Научная статья на тему 'ABUL FAZLNING OINI AKBARI ASARIDAGI BA’ZI MA’LUMOTLAR XUSUSIDA'

ABUL FAZLNING OINI AKBARI ASARIDAGI BA’ZI MA’LUMOTLAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
46
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boburiylar davri / Akbarnoma / Abul Fazl asari / tarjima / fors / ingliz / urdu / hindiy / nashr etmoq / matn. / Babur period / Akbarnama / work of Abul Fazl / translation / Persian / English / Urdu / Hindi / publish / text.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Salimbekov, Nodirbek Ulugbekovich

Mazkur maqola Hindistondagi buyuk Boburiylarning eng mashxur boshqaruvchilaridan bo’lgan Akbar davri haqida bitilgan Oini Akbari asarining yozilish tarihi bayon qilingan. Asar fors tilida yozilgan bo’lsada, ingliz, urdu, hindiy tillariga tarjima qilinishi va tarjima jarayonidagi mualliflarning qarama qarshi fikrlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN ABUL FAZL'S OINI AKBARI INCLUDING SOME INFORMATION

This article describes the history of the writing of Aini Akbari, a work written about the era of Akbar, one of the most famous administrators of the great Baburid’s dynasty in India. Although the work is written in Persian, it is translated into English, Urdu, and Hindi languages, and are analyzed the conflicting opinions of the authors during the translation process.

Текст научной работы на тему «ABUL FAZLNING OINI AKBARI ASARIDAGI BA’ZI MA’LUMOTLAR XUSUSIDA»

ABUL FAZLNING OINI AKBARI ASARIDAGI BA'ZI MA'LUMOTLAR XUSUSIDA

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7398569

Salimbekov Nodirbek Ulugbekovich

Mustaqil tadqiqotchi 97 477 71 22 salimbekovn@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Hindistondagi buyuk Boburiylarning eng mashxur boshqaruvchilaridan bo'lgan Akbar davri haqida bitilgan Oini Akbari asarining yozilish tarihi bayon qilingan. Asar fors tilida yozilgan bo 'lsada, ingliz, urdu, hindiy tillariga tarjima qilinishi va tarjima jarayonidagi mualliflarning qarama qarshi fikrlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Boburiylar davri, Akbarnoma, Abul Fazl asari, tarjima, fors, ingliz, urdu, hindiy, nashr etmoq, matn.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается история написания Ойни Акбари, произведения, написанного об эпохе Акбара, одного из самых известных администраторов великого династия Бабуридов в Индии. Хотя работа написана на персидском языке, она переведена на английский язык, языки урду и хинди, при этом анализируются противоречивые мнения авторов в процессе перевода.

Ключевые слова: Период Бабура, Акбарнама, работа Абул Фазла, перевод, персидский, английский, урду, хинди, публикация, текст.

ABSTRACT

This article describes the history of the writing of Aini Akbari, a work written about the era of Akbar, one of the most famous administrators of the great Baburid's dynasty in India. Although the work is written in Persian, it is translated into English, Urdu, and Hindi languages, and are analyzed the conflicting opinions of the authors during the translation process.

Key words: Babur period, Akbarnama, work of Abul Fazl, translation, Persian, English, Urdu, Hindi, publish, text.

R 0 #

Akbarshoxning vaziri do'sti, adib va olim Abulfazl Allomiy ikkita ulug' asar muallifidir "Akbarnoma" va "Oiniy Akbariy". "Akbarnoma" (boshqa nomlari: "Tarixi Akbarshoxiy", "Tarixi Akbariy") tarixiy asardir. U Akbarshoxning topshirig'iga ko'ra, 1589-1601 yillarda yozilgan. Kitob 3 jilddan iborat. Unda Akbarning tug'ilishi, shajarasi, Bobur, Xuroson davrida shimoliy Hindiston va Afg'onistonda yuz bergan voqe'alar, Akbarning shaxsi, uning saroyi, boburiylar saltanatining tuzilishi, mamlakatning ma'muriy bo'linishi, soliq va boshqalardan tushadigan tushumlar, dinlar, xindlarning dunyoqarashi va boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Abulfazl Allomiy Akbarshoxga o'xshab betakror shaxs edi. Uning tuliq ismi Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak edi. U davlat arbobi, tarixchi va adib, Akbarning vaziri va eng yaqin do'sti edi. Abulfazl xaqida Hindistonning mashxur raxbarlaridan Javoxarlal Neru shunday deydi: "Akbar atrofiga sadoqatli va iqtidorli insonlarni to'plagan edi. Ular ichida aka-uka Fayzi va Abulfazl bor edi.1

