Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINO – SOG‘LOM TURMUSH TARZI HAQIDA'

ABU ALI IBN SINO – SOG‘LOM TURMUSH TARZI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
6143
267
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‘lom turmush tarzi / Ibn Sino / inson salomatligi / mizoj. / healthy lifestyle / Ibn Sina / human health / client.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Babadjanova Zamira Hikmatovna, To‘Xtayeva Hafiza Hikmatovna, Xalimova Dilrabo Jalilovna

Ibn Sino ko‘rsatishicha, har bir tirik mavjudotning o‘z turiga mos tabiiy me’yori bo‘ladi. Eng mo‘’tadil mizojga ega bo‘lgan mavjudot insondir. Uning katta yutug‘i shundan iborat bo‘ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan alohidalikka so‘ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko‘rsata olganidir. Har bir odamning o‘ziga xos mizoji bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABU ALI IBN SINA ABOUT A HEALTHY LIFESTYLE

Ibn Sina showed that every living thing has a natural norm for its species. The creature with the most moderate clientele is the human being. His great achievement was that he was able to show his concept of the client in the example of the human body, from the general to the individual. Everyone has their own client

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINO – SOG‘LOM TURMUSH TARZI HAQIDA»

Scientific Journal Impact Factor

O

ABU ALI IBN SINO - SOG'LOM TURMUSH TARZI HAQIDA

Babadjanova Zamira Hikmatovna, To 'xtayeva Hafiza Hikmatovna,

Xalimova Dilrabo Jalilovna Buxoro davlat tibbiyot instituti

Annotatsiya: Ibn Sino ko'rsatishicha, har bir tirik mavjudotning o'z turiga mos tabiiy me'yori bo 'ladi. Eng mo ''tadil mizojga ega bo 'lgan mavjudot insondir. Uning katta yutug'i shundan iborat bo'ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan alohidalikka so 'ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko 'rsata olganidir. Har bir odamning o 'ziga xos mizoji bo 'ladi.

Kalit so'zlar: sog'lom turmush tarzi, Ibn Sino, inson salomatligi, mizoj.

Abstract: Ibn Sina showed that every living thing has a natural norm for its species. The creature with the most moderate clientele is the human being. His great achievement was that he was able to show his concept of the client in the example of the human body, from the general to the individual. Everyone has their own client.

Keywords: healthy lifestyle, Ibn Sina, human health, client.

Jahon tibbiyotida o'z mavqeini muhrlagan Ibn Sinoning ilmiy merosi g'oyat boy va bebaho xazinadir. Bugungi kunda Belgiyadagi Luven katolik universiteti professori Yul Yanssensning "Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta'siri", "Abu Ali ibn Sino va uning merosi" kabi asarlari ..."Abu Ali ibn Sino - Fransiya" uyushmasi prezidenti professor Mark Bonnelning, Golland olimi Utrextdagi Fan tarixi instituti professori Robert van Gentlarning ilmiy faoliyatlari Ibn Sino asarlaridagi g'oyalar benihoyat qimmatli ekanligidan yana bir dalolat bermoqda. Ibn Sino asarlarini chuqurroq o'rganish bugungi davr muammolar yechishida eng zarur omil sanaladi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) asarlari orasida 50 ga yaqini tibga bag'ishlangan: "Al-Qonun fi-t-tib" ("Tib qonunlari"), "Urjuza fít-t-tib"("Kichik tibbiy qonun" yoxud "Tibbiy doston"-S.X.),"Shifo kitobi", "Qulanj kasalligini davolash" va boshqalar.

Me'yor tibbiyotda "xos miqdor", "mo''tadil", "zaruriy miqdor", "o'rtacha", "maromida", "tartib", "had", "e'tidol", "al-miqdor al-lozim", "haqiqatga yaqin miqdor", "tadbir", "mizoj" va hokazolar. tushunchalar orqali ifodalanadi. Me'yor -borliqning oltin qonuni. U hayotning hamma jabhalarida amal qiladi: iqtisodda, siyosatda, salomatlikda, sevgida, odobda, muomalada ayniqsa yaxshiroq namoyon bo'ladi. Aslini olganda esa moddiy va ma'naviy hayotimizning o'zagini me'yor qonuni tashkil etadi.

KIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

Suxravardiya tariqatining vakili Sa'diy Sheroziy inson salomatligi me'yori haqida ajoyib fikrlar bildirgan:

"Bo'lsin qattiqligu, yumshoqliq boham, Tabib ham kesaru, ham qo'yar malham. Dono kishi qattiq bo'lmaydi doim, Qadri ketar bo'lsa hamon muloyim"

Abu Ali ibn Sino o'z umrini inson salomatligi me'yorini o'rganishga bag'ishladi, desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Uning asosiy tadqiqot ob'ekti, salomatlik va bemorlik me'yorlarini o'rganish bo'lgan. Ibn Sino nuqtai nazarida, sifat miqdordan ayrilgan emas. Xuddi shuningdek, sifat va miqdorning yagonaligi va yaxlitligi, bir-birini taqozo etishi, aslo ularning bir-biriga qo'shilib ketganini bildirmaydi. Ibn Sinoning yutug'i shundaki, sifat va miqdor belgilarini farqlay oldi. Shu sababli ham, "Miqdor kasalliklari"ni "sifat kasalliklari"dan ajratib ko'rsatdi.

"Miqdor kasallik"lari kattalashishi yoxud kichrayish, kamayish bilan farqlanadi."Uzluksizlilikni buzilishi tufayli vujudga keladigan kasallik"lar mavjudligiga e'tibor berdi. O'zining "Donishnoma" asarida "Miqdorning ikki xil: birinchisi-"uzluksizlik" arab tilida ifodalanganda "mutassil" Ikkinchisi - uzlukli, arab tilida "munfasil" deb ifodalanadi. Borliqdagi barcha narsa, predmet va jarayonda miqdor va sifat ajralmas, yagonalikda namoyon bo'ladi. Sifat arab tilida "kayfiya", Miqdor arab tilida "kamiyya"deb izohlanadi. Tabiat borlig'ida o'zgarmas ob'ektning o'zi yo'q. Ammo barcha tabiat borlig'i o'z doirasida o'zgarib turadi. Me'yor Ibn Sino ta'limotida ko'p qirrali, sermazmun kategoriyadir. Ibn Sino asarlarida me'yorning xilma-xil mohiyatlari: "adolatli bo'lak", "miqdorlar mosligi", "sifatlar mutanosibligi", "to'rt unsurning o'zaro bir-biriga hamohangligi (mosligi)" kabi tushunchalarda yoritilgan. Masalan: birinchi me'yor - "adolatli bo'lak" ("xos adad"); ikkinchi me'yor - qarama-qarshi sifatlar sintezi; uchinchi me'yor - to'rt va undan ortiq me'yorlar sintezi; Uchinchi me'yor - rejim; to'rtinchi me'yor taqsimlashdagi adolatli bo'lak; aniq miqdorlarning biri-biriga munosobati; beshinchisi - yaxshi sifatli (bunda har qanday sifat emas, aynan yaxshi sifat aniq qilib aytganda "yaxshi sifat, a'lo sifat" me'yor modifikatsiyasidan biridir-S.X.)

Alloma ko'pgina insonlar salomatlik tanadagi qonning ko'pligi yoxud ozligiga bog'liq deb hisoblashadi, aslida unday emas, salomatlik qonning sifatiga bog'liqdir deb juda to'g'ri e'tirof etgan. Zamonaviy ibora bilan aytganda salomatlik - qonning immanent me'yoriga bog'liqdir. Klod Bernar Ibn Sino asarida "mizoj" - aniq sifat, tabiiy me'yor ma'nosini anglatadi. "Unsurlar o'z quvvatlari bilan bir-birlariga ta'sir qilishlari natijasida ularning hammasiga mos bir kayfiyat vujudga keladi. Ana shu kayfiyat mizojdir" Gap to'rt xil sifatli unsurlarning bir-biriga mutanosib miqdorlar orqali mosligi haqida borayotganligi anglash unchalik qiyin emas. Qon, safro, savdo va limfa suyuqligi har bir organizm uchun muayyan miqdorda -"xos adad"da bo'ladi;

Scientific Journal Impact Factor

o

Ushbu to'rt suyuqlik muayyan miqdorda bir-biri bilan mutanosiblik o'lchovlarida yagonalik-me'yorni tashkil etadi. Bu holatda salomatlik me'yori mustaqil to'rt me'yorning munosobati shaklida namoyon bo'ladi. Abu Mansur al-Qumri ham o'z ustozi Ibn Sinoning bu boradagi fikrini tasdiqlab shunday deydi: "Inson tanasining e'tidolli holatida bu qarama-qarshi to'rt sifat ma'lum bir chegarada to'xtagan bo'ladi".

