Научная статья на тему 'ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING “OT EGASI” HIKOYASI ASOSIDA)'

ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING “OT EGASI” HIKOYASI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

504
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pirls xalqaro tadqiqoti / Pisa xalqaro tadqiqoti / ta‘lim sifati / o‘qish savodxonligi / bir bosqichli amallar / hodisalarni tavsiflash / murakkab ma‘lumotlarni tahlil qilish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Firuza Murodova

Adabiyot fani bugungi kun o‘quvchisining fikrlay olish, tasavvurini boyitish, ziyrakligi, diqqatini oshirish, nutqini o‘stirish, o‘z shaxsiy fikrini ayta olish, hayotga real qarashini shakllantish, matnni tahlil qilish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi va uni o‘stirishga, takomillashishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda biz bu maqolamizda maktab darsliklaridagi ayrim kichik epik janrlarni xalqaro talablar asosida tahlil qilish texnologiyasini ishlab chiqdik

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING “OT EGASI” HIKOYASI ASOSIDA)»

ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING "OT EGASI" HIKOYASI

ASOSIDA)

Firuza Murodova

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Adabiyot fani bugungi kun o'quvchisining fikrlay olish, tasavvurini boyitish, ziyrakligi, diqqatini oshirish, nutqini o'stirish, o'z shaxsiy fikrini ayta olish, hayotga real qarashini shakllantish, matnni tahlil qilish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi va uni o'stirishga, takomillashishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda biz bu maqolamizda maktab darsliklaridagi ayrim kichik epik janrlarni xalqaro talablar asosida tahlil qilish texnologiyasini ishlab chiqdik.

Kalit so'zlar: Pirls xalqaro tadqiqoti, Pisa xalqaro tadqiqoti, ta'lim sifati, o'qish savodxonligi, bir bosqichli amallar, hodisalarni tavsiflash, murakkab ma'lumotlarni tahlil qilish.

«Metodika — bu vaqtni tejash malakasi, o'quvchi kuchlarini oqilona sarflash, o'quv materialidagi asosiy va bosh narsani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil qilish san'ati, bu o'quvchilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta'sir tizimidir».

M.A.Ribnikova

KIRISH

Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma'naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko'rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda adabiyot o'qituvchisi o'quvchilarining ertangi kunini o'ylab adabiyot darsi jarayonida ularni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag'rikenglikka da'vat etib, ta'lim-tarbiya ishlarini olib bormog'i darkor. Bunday ma'naviy huquqqa ega bo'lish uchun biz o'qituvchilar, avvalo, katta bilim va hayotiy tajribaga, keng dunyoqarash, yuksak ijodiy mahoratga, zamonaviy innovasion bilimlarga ega bo'lishimiz kerakligini, eng muhimi, bu o'ta og'ir, kuchli irodani talab etadigan jabhada haqiqiy fidoiylik ko'rsatish lozimligini yaxshi tushunamiz. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o'qituvchi va ziyolilarga murojaatida O'zbekistonda

yangi Uyg'onish davri, ya'ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta'kidlagan edi. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda munosib tayyorgarlik ko'rish va ishtirok etish ham ayni maqsadlarga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston 2021-2022-yillarda ilk marotaba ta'lim sifatini baholash bo'yicha PIRLS, PISA va boshqa xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. 2000-yildan buyon har 3 yilda o'tkazib kelinayotgan, 2022-yilda 90 ga yaqin davlat ishtirok etishi rejalashtirilayotgan PISA tadqiqotlarida 15 yoshli o'quvchilarning o'qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar yo'nalishlari bo'yicha bilimiga baho berildi. PISA tadqiqotlarida o'quvchi dasturni o'zlashtirganligi emas, balki bilim va ko'nikmalarni hayotda qay darajada qo'llay olishi baholanadi.

