AFG'ONISTON DARIYZABON ADABIYOTIDA HIND USLUBINING RIVOJI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7394941
Kabirova Nargiza Kaxramonovna
Katta o'qituvchi, PhD. TDShU Toshkent, O'zbekiston.
+998909600073. n.kabirova. [email protected]
ANNOTATSIYA
Afg'oniston adabiyotining, jumladan she'riyatning, an'anaviy tor doiradan tashqariga chiqishi, uning mavzulari hamda uslubida o 'zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo 'ldi. Ammo bu o'zgarishlar birdaniga emas, balki tadrijiy ravishda yuzaga kelgani tufayli uzoq vaqt davomida yangi tamoyillar an 'anaviy yo'nalishlar bilan yonma-yon rivojlanishi. Mustaqillik davrining ilk o'n yilliklarida ham shunday hodisani kuzatish, poeziyada yangilikka intilish tamoyili ma'rifatparvarlik g'oyalarining sodda, hammabop tilda tarannum etilishida ifodalanishi, an'anaviy yo 'nalish hind uslubining dariyzabon adabiyotidagi mavqei.
Tayanch so 'z va iboralar: hind uslubi, poeziya, she 'riyat, uslub, realizm.
ABSTRACT
The departure of Afghan folk literature, including poetry, from the narrow traditional framework caused changes in its themes and style. Because these changes did not occur suddenly, but gradually, new principles developed side by side with traditional directions for a long time. Observing such a phenomenon in the first decades of the independence period, the principle of striving for innovation in poetry is expressed in the praise of enlightenment ideas in a simple, universal language, the position of the traditional Indian style in Darizaban literature.
Keywords and expressions: Indian style, poetry, poetry, style, realism.
XVI asrda O'rta Sharq hududi va Shimoliy Hindistonda uch yirik davlat -Hindistonda Boburiylar, Eronda Safaviylar va O'rta Osiyoda Shayboniylar saltanati vujudga kelishi ham Afg'onistonning siyosiy, madaniy holatiga deyarli o'zgartirish kiritmadi. Garchi Boburiylar davlatiga asos solgan Zahiriddin Muhammad Bobur (14831530) birmuncha vaqt Kobulni o'z davlatining poytaxti qilib olgan, qolaversa, bu shaharga alohida mehr qo'yib, uni o'zining so'nggi oromgohi sifatida tanlagan bo'lsa ham, baribir, mamlakat mavqei eskicha - buyuk davlatlarning chet o'lkasi holatida qoldi.
Mamlakatning markaziy va sharqiy hududlari Boburiylar davlati tarkibida bo'lsa, uning g'arbiy viloyatlari goh Safaviylar davlati tasarrufida, gohida esa Boburiylar tasarrufida bo'lgan.
Afg'oniston 1919 yilda mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng badiiy adabiyotda kuzatilgan ma'rifatparvarlik g'oyalarining kuylanishidagi jo'shqinlik sezilarli darajada pasaydi. Buning sabablaridan biri afg'on ma'rifatparvarlari o'z oldilariga qo'ygan yetakchi vazifa, maqsad mustamlakachilik asoratidan qutilish bo'lganida edi. Mustaqillik qo'lga kiritilganidan keyin esa, bu masala bilan bog'liq mavzular ikkinchi planga surilib qoldi. Bunday sharoitda, tabiiy ravishda, badiiy adabiyotdagi an'anaviy tamoyil adabiy jarayonda yetakchilik qila boshladi. Mazkur davr uchun bu tamoyilning asosiy yo'nalishini hind uslubiga ergashish sifatida e'tirof etish mumkin. Buning asosiy sababi XVIII-XIX asrlar afg'on adabiyotida hind uslubining mavqei kuchli bo'lganida edi. Shuning bilan birga, saroy adabiy doiralarida hind uslubining Mirzo Abdulqodir Bedil, Soyib Isfahoniy, Kalim, Voqif kabi yetakchi adiblari ijodiga ergashish rasm bo'lgan edi. Bu hol, ayniqsa, Temurshoh Durroniy podshohligining so'nggi yillarida avj olgan bo'lib, bu davrda saroyda o'tkaziladigan adabiy anjumanlarda Mirzo Bedil asarlari o'qilib sharhlanar, o'sha davrning yetakchi shoirlaridan bo'lgan Mir Ho'tak Afg'on, La'l Muhammad Ojiz, Mirzo Ali Askar Vasfiy va boshqalar ularga naziralar yozishar, muxammaslar bog'lashar edi.1 Asadullo Habib bu davrni j^jl ^ jjJo" "A^J j^^ J "Bedilga ergashish davri yoki Bedil asri"2 , deb atagan edi. Bu an'ana keyinchalik ham davom etdi.
