Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLAGAN MAQOLLAR VA ULARNING TAHLILI'

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLAGAN MAQOLLAR VA ULARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1766
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / hikoya / sarlavha / yakun / o’z ma’nosi / ko’chma ma’no / tana qilmoq / kinoya / Abdulla Qodiriy. / proverb / novel / title / conclusion / real meaning / figurative meaning / blame / irony / Abdulla Kadiriy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva, Nozima Anvarxonovna, Mirzayeva, Dilshoda Ikromjonovna

Xalq og’zaki ijodining yorqin namunasi bo’lgan maqollar badiiy asarlarda ham unumli qo‘llanadi. Ular badiiy asarda turli ma’no-mazmunni ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning kichik hajmli asarlarida foydalangan maqollari xalq og’zaki ijodida berilgan maqollarning original versiyasi bilan qiyosiy tadqiq qilinib, o’rganib chiqiladi. Ularning badiiy matndagi ma’nosi va funksiyasi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROVERBS USED IN THE WORKS OF ABDULLA QADIRI AND THEIR ANALYSIS

Proverbs as samples of folklore are used efficiently in fiction. They are used to express different meanings in the novels. In the abstract the proverbs used in the short stories of Abdulla Kadiriy is researched with comparing the original versions of proverbs of folklore. The meanings and functions of the proverbs in the novels are analyzed.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLAGAN MAQOLLAR VA ULARNING TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO'LLAGAN MAQOLLAR VA

ULARNING TAHLILI

Abdullayeva Nozima Anvarxonovna

Farg'ona Davlat Universiteti Lingvistika (ingliz tili) yo'nalishi magistranti

nozima.anvarxonovna@gmail.com Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna, PhD Farg'ona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi mudiri

Xalq og'zaki ijodining yorqin namunasi bo 'lgan maqollar badiiy asarlarda ham unumli qo'llanadi. Ular badiiy asarda turli ma'no-mazmunni ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning kichik hajmli asarlarida foydalangan maqollari xalq og'zaki ijodida berilgan maqollarning original versiyasi bilan qiyosiy tadqiq qilinib, o'rganib chiqiladi. Ularning badiiy matndagi ma'nosi va funksiyasi tahlil qilinadi.

Kalitso'zlar: maqol, hikoya, sarlavha, yakun, o'z ma'nosi, ko'chma ma'no, tana qilmoq, kinoya, Abdulla Qodiriy.

Proverbs as samples of folklore are used efficiently in fiction. They are used to express different meanings in the novels. In the abstract the proverbs used in the short stories of Abdulla Kadiriy is researched with comparing the original versions ofproverbs offolklore. The meanings and functions of the proverbs in the novels are analyzed.

Keywords: proverb, novel, title, conclusion, real meaning, figurative meaning, blame, irony, Abdulla Kadiriy.

Xalq og'zaki ijodining eng qadimgi va eng qisqa namunasi bo'lgan maqollar badiiy adabiyotning nasriy asarlarida ham keng qo'llanadi. Maqolada o'zbek buyuk adibi Abdulla Qodiriyning kichik hajmli nasriy asarlari, ya'ni hikoya va feletonlarida foydalangan maqollar tahlil qilinib, ularning yozuvchi ijodida tutgan o'rni muhim ekanligini ko'rish mumkin. Adib maqollarni asar tilining uslubi uning kimga tegishli ekanligini aniqlab turib shularga mos bo'lgan maqollarni qo'llaydi. Ilmli kishi (Kalvak Maxzum) va omi odam (Toshpo'lat tajang va boshqalar) tilidan aytilgan maqollar bir-biridan farq qiladi. Maqollardan foydalanish orqali yozuvchi o'z fikrini qisqa-lo'nda, tushunarli va ta'sirli qilib bayon qilishga erishadi. Yozuvchi birgina maqol orqali butun bir voqeani izohlashga erishadi. Maqollardan achchiq kinoya

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

maqsadida, yoki yengil kulgu qilish uchun foydalanadi. Yozuvchi deyarli har bir asarida maqollardan unumli foydalanishga harakat qiladi.

