Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKILANIRISHI HAQIDA'

ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKILANIRISHI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
857
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
sog‘lom turmush tarzi / Ibn Sino / inson salomatligi / mizoj. / healthy lifestyle / Ibn Sina / human health / client

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — F. I. Nazarova

Ibn Sino ko‘rsatishicha, har bir tirik mavjudotning o‘z turiga mos tabiiy me’yori bo‘ladi. Eng mo‘tadil mizojga ega bo‘lgan mavjudot insondir. Uning katta yutug‘i shundan iborat bo‘ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan alohidalikka so‘ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko‘rsata olganidir. Har bir odamning o‘ziga xos mizoji bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABU ALI IBN SINA-ON THE IMPACT OF A HEALTHY LIFESTYLE

Ibn Sina showed that every living thing has a natural norm for its species. The creature with the most moderate clientele is the human being. His great achievement was that he was able to show his concept of the client in the example of the human body, from the general to the individual. Everyone has their own client.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKILANIRISHI HAQIDA»

ABU ALI IBN SINONING SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKILANIRISHI

HAQIDA

F. I. Nazarova ANNOTATSIYA

Ibn Sino ko'rsatishicha, har bir tirik mavjudotning o'z turiga mos tabiiy me'yori bo'ladi. Eng mo'tadil mizojga ega bo'lgan mavjudot insondir. Uning katta yutug'i shundan iborat bo'ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan alohidalikka so'ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko'rsata olganidir. Har bir odamning o'ziga xos mizoji bo'ladi.

Kalit so'zlar: sog'lom turmush tarzi, Ibn Sino, inson salomatligi, mizoj.

ABU ALI IBN SINA-ON THE IMPACT OF A HEALTHY LIFESTYLE

ABSTRACT

Ibn Sina showed that every living thing has a natural norm for its species. The creature with the most moderate clientele is the human being. His great achievement was that he was able to show his concept of the client in the example of the human body, from the general to the individual. Everyone has their own client.

Keywords: healthy lifestyle, Ibn Sina, human health, client

Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, mana'naviy va madaniy merosini avaylab

asrashga, shuningdek, atrof-tabbiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar (O'zbekiston respublikasi Konistutsiyasi 49-50moddalar).

Jahon tibbiyotida o'z mavqeini muhrlagan Ibn Sinoning ilmiy merosi g'oyat boy va bebaho xazinadir. Bugungi kunda Belgiyadagi Luven katolik universiteti professori Yul Yanssensning "Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta'siri", "Abu Ali ibn Sino va uning merosi" kabi asarlari ..."Abu Ali ibn Sino - Fransiya" uyushmasi prezidenti professor Mark Bonnelning, Golland olimi Utrextdagi Fan tarixi instituti professori Robert van Gentlarning ilmiy faoliyatlari Ibn Sino asarlaridagi g'oyalar benihoyat qimmatli ekanligidan yana bir dalolat bermoqda. Ibn Sino asarlarini chuqurroq o'rganish bugungi davr muammolar yechishida eng zarur omil sanaladi.

O'tmishimiz tarixini bilishimizga intilishimiz o'tmishning yangi-yangi qirralarini ochayotganligimiz axamyatlidir. Odam va odam, ular ta'siri,hayot va o'lim, yashashdan kuzatilgtan maqsad singari xilma-xil masalalar necha asrlar davomida ijod ahli e'tiborini o'ziga jalb qilib kelgan tayanchmavzulardan biridir.

Ekologiya- ya'ni organizim bilan tashqi muhit o'rtasidagi munosabat haqidagi fanning yuzaga kelishini va"ekologik" (oikos-yunoncha xonadon, yashash joyi "logos"- fan) iborasining qo'lanilishi XIX asrda yashab o'tgan nemis tabiat shunos olim Ernst Gekkel (1834-1919) nomi bilan bog'liq va uni ekologiya fanining otasi deb qaraladi. Bu borada e'tiroz qilishimiz joizki, chunki qariyib ming yil avval buyuk vatandoshimiz, qomusiy olim, yibbiyot dahosi Abu ali ibn Sinoning hozirda ekologiya deb yuritilayotgan atrof-muhitning deyarli barcha omillari, ularga insonning, jonizotlarning ta'siri va nihoyat, bu omillarning inson va jonizotlarga aks ta'siri to'g'risidagi mashhur iboralarning krltirishning o'zi kifoya. "Chang bo'lmaganda inson 1000 yil yashagan bo'lar edi", yoki: " Havo toki muvozanatlangan va toza bo'lsa, uning(pnevmaga) begona qo'shimchalar qo'shilmasa, u salomatlik garovi bo'ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab bo'ladi"1. Yashash joyi muhiti borasida esa "Tib qonunlari"da alohida ta'kidlab, shunday deyilgan: "Turar joy tanaga turlicha ta'sir qilishi mumkin: balan yoki past joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi, darxtlarning mo'lligi, qabriston yoki konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi tanlanganda muhim ahamyatga ega" Bu fikrlar muhit to'grisida bo'lib, tibbiy ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo'lamiz. Shu bois, keyinchalik ekologiya debnom berilgan majmuani Ibn Sino nomi bilan boglashli, hech bo'lmaganda "tibbiy ekologiyasi"ning otasi deb atalishi adolatdan bo'ladi.