Shoh Akbar Shahristoniyning ta'kidlashicha, amir Habibulloxonning yoshlik yillari "Bedildo'stlar" shahri bo'lmish Buxoroda o'tgani sababli u Bedil she'rlarini sevar, ularni o'qirdi. U hatto Mirzo Bedil "Kulliyoti"ni tuzib chop etish bo'yicha harakatlar qildi, ammo bu ishni oxiriga yetkaza olmadi.3 Shunga qaramay hind uslubiga, Bedilga ergashish bir yo'nalish sifatida yana uzoq vaqt davom etdi va XX asr dariyzabon poeziyasining muhim tarkibiy qismiga aylandi.
Shuni ham ta'kidlash joyizki, hind uslubiga3 ergashish Afg'oniston dariyzabon adabiyotida bir yo'nalish sifatida uzoq vaqtgacha davom etdi. Bu ishda ilk paytlarda Bismil (1887-1961), Hoshim Shoyiq (1883-1954), Muhammad Ibrohim Safo (1906-
1 Р. Иномхужаев. Афгонистон дарийзабон адабиёти (ХУ111-Х1Х асрлар) Тошкент 2016, 51 бет.
2 Асадулло Х,абиб. Адабиёте дари дар нимайе аввале садайе бистум, 27 бет. 3^ ^ . JJ а ^ ^^^^ ^.(ДЗ^&и .»¿НЧ? ' ^ 4.И2иЛ*а аБундан кейин: Ша^ристоний. Адабиёте муосире форсийе дари.
3 Пригарина Н.И. Индийский стильи его место в персидской литературе (вопросы поэтики). — М.: "Восточная литература" РАН, 1999.
1980) kabi bir guruh shoirlar yetakchilik qilgan bo'lsalar, keyinchalik Mir G'ulom Hazrat Shoyiq Jamol (1895-1974), Muhammad Ibrohim Xalil (1895-1984), G'ulom Sarvar Dehqon (1903-1975), G'ulom Ahmad Navid (1901-1984) kabi jodkorlar ularning ishini davom ettirdilar.
Adib va adabiyotshshunos olim Muhammad Usmon Sidqiy hind uslubi va unga ergashgan afg'on shoirlari haqida so'z yuritar ekan, quyidagicha fikr bildiradi: "Bu uslubda shoirning maqsadi ma'noni ochiq ifodalamaslik, asldan yiroq kinoyalar va istioralarni ishlatish, fikrni mubolag'aga burkangan nozikxayolliklar orqali bayon etish, o'ynoqi qofiya va radiflar tanlashdan iboratdir. Bedil, Soyib, G'ani va boshqa ustozlar she'rlaridagi dilkash ma'nolarni tushunib yetish go'zaldir, kishiga shavq bag'ishlaydi. Ammo bu uslubga ergashuvchilardan ko'pchiligining she'rlarida bema'ni, o'zaro aloqasiz va bemaza so'zlarni tizib keltirishdan boshqa narsa mavjud emas, ularda arzigulik ma'no ham ko'p ifodalanmagan."4 Bu ta'rifdan keyin Sidqiy hind uslubida muvaffaqiyat bilan ijod etgan shoirlardan birinchilar qatorida Bismil nomini tilga oladi. Boshqa afg'on adabiyotshunoslari fikricha ham, hind uslubi xususiyatlari Bismil ijodida to'laqonliroq namoyon bo'lgan.
