Научная статья на тему 'ADABIY TA`LIMDA HIKOYA TAHLILIGA O‘RGATISHNING ZAMONAVIY USULLARI (ERKIN A`ZAMNINING “KO‘K ESHIK” HIKOYASI MISOLIDA)'

ADABIY TA`LIMDA HIKOYA TAHLILIGA O‘RGATISHNING ZAMONAVIY USULLARI (ERKIN A`ZAMNINING “KO‘K ESHIK” HIKOYASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
423
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik texnologiya / adabiyot darsi / hikoya / yozuvchi uslubi / badiiy so`z / obraz / talqin va tahlil / o‘qituvchi / o‘quvchi / adabiy tahlil / mahorat / metodik tavsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahlo Karimova

Ushbu maqolada adabiy ta`limda hikoya janriga mansub asarlar tahliliga o`rgatishda Erkin A’zamning “Ko‘k eshik” hikoyasi misolida undagi obrazlarta tavsifbaho berish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi, yozuvchining obraz yaratish mahoratini o‘quvchilarga o‘rgatish yuzasidan ko‘rsatmalar havola qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIY TA`LIMDA HIKOYA TAHLILIGA O‘RGATISHNING ZAMONAVIY USULLARI (ERKIN A`ZAMNINING “KO‘K ESHIK” HIKOYASI MISOLIDA)»

qolishga erishish va uning boshqa fanlar kategoriyalardan o'rinsiz foydalanishi xisobiga tushunarsiz murakkablashuviga yo'l qo'ymaslik;

Global pedagogik muammolarni hal etish uchun shaxslararo, millatlararo va davlataro munosabatlarni insonparvarlashtirish va axloqiy me'yorlar to'liq taminlanishiga doir ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.

O'zbeki&on Respublikasining uzluksiz ma'rifiy tizimida sodir bo'layotgan tub yangilanishlar jarayonni jahon ma'rifiy tizimiga integratsiyalashuv va uning rivojlanish tendensiyalariga hamohang ekanligidan darak bermoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Jumanova F., Avazova C., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari. Darslik. -T.: 2020 y

2. Azizxodjayeva.N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahurat. -T.: "Fan va texnologiyalar " nashriyoti. 2006.

3. Mutalipova M. Xalq pedagogikasi. O'quv qo'llanma. -Toshkent, 2015.

4. Ochilov.M Yangi pedagogik texnologiyalar. -Qarshi, Nasaf, 2000.

5. Mardonov SH.Q Yangi ta'limiy qadriyatlar asosida pedagogik kadrlarni tayorlash va malakasini oshirish. -T.: Fan, 2006.

6. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T: Moliya , 2003

7. Qurbonov M. Milliy Tarbiya -T.: Manaviyat, 2007.

ADABIY TALIMDA HIKOYA TAHLILIGA O'RGATISHNING

ZAMONAVIY USULLARI (ERKIN AZAMNINING "KO'K ESHIK" HIKOYASI MISOLIDA

Shahlo Karimova,

Oriental Universitet filologiya fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD),

Rezyume. Ushbu maqolada adabiy talimda hikoya janriga mansub asarlar tahliliga o'rgatishda Erkin A'zamning "Ko'k eshik" hikoyasi misolida undagi obrazlarta tavsif-baho berish bo'yicha metodik tavsiyalar beriladi, yozuvchining obraz yaratish mahoratini o'quvchilarga o'rgatish yuzasidan ko'rsatmalar havola qilinadi.

Rezume. In this article, methodical recommendations are given for describing and evaluating the images in the &ory "Blue Door" by Erkin A'zam, in teaching the analysis of works belonging to the narrative genre in literary education, in&ructions are given for teaching the writer's skill of image creation to &udents.

Tayanch so'zlar: Pedagogik texnologiya, adabiyot darsi, hikoya, yozuvchi uslubi, badiiy soz, obraz, talqin va tahlil, o'qituvchi, o'quvchi, adabiy tahlil, mahorat, metodik tavsiya.

Ключевые слова: Педагогическая технология, урок литературы, рассказ, стиль письма, художественное слово, образ, интерпретация и анализ, учитель, ученик, литературный анализ, умение, методические рекомендации.

Key words: Pedagogical technology, urok literatury, rasskaz, &yle of writing, godly word, image, interpretation and analysis, uchitel, uchenik, literary analysis, art, methodical recommendations.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan "Adabiyot" fani o'rta umumiy ta'limga tuzilgan da^urning uzviy davomi, biroq bunda adabiyot fanidan o'rta maktablarda kam e'tibor berilgan mavzularni to'ldirish, o'quvchi to'la anglab yetmagan yohud tushunilishi qiyin kechgan mavzularni atroflicha izohlash, adabiy-badiiy matnlar u^ida to'laqonli ish olib borish ko'nikmalarini o'^irish maqsadlari ko'zda tutiladi. O'quvchi-talabalar o'qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirishni inobatga olgan holda Da^urda adabiyotshunoslik va adabiyot tarixi fanidagi so'nggi yutuq va ma'lumotlardan foydalanishga e'tibor qaratilgan.