Abulfazl Allomi ikkita yirik asar muallifidir. Birinchisi uch kitobdan iborat "Akbarnoma" asaridir. Birinchi jildda Akbarning tugilishi, uning shajarasi xikoya qilinadi. Bobur, Xumoyun davrida Afgoniston va shimoliy Hindistonda yuz bergan siyosiy vaziyat tasvirlanadi. Uchinchi jild "Oiniy Akbariy" (Akbar qonunlari) nomi bilan mustaqil asar sifatida mashxur. Muallif vafotidan so'ng Akbar xukmronligining so'ngi davrlari yozilmay qolgan.2

Akbarning topshirigi bilan yaratilgan mazkur ulug' asar Hindiston tarixini, xususan, 16-asr oxiri 17-asr boshlaridagi davrni o'rganishda beqiyos ahamiyatga ega. Unda Akbarshox xukmronlik qilgan 46 yillik voqealar batafsil qalamga olingan.

Asarning 1588 yil mart oyining o'rtalarida boshlangani xaqida ma'lumotlar uchraydi. Avvalo, uning oldida ko'lyozmalar haqida ma'lumotlar to'plash turardi, Abul Fazl buni shunday eslaydi: Men uzoq vaqt davlat xizmatlarida shuxrat qozongan ushbu naslning keksalaridan ma'lumotlar olishimga tug'ri keldi. Viloyatlarga davlat xizmatida bo'lgan yoshi ulug' xizmatchilardan saroyga oid biron bir voqea yoki xodisa xaqida yozma yoki og'zaki shaklda saroyga eltib berishlari. xaqida farmonlar yuborildi. Bu ulkan g'oya edi. Ish ko'lamidan Abulfaz arxiv xujjatlarni qidirgan va to'plagan birinchi tarixchi edi.3

Malaka oshirish uchun qilingan safarlar davomida Hindiston milliy arxivida saqlanayotgan ushbu qimmatli asarni qo'lyozma shakli bilan tanishishga muvaffaq bo'lindi. Asarning bugungi kundagi holati qoniqarli emasligi va bunday noyob adabiyotni tamomila batafsil tahlil qilish va undagi qimmatli ma'lumotlarni kelajak avlodga etkazish asosiy vazifalardan biridir.

Oini Akbari fors tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan ilk asardir.4 Asar uch jildda ingliz tiliga tarjima qilingan. Geynrix Blochman tomonidan tarjima qilingan The Ain i Akbari by Abul Fazl Allami5 birinchi jild (1873) I va II kitoblardan iborat edi. Polkovnik Genri Sallivan Jarret tomonidan tarjima qilingan ikkinchi jild (1891) III kitob, qolgan jildi esa ayni muallif tomonidan tarjima qilingan (1896), IV va V kitoblardan iborat.6

Bunday qimmatli asarning boshqa tillarga tarjima qilinmagani asar haqida batafsil hulosa qilishni qiyinliashtiradi. Asarning ilmiylik darajasini oshirish va undagi juda noyob ma'lumotlarni tahlil qilish Hindiston tarihini o'rganayotganlar uchun juda muhim manbaa vazifasini o'taydi.

Fida Ali Talib urdu tiliga tarjima qilgan va 1938 yilda nashrdan chiqqan kitobida Abul Fazl yozgan asarida keltirilgan ma'lumotlarni kelajak avlodga еtkazish asosiy vazifaligini aytadi. Muallif fikricha shox Akbar o'z davrining eng ulug' podshohlaridan bo'lgan va uning boshqaruv uslubi, ko'p elatli mintaqadagi o'rni, Abul fazlning Akbar haqidagi ta'riflari asarni tarjima qilishga turtki bo'lganini ta'kidlaydi.7