Bu tadqiqotlar Evropa davlatlari orasida "o'qish savodxonligi" deb atalgan va o'quvchini tahlilga undaydigan Adabiyot fani yo'nalishi bo'yicha bugungi kun o'quvchisining fikrlay olish, tasavvurini boyitish, ziyrakligi, diqqatini oshirish, nutqini o'stirish, o'z shaxsiy fikrini ayta olish, hayotga real qarashini shakllantish, matnni tahlil qilish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi va uni o'stirishga, takomillashishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda biz bu maqolamizda maktab darsliklaridagi ayrim kichik epik janrlarni xalqaro talablar asosida tahlil qilish texnologiyasini ishlab chiqdik. Jumladan, 8- sinf darsligida keltirilgan O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning "Ot egasi" hikoyasi asosida tahlilga kirishamiz.

Maktab o'quv dasturining adabiyot fani o'quv yuklamasida ushbu asarning o'rganilishiga lsoat ajratilgan. Xo'sh, savol: 45 daqiqa davomida 1600 so'zdan ortiq bu asarni o'rganib, tahlil qilish munkinmi? Asarning ifodali, tushunarli qilib o'qilishi uchun kamida 20 daqiqa kerak bo'ladi. Tashkiliy ishlar va o'tilgan mavzuni mustahkamlash bosqichlariga 10-15 daqiqa ketsa, qolgan daqiqalar o'quvchining asarni tahlil qilishi uchun yetarli emasligini ko'rsatadi. Shunday ekan, o'quvchilarni xalqaro tadqiqot metodlariga tayyorlashdan oldin o'quv dasturlari va mavzularga ajratilgan soatlarni bir tahlil qilsak, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Asar o'quvchilarga o'qib eshittirilishidan oldin, ulardan hikoyani diqqat bilan eshitish talab qilinadi. Har bir voqeaga, har bir detalga va har bir obrazga e'tibor berish kerakligi ta'kidlanadi.

Hikoya o'qituvchi tomonidan o'qib beriladi. O'quvchilar diqqat bilan tinglaydilar. Asar o'qib bo'lingach, o'qituvchi sinfni 3 ta kichik guruhga ajratadi va kichik guruhlarni asarni turli usullar bilan tahlilga chaqiradi:

1-usul - "10 x 10" yoki "O'ntalikni top" deb nomlanadi. Bunda

o'quvchilar berilgan savollarga 10 ta variantdagi javob keltirishlari talab etiladi. Bu usul o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, so'z boyligini oshiradi, sinonim so'zlardan foydalanish mahoratini shakllantiradi, zehnining o'tkir bo'lishi va har bir narsaga diqqat bilan qarashiga o'rgatadi.

1-kichik guruh. Asarning bosh qahramoni kim? Unga 10 ta ta'rif bering. Masalan: Asarning bosh qahramoni Inod. 1) Oilasidan ayrilgan inson; 2)

mehribon muallim; 3) jonkuyar, jafokash kishi; 4) sabr-toqatli, itoatkor shaxs; 5) yaxshi uloq chopadigan; 6) oilasiga va otiga vafodor; 6) ishonuvchan; 7) kimsasiz kishi; 8) xotiralari bilan yashaydigan; 9) odamovi va og'irkarvon yigit; 10) taqdirga tan beruvchi, kurasha olmaydigan obraz

2- kichik guruh. Asarning ikkinchi darajali qahramonlari kimlar? Ularga 10 ta ta'rif bering.

Asarning ikkinchi darajali qahramonlari Egamberdi Xudoyberganov va Bo'riboy. Egamberdi - 1) kichik leytenant; 2) rahmsiz va insofsiz odam; 3) nafsining quli; 4) poraxo'r; 5) yolg'onchi, razil kishi; 6) Qorabayir otning o'limiga sababchi;

7) sigir va qo'yga ham qanoat qilmagan o'g'ri; 8) qo'rqoq odam

Bo'riboy- 9) qo'shnisi; 10) maktab qorovuli

3- kichik guruh. Asarda keltirilgan daraxt, hayvon, taom va detallar nomi.

10 ta 1) Ot; 2) biya; 3) baytal; 4) sigir; 5) qo'y; 6) o'rik daraxti; 7) suzma;

8) chalop; 9) bir tig'li miltiq; 10) qabr

2-usulni "Nima uchun...?" deb ataymiz. Bunda kichik guruhlar berilgan topshiq yuzasidan "Nega...?" so'rog'iga bilganlari bo'yicha so'zlab beradilar. Bu usul o'quvchilarning fikrlash, eslab qolish va nutq so'zlash qobiliyatlarini shakllantiradi.