Shuning bilan birga, Afg'oniston hududida Boburiylar davlati madaniy hayoti ta'siri kuchliroq bo'lganini talkidlash lozim. Buning sabablaridan biri shu ediki, Boburiylar saroyi ko'p jihatdan Temuriylar madaniy an'analarini davom ettirishar, bu esa, Afg'oniston xalqiga juda tanish va yaqin edi. Buning natijasi o'laroq, Afg'oniston va Hindistonda forsiyzabon adabiy jarayon ko'pgina mushtaraklikka ega bo'lib, Afg'onistonda yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar Hindiston adabiy muhi-tiga borib qo'shilar, ko'p hollarda esa, turli sabablar bilan Movarounnahr va Eronni tark etgan ijodkorlar oldin Afg'onistonga muhojirat qilishar, keyinchalik esa Hindistonga yo'l olishar edi. Ba'zilar esa, buning aksicha, oldin Hindistonga safar qilib, keyin Afg'oniston shaharlarida yashab ijod etishar edi. Shimoliy Hindistonda yangi adabiy uslub (keyinchalik u hind uslubi degan nom oldi) vujudga kelganidan so'ng ikki hudud adabiyoti orasidagi o'zaro bog'liqlik yanada yaqqolroq namoyon bo'la boshladi. Hind uslubi asoschilaridan hisoblangan Soyib Tabriziy (1606-1674) misoli ham bunga yorqin dalildir. Soyib Tabriziy Isfahonda tug'ilib ijod qilgan bo'lsa ham, ancha vaqtgacha Hindiston adabiy muhitida ijod etdi, keyinchalik esa, birmuncha vaqt Kobul va Hirotda bo'ldi va so'ngra vataniga qaytdi.
Muammo, XV asr oxiri va XVI asr birinchi yarmida Xuroson va Hind shoirlari ijodida ham gullab yashnagan janr sifatida namoyon bo'lgan edi. Qosim Kohiy ham
4 j^j '"'l.j1^- j^l^ ^l jJjL^i ^^l jl^- J. IlliajUi ^ül ¿jl^Jfr jJ^J
bu tamoyildan chetda qolmadi, o'zi muammolar ijod etdi va muammoni yechish usullariga bag'ishlab risola ham yozdi. Bu albatta, shoirning o'zi yashagan davr udumlariga bo'lgan munosabatini ifodalovchi faktdir.
Hind uslubida ijod qilgan Kohiyning ijodiy faoliyati serqirra bo'lib, u Kobul mada-niy muhitida ham, Hindiston madaniy muhitida ham nafaqat shoir sifatida, balki bastakor va qo'shiqchi sifatida ham tanilgan edi. U ko'pincha o'zi yozgan g'azallarga kuy bastalab ijro etar, keyinchalik esa bu qo'shiqlar mashhur bo'lib, og'izdan og'izga ko'chib yurar edi.
Yuqorida keltirilgan qisqa sharh, bir tomondan, Afg'onistondan yetishib chiqqan yoki shu mamlakatda ijodkor sifatida shakllangan shoirlar XVI asr Hindiston adabiy muhitining shakllanishida qanchalik muhim rol o'ynaganlarini ko'rsatsa, boshqa tomondan, Afg'oniston va Hindistondagi XVI-XVII asrlar adabiy hayot mushtarak kechgani, aslida bir adabiy jarayon sifatida davom etganini ko'rsatadi. Bu omil keyinchalik ham bu ikki mamlakat orasidagi adabiy aloqalarga barakali ta'sir ko'rsatib turdi, ularning o'zaro samarali hamkorlikda bo'lishiga zamin hozirladi.