Mizoj mo''tadil va mo''tadillikdan chiqqan holatda bo'lishi mumkin. Mizoj mo''tadil bo'lsa kishining tanasi sog'lom, mo''tadillikdan chiqsa kasallik paydo bo'ladi.

Inson uchun eng yaxshi holat mizojning mo''tadil bo'lishidir. "Mizoj mo''tadil bo'lganida gavdadagi qarama-qarshi xususiyatlar miqdor jihatidan o'rtacha va sifat jihatdan nuqsonsiz bo'ladi. Bunday kishi sog'lomdir. Agar qarama-qarshi xususiyatlar o'rtacha bo'lmay, ikki tomonning biriga, masalan, issiqlik yoki sovuqlikka, ho'llik yoki quruqlikka yoki har ikkisiga moyil bo'lsa, mizoj mo''tadillikdan chiqadi va tanada kasallik paydo bo'ladi.

"Mo''tadillik - mizoj egasining butun gavdasida yoki bir a'zosida unsurlarning miqdori va kayfiyatlari bilan odam mijoziga keragicha eng to'g'ri taqsimlanib, eng to'g'ri nisbatda to'lla-to'kis bo'linganidan iboratdir".

"Mo''tadillik" - mutanosib miqdorlar, proporsiya, nisbat ma'nosini bildiradi. "Sifatli qon" deganimizda, qon tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning miqdoriy mutanosibligi tushuniladi, bunday qon mo''tadil sifatiga tengdir. Mana shu sifatli qonga mos sifatli safro, sifatli hujayralar suyuqliklar va h. bo'lishi lozim.

Abu Ali ibn Sino "Taodul" va "mo''tadil" so'zlarining ma'nosini ajratib berdi. "Taodul" so'zi og'irlikdagi barobarlikni bildiradi.

Ibn Sino "Urjuza fit-t-tib" ("Tib haqida urjuza") kitobida aniqrog'i she'riy risolasida mizojning to'qqiz xilini: issiq mijozli; sovuq;

1. quruq;

2. ho'l;

3. issiq va quruq;

4. issiq va ho'l;

5. sovuq va quruq;

6. sovuq va ho'l mijozli

7. mo''tadil mizojni ko'rsatib berdi.

Bu to'qqiz xil mizojning har birini uch darajasini ajratib ko'rsatib berdi.

Ibn Sino ko'rsatishicha, xar bir tirik mavjudotning o'z turiga mos tabiiy me'yori bo'ladi. Eng mo''tadil mizojga ega bo'lgan mavjudot insondir. Uning katta yutug'i shundan iborat bo'ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan alohidalikka so'ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko'rsata olganidir. Har bir odamning o'ziga xos (individual) mizoji bo'ladi, deb ta'kidlaydi alloma.

Scientific Journal Impact Factor

o

Shunday qilib, dunyodagi odamlar bir turga mansub bo'lsalar ham, ular orasida ichki me'yori teng ikki kishini aslo uchratish mumkin emas.

1. Insonning individual (o'ziga xos) mizoji;

2. Har bir a'zoning o'z mizoji;

3. Insondagi jins mizoji;

4. Insondagi yosh mizoji;

5. Ovqatlar mizoji;

6. Fasllar mizoji;

7. Dorilar mizoji

8. Kiyimlar mizoji

Har xil mintaqalar mizoji va h.