Maqolada Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" tragediyasida, "Tinch ish", "Juvonboz" hikoyalarida, "Bozor surishtirmaydir" va "Kula-kula o'lasan" kichik feleto'nida, "Otam va Bolshevik" (kulgulik), "Tilak", "Ko'mak " uyushmasiga ionalar maqolasida, "Dardi yo'q - kesak, ishqi yo'q - eshak" kichik hikoyasida, hamda "Kelinni kelganda ko'r, sepini yoyg'anda ko'r" nomli maqolasida foydalangan maqollar tahlil qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" tragediyasi (sahna asari- Turkiston maishatidan olingan to'rt pardalik fojea) da asarning bosh qahramoni kuyov bo'lmish 25 yoshli Solih ismli yetim bolaga otasining do'sti bo'lgan Fayziboyning qizini unashtirish uchun uning amakisi Abdurahim va ellikboshi bilan birga boradilar. Kelin bo'ladigan qiz 16 yoshli Rahima.

Sep oldi-berdilari haqida gap keta turib domla-imom (Abdurahimga qarab): Siz xo'b deyabering, bundaqangi yaxman deb o'lturmang, to'yg'a ketkan oqchani Xudo o'zi yetkazadur, qarzdor bo'lsa, bo'lar. Qarz uzilar, xotun yonga qolar, degan so'z bor. Ellikboshi qayog'dagi bo'lmagan so'zlarni gapurib, sizni sustlanturib qo'ydilar. Ul kishining so'zini qo'yabering.

To'yg'a ketkan oqchani Xudo o'zi yetkazadur - xalqimizda To'yga qush qanotini yozibdi, To'yning boshi boshlanguncha degan naql bor. Biron kim to'y qilmoqchi bo'lsa-yu, yetarli mablag'i bo'lmasa, tashvishlanmasligi uchun yaqinlari shu iborani ishlatadilar.

Qarz uzilar, xotun yonga qolar - Qarz ol-da, xotin ol, qarzdor qarzin olar, xotin yoningga qolar.[O'zb.x.m., 1989, 405B.]

Abdurahim:- Ey,ahmoq ekansan-ku, yaramas gaplarni gapurma. Fotiha Xudoning muhri, debdurlar, fotihadan qaytsang kishini fotiha uradur, "Keyingi pushmon jonga dushman" degandek, bir kasalg'a yo'luqib, keyin pushaymon bo'lib yurma...

"Keyingi pushmon jonga dushman"- bilmasdan, oxirini o'ylamasdan avval biron ish bajarib bo'lib, so'ng uning oqibatidan qattiq pushaymon bo'lganda, ko'pincha bunday natijani to'g'irlab yoki o'zgartirib bo'lmasligida ishlatiladigan maqol o'z ma'nosida foydalanilgan.

Solih va Rahimaning vafotidan so'ng uylarida barcha kishilar jam bo'lgan vaqtda ellikboshi kelin bo'lmishning otasiga qarata: - Endi sizg'a Xudo sabr bersun. Yig'ining foydasi yo'q. Har narsa qildingiz, o'zingizg'a qildingiz, o'z oyog'ingizg'a bolta urdingiz.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

O'z oyog'ingizg'a bolta urdingiz- o'z oyog'ingga o'zing bolta urma, o'zing turgan shohni kesma kabi variant bo'lib, o'ziga o'zi zarar yetkazuvchi insonga nisbatan aytiladi. Bu yerda orzu-havas deb qizi va kuyovidan ayrilgan otaga nisbatan aytiladi. Bu yerda otaning qilmishini, orzu-xavas doim ham yaxshilikka olib bormasligi tana qilib aytiladi.

"Tinch ish" hikoyasida Domla Sharif Oxundning mansabga ko'tarilishi va yana bir parcha qog'oz bilan undan tushirilib, siyosatdan qo'lini yuvib, tinchgina imomgarchilikka o'tgani hikoya qilinadi. Oxundning buyruqni ochib ko'rayotgan paytda bir parcha qog'oz haqida shunday deyiladi: "Meni ko'rma, ham kuyma!" degandek bo'lib, o'z-o'zidan shaldiramasdan buklanib ketadi.

"Meni ko'rma, ham kuyma!" - ko'rmoq boru, yemoq yo'qga ya'qin ma'noda ishlatilgan maqol bo'lib ko'rib qolsa, olgisi keladi lekin qo'li yetmaydi. Shuning uchun ko'rmayin ham, kuymayin ham, deb aytiladi.

"Juvonboz" hikoyasida savdogarning yolg'iz o'g'li Sa'dulla yaqin o'rtog'i Rahimjon bilan bog'da mehmonlariga taom keltirib, dasturxon yozadilar. Rahimjon mehmonlarga musallas quyib beradi. Chapani yigitlar "Xo'b o'tkur bo'libdi-da, hozirim- huzurim", deb mayni simirib ichadilar.