Tadqiqotchi Husayn Noilning ta'kidlashicha Temurshoh hokimiyatining so'nggi yetti yili davomida saroy adabiy muhitiga katta e'tibor beriladigan bo'ldi. Ana shu davrda saroy qoshida shoirlar va ilm ahlidan iborat anjuman tuzildi. Anjumanda ilmiy suhbatlar qatori she'rlar o'qilar, fikr almashinar edi. Bu davrda adabiy doiralarda hind uslubi keng yoyilganligi sababli saroy qoshidagi anjumanda ham ko'proq Mirzo Bedil asarlari o'qilib sharhlanar, unga naziralar yozilar, muxammaslar bog'lanar edi. Bu sohada La'l Muhammad Ojiz, Mirzo Ali Askar Vasfiy, Mir Ho'tak Afg'on, Mirzo Qalandar kabi ijodkorlar peshqadamlik qilar edilar5. Bedil asarlarini o'qib sharhlash, ularga naziralar yozish tamoyili Afg'oniston adabiy hayotida bundan keyin ham uzoq muddatgacha saqlanib qoldi. Bu esa, o'z navbatida, dariyzabon adabiyotda "bedilchilikka evrilish"6 tamoyilini keltirib chiqardi7.
Ayrim Afg'on adabiyotshunoslari Temurshoh poeziyada hind uslubiga ergashganini ta'kidlab, uning she'rlarini badiiy jihatdan o'rtacha deb baholaganlar8. Ammo shoirning o'zi bu borada boshqacha fikrda edi. U o'z faxriyalarida9 bu haqda takror-takror yozganlar.
5 Husayn Noyil. Sayri dar adabiyote sadaye sezdaho'm, 9 bet.
6 Afg'on tadqiqotchisi Asadullo Habib bu tamoyilni "bedilgaroyi yo asre Bedil" (Bedilga evrilish yoki Bedil asri" deb atagan edi. (Asadulla Habib. Adabiyote dari, 37 bet.)
7 Bu vaqtlarda hind uslubiga, Bedil she'riyatiga ergashish faqat Afg'oniston ijodkorlari emas, balki Movarounnahr va Xuroson shoirlari ijodida ham kuzatilgan O'rta Osiyoda bu tamoyil "bedilxonlik" nomi bilan tanilgan. Bu uslubning mumtoz namoyandalaridan deb tan olingan Muhammad Ishoq Shavkat Buxoriy ijodiy biografiyasi bunga yorqin misol bo'la oladi. Shavkat Buxoriy hind uslubiga bo'lgan ixlosi tufayli o'z vatanini tark etib Xurosonga ketadi va u yerda shuhrat qozonadi. Bu haqda qarang: Shavkati Buxoroi. Nuri asr. -Dushanbe, 1986. -b. 3-35.
8 Jumladan professor Jovid o'z ma'ruzalarida "Temurshoh she'rlarining barchasi hind uslubida yozilgan va she'r (san'ati) nuqtai nazaridan o'rtacha darajada", deb aytgan edi. (Prof. Jovid ma'ruzalari.)
9 Faxriya - mumtoz adabiyotda o 'z iste 'dodini ta'riflashga bag'ishlangan asar
.(jl^jji. ^IgJ^c Cj' ^ ù^L Ù^JJ^ t^ntaic AJ OIHJJIXJJ
Temurshoh Kobulning bulbuliga aylangandir -O 'z g'azallarini chiroyli so Zlardan tuzgani uchun. Yoki:
.JJ ÙJP J^ Ù^-J JJ A^UiJ AJ JJI ^^ jljiK (jjj JJ^JJ ol^
Shoh Temur, devoning har varag 'i gulzordek ko 'rinadi -Sening she'rlaring rango-rang bo 'Igani uchun. Yana:
lO^j^jl AJ ÙLUiI yljj ^JJ lj IjJ ¿J^ ^^ AJ JJXJJ OIH
Shoh Temur, sening g 'azallaringni yuz shavq bilan Xalq har anjumanda tilidan qo 'ymaydi.
