INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© S.G'. Samatova1H_
1Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada jahon amaliyotiga ko'ra, keyingi yillarda shaxsdagi yakkalanish, yolg'izlanish motivining oshib borishi jamiyatda salbiy jarayon sifatida marginalizm xodisalarini tezlashtirmoqda. Shuningdek maqolada affiliatsiya motivining "birlashmoq", "birlashtirmoq" xarakteri ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashning eng asosiy shartlarida biri ekanligi ilmiy asoslanadi.
MAQSAD: aholini turli qatlam vakillarida affiliatsiya motivini shakllantirish orqali ijtimoiy munosbatlarni barqarorlashtirish, odamlar orasidagi marginalizm (ijtimoiy begonalashuv, ijtimoiy yakkalanish) omilini kamaytirishdan iboratdir.
MATERIALLAR VA metodlar: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot doriasida o'rganilgan affiliatsiya motivi ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, u ijtimoiy munosbatlarni barqrorligi uchun eng muhim ijtimoiy -psixologik xodisalardan biri ekanligi nazariy jihatdan ilmiy aososlanadi. Shuningdek affiliatsiya motivi odamlarni bir-birlari bilan, oila a'zolarining bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarida namayon bo'lib, mazkur motivni shakllanishi ular orasida "hamjihatlikka intilish", "hamkorlikka intilish", "ahillikka intilish", "bir-birini tushunishga intilish", "empatiya" kabi tayanch mezonlarni shakllantirish mumkinligin ko'rsatmoqda.
XULOSA: aholining turli qatlam vakillarida affiliatsiya motivatsiyasining namoyon bo'lishi ijtimoiy- munosbatlarni barqarorligiga ta'sir ko'rsatar ekan, demak u bilan bog'liq bracha ijtimoiy-psixologik determinantlar empirik jihatdan puxta o'rganilishi va mazkur ijtimoiy xulqni boshqarish mezonlarini ishlab chiqishga ehtiyoj mavjud. Shuningdek o'z xulq-atvorida yuqori affiliatsiyani namoyon etgan axolining turli qatlam vakillari ijtimoiy munosabatlarni oson o'zlashtirib, odamlarga nisbatan sezgir va muloqotga moyilliklari aniqlangan
Kalit so'zlar: xulq-atvor, motiv, affiliatsiya motivi, ijtimoiy munosbat, muloqot, marginalizm.
Iqtibos uchun: Samatova S.G'. Affiliatsiya motivi ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida. // Inter education & global study. 2024. №8. B.448-454.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
МОТИВ АФФИЛИАЦИЯ КАК СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ
КАТЕГОРИЯ_
© С. Г. Саматова 1И
Университет точных и социальных наук, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: согласно статье, согласно мировой практике, в последующие годы усиление мотива изоляции и одиночества у личности ускоряет явление маргинализации как негативного процесса в обществе. Также в статье научно обосновано, что природа мотива принадлежности «объединиться», «объединиться» является одним из самых основных условий совершенствования общественных отношений.
ЦЕЛЬ: стабилизация социальных отношений путем формирования мотива принадлежности у представителей разных слоев населения, заключается в снижении фактора маргинализма (социального отчуждения, социальной изоляции) среди людей.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как интервью, социально-психологическое анкетирование, наблюдение, а уровень статистической достоверности полученных результатов подтверждался факторным анализом.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: мотив аффилиации, изучаемый в исследовательской работе, имеет социальный характер и теоретически научно обосновано, что он является одним из важнейших социально-психологических явлений для устойчивости общественных отношений. Также мотив принадлежности проявляется во взаимодействии людей друг с другом, членов семьи друг с другом, причем формирование этого мотива происходит среди них «стремление к гармонии», «стремление к сотрудничеству», «стремление к гармонии», «искать друг друга» показывает, что можно сформировать базовые критерии, такие как «стремление понять», «сопереживание».
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: поскольку проявление мотивации принадлежности у представителей разных слоев населения влияет на устойчивость социальных отношений, это означает, что возникает необходимость эмпирического изучения различных связанных с ней социально-психологических детерминант и разработки критериев управления этим социальным поведением. Также установлено, что представители разных слоев населения, показавшие в своем поведении высокий уровень аффилиированности, легко осваивали социальные отношения, были чувствительны к людям и имели склонность к общению.
Ключевые слова: поведение, мотив, мотив принадлежности, социальные отношения, общение, маргинализм.