Hozirim- huzurim (Bir kunlik huzuringga uchma, Bir kunlik huzur, ertangi rohatni buzur ) faqat hozirgi, bugungi rohatini, huzur-halovatinigina o'ylaydigan, ertangi kunini o'ylamaydigan, keyin keladigani bilan ishi bo'lmaydigan odamlarga kinoya tarzida aytiladi. [Sh.Shomaqsudov, Hikmatnoma. O'zbek xalq maqollarining izohli lug'ati, T., 1990,516b]

"Bozor surishtirmaydir" kichik feleto'nida: hikoya qiluvchi tilidan, Har kim bo'lsa ham o'tmas matohini o'tkurib qolsin. Vaqt kelur, bozor kasod bo'lur, xalq molning yaxshisini tilar, har kasbda haqiqiy ustalargina qolur, boshqalar o'z chorug'ini sudrar va sudrashga majbur bo'lur. Shungachi o'rtoq, tishni-tishga qo'yib, damni ichga olib, tinchkina yurmoq kerak! Ammo hozir bozor surishtirmaydir! Toshka yomg'ur kor qilmaydir!

Toshka yomg'ur kor qilmaydir - Aslida Tomchi toshni teshadi, tomchiga tosh chidamas shaklida bo'lib asarda teskari qo'llanib, ma'no kuchaytirilgan. Bular bilan "G'am-qayg'uning katta-kichigi bo'lmaydi. Oz-ozdan bo'lsa ham, kishini asabini buzib, ich-etini kemirib, umrini "egovlab", axiri adoyi-tamom qiladi", demoqchi. [Sh.Shomaqsudov, Nega shunday deymiz,T.,G'.G'ulom,1988, 256b]

Toshka yomg'ur kor qilmaydir! Bu maqolni o'zgartirish o'rqali muallif butunlay boshqa jarayonni izohlamoqchi. Aslan olib qaraganda, tomchi tomchilagani sayin toshni teshishi kerak lekin yozuvchi shunday bir davrni tasvirlamoqdaki, hatto yomg'ir ham toshga ta'sir eta olmaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Muallif "Kula-kula o'lasan" kichik feleto'nida avval "lottichi" (ko'zboy-lag'ich) haqida keyin G'ozi Yunusning turli xalqlar sahna asarlariga yozgan so'zboshilarini mazah qilar ekan: Bu so'zlarga kula-kula o'lasan! "So'zlay-turg'on qog'urchoq" ozarbayjonchadan buyuk noshirning tabdillari ekanki, tantana ila imzolari asar boshinda qo'yilmishdir. Birov "Kalning tanig'ani sho'ra" desa tag'i : Kula-kula o'lasan...

Kalning tanigani sho'ra - bu maqol bema'ni ishlar bilan shug'ullanuvchi odamlarga nisbatan aytiladi. [8-74b.muallif izohi] Ya'ni G'ozi Yunusning boshqa xalqlar yozuvchilarining asarlariga bilib-bilmay o'z nomini mashhur qilish uchun yozayotgan izoh yoki kirish so'zlarini mazah qiladi.

"Otam va Bolshevik" (kulgulik) da xon zamonlari va sovet hukumatini ko'rgan 99-100 yoshlardagi muallifning otasi o'g'li bilan bo'lgan suhbatda bolsheviklar orasida o'zimiznikilar kamligini eshitib attang qiladi: Ey, o'g'lim, odam bo'lgandan keyin har narsaning ham boshida bo'lish kerak, "Non qo'ynimda, it keyinimda!..." deb, har qanday tuzumda ham odamlarning oldi bo'lishni ma'qul ko'radi.

"Tilak" hangomasi "Lo'li elaklik bo'ldi, eshagi tilaklik bo'ldi!" Xij- xij- xij- xij! Kiraturg'animiz 23-yildan tilak emish! deb boshlanadi. Bu hikoyasida nasroniy mustamlakachilar kabi musulmonlar ham yangi yilda tilak tilashlari kerak bo'layotganligini mazax qiladi.

Lo'li elaklik bo'ldi, eshagi tilaklik bo'ldi - O'zbek xalq maqollarida "Kelinim elaklik bo'ldi, elagi tilaklik bo'ldi" shaklida berilgan. Ya'ni bir nima ketidan yana boshqa hoyu-xavas keldi degan ma'noda ishlatilgan.