Faxriya yozish o'rta asrlarda mualliflar uchun oddiy narsa, o'z ijodlarini targ'ib qilish vositasi bo'lgan, shuning uchun ular o'zlarini ta'riflashda tortinib o'tirmaganlar11. Temurshoh ham bundan mustasno emas.
Albatta, bu uslubda ijod qilish shoirdan yuqori saviyadagi iste'dodni, she'r texnikasi sohasidagi bilim va qobiliyatni talab qilganidek, bu uslubda yozilgan she'rlarni o'qib tushinish, ulardan estetik lazzat olish ham o'quvchidan poetika sohasida bilimdon bo'lishni, shoirning jimjimador bayoni zamiridagi ma'noni ocha bilish qobiliyatini talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hind uslubi, bir tomondan, dariy tilidagi she'riyatni ilga-rigidan ham yuqori darajadagi badiiyat cho'qqisiga ko'targan bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu she'riyat muxlislari, o'quvchilari doirasini chekladi, ya'ni badiiy adabiyotga elitarlik xususiyatini bag'ishladi, uning oddiy xalq hayoti bilan bo'lgan aloqasini yiroqlashtirdi. Bu esa bora-bora adabiy estetizmning kuchayishiga, adabiyotni o'zining ijtimoiy vazifasini ado qilishidan yiroqlashishiga sabab bo'ldi. Buning natijasi o'laroq, hatto hind uslubi yetakchilik qilgan davrlardayoq ilg'or adiblar ijodida qadimgi uslublarga qaytish harakati kurtaklari namoyon bo'la boshlagan.
REFERENCES
1. Inomxojaev R. Afg'oniston dariyzabon adabiyoti. (XVIII - XIX asrlar) Birinchi qism, -T.: 2016.
10 Fo'falzoyi. Temurshoh Durroniy, 449-450 betlar.
11 Manuchehr Domg'oniy (vafoti 1041 yil) mashhur bo'lib ketgan bir faxriyasida o'z donishmandligini quyidagicha ta'riflagan edi:
.ÙH J ùJL J lj J IJ J Jl^ J Jl^ JJ cj^j ^Jc J ÙP ^Jc J ' ^Jc ^jl^J Ù^
Men tabobat ilmiyu, din ilmiyu, nahv (sintaksis) ilmini bilaman, Sen «dol»u «zol»u «ro»vu «zo»vu «sin»u «shin»ni bilmaysan.
Mirzozoda X. Ta'rixi adabiyoti tochik. Az davrai qadim to asri XIII. Kitobi I (II) Dushanbe, 1989. b.49.
334
2. Inomxojaev R. Afg'oniston dariyzabon adabiyoti. (XIX asr oxiri - XX asr) Ikkinchi qism, -T.: 2018.
3. Mannonov A. Afg'oniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti tarixi. -T.: 2001.
4. Пригарина Н.И. Индийский стиль и его место в персидской литературе (вопросы поэтики). — М.: "Восточная литература" РАН, 1999.
5. Mirzozoda X. Ta'rixi adabiyoti tochik. Az davrai qadim to asri XIII. Kitobi I (II) Dushanbe, 1989.
6. .□ .^ГЛ^ □□□□□□ □□□□□□ □□□ □□□□□□□□ □□□□□□□□□□ □□ □□□□□□ □□□□□□
7. .ЬИ-ЬЬ .□ .^ГЛ^ □□□□□□ □□□□□□ □□□ □□□□□□□□ □□□□□ □□□□□□
Internet saytlari
9. http://www.afghanistantimes.af/
10. http://www.afghanistan.ru
11. https://www.thekabultimes.gov.af/
12. http://www.pajhwok.com