Для цитирования: Саматова С. Г. Мотив аффилиация как социально-психологическая категория. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 448-454.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AFFILIATION MOTIVE AS A SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CATEGORY_
© Sevara G. Samatova1®
University of Exact and Social Sciences, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: according to the article, according to world practice, in the following years, the increase in the motive of isolation and loneliness in the individual accelerates the phenomenon of marginalization as a negative process in society. Also, in the article, it is scientifically based that the nature of the motive of affiliation "to unite", "to unite" is one of the most basic conditions for improving social relations.
AIM: stabilization of social relations by forming a motive of affiliation in representatives of different strata of the population, is to reduce the factor of marginalism (social alienation, social isolation) among people.
MATERIALS AND METHODS: during the research, methods such as interviews, socio-psychological questionnaires, and observation were used, and the level of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: the motive of affiliation studied in the research paper has a social character, and it is theoretically scientifically justified that it is one of the most important socio-psychological phenomena for the stability of social relations. Also, the motive of affiliation is manifested in the interaction of people with each other, family members with each other, and the formation of this motive is among them "desire for harmony", "desire for cooperation", "desire for harmony", "seek each other" it shows that it is possible to form basic criteria such as "seeking to understand", "empathy".
CONCLUSION: since the manifestation of affiliation motivation among representatives of different strata of the population affects the stability of social relations, it means that there is a need to empirically study the various social-psychological determinants related to it and develop criteria for managing this social behavior. Also, it was found that the representatives of different strata of the population, who showed a high level of affiliation in their behavior, easily mastered social relations, were sensitive to people and had a tendency to communicate.
Key words: behavior, motive, affiliation motive, social relationship, communication, marginalism.
For citation: Sevara G. Samatova. (2024) 'Affiliation motive as a social-psychological category', Inter education & global study, (8), pp. 448-454. (In Uzbek).
Biz tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan davlat sifatida ma'rifatli va demokratik hamda kuchli huquqiy fuqorolik jamiyati qurar ekanmiz, birinchi navbatda jamiyatda jamoatchilik nazorati va aholining turli qatlam vakillarida daxldorlik fazilati shakllanishi kerak.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Uning uchun ijtimoiy psixologiyadagi affelatsiya motivini shakllantish maqvsadga muvofiq.
Demak mazkur motivga kengroq to'xtalamiz va uning ijtimoiy psixologik kategriya ekangiligini mahalliy va xorijiy tadqiqotlarga asoslanib nazariy asoslab o'tamiz.
Hozirgi kunga kelib fanda motivatsiya muammosi, uning tabiatiga oid ko'plab nazariyalar shakllangan bo'lib, xorijning o'zida aynan shu muammolarga bag'ishlangan 100 ga yaqin nazariyalar mavjudligini ta'kidlash mumkin.
Mazkur masala bo'yicha rus ijtimoiy psixologiyasini rivojlanishiga salmoqli hissasini qo'shgan olima G.M. Andreeva [1] ta'kidlaganidek, agar sotsiologlar uchun ijtimoiy munosabatlar muhim hisoblansa, psixologlar uchun o'zaro shaxslararo munosabatlar alohida tadqiqot ob'ekti bo'lib xizmat qiladi. O'z navbatida odamlar o'rtasida shakllanadigan shaxsiy o'zaro munosabatlar doirasi juda keng va bularning barchasi psixologlar tomonidan alohida e'tiborni talab etadi. An'anaviy tarzda ijtimoiy psixologiyada tadqiqo t ob'ekti sifatida affiliatsiya tushunchasi bilan belgilanuvchi o'zaro munosabatlar doirasi oldinga chiqadi. Aytib o'tish joizki, muvaffaqiyatga erishish, mag'lubiyatdan qochish yoki xokimiyatga intilish motivlariga nisbatan affiliativ motivlar kam o'rganilgan ijtimoiy-psixologik fenomenlar sarasiga kiradi.