Hozirda ekologik omillar biotic va abiotik omillarga bo'linadi. Lekin Ibn Sinoning ming yil avval sog'lik va kasallik sabablarida ekologik omollarning dinamizmi haqidagi qarashlari kishini hayratga soladi. Allomaning sabablar ichida ekologik omillarga keng o'rin berganligi bugungi kunda o'zining dolzarbligi bilan Ibn Sino ta'limotining umriboqiyligini yanna bir karra tasdiqlaydi. Biz haqli ravishda Ibn Sinoni sog'lom turmush tarzi ta'limotining asoschisi deb ayta olamiz. Ibn Sino fifricha, sog'lom hayot kechirish hamda uzoq faol umr ko'rishning yagona va ishonchli yo'li -bu sog'lom turmush tarzidir. Sog'lom turmush tarzini shakillantirishda esa ovqatlanish madaniyati, ekologik ta'lim-tarbiya, jismoniy mashqlar muhim o'rin egallaydi [6-15]. Alloma ko'pgina insonlar salomatlik tanadagi qonning ko'pligi yoxud ozligiga bog'liq deb hisoblashadi, aslida unday emas, salomatlik qonning sifatiga bog'liqdir deb juda to'g'ri e'tirof etgan. Zamonaviy ibora bilan aytganda salomatlik - qonning immanent me'yoriga bog'liqdir. Klod Bernar Ibn Sino asarida "mizoj" - aniq sifat, tabiiy me'yor ma'nosini anglatadi. "Unsurlar o'z quvvatlari bilan bir-birlariga ta'sir qilishlari natijasida ularning hammasiga mos bir kayfiyat vujudga keladi. Ana shu kayfiyat mizojdir" Gap to'rt xil sifatli unsurlarning bir-biriga mutanosib miqdorlar orqali mosligi haqida borayotganligi anglash unchalik qiyin emas. Qon, safro, savdo va limfa suyuqligi har bir organizm uchun muayyan miqdorda -"xos adad"da bo'ladi; Ushbu to'rt suyuqlik muayyan miqdorda bir-biri bilan mutanosiblik o'lchovlarida yagonalik-me'yorni tashkil etadi. Bu holatda salomatlik me'yori mustaqil to'rt me'yorning

munosobati shaklida namoyon bo'ladi. Abu Mansur al-Qumri ham o'z ustozi Ibn Sinoning bu boradagi fikrini tasdiqlab shunday deydi: "Inson tanasining e'tidolli holatida bu qarama-qarshi to'rt sifat ma'lum bir chegarada to'xtagan bo'ladi".

Tibbiyotda ekologik ta'lim va tarbiya joriy qilinishda Ibn Sinoning ta'limotini asos qilib olish, uni zamonaviylik nuqtai nazardan o'rganish maqsadga muvofiqdir. Bu o'rindako'kalamzorlashtirish maqsadida o'lka faunasiga mansub bu'lmagan ba'zi manzarali daraxtlarning ko'plab ekilishi kasalliklar ekogenezi ma'nosida u qadar foydali bo'lmasligi, balki changlanish yuqori bo'lgan o'lkamiz sharoitida ularning insonga pathogen (jumladan, allergen) ta'sirini unutmaslik kerak. Ibn Sino e'tirof qilganidek, turar joylar uchun ajratilgan yerlar landshaftiga, ularning holatigs, ya'ni saharsozlik yo'nalishlarga ham hozrda ekologik omil sifatida yondashish zarur bo'lib bormoqda [16-30].