-Miya g'ovlab o'lturg'anda birdan ko'ngilga "Yangi yildan tilak" savdosi tushib qolmasinmu?... "Otang nechchilik -bo'zchilik, sanga kim qo'yubdir bu noma'qulchilik?!" degandek, o'zimizning bitta-yu uch chorak ibtidoiy maktablarimiz, bo'qcha-yu elcha o'rta maktablarimiz botmonu dahsar siyosiyunlarimiz, "tana-manasi" bilan muncha muharrirlarimiz bilan go'yo madaniy millatlar qatorig'a kirib qoldiq-da, bizga endi yangi-yangi yilga tilak bilan kirish ishi ko'ndalang keldi!

Otang nechchilik -bo'zchilik, sanga kim qo'yubdir bu noma'qulchilik?! Otang nechilik- ignachilik, senga kim qo'yipti temirchilik?! Otang- quzg'un, onang-quzg'un, sen kimdan o'zg'un?! Variantlari bo'lib, bu orqali sening biror odamdan ortiqlik yering bormi, nega buncha kerilib, o'zingni baland olasan, deyilmoqda. Bu maqollar takabbur, manman, o'zini o'zgalardan ustun deb biluvchi, mag'rur odamlarga nisbatan kinoya va istehzo tarzida qo'llaydilar. [Shomaqsudov, Hikmatnoma, T., 1990y,321b]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Yozuvchi shikoyatomuz tilaklarni tilashni boshlar ekan shunday deydi: "Yetmish yashagan qizning yetti- yetti tilagi bor" deydirlar. Unga o'xshag'an bu notavon ko'ngilning ham to'qquz-to'qquz tilagi, o'tkun-o'tkun ulkani bor!

Yetmish yashagan qizning yetti- yetti tilagi bor - ya'ni qanday ahvolda bo'lmasin kishining xohish-istaklari albatta ko'p va bitmas-tuganmas bo'ladi, deb nazarda tutilgan.

-Bo'lmasa ul yozsun, siz eshiting notavon ko'ngilning tilaklarini:

1"Man qilaman o'ttuz, tangri qiladi to'qquz!" Bu so'z yangi yilda davom etaturg'an ibtidoiy maktablarimizg'a juft tushkay edi! Omin!

Man qilaman o'ttuz, tangri qiladi to'qquz! - Bu maqol Sh.Shorahmedovning Hikmatnoma kitobida Men qilaman o'ttiz xotinim qiladi to's-to's, shaklida berilgan bo'lib, mazkur maqol jo'ja ko'paytirmoqchi bo'lganga nisbatan aytilgan deyiladi. Jo'ja katta bo'lgani sari yo nobud bo'ladi, yo boshqa hayvonlar yeb soni kamayib ketadi. Ya'ni og'zi oshga yetay deganda, mehnatining rohatini ko'ra olmaydi.[o'sha kitob 209b.]

"Ko'mak uyushmasiga ionalar" maqolasida ushbu uyushmaga boylarning qilgan turli ehsonlarini istehzo bilan kulgu qilar ekan, Valixojining besh milliard so'mga arziydigan duosi, G'ulomshayx boybachchaning ham besh milliardga arziydigan "o'qishg'a ketgan yigitlar mullo bo'lsunlar",degan yaxshi tilagi, "Tujjor" shirkatining ikkita sopol tovoq bilan bitta xurmacha iona ya'ni yordamlarini Berlinga ketgan o'quvchilarga yuborar ekan muallif Dumbul deya ismini yozgach," Mushtum: Oltun olma, duo ol-duo oltun emasmi?" deb maqolani tugatadi. Bu maqol o'z ma'nosida qo'llangan ya'ni talabalar Germaniyadagi o'qishlari uchun pul emas, duo zarurligini aytadi. Bu albatta ziqna boylarga nisbatan kinoya bilan aytilgan gap bo'lib, asli chet elga o'qishga ketib qiynalib qolgan talabalarga pul zarur edi.

Oltun olma, duo ol-duo oltun emasmi - Hikmatnomaga ko'ra bu maqolda duo yaxshilik qilib, olqish olish ma'nosida berilgan. Muallif esa kinoya tarzida qo'llab, talabalarga och-nahor, pulsiz, kiyim-kechaksiz bo'lsalar-da, duo olsalar ishlari yurishib ketadi, deb boylarning ziqnaligiga ishora qiladi.