O' qituvchi o' quvchi-talaba hamkorligida dar slarning samarali va qiziqarli bo' li shiga, ko'zda tutilgan adabiy materiallarning qulay usullar bilan oson o'zlashtirilishiga e'tibor qaratsa, bu davr ijodkorlari haqidagi ma'lumotlarning ham tez va oson o'rganilishiga erishadi. Bunday natijaga erishish, albatta, amaliyotda, o'quvjarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy dars usullarini qo'llashni taqozo etadi. Zamonaviy texnologiyalar o'quvchilarni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishga, mu^aqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Shu bilan bir qatorda o'qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish imkonini beradi. Bunday usulda tashkil etilgan zamonaviy darslar o'quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mu^aqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlariga yordam beradi.

Akademik litseyning "Adabiyot" fani da^urida Erkin A'zamning "Ko'k eshik" hikoyasining o'rganilishiga 2 soat ajratilgan bo'lib, o'qituvchi berilgan vaqt mobaynida avvaldan tuzilgan texnologik xaritadan foydalangan holda dars usullarini tanlab olishi kerak. Shuningdek, mashg'ulot davomida Erkin A'zam ijodining o'ziga xos xususiyatlari, hikoyachilik borasidagi mahorati, ulardagi yetakchi mavzular, unda adib mahoratining namoyon bo'lishi haqida o'quvchi-talabalarga yetarlicha ma'lumot berishi kerak. Mazkur usul o'quvchilarga dars jarayonida mu^aqil fikrlashga, o'z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, odatda bu metodda o'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lgan holda o'tkazilsa, kutilgan samarani beradi. Darsdan kutilgan maqsad esa o'rganilayotgan asar bo'yicha berilgan topshiriq yuzasidan xususiy va umumiy fikrlarni bildira olish, xulosalar chiqarishga ko'maklashish, erkin holda bahslashishga yordam berishdan iboratdir.

Mashg'ulotning birinchi bosqichida hikoya ifodali o'qish qoidalariga muvofiq o'qib berilishi maqsadga muvofiq. Zero "o'qituvchi tahlillanadigan asarlarning barcha o'quvchilarga tanish bo'lishiga erishishi uchun sinfda o'qib berishdan bo'lak samaraliroq usul mavjud emas. Buning u^iga badiiy asar o'qituvchi tomonidan o'rniga qo'yib ifodali o'qilganda, o'quvchilarning o'zlari o'qiganlariga qaraganda, hissiy ta'sir

darajasi birmuncha yuqori bo'ladi". O'qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida butun matn bo'yicha maxsus topshiriqlar tizimini ishlab chiqqan bo'lishi lozim. Ma'lumki, har qanday asarningtahlili o'qituvchining yolg'iz o'zi tomonidan olib borilmaydi, balki tahlil jarayonida o'quvchilar to'liq va faol ishtirok etishlari joiz. Shunday qilib asar matni bilan tanishib chiqilgach, badiiy tahlilga o'tiladi.

Birinchi savol sifatida o'quvchilarning diqqatini hikoya nomiga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki ko'k eshik oddiy bir detal, hatto u badiiy obraz darajasiga ham ko'tarilmagan. Mazkur detal orqali yozuvchi ko'k eshikli xonadon sohibasining bag'rikeng, samimiy, chin insoniy hislar to'la sofqalbini yoritib berishni maqsad qilganligi kabi javoblar o'quvchilarning o'zidan chiqishi zarur. Tahlil asardagi voqealarni quruq hikoya qilishga aylanib ketmasligi lozim. Bu jarayonda hikoyaning badiiy ta'sir darajasi, undagi obrazlarning tabiiyligi, xaraktenr puxtaligi, badiiy asar tiliga xos xususiyatlarni aniqlashga diqqat qaratilishi lozim.

Hikoyadagi obrazlar talqini va tahlilini o'rgatish adabiy mashg'ulotning asosiy bosqichlaridan hisoblanadi. Chunki asarning butun g'oyasini ochib beradigan ham, mazmunini o'zida tashiydigan ham bu - badiiy obrazdir. Avval, o'qituvchi o'quvchilarga asardagi har bir qahramon tabiatiga xos sifatlarni ko'rsatishga xizmat qiladigan tasvirlarni topishni buyuradi. Deylik, qo'shni kampirning o'g'li Bo'riboy va uning xarakter xususiyatlari, holatlarini hikoya matniga tayangan holda quyidagi javoblar kabi davom ettirishlari mumkin: "O'ttizlarni qoralagan bu odam qo'shni kampirning o'g'li; akasi bilan murosa qilolmay uyidan arazlab, shu yerda so'qqabosh yashaydi. bu devonatabiat odamni tole qisgan, suygani kuydirib ketgan ekan. «Ilmiy ish» degani esa bir paytlardagi orzusi bo'lsa kerak. U mudom nimadandir xunob, nimadandir shika^a. Nimadanligini biz ham bilmaymiz, o'zi ham." .