Affiliatsiya motivining etimologik xususiyatlariga to'xtaladigan bo'lsak affiliatsiya motivi (ing. to affiliate - birlashmoq, birlashtirmoq) - insonni boshqa odamlar davrasida bo'lishga intilishi tushuniladi. Keltirilgan ta'rifga ko'ra, sub'ektning potensi al havfli stress holatga tushishi bilan affiliatsiya motiviga bo'lgan tendensiya ham oshib borar ekan. Bunda odamlar jamoasi murakkab va havfli sharoitdagi reaksiyalar xarakteri va tanlangan xulq-atvor uslubini to'g'ri yoki noto'g'riliginitanlash imkoniga ega bo'ladilar. Ma'lum chegaradagi odamlar o'rtasidagi yaqinlik havotirlanish darajasini pasayishiga olib keladi va shuning bilan birga ham fiziologik, ham psixologik stressning oldini oladi, oqibatini yumshatadi. Affiliatsiya motivning susayishi esa yolg'izlik, begonalashuv hislarini tug'diradi va frustratsiyaga olib keladi [2; 43-s.].
Shuningdek, "Boshqa insoniy mavjudodlarga nisbatan yaqin bog'liqlikni his etish"ni Mayers yer markazida joylashuvchi o'qqa o'xshatib, uning atrofida inson individumining go'daklikdan to o'limigacha bo'lgan butun hayoti aylanadi va ushbu yaqin bog'likliklar dan insoniyat kuch va har kunlik hayotiy quvonch topadi" - deb ta'kidlaydi va shu ta'rifi orqali affiliatsiya motivini tabiatini tushuntirib berishga harakat qiladi [3; 247-s.] .
Ijtimoiy psixologiyada masala bo'yicha turli olimlar affiliatsiya motivatsiyasiga ta'rif berganda, affiliatsiya motivatsiyasi - muloqotga intilish, bilishga intilish, o'z-o'zini ta'kidlash, manfaatli hamkorlikka intilish kabi maqsadlar, ehtiyojlar, motivlar majmuidan iboratligini ta'kidlashadi[4].
Ushbu motiv yaqqol namoyon bo'luvchi ijtimoiy xarakterga egadir, chunki ushbu motiv boshqa odamlar bilan o'zaro munosabat doirasidagina amalga oshadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj umuminsoniy ehtiyoj hisoblanib, u insonni jamoatchilik va hamkorlikka intilish kabi fundamental baza asosidagina quriladi[5].
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tadqiqotchi X.Xekxauzen [6] affiliatsiya motivni muloqotga ehtiyoj doirasida o'rganib, affiliatsiya har kunlik, lekin shuning bilan birgalikda fundamental xarakterga egadir. U o'zidan psixik hodisa, motiv, mayl, hoxish, boshqa odamlarga intilishni namoyon etadi. Uning asosida muloqotni amalga oshiruvchi insonni emotsional va ishonchli aloqalarga bo'lgan ichki ehtiyoji yotadi. Odatda u yaqin munosabatlar o'rnatishga intilish, har ikkala tomonga qoniqish olib kelish maqsadidagi muloqot jarayoni, birgalikdagi harakatlar majmui ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ushbu ehtiyojning maqsadi turlicha bo'lishi mumkin va hatto bir-birini rad etuvchi (yaqin munosabatlarga erishish yoki suhbatdoshdan o'z maqsadi yo'lidafoydalanish) ko'rinishda ham kelishi mumkin (X.Xekxauzen).
Adabiyotlarni o'rganishimiz "Affiliatsiyaga ehtiyoj" tushunchasi turli tadqiqot ishlarida turlicha tahlil qilingan. Affiliatsiya motivini birinchilardan bo'lib o'rgangan Xenri A. Myurrey tahliliga ko'ra, ushbu motivni namoyon bo'lishini ikki qirrasini ajratibo'tadi: birinchisi -shaxsiy muloqot, birlashish ehtiyoji hisoblansa, ikkinchisi esa - ma'lum guruhga mansublikni o'zi bilan ifoda etadi.
Birinchisida munosabatlarni ishonchliligi, emotsional aloqalarga ehtiyoj (Yan Mazurkevich, K.Obuxovskiy) alohida ta'kidlab o'tiladi. Ikkinchisida, insonni ijtimoiy aloqalarga bo'lgan ehtiyoji (Brem P.Bruunk), aniq bir guruhga aloqadorligi (D.Makklelannd, Ye.V.Trifonov) shuning bilan birgalikda referent guruhga qanday hissiyotlar sezishidan qat'iy nazar boshqa insonlar jamoasini qidirishga intilish (Brem P.Bruunk) nazarda tutiladi.