Shu hangomaning davomida muallif maktablarni kulgi ostiga oladi:

O'tkandagidak, bemaza qovunning urug'ini ko'paytirilsa, maktab remo'nti xuddi o'qish boshlanaturg'an kun eska tushsa, bolalar sovuqda dildirashib, bit qoqishsalar, har bir tutanturuqsiz muallim va murabbiy qilinib belgulansalar, bolalar bilan qo'chqor urushdirishib xalq o'rtasida yangi maktablarga yangi "obro' ' orttirib bersalar, inshooloh, tilagimiz kuzatkan o'pqonimizdan chiqar!

Bemaza qovunning urug'i ko'p- sifatsiz narsa ko'p bo'ladi deb, muallif maktablarning, muallimlarning, ta'limning bor bo'lsada, sifatsizligini nazarda tutadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

Ixtor: shahar maktablarining holi shu bo'lsa, xudo rizosi uchun qishoqda maktab ochishni tilga olinmasun. Chunki "Yopig'liq qozon yopig'liq"da.

Yopig'liq qozon yopig'liq - Yopig'liq qozon yopig'liq qolsin. Mazmuni bu gap shu yerda qolsin, hech kimga aytma yoxud Bu sir pinhoniy bo'lib qolsin, hech kim undan xabardor bo'lmasin, degan ma'noni anglatadi.

[H.Sh.Sh.T.,1990y.,130b.]

"Dardi yo'q - kesak, ishqi yo'q - eshak" kichik hikoyasida barcha yoshu-qari odamlar Kalning to'yida, choyxonada g'ij-g'ij bo'lib o'tirgan choqda "Sharq sahnasi" yaxshi niyat yorti mol, deb kino qo'yar, ... o'yunxona eshikidan "g'ing" degan bir chibin uchmaydir.

Muallif teatrdagilar yaxshi niyyat bilan tomosha qo'yishar zora biron tomoshabin kirib qolar deb, baland ovozda karnayda erinmay chaqirishayotganligini aytadi.

Yaxshi niyat yorti mol -umidsizlikka tushmasdan, ertangi kun haqida yaxshi, ijobiy niyatlar qilishdir. Yaxshi, ezgu niyyat albatta ishning yarmi bajarilishiga tengdir.

Muallifning bangixonada nasha chekib o'tirgan do'sti:

Xarsak - marsak ,

Dardi yo'q - kessak,

Ishqi yo'q - eshshak! deb aytsa, avval tushunmagan muallif, keyinroq teatrga muxlislik qilish o'rniga barcha yoshu qari birdek yo to'yda, yoki choyxonadaligini solishtirar ekan,beihtiyor "Dardi yo'q - kessak, Ishqi yo'q - eshshak!" deydi. Bunga muallif o'zi dard bo'lmasa, ishq bo'lmasa odamning kesakdan nima farqi bo'lsin-u, eshakdan nima ayirmasi, deb hikoya so'ngida izoh berib o'tadi.

Mushtum jurnaliga 1924-yil yozilgan Kelinni kelganda ko'r, sepini yoyg'anda ko'r nomli maqolasida Toshkentda yangi ochilgan "Nashriyot shirkati" ni qalamga oladi. Qancha umidlar bilan nashriyotga borgan yozuvchi bir yilu o'n ikki oy asarini chop qilishlarini kutishi kerakligi, nashriyotdagilarning o'z ishiga befarqligidan kuyunib, maorifga beparvo bo'lganlarni kulgi ostiga oladi.

Kelinni kelganda ko'r, sepini yoyg'anda ko'r -kelinni olishdan oldin juda ko'p maqtaydiganlarga nisbatan aytilgan bu maqol, yolg'on yoki chin sifatlari bilan maqtalgan ish keyin xafsalani pir qilishligini hikoyaning shu nomi bilan ta'kidlab o'tadi. Bu maqol hali qandayligini bilmasdan turib nashriyotni maqtab va yoki uni ochilganligidan oldindan bong urib xursand bo'lib, keyinchalik o'ylaganday yaxshi nashriyot emasligiga ishonchlari komil bo'lgach aytilgan.

Maqola - Osh tegsa - to'y, tegmasa tafarruj.. .deb og'alar to'yga boradirlar... "Qoramol egasiga o'xshamasa harom o'ladir", "Avatiga chavati, misqozonga loy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

tuvoq", Eng oxirida "Eshagiga yarasha tushovi", - deb zor-zor, chun abri nav bahor yig'lag'an ham "Huv!" deb cho'lu biyobong'a chiqub ketkan ekan, bir bechora!.. deb boshlanadi. Bunda muallif bir qator maqol va matallarni birin-ketin qo'llaydi.