Umumiy savol: Inodning uchta boyligi bor edi. Ular....

1-kichik guruh: Birinchi boyligi - serdaraxt qishlog'i. ^ .nega?

2-kichik guruh: ikkinchi boyligi - ikki xonali maktabi.. ... nega?

3- kichik guruh: uchinchi boyligi - qorabayir oti. ^ .nega?

3- usul "O'yla, izla, top". Bunda asardagi kichik epizodlarni topish bo'yicha yopiq test beriladi. Bu usul o'quvchilar zehnini va diqqatini o'rganadi.

1-savol: Inodning uyi oldida qanday mevali daraxt bor edi? (o'rik daraxti)

2-savol: Inod mehmonga qaysi taomni taklif qiladi? (chalop)

3- savol: Inod mehmon so'ragan suzmani qayerdan oldi? (tulum)

4-savol: Egamberdi Xudoyberganovning zvanyasi qanday edi? (kichik leytenat)

5- savol: hikoyaning oxirgi jumlasi qanday tugaydi? (Inodning qalbida maktabiga va qishlog'iga bo'lgan muhabbati nish urib ulgurgan edi)

Dars so'ngida "Hikoyadan olgan taaassurotlarim" mavzusida matn yozish uyga vazifa sifatida beriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida keltirilgan usullar yordamida berilgan hikoya o'quvchilar tushunchalarini kengaytiradi, asarni tahlil qilishga yordam beradi. O'rtoqlarining fikrlarini umumlashtirish, jamlash va xulosa chiqarish ko'nikmasini shakllantiradi.

Endi e'tibor qilaylik, PISA xalqaro tadqiqot topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo'yiladi?

— Topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobiliyatiga ko'ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi:

1. Quyi daraja — bir bosqichli amallar.

2. O'rta daraja — hodisalarni tavsiflash.

3. Yuqori daraja — murakkab ma'lumotlarni tahlil qilish.

Shu talablarga tayanadigan bo'lsak, biz yuqorida hikoyaning tahlili uchun qo'llagan usullarimiz xalqaro baholash tizimi qoidalariga imkon qadar javob bera oladi, deb o'ylaymiz. Bundan tashqari, tahlillar o'quvchini kitobni sevishga, qiziqarli asarlarni ko'proq o'qishiga turtki bo'ladi. Chunki, kitob o'qigan sari uning ongi o'sadi, hayotga qarashi o'zgaradi, tafakkur doirasi kengayadi va eng asosiysi, nutqi rivojlanadi.

XULOSA

Ijtimoiy hayotdagi yangilanish va o'zgarishlar adabiyotning o'zida ham, uni o'qitish sohasida ham yangilanishlarni, yangicha yondashuvlarni taqozo etayotgan i aniq. Bu narsa ta'lim metodlaridan boshlab darsning tarkibiy qismlarigacha, adabiy ta'lim mazmunidan boshlab o'qituvchi va o'quvchining munosabatlarigacha, o'quv dasturlari, darsliklardan boshlab adabiyot darslarini tashkil etishgacha bo'lgan muammolarning barchasiga bir xilda daxldor bo'lib turibdi. Bugun axborotlar oqimi shiddat bilan kuchayib borayotgan, kompyuter va umuman texnika olami inson hayotida tobora kengroq va mustahkamroq o'rin olib borayotgan bir zamonda kitob o'qish, kitobxonlik muammosining yanada dolzarblik kasb etishi sir emas. Zero,

kitob va kitobxonlik inson ma'naviy olamining ajralmas qismi ekan, kitob o'qishni o'rganish, kitobxon ma'naviyatini shakllantirish ta'lim-tarbiya jarayonidagi eng asosiy vazifa bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Resublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

2. To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. Toshkent. "Yangi asr avlodi". 2020 y

3. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik. Toshkent -2019 yil

4. Кололожвари И.ва Сеченикова. Как организовать интегрированный урок, Народное образование. -1999 №1

5. A.A.Xalikov "Pirls dasturining mazmun -mohiyati" -pedagogika fanlar doktori

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.