Inson sog'lom bo'lishi uchun o'z tanasidagi yetti muvozanatga qat'iy amal qilmog'i shart. Bular quyidagilardir:

"1. Tana (organizm) mutanosibligi;

2. Ovqat va ichimlik tanlash;

3. Gavdani ortiqchalikdan xoli etish;

4. Tana a'zolari joylanish to'g'riligi, mutanosibligini saqlash;

5. Burunga tortiladigan havoni yetarli va yaxshi qilish;

6. Kiyiladigan kiyimlarni muhitga moslab tanlash;

7. Jismoniy va ma'naviy harakatlar mu'tadilligi "

Inson salomatlik me'yorlaridan biri qondagi xolesterin miqdori, agar xolesterin miqdori 120-180 MB (medisina birligi-S.X.) bo'lsa bu samomatlik me'yoridir. 200 medinisina ko'rsatkichidan oshishi esa arteriya qon tomirlarining ifloslanganidan dalolat beradi. Qon tomirlarida to'planib borayotgan xolesterin miqdori qondagi xolesterin miqdoriga to'g'ri proporsionaldir. Inson tanasi qonidagi qand miqdori; qon bosimi; tanadagi yog' miqdori va qondagi gliserin miqdorlari bu ko'rsatkichlari bari salomatlikni ko'rsatuvchi ichki tabiiy me'yorlardir. Aynan mana shu ko'rsatkichlar o'z me'yorida bo'lganda inson salomat bo'la oladi.

"Sog'liqni saqlash ilmi","Sog'lom turmush tarzi","Sog'lom avlod", "Ruhiy salomatlik" , "Sog'lom tabiiy muhit" konsepsiyalarining asoschisi Ibn Sinoning tib asarlaridir desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Inson salomatligi faqat tana ichki muhitiga bog'liq bo'lmay, balki atrof-muhit, xilma-xil ekologik omillar, ma'naviy ta'sirlarga ham bog'liqligi alloma nazaridan chetda qolmagan.

Fikrimizni dalili sifatida, allomaning "suv sifatini aniqlash" borasidagi; "tabiiy ta'sir" hamda "tabiiyga zid ta'sirlar" borasidagi g'oyalarini misol qila olishimiz mumkin. Insonning tabiiylikka mos ta'siri o'z ichiga sifat jihatdan farq qiladigan ikki xil ta'sirni o'z ichiga oladi.

1. Tabiatga mos, ya'ni tabiat bilan mutanosib bo'lgan ta'sir;

Scientific Journal Impact Factor

О

2. Tabiat va uning komponentlarining moslashish chegarasigacha yoki tabiatning "qizil chizig'igacha" bo'lgan ta'sir.

Insonning tabiatga ta'siri moslashish chegarasidan oshsa, ekologik xatoliklar, tangliklar va inqirozlar ro'y bera boshlaydi. Insonning "tabiiylikka zid", ya'ni tabiat ta'siriga "qarshi" bo'lgan ta'siri, me'yoridan "ortiqcha" yoki "tabiat ta'siriga qarshi" (Ibn Sino iborasi) ta'sirlarining ham bir necha xillari mavjud. Bularga: trigger taz'iq, surunkali degradasion ta'sir, o'tkir letal taz'iq va boshqa salbiy ta'sirlar kiradi.

Agar qadimgi yunon tabibi Gipokrat 200 ga yaqin o'simliklar haqida ma'lumot bergan bo'lsa, Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari"da 900 ga yaqin o'simlik xususida fikr yuritib, ulardan foydalanish yo'llarini bayon qilgan. Alloma Sharq donishmandlarining "dorivor xususiyati bo'lmagan o'simlik yo'q va o'simlik bilan davolamaydigan kasallik ham yo'q", degan so'zlarini amalda isbotlagan buyuk inson edi.

Xulosa qilib aytganda, Ibn Sino inson salomatligi bilan tabiat va uning ekologik omillari orasidagi dialektik aloqadorlikni o'z vaqtida anglagan. Haqiqatdan ham sog'lom inson - sog'lom tabiat mahsuli, biosferaning hayot ko'rsatkichlari me'yorida asralgandagina Yer sayyorasidagi 7 milliarddan ortiq aholi tinch-osuda yashay oladi. Komil insonllargina tabiat borlig'i me'yorlarini anglab hayotda ularni buzilishigan yo'l qo'ymaydi.

1. Саъдий Шерозий. Гулистон. Шеъриятидан.Т."Узбекистон" 2002.Б.119.

2.Ибн Сина Абу Али.Канон врачебной науки.Кн.1 .Ташкент.1981.С. 142

3. Ибн Сина Абу Али.Канон врачебной науки.Кн.1.Ташкент.1981.С.11.

4. Абу Али ибн Сино. Канон врачебной науки. Кн.1.Т.:Фан.2005.С.296-297.

XULOSA

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.