Osh tegsa - to'y, tegmasa tafarruj- yo osh yeb to'y boladi yoki tomosha bo'ladi. Bu birinchi abzas yangi ochilgan befarq kishilar ishlaydigan nashriyotga nisbatan istehzo bilan o'xshatish qilingan.

Qoramol egasiga o'xshamasa harom o'ladir ya'ni maorif yoki nashriyot ham xalqning o'ziga o'xshab beparvo deb aytmoqchi bo'ladi.

Avatiga chavati, misqozonga loy tuvoq, Eshagiga yarasha tushovi- bu maqollar - Qozonga yarasha qopqog'i, Yoriq havonchaga - siniq sop, Bo'lmagan bug'doyga -o'tmagan o'roq kabi maqollar bilan sinonim bo'lib, arzimagan ish uchun o'ziga yarasha harakat yoki e'tiborga loyiq bo'lmagan kishini izzat-hurmat qilinmaganda qo'llaniladi. Maqolada muallif nashriyot ham o'zimizga yarasha, demoqchi bo'ladi.

-Hoy, muallim, Pishirib ye darsliklarni, hoy, tashlagani kitob, eplab ol bularingni! - deb bir-birovimizni turtishdik. Ammo hech bir ish buzuqining esiga: -Kelinni kelganda ko'r, sepini yoyg'anda ko'r! - degan gap kelmadi... deb, maqolni hikoya so'ngida yana bir bor takrorlaydi.

-Ko'chaga tashlab qo'yg'an pul, tekin oftobga chiqqan mushuk, yuk tashiyman degan shaloq arava... ana shunday o'ngu ters so'zlarga har kim ishonsa, yebdir noma'qul buzoqning go'shtini...

Tekin oftobga chiqqan mushuk - asli mushuk ham bekorga oftobga chiqmaydi shaklida bo'lib, o'z ma'nosida mushukning qorni to'ysagina cho'zilib oftobda yotadi, ko'chma ma'noda esa arzimagan ish uchun ham to'lov talab qilinadigan ishlarga aytiladi. Ya'ni muallif hech qanday harakatlarsiz hech nima o'z o'zidan zo'r bo'lib qolmaydi, demoqchi.

Maqollar xalqning ma'naviy mulki bo'lib, xalq badiiy asarlarida turli maqsadlarda foydalaniladi. Abdulla Qodiriy xalq maqollarini o'z asarlarida unumli ishlatib, ularning purhikmat va purma'no fazilatidan foydalanib, o'quvchi e'tiborini jalb qilishga erishadi. Yozuvchi maqolni ba'zan o'z asl holicha, bazan butunlay o'zgartirib o'z badiiy asarlarida qo'llab, ularning ta'sirchanligini, badiiyligini oshiradi. O'quvchini xalqqa yaqinlashtirishga erishadi. O'quvchi asarga o'z qadrdoni kabi munosabatda bo'lishiga erishadi.

REFERENCES

1. A.Qodiriy "Diyori bakr", Toshkent, Yangi asr avlodi, 2007-yil

2. Mirzayev T. "O'zbek xalq maqollari". -Toshkent: 2003.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

3. O'zbek xalq maqollari. -Toshkent: G'. G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.

4. O'zbek xalq maqollari. - Toshkent: Sharq 2012

5. O'zbek xalq maqollari. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978.

6. O'zbek xalq maqollari. II tomli. - Toshkent: O'zbekiston fan nashriyoti, 1988

7. Shomaqsudov Sh., Shoraxmedov Sh. Ma'nolar maxzani . -T.: 2001

8. Shomaqsudov Sh., Shoraxmedov Sh. Nega shunday deymiz? O'zbek xalq maqollarining izohli lug'ati. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1988

9. Shomaqsudov Sh., Shoraxmedov Sh., Hikmatnoma, - Toshkent, 1990

10. Mirzaeva, D. (2021). THE ROLE OF PAREMIA IN THE SYSTEM OF NATIONAL CULTURAL HERITAGE. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3).

11. Mirzayeva, D. (2019). Proverb as a kind of paremiological fund and as an object of linguistic and methodological research. Мировая наука, (11 (32)), 33-36.

12. Abdullayeva, N. A., & Mirzayeva, D. I. (2022). ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA MAQOL VA MATALLARNING QO'LLANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 64-69.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.