Izlanishlar davomida asarning hindiy tilidagi tarjimasi Shiv Mridul tomonidan 2020 yilda Blochman ingliz tiliga tarjima qilgan talqininig tarjimasi bilan tanishildi. Bunda asardagi qimmatli ma'lumotlarni hindiy tili mushtariylariga еtkazish maqsad qilinganini ko'rish mumkin.8

Qo'lyozma hamda ingliz, urdu, hindiy tilidagi tarjimalar bilan tanishish jarayonida, avtor yani Abul Fazl va tarjima mualliflari Blochman, Jarret, Fida Ali va Shiv Mridullarning o'zgacha yondoshuvlarini guvoh bo'lindi. Bunda tarjima mualliflari ba'zi o'rinlarda avtor yani Abul Fazl bergan ma'lumotlarni to'g'irlab ketkanliklarini tilga oladilar. Umuman olganda barcha tarjimalar asl matn bilan uyg'un holda va muallifning asosiy maqsadi bo'lgan o'sha davrga oid qimmatli ma'lumotlarni еtkazib berishdagi bog'liqlikni ko'rishimiz mumkin.

O'sha davrda adabiy cho'qqini egallagan fors tilida ijod qilgan Abul Fazl bunday noyob asarni yozishda saroyga va yuqori doira vakillari tushunadigan iboralar bilan o'z fikrini ifodalagani tabiiy holdir. Asarni tarjima qilishda va undagi iboralarni mushtariylarga еtkazishdagi qiyinchiliklar tarjimon mahoratini talab qiladi. Tarjima mualliflaridan Jarret quyidagi fikrlarni bildirgan: Asardagi Abul Fazlning o'ta nozik fikrlari va ma'lumotlarni еtkazib berish uslubini tarjimada ayni o'zidek mushtariyga еtkazib berishga harakat qilindi, zero bu jarayonda o'z ilmining ustalaridan maslahatlar olindi.9

Hindiy tiliga tarjima qilgan muallif Shiv Mridul Abul Fazlni tub aholi sanamaganliklari va berilgan ma'lumotlar noto'g'riligiga ishora qiladi. Bunga sabab qilib asardagi keltirilgan ba'zi so'zlarning orfografik va ma'no jihatidan nog'riligini keltiradi.9 Bunday ayblovlar noo'rin ekanligi va berilgan ma'lumotlar shubha ostiga olinmasligini ta'kidlagan bo'lar edik, negaki Abul Fazl o'z davrida Akbarning eng suyukli do'sti, vaziri bo'lgan. Bu mavqe' orqali istalgan ma'lumotlar qo'lga kiritilishi va bu ma'lumotlar haqiqiyligi va uni kelajak avlodga boricha etkazish imkoni bo'lgan. Ikkinchi tomondan Abul Fazl bunday tarihiy va davlat ahamiyatiga ega ma'lumotlarda hato qilishi mumkin emasligini tushungan.

Asar fors tilida yozilgan bo'lsa ham, avval ingliz tiliga hamda urdu va hind tillariga tarjima qilingani ilmiy jihatdan matnshunoslik hamda hindshunoslikda o'z o'rniga egadir. Bunday ulkan tarixiy asar o'z ma'lumotlarini yana ham aniqroq etkazishi uchun, uni chuqurroq tahlil qilish va o'rganishni talab etadi.

REFERENCES

1. Neru Djavaxarlal "Vzglyad na vsemirnuyu istoriyu", Moskva, 1981, Tom 2, b. 65

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, T., 2002, 1-tom

3. Istoriya Indii v sredniye veka, Moskva, 1968, b. 420

4. Cohn, Bernard S. (1996). "Law and the Colonial state in India". Colonialism and Its Forms of Knowledge: The British in India. Princeton, NJ: Princeton University Press. b. 61

5. H. Blochman 'The Ain i Akbari by Abul Fazl Allami', Calcutta, 1873

6. Ain-e-Akbari, English tr. by Colonel H. S. Jarrett. The Asiatic Society of Bengal, Calcutta. 1948

7. Fida Ali Talib 'Ain I Akbari by Abul Fazl', 1938, Hyderabad b.4-5

8. Shiv Mridul "Ain e Akbari", Delhi, 2020

9. The Ain I Akbari / by Abul Fazl 'Allami; translated by colonel H.S. Jarret, Calcutta 1891, v.2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.