Abu Ali ibn Sino qomusiy olim sifatida ilimning qaysi bir sohasi bilan shug'ullanmasin ilmiy merosning asosiy o'zagi va dolzarb ahamyatini belgilovchi muhum xususiyatlardan biri uning izchil fidokorona ravishda ulug bir maqsad sari -borliqning turli tomonlarini ilmiy o'zlashtirish asosida insonning ijtimoiy mavjudot sifatida o'zligini anglash, uning komillik darajasini yuksaltirish, inson va tabiat, inson va jamioyat o'rtasidagi munosabatlar va ularning o'zaro bog'liqligini har tomonlama keng va chuqur holda ilmiy asoslash va uyg'unlashtirishga mudom intilish yotadi. U bizning "Donishnoma" asarida ilm sohasiga, uning kishilar hayotida muhim orniga o'zining munosabatini aks ettirib, o'sha davrdagi ilimlarni nazariy va amaliy qismlarga bo'lib, nazariy bilimlar "bizning jonimiz o'z shaklini kasb etishi va u dunyoda baxtiyor bo'lishi uchun buyumlarning borliq holati hamda bizni xabardor qiladi" deb hisoblasa, amaliy bilimlar "bizno oz hatti-harakatlarimizdan xabardor qiladi ^ Uning foydasi shuki, u shu dunyodagi ishlarimizni yo'lga silish uchun nimal;ar qilishimiz lozimligini o'rgatadi"2, - deb ta'kidlaydi. Ulug' allomaning hikmati darajasidagi bunday mazmundor satrlari bag'rida yetib kelgan dono mushohadalar bugun uchun ham zamondoshdir. Ulardan voqif bo'lish, ularga amal qilish shu hayotda yashayotgan har biro damning insoniy burchidir.

Insonning tabiat o'rtasidagi munosabatlarni ekologiya fani o'rganadi. Hozirgi kunda mavjud bo'lgan 15000 fanlar orasida ekologiya fani oz mohiyatinining chuqurligi, nihoyatda ko'p tarmoqlari borligi va amaliy ahamyati muhimligi bilan ajralib turadi.

Markaziy Osiyo aholisi jatidan eng yirik davlatlardaB BIRI BILAN o'zbekistonda ekologik muammolarning paydo bo'lishi, uning tabiy muhtga, insonlar salomatligigata'siri kuzatilmoqda. Anashu ekologik muammolarningoldini olish uchun butun O'zbekiston aholisiga, ayniqsa, yoshlar ekologik bilim berish orqali ularda ekologik madaniyatni shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Xulosa qilib aytganda, Ibn Sino inson salomatligi bilan tabiat va uning ekologik omillari orasidagi dialektik aloqadorlikni o'z vaqtida anglagan. Haqiqatdan ham sog'lom inson - sog'lom tabiat mahsuli, biosferaning hayot ko'rsatkichlari me'yorida asralgandagina Yer sayyorasidagi 7 milliarddan ortiq aholi tinch-osuda yashay oladi. Komil insonllargina tabiat borlig'i me'yorlarini anglab hayotda ularni buzilishigan yo'l qo'ymaydi.

REFERENCES

[1] Nazarova, F. (2022). Qaridoshlar orasidagi ofat. Scientific progress, 3(1), 663-669.

[2] Nazarova, F., & Hudaikulova, N. (2019). Healthy generation-the basis of a healthy family. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 69-73.

[3] Nazarov, A. (2021). Challenges to Uzbekistan's secure and stable political development in the context of globalization. Journal on International Social Science, 1(1), 26-31.

[4] Nazarov, A. (2021). Healthy generation-the basis of a healthy family. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 409-413

[5] Nazarov, A. (2021). The impact of the chemical industry on the environment. Eurasian journal of academic research 1(8), 145-148

[6] Утаганова, Г. Х., Джурабекова, А. Т., & Мавлянова, З. Ф. (2009). Натальные шейно-спондилогенные поражения (к оценке лечения задержки нервно-психического развития). РМЖ, 17(15), 956-958.

[7] Умирова, С. М., Мавлянова, З. Ф., & Сабирова, Ш. Б. (2019). Реабилитационные мероприятия при протрузии межпозвонковых дисков поясничного отдела позвоночника, у спортсменов занимающихся различными видами единоборства. Достижения науки и образования, (12 (53)).

[8] Камилова, Р. Т., Исакова, Л. И., Мавлянова, З. Ф., & Ким, О. А. (2017). Оценка влияния систематических занятий различными группами видов спорта на гармоничность физического развития организма юных спортсменов Узбекистана. Спортивная медицина: наука и практика, 7(1), 86-91.

[9] Логинова, Н. Н., & Бойко, И. В. (2010). Оценка эффективности реабилитационных мероприятий у больных с профессиональными вегетативно -сенсорными полиневропатиями от воздействия физических перегрузок. Медицина труда и промышленная экология, (4), 39-42.

[10] Баратова, С. С., Мавлянова, З. Ф., & Бурханова, Г. Л. (2019). Исследование допустимых значений параметров тела спортсменов при помощи биоимпедансометрии. Вопросы науки и образования, (31 (81)).

[11] Шарафова, И. А., Мавлянова, З. Ф., & Баратова, С. С. (2019). Лечебная гимнастика как важная часть реабилитации при нейропатии лицевого нерва. Достижения науки и образования, (12 (53)).

[12] Abdusalomova, M. A., & Mavlyanova, Z. F. (2018). Optimizatsiya primeneniya Lazeroterapii Pri Migreni. Молодежный инновационный вестник, 7(S1), 358-358.