Muhimi, o'quvchilar qahramon haqida dalillarga tayangan holda fikr yuritishga odatlanadilar. O'qituvchi hikoya matnidagi biror qahramon tomonidan aytilgan biror jumlani izohlab berishni o'quvchilardan so'rashi va ularni asardagi har bir so'zga e'tibor bilan qarashga o'rgatishi juda muhimdir. Masalan, Zuhra xola nutqi:

- Voy bolam-ey, ko'karib ketibsan-a! Kir-kir... Qachon kelding? Man xavotir olib o'tiribmanku, bu izg'irinda bolafaqir qay ahvolda kelarkan, deb. O'lgur sovuq ham... Mayli, hademay issiq kunlar kep qolar. Bo'riboy aytayotuvdi. Gazetada yozganmish. O'qishinglarni bitirib, hali bir odam bo'lasanlarki, hammasi unutilib ketadi. Sani, Hamid bolamni uylariga borib bir davron surishim bor. Umidim kattasanlardan, ha-ha!.. (Darslik: 550-bet).

Ijarachi kampir talaba yigitlarga yetti yot begona! Biroq a^oydil ularga mehr qo'yadi, ular uchun qayg'uradi, issiq joy topib berolmaganidan hijolat bo'ladi. Hatto yoniga olib kirmoqchi bo'ladi. Nima uchun? O'quvchlar bunday savollarga qahramon nutqi va xarakatlari orqali javob izlaydilar. Va bevosita ular yana hikoya matniga murojaat qiladilar. Asardagi yana bir qahramon - Hamid. Pakana bo'yli, kimlargadir o'xshash mo'ylab qo'yganligi uchun ijarachilarning shubhalanishlariga sababchi bo'lgan bu yigit hazilkash, kulguni yoqtirishi, shuning uchun ham, ayniqsa, "kampir bilan soz" ekanligi mazkur obrazning tabiatidan kelib chiqqan xususiyat ekanligini o'quvchilar anglab yetishlari kerak. So'ng o'qituvchi bu topshiriqlarning davomi sifatida ushbu jalval asosida obrazlar tizimini to'ldirishlarini aytadi:

Men (hikoya so'zlovchisi) Hamid Bo'riboy Zuhra xola Kampir-ning o'g'li

Yotoqxona shovqini malol kelib, ijarada turadigan talaba, gazeta o'qishga ishqiboz Asosiy qahramonlardan bo'lgan talaba, pakan bo'yli, allakimlarga o'xshash mo'ylab qo'ygan, atrofdagilarga tezda laqab to'quvchi Yurganda ham uning qo'lidan gazeta tushmaydi, qo'ltig'ida, albatta, jurnal bo'ladi o'zi qurilishda oddiy ishchi-yu, hamisha oq ko'ylak, bo'yinbog', shlyapada yurishi, muomalasi ziyoli kishilarni eslatadi.

Yolg'iz, faqirona kun kechi-radi, ijarachi-talabalarga ixlosi zo'r, ulardan umidi katta. O'g'li tufayli ko'ngli yarim. Daydi chiqqan,onasiga qarashmay, xabar ham olmay qo'ygan; harbiydan qaytgach, bir beva ayolga uylanib allaqayerda yasharmish.

Yozuvchining obraz yaratishida reali^ik munosabat yetakchilik qilganligiga o'quvchilarning e'tibori qaratiladi. Masalan, kampir Zuhra xola obrazida o'zbek ayollaridagi samimiylik, hokisorlik, mehr-muruvvatlilik xususiyatlari; Bo'riboy obrazida esa boshqa odamlar singari xatoliklar, iztiroblar, afsus-nadomatlar, qismatidagi noqisliklardan kuyinish holatlari; yangi ijarachi obrazida esa o'z manfaatini boshqalardan u^un qo'yishi, yordamga muhtoj kishilarni nazarga ilmaslik kabi xislatlar mavjudligi tasviri ularning qanchalik hayotiy ekanligidan dalolat berishi o'quvchilarga tushuntiriladi. Hikoyadagi har bir tasvir qahramonlarning holatini, xarakterini ochishga xizmat qiladi. U yoki bu holatdagi obraz tasvirlanganda ularning ruhiy olamini, hissiyotlarini, ayni vaqtdagi kayfiyati matndan anglashilib turadi. O'quvchilar qahramon kechirayotgan voqealardan xabardorgina bo'lib qolmaydi, ularning ruhiyatini tushunadi, iztiroblarini his qiladi. Badiiy asarning kuchi ham, quvvati ham shunda.

Badiiy asardagi obrazlar tahlilida ayni shunday tamoyillarga tayanish bir jihatdan yozuvchining obraz yaratish mahoratini belgilab bersa, ikkinchi tomondan o'qituvchi oldiga qo'ygan maqsad - adabiy ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Yo'ldoshev Q. Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari.-T., 1996.

2. Toxliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi.-T.,2006.

3. Zunnunov A.Adabiyot o'qitish metodikasi.-T.,1992.

4. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi. -T.: O'qituvchi, 1999, - 206 b.

5. Sharafiddinov O. Birinchi mo'jiza. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979.

6. Husanboyeva Q. Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi. (Oquv qo'llanma). -Toshkent, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.