Aslida affiliativ ta'sir doirasining bunday ko'pqirraliligi bir-biriga zid qo'yish kerak emas, chunki ular turli vaqt va vaziyatlarda faollashadi. Bolalikda bu ona bilan bo'lgan yaqin aloqa bo'lsa, vaqt o'tishi bilan ushbu ehtiyojni namoyon bo'lish doirasi oshib boraveradi. Endi nafaqat yaqin insonlar bilan yakin emotsional aloqa o'rnatish, balki "biror bir narsaning asosiy elementi" ga (Bleyer) aylantirishga harakat qilinadi.
O'rganishlarimiz affiliatsiya motivatsiyasi ko'pqirrali mazmunga ega bo'lib, o'z ichiga odamlar bilan muloqotga kirish ehtiyoji, guruh a'zosiga aylanish, atrofdagilar bilan o'zaro aloqada bo'lish, boshqalarga yordam ko'rsatish, hamda ulardan ham yordam qab ul qilish kabi kompleks motivlardan iborat bo'lgani uchun ham, birinchi bo'lib ijtimoiy psixologlar uchun maxsus tadqiqotlar predmetiga aylangan. Ushbu hodisa, jarayonga turlicha ta'riflar berilgan, lekin ko'pincha, affiliatsiya motivatsiyasi deganda, inso nni odamlar davrasida bo'lishga intilishi, ular bilan birga muloqotda bo'lishga, ular tomonidan tan olinishga, ular bilan ijobiy shaxsiy o'zaro munosabatlar o'rnatish va saqlab qolish tushuniladi.
Tadqiqotimiz doirasida va mahalliy olima N.Norqulovaning tadqiqotlariga asoslanib, affiliatsiya (aloqa, muloqot) deganda, insonlar bilan muloqot o'rnatish(tanish, notanish va kam tanish insonlar) natijasida har ikkala tomonda birday qoniqish hosil qilishga, muloqot jarayonini mazmun bilan boyitishga va unga kirishib ketishga undovchi ijtimoiy o'zaro ta'sirlarning ma'lum bir sinfi tushuniladi degan xukmlarni chiqarishimiz mumkin[7].
Affiliatsiya motivining o'ziga xos bir qancha funksiyalari mavjud va ularni quyidagi taqiqotchilar tizimlashtirgan G.M. Andreeva, A.A. Bodalyov, B.F. Lomov, A.A. Leontev va boshqalarning ilmiy izlanishlarida o'rganilib chiqilgan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tadqiqotchi Xenri A. Myurrey esa odamlar o'rtasidagi bog'liqlik ehtiyojining to'rt turini ajratadi [X. Xekxauzen ]:
1. Affiliativ ehtiyoj (birl ashish ehtiyoji).
2. Rad etilish ehtiyoji (ob'ektlarni inkor etish, chetda qolish).
3. Rahnamolik ehtiyoji (himoyalash).
4. Qo'llab-quvvatlash ehtiyoji (yordam, himoya qidirish).
Affiliatsiya motivining tarkibiy qismga bo'lish tajribasi A.Megrabyan tomonidan qator o'tkazilgan tajriba ishlari natijalari asosidakiritilgan bo'lib, muallif ushbu motivni ikkita motivatorlarga: affiliatsiyaga yo'nalganlik va rad etilishdan qo'rqish moti vatorlariga ajratadi. Ularning asosida esa shaxslararo o'zaro ta'sirlarning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi yotadi[8].
Tadqiqotchi A. Maslou esa boladagi birinchi darajali sotsiogen ehtiyoj sifatida affiliatsiyaga bo'lgan ehtiyoj konsepsiyasini oldinga suradi. Maslou fikricha, inson tug'ilganda faqatgina fiziologik ehtiyojlarga ega bo'ladi. Ma'lum muddatdan so'ng esa bola ijtimoiy bog'liqlikning birinchi belgilarini va atrofdagilarga nisbatan tanlovchan sevgini namoyon etadi. Yana ma'lum muddatdan so'ng, bola ota-ona muhabbati va g'amho'rligini his etgandan, qondirilgandan so'ng, unda avtonomlikka, mustaqillikka, qandaydir maqsad, maqtovga nisbatan muvaffaqiyatga erishishga intilish aniqlanadi (A. Maslou, 1999).
Demak, bolaning ilk ontogenez davrida ushbu ehtiyojlarning qondirilmasligi insonni tashqi muhitga keyingi ijtimoiy adaptatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatib, hatto to'g'rilab bo'lmas asoratlarga ham olib kelishi mumkin degan xulosa kelib chiqadi[9].
