1936-yildan boshlab barcha davlat xizmatchilari bir necha yil ichida o'zlashtirishlari kerak edi.[14] Ta'kidlash lozimki, pushtu tili "pushtunizm"ning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan har doim pushtunlar o'z tilining mavqeyini ko'tarishga intilib kelishgan. Jumladan, 2004-yilda qabul qilingan Afg'oniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasida pushtu tili dari, o'zbek, turkman, baluch, nuristoniy hamda pomir tillari bilan bir qatorda davlat tili sifatida belgilab qo'yilgani ham buning yorqin ifodasidir.[15] "Pushtunizm" pushtun millatiga mansub bo'lmagan boshqa etnoslarni pushtunlar madaniyatini, tilini va eng asosiysi "Pushtunvali" kodeksini qabul qilishiga davat etish maqsadlarini ham ifoda etadi.

Ta'kidlash joiziki, hozirgi kunda "Tolibon" tomonidan ham "pushtunizm" nazariyasidan amaliyotda keng foydalanilayotganligiga guvoh bo'lish mumkin. Jumladan, "Tolibon"ning hokimiyatni qayta qo'lga olishi ularning boshqaruvida din va etnik (pushtunizm) masalasi asosiy o'rin egallashidan dalolat beradi. Xususan, "Tolibon" tomonidan e'lon qilingan vaqtinchalik hukumat tarkibining asosiy qismini pushtunlar tashkil qilishi, Afg'oniston tojiklari va o'zbeklari uchun hukumatdan faqat uchta o'rin berilishi, hazoralarning esa umuman davlat boshqaruvidan chetda qolishi Muvaqqat hukumatda pushtunlarning roli yuqori ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, "toliblar"ning lisoniy pushtunizmga jiddiy ahamiyat qaratayotganligiga e' tiborga molik. Masalan, ular tomonidan pushtu tiliga Afg'onistondagi asosiy til sifatida katta urg'u berilmoqda. Bundan tashqari, "toliblar" rasmiy doiradagi muzokaralarda, ichki o'zaro muloqotlarida faqat pushtu tilidan foydalanmoqda. So'nggi paytlarda davlat idoralarining rasmiy aloqalari

pushtu tilida olib borilmoqda va davlat idora xodimlarini ushbu tildan foydalanishga undamoqda. Chunki, dariy tili Eronning rasmiy tili bo'lgan fors tiliga juda o'xshash ekanligi ham lisoniy pushtunizm ham madaniy pushtunizmga to'g'ri kelmaydi. Shu sababli, "Tolibon" tomonidan hukumat belgilari va logotiplari hammasi pushtu tiliga o'zgartirilmoqda. Shuningdek, Mudofaa vazirligi va Sanoat va savdo vazirliklarining logotiplari ham pushtu tiliga o'zgartirilgan.

Xulosa.

Yuqorida keltirilgan tahlillar shundan dalolat bermoqdaki, Afg'oniston davlatchiligining asosiy bunyodkori sifatida boshqa etnoslarga nisbatan millatchilik siyosatini olib borish bilan bir vaqtda, Afg'oniston jamiyat va davlat boshqaruvini "pushtunlashtirish"ga qaratilgan siyosatining nazariy ifodasi "pushtunizm" deb ataladi. XX asrning birinchi yarmida Afg'onistonni modernizatsiya qilish va milliylikni shakllantirishda afg'on millatchilari pushtunlar negizida afg'on milliy o'ziga xosligini yaratishga harakat qilishdi. Biroq, boshqa etnik guruhlarga yagona pushtun milliy o'ziga xosligini singdirishga bo'lgan harakatlar mamlakat barqarorligi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Afg'oniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasi. Pushtu tilidan Abdurahmonov Obidjon tarjimasi. - Т.: 2021. -B. 9.

2. Lorenzo Bordonaro. The Pashtunistan issue in light of uneven and combined development: Pashtun nationalism and nation building. The department of Middle East studies. 2023. -P. 77.

3. М.Шах. Пуштунский национализм в Афганистане и Пакистане. Ислам в странах дальнего зарубежья. - С. 114.

4. Muhammad Rahim Nasar. Promoting The Pashtun Culture. (September 22, 2023). https://www.pakistantoday.com.pk/2023/09/22/promoting-the-pashtun-culture/

5. Muhammad Rahim Nasar. Promoting The Pashtun Culture. (September 22, 2023). https://www.pakistantoday.com.pk/2023/09/22/promoting-the-pashtun-culture/

6. Natiq Malikzada. Forced ethnic displacement in Afghanistan: Talibanisation or a continuation of social engineering? (18 October, 2022). http s ://www. newarab. c o m/features/talib ans -afghanistan-c o ntinuatio n-soc ial-engineering.

7. Norqo'chqarov X.E. Afg'onistonda o'zbek tilining qonuniy asoslanishi, o'zbeklar ijtimoiymadaniy hayotidagi o'rni (XX asr - XXI asr boshlari). Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. ISSN: 2181-1342. №12/1(3)-2023. -B. 187-197.

8. Osman Mohammed Afzal. Sub-Nationalism and Nationalism: The Dilemma of Power and Ethnicity in Afghanistan. Vol.13 No.2, June 2022. -P. 418.Мирзоев C.T. Афганский кризис и его влияние на региональную безопасность в Центральной Азии: Геополитический аспект. Душанбе. 2019, Диссертация - C. 77.Имомов Ш. О поисках историко -культурных ценностей Афганистана // Фонус, 2003, № 7. - С. 29Charles Lindhom.The Swat Pukhtun of Northern Pakistan. New York, Columbia University Press. 1982. - P. 33.Stuart J. Kaufman, "Ethnicity as a Generator of Conlict", in Karl Cordell and Stefan Wolff, ed., Routledge Handbook of Ethnic Conlict (New York: Routledge, 2011).

9. Рашидов Р.Р. Афгонистонда давлатчилик масаласи: тарих ва хрзирги замон. -Т.: "Навруз" 2017. - Б. Ethnicity, nationalism and the state in Afghanistan. -P. 6. https://oro.open.ac.uk/19992/2/Beattie.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.