[13] Камилова, Р. Т., Мавлянова, З. Ф., Исакова, Л. И., & Шарафова, И. А. (2017). Сравнительная оценка показателей силовых индексов ведущей руки и спины среди детей Узбекистана, занимающихся различными группами видов спорта. Спортивная медицина: наука и практика, 7(2), 61-69.

[14] Абдусаматова, Б. Э., Башарова, Л. М., Мавлянова, З. Ф., & Камилов, Ж. А. (2015). Частота выполнения утренней гимнастики и закаливающих процедур среди учащихся. Вестник Казахского Национального медицинского университета, (4).

[15] Mavlyanova, Z. F. (2019). Nutritional status and its condition in patients with cerebral palsy. Problems of biology and medicine, (4), 216-222.

[16] Камилова, Р. Т., Мавлянова, З. Ф., Абдусаматова, Б. Э., & Исакова, Л. И. (2017). Занятость спортом и уровень двигательной активности учащихся. Спортивная медицина: наука и практика, 7(3), 86-91.

[17] Расулова, Н. А. (2010). Многофакторная оценка нарушений фосфорно-кальциевого обмена в прогнозировании и предупреждении последствий рахита. Автореферат дисс.... кандмед. наук. Ташкент, 19.

[18] Ахмедова, М. М., Шарипов, Р. Х., & Расулова, Н. А. (2015). Дизметаболическая нефропатия. Учебно-методическая рекомендация. Самарканд, 26.

[19] Расулова, Н. А. (2009). Клиническая значимость факторов риска развития рахита у детей. Врач-аспирант, (7), 567.

[20] Güngör, D., BiQer, I., Pereira, R. R., Rasulov, A. S., Rachimov, A. U., Mavlyanov, S., ... & Brabin, B. J. (2008). Prevalence of vitamin D deficiency in Samarkand, Uzbekistan. Journal of Nutritional & Environmental Medicine, 17(4), 223-231.

[21] Шарипов, Р. Х., & Расулова, Н. А. (2017). Бронхообструктивный синдром и методы коррекции у детей. Вестник врача, (1), 52.

[22] Ахмедова, М. М., Шарипов, Р. Х., Расулова, Н. А., Расулов, А. С., & Ирбутаева, Л. Т. (2019). Дифференциальная диагностика поражения почек обменного генеза у детей раннего возраста. Достижения науки и образования, (12 (53)).

[23] Расулова, Н. А., Расулов, А. С., Шарипов, Р. Х., Ахмедова, М. М., & Ирбутаева, Л. Т. (2019). Оценка значимости уровня 25 (он) d3 в сыворотке крови и его влияние на профилактику рахита у детей 1-го года жизни. Достижения науки и образования, (11 (52)).

[24] Расулова, Н. А., Шарипов, Р. Х., Расулов, А. С., Ахмедова, М. М., & Ирбутаева, Л. Т. (2017). Взаимосвязь факторов риска развития рахита с уровнем 25 (он) d3 в сыворотке крови у детей. Вестник врача, 40.

[25] Шарипов, Р. Х., Ахмедова, М. М., Расулова, Н. А., Расулов, А. С., & Ирбутаева, Л. Т. (2019). Сравнительная оценка эффективности бронходилятаторов при обструктивных состояниях у детей. Достижения науки и образования, (11 (52)).

[26] Rasulova, N. A., & Irbutaeva, L. T. (2021). THE EFFECTIVENESS OF NEBULIZER THERAPY IN BRONCHO-OBSTRUCTIVE CONDITIONS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(3), 178-181.

[27] Ниёзов, Ш. Т., Джурабекова, А. Т., & Мавлянова, З. Ф. (2011). Эффективность озонотерапии в комплексном лечении миелитов у детей. Врач-аспирант, 45(2.3), 516-521.

[28] Юсупова, Н. Н., Мавлянова, З. Ф., & Джурабекова, А. Т. (2015). Коррекция болевого синдрома у больных с острым нарушением мозгового кровообращения. Российский журнал боли, (1), 98-98.

[29] Баратова, С. С., Мавлянова, З. Ф., & Шарафова, И. А. (2016). Индивидуально -типологические особенности, обуславливающие выбор вида спортивной деятельности. In Современные проблемы психологии и образования в контексте работы с различными категориями детей и молодежи (pp. 190-191).

[30] Mavlyanova, Z., Burkhanova, G., Ravshanova, M., Makhmudov, S., & Kholboyev, S. (2020). Improving the tactics of treating children with severe cerebral palsy. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 2020.

[31] Мавлянова, З. Ф., & Ким, О. А. (2015). К вопросу о немедикаментозном лечении дисциркуляторной энцефалопатии у лиц пожилого возраста. In Бюллетень медицинских интернет-конференций (Vol. 5, No. 3). Общество с ограниченной ответственностью «Наука и инновации».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.