Buni ko'pgina tadqiqotchilar ta'kidlab, ularning fikricha, bola shaxsiy xususiyatlarining asosini unga g'amho'rlik qiluvchi kattalar bilan o'zaro aloqasi davridayoq boshlanadi va ular o'rtasidagi affektiv aloqa asosiy o'rinni egallaydi. Emotsional bog'lani shga, sevgiga ehtiyoj nafaqat xulqni, balki butun inson hayotini belgilab beruvchi bosh ehtiyojlardan biridir. Z.Freyd psixoanalizida va ko'pgina psixolog hamda psixoterapevtlar konsepsiyalarida nevroz asosida yoshligida mehr ko'rmagan, muhabbatga to'ymaga nlik natijasida kelib chiquvchi nerv-psixik buzilishlar yotadi, deb ta'kidlashlari bejiz emas.
Affiliatsiya motivi ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, u ijtimoiy-psixologik katergori ekanligi ilmiy aoslandi.
Affiliatsiya motivi aholining turli qatlam vakillarida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarida namayon bo'lib, mazkur motivni shakllanishi ular orasida ahillik, birlashish, ko'maklashish, bir-birin to'laqonli anglash, bir-biriga yoram berish, bir-birin ob'ektiv anglashda kabi tayanch mezonlarni shakllantirar ekan.
Masalaga daxldor rus, xorij va mahalliy tadqiqotlar mazkur motiv hamda motivatsiya muammosi psixologik kategoriya tariqasida talqin qilinib, ushbu muammolarga ijtimoiy psixologik nuqtai nazaridan yondashilgan. Bu yondashuvlar bizga affiliatsiya motivatsiyasining ijtimoiy psixologik kategoriya ekanligi va guruhiy jarayonlar va faoliyat doirasida aynan ijtimoiy psixologik xodisa ekanligini tasdiqlaydi.
Masala bo'yicha nazariy o'rganishlarimiz affiliatsiya motivatsiyasi muammosi ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy xulq, muomala kategoriyalari bilan uzviy tarzda talqin qilingan bo'lib u
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga ijobiy ta'sir qiluvchi tayanch motiv ekanligi bo'yicha ma'lum ijtimoiy psixologik qonuniyat borligini ko'rsatmoqda.
1. Алёшина Ю.Е. Индивидуальное и семейное психологическое консультирование.- Изд.2-е.-М.: Независимая фирма «Класс», 1999.-208с.
2. Хайдаров Ф.И. Формирование мотивов учения у учащихся сельских школ: Автореф.дис. ... канд. пед. наук.- Ташкент: ТГПУ, 1996. - 18 с.
3. Чориев А.И. Социальный облик современной молодёжи. -Т.:Узбекистон, 1996. -
4. Творогова Н.Д. Клиническая психология. Словарь / Под ред. Творогова Н.Д. -М.: ПЕР СЭ, 2007. - 374 с.
5. Чхартишвили Ш.Н. Природа и виды социогенной потребности// проблема формирование социогенных потребностей. - Тбилиси, 1974. - С. 115-119.
6. Зейгарник Б.В.Теория личности в зарубежной психологии- М.:МГУ,1981.- 128с.
7. Jabborov X.X. "O'smirda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari". Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.vOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.
8. Жабборов Хазрат Хусенович. The influence of psychological protective mechanisms in the formation of the ideological immunity in adolescents. European journal of psychological research vol. 4 No.1, 2017 ISSN 2057-4794.
9. Jabborov Kh.Kh. The study of the problem of national education by eastern thinkers. International Journal of Pedagogics (ISSN - 2771-2281) VOLUME 03 ISSUE 02 Pages: 14-20 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 6. 676) OCLC - 1121105677
10. Online Link:- http://theusajournals.com/index.php/ijp/article/view/765
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Samatova Sevara G'ayratova, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o'qituvchisi, [Саматова Севара Гайратовна, Преподаватель Университета точных и социальных наук], [Samatova Sevara Gayratovna, Teacher of the University of Exact and Social Sciences]; manzil: O'zbekiston, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yo'li ko'chasi, [адрес: Узбекистан, Ташкентский район, улица Ташкентское кольцевое шоссе], [address: Uzbekistan, Tashkent District, Tashkent Ring Road st]. [email protected]
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
150 б.